Tabiiy fanlar fakulteti biologiya –60110900 O’roqboyeva Mehriniso Qo’chqor qizining “Koʻchib yuruvchi qushlar, asosiy turlari hayoti


Download 0.5 Mb.
bet4/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1551435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)

Suzuvchilar katta turkumiga faqat 1ta pingvinlar (Sphenisisñiformes) turkumikiradi. Pingvinlar uchmaydigan, lekin yaxshi suzadigan va sho’ng’iydigan qushlardir. Shu sababli oldingi oyoqlari o’zgarib, suzish organi kurakka aylangan, suyaklari ichida havo bo’lmaydi. Patlari yassi, pat gavdasini zich va bir tekis qoplab turadi. Oyoqlari gavdaning keyingi tomoniga joylashgan, shu sababli yurganda gavdasini vertikal tutadi. Barmoqlari orasida suzgich pardalari bor.
Pingvinlar asosan Antarktidada tarqalgan bo’lib, ba’zan Janubiy Amerika, Avstraliya va Afrikaning janubiy qirg’oqlarigacha suzib boradi. Koloniya bo’lib yashaydi. Yer kovaklariga, toshchalardan qilingan uyalarga 1-2 ta tuxum qo’yadi. Ba’zilari tuxumini qorinlaridagi teri xaltasida olib yuradi. Pingvinlar turkumiga 20 ga yaqin tur kiradi. Asosiy turlariga uzunligi 90-120 sm, og’irligi 45 kg keladigan imperator pingvini, qirol pingvini, adeliya pingvini va boshqalar kiradi.
Ko’krak tojsizlar, ya’ni tuyaqushlar katta turkumigakiruvchi qushlarning hammasi ham ucha olmaydi. Chunki terilarida apteriya yo’q. Patlariguruhlarga aniq ajralmagan, yelpig’ichlarida ilmoqchalar bo’lmaydi. To’sh suyagi kichik va yassi, unda ko’krak toj suyagi rivojlanmagan. Dum bezi yo’q. Oyog’ida 3 ta yoki 2ta barmog’i bor. Erkaklarida kopulyativ organi bo’ladi. Hozirda yashayotgan ko’krak tojsiz qushlar Janubiy yarim sharda tarqalgan va 4 ta turkumga bo’linadi.
Afrika tuyaqushlari (Strthioniformes) turkumiga1 ta tur – afrika tuyaqushi kiradi va hozirgi zamon qushlari o’rtasida eng kattasi hisoblanadi. Erkaklarining balandligi 260-270 sm.ga, og’irligi 50-90 kg.gacha yetadi. Uchish qobiliyatini butunlay yo’qotgan, lekin tez yuguradi. Oyog’ida faqat 2ta barmog’i bo’ladi. Terisida apteriysi bo’lmaydi. Patlarida il-moqchalari yo’q. Afrika va Arabistonning cho’l dashtlarida tarqalgan.Asosan o’simliklar bilan ovqatlanadi. 1ta erkagi 2-5ta urg’ochisi bilan gala bo’lib yashaydi. Umumiy uyaga urg’ochilarining har biri 7-9tadan tuxum qo’yadi. Har bir tuxumning og’irligi 1,5 kg keladi. Bitta uyada 15-20ta, hatto 50-60tagacha tuxum bo’lib, ularini kechasi erkagi, kunduzi urg’ochilari navbatlashib 42 kun ichida bosadi. Erkaklarining rul va qanot patlari bezatish uchun, go’shti va tuxumi ovqat sifatida ishlatiladi.
Amerika tuyaqushlari (Rheiformes) turkumining 2ta turi Janubiy Amerikaning cho’l va savannalarida tarqalgan. Oyog’idagi barmoqlari 3ta. Bo’yining balandligi 150 sm, og’irligi 30 kg. keladi. 1ta erkagi 5-7ta urg’ochisi bilan gala bo’lib yashaydi. Urg’ochilarining har biri tuxumini erkagi kovlagan umumiy uyaga qo’yadi. Tuxumlarni erkagi 42 kun davomida bosadi va tuxumdan chiqqan jo’jalarni boqadi. Amerika nandulari tuxumi va go’shti uchun ovlanadi.
Avstraliya tuyaqushlari (Casuaritformes) turkumigakazuarlar va emular kiradi. Emu qoramtir-qo’ng’ir rangli bo’lib, og’irligi 40-55 kg keladi. U Avstraliyaning dasht cho’llarida tarqalgan. Avstraliyaning shimoliy-sharqiy qismida va Yangi Gvineya o’rmonlarida kazuarlar tarqalgan. Kazuarlarning og’irligi 80-90 kg keladi, tanasi qora, bo’yni va boshi patsiz. Peshonasida o’tkir shox o’simtasi bor.
Avstraliya tuyaqushlari o’simliklarning vegetativ qismi bilan ovqatlanadi. Gala bo’lib yashaydi. Tuxumlarining inkubatsiya davri 52 kun davom etadi. Nasl uchun qayg’urish amerika tuyaqushlaridagidek faqat erkaklari zimmasiga yuklatilgan.
Qanotsizlar yoki kivilar (Apterygiformes) turkumivakillari ko’k-rak-tojsiz qushlarning ichida eng kichigi bo’lib, og’irligi 2-3 kg keladi. 3ta turi faqat Yangi Zelandiya o’rmonlarida tarqalgan. Qanot skeleti va yelka kamari kuchli reduksiyalangan. Oyog’ida 4ta barmog’i bo’ladi. Burun teshiklari uzun tumshug’ining uchida joylashgan. Ko’zlari nisbatan kichik. Tunda hayot kechiradi. Hasharotlar bilan ovqatlanadi. Urg’ochilari 1-2ta nisbatan katta tuxum qo’yadi. Inkubatsiya davri 6-7 hafta davom etadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling