Tabiiy fanlar fakulteti biologiya –60110900 O’roqboyeva Mehriniso Qo’chqor qizining “Koʻchib yuruvchi qushlar, asosiy turlari hayoti


Download 0.5 Mb.
bet6/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1551435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)

Tovuqsimonlar (Galliformes) turkumigakiradigan qushlar gavdasining pishiqligi, oyoqlari va tirnoqlarining kuchliligi, yerni kovlashga moslashganligi, qanoti kalta va serbar bo’lishligi bilan xarakterlanadi. Erkagi urg’ochisiga nisbatan katta va tiniq rangda bo’lishligi bilan ajralib turadi. Nasl uchun qayg’urish faqat urg’ochilari zimmasida bo’ladi. O’z uyalarini odatda yerga qo’yadi. Uyada 6 tadan 24 tagacha tuxum bo’ladi. Bu turkumga Avstraliya va tinch okeanning ba’zi orollarida yashovchi g’alati cho’ptovuqlar (o’z tuxumlarini qumga yoki to’planib yotgan barg va cho’p-xaslar ostiga qo’yadi), qirg’ovullar oilasiga mansub Shimoliy Amerikada yashaydigan kurka, Afrikadagi sesarka, Hindistondagi tovus, bankiv tovug’i, qirg’ovullar, kakliklar, bedanalar, qursimonlar oilasiga kiradigan qur, qarqur, oq kuropatka va boshqa bir qancha turlar kiradi. Tovuqsimonlarning deyarli hammasi ov ahamiyatiga ega.
Turnasimonlar (Gruiformes) turkumigao’lchami, tashqi qiyofasi va ekologik xususiyatlari har xil bo’lgan 190ga yaqin tur kiradi. Turnalarning oyog’i va burni uzun bo’ladi. Botqoqlik va quruq joylarda uya quradi. Bizda oq turna va bo’z turnalar yashaydi.
Tuvaloqlar (Otidiformes) turkumivakillari odatda cho’l, sahrolarda yashaydigan qushlar bo’lib, bo’yinlari va oyoqlari uzun, oyoqlarida faqat 3ta barmog’i bor. Dum ustida bezi rivojlanmagan. Bu oilaga og’irligi 16 kg.gacha keladigan dudok yoki tuvaloq, bizg’aldoq va yo’rg’atuvaloqlar kiradi. Go’shti uchun ovlanadi. Bularning soni keskin kamayib ketganligi sababli «Qizil kitob»ga kiritilgan.
Baliqchi qushlar (Lariformes) turkumigakiruvchi qushlar mayda va o’rtacha kattalikda bo’lib, gavdasi cho’ziq, qanotlari uzun va o’tkir. Oyoqlarida 4 tadan barmog’i bor, oldingi 3 ta barmog’i suzgich parda bilan o’zaro tutashgan. Tumshug’i katta va to’g’ri bo’lib, biroz yon tomondan qisilgan. Hammasi suvda yashaydi, yaxshi uchadi va ovqatni uchib axtaradi, suvda yaxshi suzadi, lekin sho’ng’iy olmaydi. Odatda uyalarini yerga qo’yadi, uyasida 2-3 ta tuxumi bo’ladi. Tuxumlarini erkagi va urg’ochisi navbatlashib bosadi. Suvda baliqlar va boshqa hayvonlar bilan ovqatlanadi. Bularga tipik vakil qilib daryo baliqchisi va kumush rang baliqchisini olish mumkin.
Kaptarlar (Columbiformes) turkumivakillari o’rtacha kattalikdagi donxo’r qushlardir. Jig’ildoni yaxshi rivojlangan. Qanoti uzun va o’tkirlashgan. Kaptarlarning ustki tumshug’i asosida yumshoq terili voskovitsasi bo’ladi. Ko’k kaptar, o’rmon zonasida yashovchi g’oz kaptar va har xil musichalar shu turkumning tipik vakillaridir.
To’tiqushlar (Psittaciformes) turkumivakillari – Yer sharining tropik va subtropik o’rmonlarida yashovchi mevaxo’r qushlardir. Ustki jag’i bosh skeleti bilan harakatchan qo’shilgan, pastki jag’i esa yuqori va pastga hamda yon tomonga qarab harakat qiladi. Tumshug’i katta bo’lib, uchi ilmoq hosil qiladi. 2 ta barmog’i oldinga, 2 tasi orqa tomonga qaratilgan. Jig’ildoni bor. To’tiqushlarning tipik vakillariga Amerikada – ara to’tisi, qafasda boqiladigan ko’k to’ti, Avstraliyada – kokildor kakadu, Afrikada – jako, Yangi Zelandiyada – nestor to’tisi va boshqalar kiradi.
Kakkular (Cuculiformes) turkumivakillari daraxtda yashashga moslashgan. 2 ta barmog’i oldinga, 2 tasi orqa tomonga qaratilgan. Asosan hasharotlar bilan ovqatlanadi. Kakkularning 70%ga yaqini uya paraziti hisoblanadi, ya’ni o’zlari uya qurmasdan, tuxumlarini boshqa qushlarning uyasiga qo’yadi. Tuxumdan chiqqan bolasi uya egasining tuxumini yoki bolalarini uyadan chiqarib tashlaydi. Shu turkumga tipik vakil qilib odatdagi kakkuni keltirish mumkin.
Yapaloqqushlar (Strigiformes) turkumiga kiruvchi qushlarning tumshuqlari va tirnoqlarining uchi egilib, xuddi kunduzgi yirtqich qushlar singari ilmoq hosil qiladi. Ko’zlari katta bo’lib, boshning oldingi tomoniga qaratilgan, eshitish organi yaxshi rivojlangan. patlari juda mayin va uchgan vaqtida shovqin chiqarmaydi. Yapaloqqushlar Yer yuzida juda keng tarqalgan va kechasi faol hayot kechiradi. Daraxt kovaklariga, qoyalarga, yer kovaklariga uya quradi. Kemiruvchilar va hasharotlar bilan ovqatlanadi va qishloq xo’jaligiga katta foyda keltiradi. Ukki, boyo’g’li, po’n-qush, sog’lar, quloqdor yapaloqqushlar bu turkumning tipik vakillaridir. Ukki yapaloqqushlar orasida eng yirigi hisoblanadi.
Uzunqanotlar (Apodiformes) turkumibir-biridan yaxshi ajralib turadigan jarqaldirg’ochlar va kolibrilarni o’z ichiga oladi. Jarqaldirg’ochlar kichik qushlardir, tumshuqlari kichik, qanoti uzun va o’tkir qilichsimon. Og’iz qismi juda katta. Oyoqlari kalta, to’rtala barmog’i ham oldinga qaratilgan. Asosiy vaqtini havoda o’tkazadi. Ovqatlarini – mayda hasharotlarni havoda uchib yurib ushlaydi. Tarixiy yodgorliklar kovaklari, uy shiplari, tog’ qoyalarida uya qo’yadi. Bizda oq qorinli va qora jarqaldirg’ochlar yashaydi. Osiyoning janubiy-sharqiy tomonida salangan jarqaldirg’ochi yashaydi, bu qush so’lak bezlaridan chiqadigan yopishqoq moddadan uya quradi. Bu uyani odamlar ovqatga ishlatadilar.
Kolibrilar eng mayda qushlar hisoblanadi. Amerika qit’asida tarqalgan. Tumshug’i ingichka va uzun. Rangi odatda ochiq, yaltiroq. Kattalari kichik qaldirg’ochdek uchadi, qanotini bir sekundda 20-25, hatto 50 martagacha qoqadi. Kechasi gavda harorati 17-21 C0ga tushadi. o’rmonlarda yashab, gul nektari va guldagi mayda hasharotlar bilan ovqatlanadi.Bu turkumga 420-430 tur kiradi va ular 2 ta, ya'ni uzunqanotlar yoki jarqaldirg'ochlar (Apodi) hamda kolibrilar (Trochili) kenja turkumlariga bo'linadi.
Ko’k qarg’alar (Coraciiformes) turkumivakillari tuzilishi va biologik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiluvchi qushlar guruhi hisoblanadi. Yopiq uyalar qurishadi. Bu turkumga yashil- havorangli ko’kqarg’a, sariq targ’il, kokildor sassiqpopishak, ariq va hovuz bo’ylarida yashovchi havorang ko’ktarg’oq, asalarilarni qiradigan kurkunaklar kiradi.
Qizilishtonlar (Piciformes) turkumivakillari daraxtda yashashga moslashgan kichik va o’rtacha kattalikdagi qushlar hisoblanadi. 2 ta barmog’i oldinga, 2 tasi orqaga qaratilgan. Dum patlari pona shaklida, qattiq va egiluvchan. Daraxt tanasiga dumi bilan tayanadi. Tumshug’i qattiq va to’g’ri. Tili uzun, yopishqoq va uning yordamida daraxt po’stlog’i ostidan hasharotlarning lichinkalarini chiqarib oladi. Qora, ola qanotli qizilishtonlar va burma bo’yin bu turkumning tipik vakillaridir. Qizilishtonlar daraxt tanasidagi zararkunanda hasharotlarni qirib, foyda keltiradi. Ularni muhofaza qilish kerak.
Tentakqushsimonlar ( Caprimulgiformes) turkumi o'rtacha kattalikdagi qushlar bo'lib, massasi 50 g dan 700 g gacha boradi, tunda ovga chiqadi. Tumshug'i qisqa, lekin og'iz kesimi juda katta. Og'izburchagida uzun-uzun qil patlari bor. Patlari mayin, uchganida tovush (shovqun) chiqarmaydi, qanotlari uzun va o`tkir. Havoda uchib hasharotlarni tutib yeydi.Eshitish organi kuchli rivojlangan.Monogam, tuxumini urg`ochisi va erkagi navbatlashib bosib yotadi.Inkubatsiya davri 18-20 kun. MDHda, shu jumladan O'zbekistonda oddiy tentakqush (Caprimulgus eumpaeus) keng tarqalgan.
Ko‘kqarg‘asimonlar (Coraciiformes) turkumi. Bu turkumga tashqi ko'rinishi va ekologik xususiyatlari bilan farq qiluvchi turli-tuman qushlar kiradi. Ular tropik va o'rta mintaqalarda tarqalgan. Ranglari yorqin ochiq. Daraxt va yer kovaklarida uya quradi. Bu turkumga 8 ta oila va 270 taga yaqin tur kiradi. Massasi 5 g-dan 4.5 kg gacha boradi. MDHda 4 ta: kurkunaklar, ko‘kqarg‘alar, ko'ktarg’oqlar va sassiqpopishaklar oilalari vakillari uchraydi. MDHda 11 ta turi, shu jumladan O’zbekistonda 4 ta turi tarqalgan. Ko'kqarg'asimonlar turkumi ichida cng yirigi ko’ktarg’oqlar oilasi hisoblanadi.
Chumchuqsimonlar (Passeriformes) eng ko’p, ya’ni 5000 ga yaqin turni o’z ichiga olgan turkumdir. Hozirgi zamonda yashovchi qushlarning 66% ni tashkil qiladi. Tashqi ko’rinishi va o’lchami nihoyatda xilma-xil bo’ladi. Bular Yer sharining deyarli hamma qismida tarqalgan. Juda ham pishiq va xilma-xil yasalgan uyalarini turli joylarga qo’yadi.
Chumchuqsimonlar turkumiga qarg’alar, zarg’aldoqlar, shaq-shaqlar, moyqutlar, jiblajibonlar, qaldirg’ochlar, to’rg’aylar, chug’urchiqlar, chittaklar, dehqon chumchuqlar va boshqa bir qancha oilalarning vakillari kiradi. Aksariyat ko’pchiligi hasharotxo’r qushlar bo’lib, qishloq xo’jaligiga katta foyda keltiradi.Barcha chumchuqsimonlar monogam, jish va ular uya qurib yashaydi. Ko’pchiligi bir yilda 2 marta urchiydi va 4-8 tadan tuxum qo’yadi.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling