Tabiiy fanlar fakulteti biologiya –60110900 O’roqboyeva Mehriniso Qo’chqor qizining “Koʻchib yuruvchi qushlar, asosiy turlari hayoti
I.2.Qushlarning kelib chiqishi va rivojlanishi
Download 0.5 Mb.
|
Документ Microsoft Word (5)
I.2.Qushlarning kelib chiqishi va rivojlanishi
Qushlar qadimgi sudralib yuruvchi hayvonlardan kelib chiqqanligi shubhasizdir. Ularning bevosita ajdodlari bo’lib dinozavrlar, timsohlar va boshqa sudralib yuruvchilarni bergan psevdozuxiylar hisoblanadi.O’tgan asrda yura davrida yashagan hayvonlar qoldiqlari topilgan. Bu hayvonlar o’z tuzilishlariga ko’ra sudralib yuruvchilar bilan qushlar o’rtasidagi oraliq o’rinni egallagan. Bularga arxeopteriks deb nom berilgan. Arxeopteriksning patlar bilan qoplangan oldingi oyoqlari qanotga aylangan, kurak suyagi qilichsimon, o’mrov suyaklari qo’shilib ayri suyak hosil qilgan, chanog’i va ayniqsa orqa oyoqlari qushlarnikiga o’xshash bo’lib, iligi tutashib ketgan va 4 barmoqli bo’lgan. Gavdasi pat bilan qoplanganligi, gavda harorati doimiy bo’lganligini ko’rsatadi.Shuningdek, arxeopteriksda sudralib yuruvchi hayvonlarga xos belgilari ham saqlangan, ya’ni shox tumshuqlari bo’lmagan, jag’larida tishlari bo’lgan, uzun dum umurtqalari bo’lib, ko’krak toj suyagi taraqqiy etmagan, oldingi oyoqning barmoqlari yaxshi rivojlanmagan, murakkab dumg’aza hosil bo’lmagan. Arxeopteriksning tuzilishi shuni ko’rsatadiki, bular daraxtda yashovchi hayvonlar bo’lib, shoxdan-shoxga uchib o’tgan va parvoz qilgan. Ularni hozirgi zamon qushlari bilan bog’lovchi guruh topilmagan. Bo’r davridagi qatlamlardan qushlarning o’ziga xos 2 guruhi, ya’ni ixtiornis va gesperornis topilgan. Ular tipik qushlar deb hisoblanadi. Shunday bo’lsada, ularning jag’larida tishlari bo’lgan. Ixtiornis yaxshi uchadigan qush bo’lgan, chunki uning uzun qanotlari va baland toj suyagi yaxshi rivojlangan edi, gesperornisda esa toj suyagi va qanotlari bo’lmagan, qanotdan faqat yelka suyagining rudimenti saqlanib qolgan, suvda suzib hayot kechirgan. Uchlamchi davrda tipik qushlar paydo bo’ladi va ular hozirgi zamon qushlariga juda yaqin bo’lgan. Chunki bu davrda yopiq urug’li o’simliklar va hasharotlar juda ko’paygan, bu esa hasharotxo’r, mevaxo’r va donxo’r qushlarning nihoyatda ko’payishiga sabab bo’lgan. Eotsenda chumchuqsimonlar, jarqaldirg’ochlar, qizilishtonlar, loyxo’-raklar paydo bo’lgan. Oligotsen va ayniqsa miotsenda ornitofaunaning tarkibi yana ham oshgan. Bu davrda hozirgi qushlardan ukkilar, boyqushlar, flamingolar, qarg’alar, bulduruqlar, gagaralar, baliqchilar, qashqaldoqlar, g’ozlar va ko’plab boshqa qushlar kelib chiqqan.Qushlarning ko’pchilik turlari uchun o’rmon boshlang’ich muhit hisoblangan. Hozirgi vaqtda ham qushlarning juda ko’plab turlari o’rmonda yashaydi. Qushlarning inson xo’jaligidagi faoliyati, ahamiyati juda katta va nihoyatda xilma-xildir. Ko’pgina turlari qadimdan to hozirgi kunga qadar odam tomonidan xonakilashtirilgan va ulardan go’sht, tuxum, par kabi mahsulotlar olinadi. Yovvoyi turlari esa qishloq xo’jaligi, baliqchilik va ovchilik xo’jaligida hamda sog’liqni saqlash va aviatsiyada katta rol o’ynaydi. Dehqonchilik va o’rmonchilik xo’jaliklarida ko’pchilik qushlar zararli hasharotlar va kemiruvchilarni qirib, qishloq va o’rmon xo’jaligida juda katta foyda keltiradi. Bularga chittaklar, moyqutlar, dumparastlar, shaqshaqlar, zarg’aldoq, kakku, ola qizilishtonlar, ko’kqarg’a, miqqiy, sor, baliqchi va ko’pgina boshqa qushlar misol bo’la oladi. Soch yoki ola chug’urchiqlarning 1 ta koloniyasi Markaziy Osiyoda 1 oy mobaynida ko’payishi vaqtida 100 ming dona chigirtkani qiradi. Shu bilan birga, ola chug’urchiq bolalarini ochib chiqqandan keyin gilos, olxo’ri va uzumlarga hujum qilib, ancha zarar yetkazadi. M.D. Zverevning hisoblariga ko’ra, Novosibirsk shahar atrofida qora chug’urchiqlarning 1 ta oilasi 1 faslda 7800 dona may qo’ng’izi va ularning lichinkalari bilan ovqatlangan. Yoki miqqiy har kuni uyasiga 10 dona kemiruvchilarni (yumronqoziq va sichqon) keltiradi, yoki 1 oy davomida, ya’ni bolalarini boqish davrida 1 juft miqqiy 270 ta kemiruvchilarni qiradi. Keltirilgan misollarning o’zi qushlarni qo’riqlash va ularning sonini oshirish qanchalik zarur ekanligini ko’rsatadi. Ayniqsa, ko’payish vaqtida qushlarni bog’, poliz va don maysalariga jalb qilish nihoyatda zarur. Chunki bu davrda ularning foydali faoliyati keskin oshadi. Buning uchun sun’iy uyalar yasab, erta bahorda kerakli joylarga osib qo’yiladi. Mayda qushlar uchun uychalar 5-8 m. balandlikka osib qo’yiladi. Qushlar qishloq va o’rmon xo’jaligida juda katta foyda keltirishi bilan birga, don xo’jaliklariga sezilarli darajada zarar ham keltiradi. Masalan, dala ispan chumchuqlari Qozog’istonda katta koloniyalar hosil qilib, uya quradi va dehqonchilikka zarar yetkazadi. Aerodromda ovqatlanayotgan va uning atrofida uya qilayotgan qushlar ba’zi hollarda qo’nayotgan va yerdan ko’tarilayotgan samolyotlar bilan to’q-nashadi. Samolyotlar uchun baliqchilar, kaptarlar, uchib o’tayotgan o’rdaklar, kunduzgi yirtqichlar, chug’urchiq va maynalarning katta galalari nihoyatda xavfli. Bunday noxush voqealarning oldini olish uchun odatda aerodromlarning ornitologik holati o’rganiladi. Yirtqich qushlarning silueti o’rnatiladi, optik shishali sharlar osib qo’yiladi. Kunduz kunlari ham samolyotlar faralari yoqilgan holatda qo’nishi va yerdan ko’tarilishi yaxshi samara beradi. MDH qush ovlash bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallaydi, 150 tur qushlar ov qilinadi. Shulardan eng ko’pi g’ozsimonlar (48 turi) va tovuqsimonlar (24 turi) hisoblanadi. Hozirgi vaqtda har yili 40-50 mln. dona qush tutiladi. Tutilayotgan qushlarning eng ko’pini (70%) oq kuropatka, ryabchik (6%), qur (5%) tashkil qilsa, qolganini ko’k kuropatka, kaklik va qirg’ovullar tashkil qiladi. Bulardan tashqari, qushlar ilmiy va estetik ahamiyatga ham egadir. Chunki ular go’zal tabiatimizning ajralmas qismi. Ular o’zini go’zalligi, harakatchanligi va yoqimli ovozi bilan inson uchun foydalidir. Yuqorida aytilganlardan shu narsa aniqki, aksariyat ko’pchilik qushlar inson hayoti uchun nihoyatda foydali, shu sababli ularni har tomonlama muhofaza qilish kerak. YUNESKOning tashabbusi bilan 1948 yil 5 oktyabrda tabiatni va tabiiy boyliklarni himoya qilish halqaro uyushmasi tuzildi. Hozir bu uyushmaga 49 mamlakat kiradi. Uyushmaning shartnomalariga ko’ra davlatlar o’rtasida soni kamayib borayotgan, hayoti xavf ostida qolgan qushlar va ularning qishlash hamda uya qo’yish joylari qo’riqlanadi. Uyushmaning tashabbusi bilan 1966 yilda «Xalqaro Qizil kitob» chiqarildi, 1983 yilda «O’zbekiston Qizil kitobi» chiqarildi.«O’zbekiston Qizil kitobi»da respublikamizda yashayotgan qushlardan saqoqushning 2 turi, turkiston oq laylagi, qora laylak, qizil qanot, shipun oqqushi, kichik oqqush, marmarli churrak, skopa, uzundumli burgut, oq dumli burgut, cho’l burguti, boltayutar, qumay, ilonxo’r burgut, shaxin,oqbovur, krechetka, osiyo loyxo’raksimon veretennigi, cho’l chumchug’i va boshqalar kiritilgan. Hammasi bo’lib 31 tur. Uy parrandalari-xo’jalik maqsadlari (go’sht, tuxum, pati va pari), aloqa bog’lash (kaptar orqali havo pochtasi) yoki estetik talablarni qondirish (dekorativ qushlar, ishqibozlik uchun asraladigan qushlar) uchun qo’lga o’rgatib ko’paytiriladigan qushlardir. Qushlarni xonakilashtirish odamlar tomonidan ma’lum maqsadlar uchun qadimgi zamondan boshlangan. Hamma xonaki tovuq zotlarining ajdodlari bo’lib Hindiston, Birma va Malay orollari o’rmonlarida tarqalgan bankiv tovug’i hisoblanadi. Bu tovuqni xonakilashtirish eramizdan bir necha ming yil ilgari avval Hindistonda, keyin Yevropada boshlangan. Odamlar parvarish qilish va tanlash natijasida juda ko’p xonaki tovuq zotlarini yaratgan. MDHda yetishtirilgan tovuq zotlaridan ukraina ushankasi, yurlov, moskva tovuqlari, rus oq tovug’i, legorn, langshan, viandot va boshqa tovuq zotlarini olishimiz mumkin. Kurkalar ham eramizdan ancha oldin meksikalik hindlar tomonidan Shimoliy Amerikada tarqalgan yovvoyi kurkadan xonakilashtirilgan. Bir necha yuz yil muqaddam Yaponiyada bedana xonakilashtirilgan. Hozirgi vaqtda bedananing har biridan Yevropa va Amerikada yiliga 300 ta tuxum olinmoqda. Bedananing go’shti va tuxumi parhez ovqat sifatida ishlatiladi. Xonaki o’rdak zotlari yovvoyi o’rdaklardan yetishtirilgan. G’ozlarni xonakilashtirish 2 ta ildizdan boshlangan. G’arbiy Yevropa zotlari Yevropa va Osiyoning shimoliy hamda o’rta mintaqalarida tarqalgan yovvoyi ko’k g’ozdan yetishtirilgan. Oyoqlari va tumshug’i qora hamda tumshug’ining ostida bo’rtmasi bo’lgan xitoy g’ozlari Sharqiy Sibir, ichki Osiyo va Uzoq Sharqda tarqalgan yovvoyi xitoy g’ozidan kelib chiqqan. Tеrisi, skеlеti, muskullari, hazm qilish, nafas olish, qon aylanish va ayirish sistеmasining tuzilishida qushlar bilan sudralib yuruvchilar o’rtasida bir qancha o’xshashliklar bor. Biroq hozirgi qushlar sudralib yuruvchilarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Qushlar ham sudralib yuruvchilar singari tuxum qo’yib ko’payadi. Lеkin qushlar tuxumi nisbatan yirik, qushlar uni bosib yotganidan embrionning rivojlanishi tashqi muhitga bog’liq bo’lmaydi. Bundan tashqari qushlarning issiqqonlik bo’lishi, organizmida moddalar almashinuvining jadal borishi, nasli to’g’risida g’amho’rlik qilishi tufayli sudralib yuruvchilarga nisbatan juda ko’p afzalliklarga ega. Qushlar turq-atvorining murakkabligi, eslab qolishi, tovush signallari yordamida o’zaro aloqa qilishi xususiyatlari bosh miyasi, ayniqsa uning katta yarimsharlaridagi targ’il tananing paydo bo’lish bilan bog’liq. Qushlar tuzilishida ularning qadimgi ajdodlari – sudralib yuruvchilarga o’xshashlik bеlgilari ham bor. Qushlar gavdasining patsiz joylari, xususan Oyog’ining pastki ilik qismi, barmoqlari va tumshug’ining asosida tangachalar saqlanib qolgan. Qush patlarining muguzdan iborat bo’lishi ularni tangachalardan kеlib chiqqanligini ko’rsatadi. Patlarning rivojlanganligi bilan qushlar boshqa barcha hayvonlardan farq qiladi. Shuning uchun 1864 yilda bundan 150 mln yil avval yashagan hayvon pati to’pilganida uning qushga tеgishli ekanligiga xеch kim shubha qilmagan. Bu hayvonga arxеoptеriks (qadimgi pat) nomi bеrilgan. Bu patning tuzilishi hozirgi qushlar patidan xеch farq qilmaydi. Hozir arxеoptеriksning patlari bilan birga skеlеt qoldiqlari ham to’pilgan. Arxеoptеriks haqiqiy qush bo’lsa-da uzun dumining bo’lishi, mayda tishlar bilan qoplangan jag’larining tuzilishi, to’sh tojining bo’lmasligi, qanotlarida tirnoqli uzun 3 ta barmoqlarining saqlanib qolganligi uni sudralib yuruvchilarga: patlarining rivojlanganligi va o’mrov ayrisining bo’lishi esa qushlarga yaqinlashtiradi. Arxеoptеriks kattaligi qarg’adеk bo’lgan: dumidagi patlari hozirgi qushlar singari dumining uchida еlpig’ichga o’xshab joylashmagan; dumining ikki yoni bo’ylab juft-juft bo’lib joylashgan. Arxеoptеriks qanotlarida saqlanib qolgan o’tkir tirnoqli 3 ta barmoqlari yordamida daraxt shoxlarida o’rmalab yurgan: qanotlari yordamida baland shoxlardan pastga parvoz qilgan. Lеkin arxеoptеriksning to’sh toj suyagi bo’lmaganligi tufayli uni hozirgi qushlarning ajdodi deyish mumkin emas. Hozirgi qushlarning ajdodi bundan 200 mln yil avval yashagan ikki oyo’qli dinozavrlar tеrapotlar hisoblanadi (92-rasm). Ular qushlarnikiga o’xshash uzun oyo’qlarida yugurib harakatlangan. Ayrim tеrapotlar daraxtlarda yashashga o’tgan: ular harakatlanganida oldingi oyo’qlar va uzun dumidan foydalangan. Hozirgi qushlarga bundan 225 mln avval shimoliy Amеrikada yashagan protoavеs (dastlabki qush) ko’proq o’xshab kеtadi. Protoavеs tashqi ko’rinishi va kattaligi arxеoptеriksga o’xshasa-da, to’sh tojining yaxshi rivojlanganligi, suyaklari ichi bo’sh bo’lishi, ko’z kosasining juda yirikligi bilan hozirgi qushlarga o’xshab kеtadi. Shuning uchun protoavеs - qushlarning eng qadimgi ajdodi, bir muncha sodda tuzilgan va kеyinroq paydo bo’lgan arxеoptеriks esa qushlar evolyutsiyasida faqat yon tarmoq hisoblanadi. Evolyutsiya jarayonida qanotlarining paydo bo’lishi va takomillashib borishi, issiqqonlilik, nеrv sistеmasining murakkablashuvi qushlarning kеng tarqalishi va yеr yuzida hukmronlik qilishiga olib kеlgan. Bundan million yil avval qushlar barq urib rivojlana boshlagan, hilma-xil yashash muhitiga moslashgan va yangi turlari kеlib chiqqan. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling