Tabiiy fanlar fakulteti biologiya –60110900 O’roqboyeva Mehriniso Qo’chqor qizining “Koʻchib yuruvchi qushlar, asosiy turlari hayoti
Tishli qushlar (Odontognathae) katta turkumiga
Download 0.5 Mb.
|
Документ Microsoft Word (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Pingvinlar yoki suzuvchilar (Impennes) katta turkumi.
- 3.Ko‘kraktojsizlar yoki tuyaqushlar (Ratitae) katta turkumi
1.Tishli qushlar (Odontognathae) katta turkumiga bo‘r davrida yashab o'tgan gesperornis (Hesperomis) va ixtiornislar (Ichthyornis) kiradi. Gesperornis qirilib ketgan qadimgi qushlardan hisoblanadi. Bu qushning skelet qoldiqlari bo‘r davrining ustki qatlamidan topilgan. Gesperornis suvda yashashga moslashgan. Boshi kichik, jag`lari uzun va tishlari bo`lgan. Ko'krak toj suyagi bo`lmagan. Qanotlari to`liq o‘sib yetishmagan, lekin orqa oyoqlari kuchli rivojlangan bo`lib, barmoqlari orasida suzgich pardalari bo`lgan. Gesperornis sudralib yuruvchilar (dinozavriar) bilan haqiqiy qushlar o‘rtasidagi oraliq tur hisoblanadi. Ixtiornislar ham qushlarning qazilma holdagi qadimgi avlodlaridan hisoblanadi. Ixtiornisning qazilma qoldig'i birinchi marta 1872 yilda Shimoliy Amerikada dengizning ustki bo‘r qatlamidan topilgan. Bu qushning kattaligi kaptarday bo`lgan.
Boshqa qadimgi qushlarga o‘xshash uning jag`larida ham mayda tishlari bo`lgan. Ko'krak va oldingi oyoqlari, ya’ni qanotlarining tuzilishiga qaraganda ixtiornis yaxshi uchadigan qush bo`lgan. Uning umurtqalari baliqlarnikiga o'xshash ikki tomoni ichga botib kirgan. Ixtiornis skeletining ko'p qismi haqiqiy qushlarnikiga o'xshash bo'lgan. 2.Pingvinlar yoki suzuvchilar (Impennes) katta turkumi.Pingvinlar katta turkumining 1 ta pingvinsimonlar (Sphenisciformes) turkumi, 1 ta pingvinlar oilasi (Spheniscidae) va 16 ta turi bor. Pingvinlar ucholmaydigan, lekin yaxshi suza oladigan va yaxshi sho'ng'iydigan qushlardan hisoblanadi. Ularning oldingi oyoqlari shakli o'zgarib, kurakka aylangan. Suyaklari ichida havo bo'lmaydi. Patlari o'ziga xos, apteriyasi yo'q,pati butun gavdasini zich va bir tekisda qoplab turadi. Pat o'zagi keng, yelpig‘ichlari esa qisqa. Pingvinlarning kaltagina keyingi oyoqlari suzish paytida rul vazifasini bajaradi, oldinga qaragan uchta barmoqlarining orasida suzgich pardasi bor. Quruqlikda gavdasini vertikal holatda tik tutib yuradi. Qanot suyaklari yapaloqlashgan, uning bo‘g‘imlari esa kam harakatchan. Yelka kamari kuchli va to‘sh suyagining oldingi yuzasida yaxshi rivojlangan ko'krak toj suyagi bor. Chunki oldingi oyoqlarining suvda suzish va sho‘ng‘ishini toj suyagiga birikkan ko'krak muskullari harakatga keltiradi. Ko'krak muskullari tana massasining 1/4 qismini tashkil etadi. Kalta va serbar tsevkasi teshiklar bilan bo'lingan uchta tovon suyaklaridan tashkil topgan. Yog'li ilik bilan to'lgan nopnevmatik og'ir suyaklari va o'ziga xos patlari bilan boshqa qushlardan farq qiladi. Patlari serbar, yassi pat tanasidan tashkil topgan patchalardan iborat. Tullash davrida eski patlarining o'zi tushib ketmay, ularni to'la o'sib yetilgan yangi patlar surib tushiradi. Yiliga bir marta, asosan quruqlikda tullaydi, tullash davri juda tez (2-3 hafta) o'tadi. Bu vaqtda pingvinlar oziqlanmaydi. Pingvinlar, asosan Antarktida qirg'oqlarida, Janubiy yarimsharning qutb mintaqasida yashaydi. Shimol tomonda ular Avstraliya, Afrika va Janubiy Amerikaning janubiy qirg'oqlariga yetib boradi. Asosiy vakillariga Imperator pingvini (Aptenodytes forsteri), qirol pingvini (A. patagonicus), adeli pingvini (Pygoscelis adeliae), oltin rang patli pingvin (Eudyptes chrysolophus) va boshqalar kiradi. Afrika qirg'oqlarida ko'zoynakli pingvin (Spheniscus demersus) yashaydi. Antarktidada esa qirol pingvini uchraydi. Uning bo'yi 91-96 sm keladi. Bu qushlar hayotining ko'p qismini suvda o'tkazadi, suzgich pardali oyoqlari yordami bilan bemalol suzib yuradi va sho'ng'iy oladi. Ba’zan, qo'rqinchli davrlarida qorin qismi bilan sirg'anib, oyoqlarini va kuraksimon qanotlarini itarib turadi. Muz va tosh ustida ham yuradi, bu vaqtda faqat oyog'i emas, qanoti va tumshug'i ham ishtirok etadi.Ba’zi turlarining 2 ta oyog'i oralig'ida teri burmasi bo'lib, bu erda ular tuxumlarini olib yuradi. Ba’zi turlarida teri burma qorin qismida bo'ladi. Pingvinlar 1—2 ta, ba’zan 3 ta tuxum qo'yadi. Jo'jalari tuxumdan qo`ng`ir patlar bilan o`ralgan holda chiqadi.Jo`jalarining ko`zi ochiq,lekin ojiz bo`lib,ko`p vaqtgacha uyada qolib ketadi.Pingvinlar ozig`ini suvdan topadi.Baliqlar, qisqichbaqasimonlar, ba’zilari esa molluskalar bilan oziqlanadi. Pingvinlar koloniya bo`lib uya quradi. Koloniyada minglab, ba’zan esa yuz minglab pingvinlar bo`ladi. Ularning uyasida 1-2 ta tuxum bo`ladi va tuxumlarini yer kovaklari, tosh osti, qoya yoriqlariga yoki ochiq joyga qo'yadi. Qirol pingivini o‘z uyasini muz ustiga quradi. Tuxum bosishda erkagi ham, urg'ochisi ham ishtirok etadi, ba’zan erkagining o‘zi tuxum bosadi. Erkagi tuxum bosganda urg'ochisi 1—3 hafta dengizga suzib ketadi va oziqlanib qaytib kelib erkagi bilan almashadi, ya’ni urg'ochisi tuxum bosadi, erkagi esa oziqlangani dengizga suzib ketadi. Pingvinlar monogam, juftlari bir necha yilgacha yoki umrining oxirigacha saqlanadi. Jo'jalarini 3-6 oy boqadi. Imperator pingvini bo'yining balandligi 110—120 sm, og'irligi 45 kg gacha boradi. Inkubatsiya davri 2 oy. Qirol pingvinining bo'yi 91-96 sm, oltinrang patli pingvinning tana uzunligi 65—75 sm keladi. Pingvinlarning kichik turlari og'irligi 1,5—3 kg keladi. Adeli pingvinlari juda keng tarqalgan. Ular Antarktida qirg'oqlaridan boshlab Janubiy Shotlandiya, Janubiy Orkney va Janubiy Sandvich orollarida ham uchraydi, 2 ta tuxum qo'yadi. Inkubatsiya davri bir oydan ortiq. Imperator pingvini qishda tuxum bosishi bilan boshqa pingvinlardan farq qiladi. Ular uya qurmaydi. Pingvinlarning sanoatda ahamiyati yo'q. 3.Ko‘kraktojsizlar yoki tuyaqushlar (Ratitae) katta turkumi.Bu katta turkumning barcha vakillari yuguruvchi qushlar bo'lib, uchish qobiliyatini yo'qotgan, to'shi ko'kraktojsiz, havo bilan to'lgan suyaklari yaxshi rivojlanmagan, yassi. Tuyaqushlarning eng xarakterli belgilariga voyaga yetganlarining gavdasi bir tekisda patlar bilan qoplangabligi,ya’ni apteriyasi yo'qolib ketgan. Patlardagi ikkinchi tartibdagi tolachalarida ilmoqchalari bo'lmaydi, yaxlit yelpig'ichsiz barcha tolachalari bir-biridan ajralib turadi. Kurak va korakoid suyaklari o'zaro qo`shilib ketgan. O'mrov suyagi rudiment holida. Oyoqlaridagi barmoqlarining soni 2 dan 4 tagacha bo'ladi. Suyaklarining pnevmatikligi yaxshi rivojlanmagan. Dum bezlari yo'q. Erkaklarining kopulativ organi bor. Barcha tuyaqushlar jo'ja bolali qushlarga kiradi. Ular har xil o'simlik va mayda hayvonlar bilanoziqlanadi. Ko'kraktojsizlar hozirgi vaqtda Afrika,Janubiy Amerika,Avstraliya va Yangi Zelandiyada tarqalgan.O`tmishda ular keng tarqalgan bo`lgan.Madagaskarda uchlamchi davrda va hatto to'rtlamchi davrning boshlarida epiornislar (Aepyornithiformes) degan alohida turkumga kiruvchi qushlar qoldig'i topilgan, Yangi Zelandiyada tarixiy o'tmishda Moa (Dinornithes) degan qush ham yashab o'tgan. Hozirgi ko’kraktojsizlar Osiyo va Janubiy Yevropaning turli hududlaridan uchlamchi davrdan buyon ma’lum. Ko'kraktojsizlar katta turkumi 4 ta turkumga bo'linadi va ular asosan Janubiy yarimsharda tarqalgan. Shuni ta’kidlash kerakki, oxirgi yillarda olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlarning natijasiga ko‘ra (Slorner, 1971; Austin and Singer, 1985; Кurochkin, 1993, 2001) hozirda mavjud bo‘lgan barcha qushlarni 2 ta guruhga, ya’ni 1. Qadimgi qushlar (Paleognathae), guruhi, ularga ko‘kraktojsizlar va yashirin dumlilar kiradi; 2. Haqiqiy qushlar (Neognathe) guruhi. Bu guruhga pingvinlar (Sphenisciformes) va tipik qushlar (Neognathae) yoki Ko‘kraktojlilar (Carinatae) katta turkumlari kiradi 1. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling