Tabiiy fanlar fakulteti biologiya –60110900 O’roqboyeva Mehriniso Qo’chqor qizining “Koʻchib yuruvchi qushlar, asosiy turlari hayoti


Download 0.5 Mb.
bet8/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1551435
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)

II.BOB.QUSHLARNING EKOLOGIYASI
II.1. Qushlarning umumiy tarqalishi va yashash sharoitlari
Qushlarning havo muhitini egallab faol uchishi, issiqqonlilik, markaziy nerv sistemasining yuksak darajada rivojlanganligi ularning yer yuzida keng tarqalishi uchun juda katta imkoniyat bergan. Qushlar ingichka daraxt shoxlaridan, borib bo'lmaydigan qoyalardan, bag`ri keng okeanlardan uchib o'tib o‘z oziqasini topadi. Ular oziq qidirib uzoq hududlarga uchib boradi. Shuning uchun qushlarning oziqlanadigan, urchib, dam oladigan joylari bir-biriga bog'liq bo`lishi shart emas. Masalan, jarqaldirg'ochlar oziq axtarib 1000 km gacha bo'lgan masofadan o`tadi. Uchish layoqati qushlar uchun doimiy boshpana o`rnini bosadi. Masalan: daraxtlarda dam olib turgan qush xavf tug`ilganda darhol uchib ketadi. Qushlarning ucha olish xususiyatidan tashqari ulardagi moddalar almashinuvining kuchli rivojlanganligi haroratining yuqori bo'lishi ham ularning keng tarqalishiga sabab bo`ladi. Qushlar 8500 m balandliklarda. Tog` cho'qqilarida qurib qaqrab yotgan cho'li-sahrolarda, okeanlarda ham uchraydi. Qushlarning yashash sharoitlari qancha xilma-xil bo‘lsa, ularning turi shunchalik ko‘p bo'ladi. Turli qushlarning vertikal tarqalishi xilma-xil. Masalan: Yangi Gvineyada kazuarlar dengiz sathidan 2000 m balandlikka ko'tariladi. Qumoylar va tasqaralar 7000 m balandlikda uchratilgan, kolibrilar ham 4550 m balandlikda ucha oladi. likda uchratilgan. kolibrilar ham 4550 Baliqchilar va chigirtkalar 4,7 km balandlikda uchraydi. Pingvinlar, gagalar, qoravoylar oziq tutish uchun 20 m gacha chuqurlikka suvga sho`ng`ishi mumkin. Xullas, qushlar yer yuzida keng tarqalgan ya’ni ular Janubiy qutbdan tortib, pingvinlar yashaydigan Shimoiy qutbgacha kirib boradi. Masalan: Frans-losif yerlarida (81° shimoliy kenglikda) 8 tur qush uya quradi. Grant yerida (82 va 83° shimoliy kenglikda) kichik gagarka, tupik, baliqchilarning 3 ta turi va kayralar uchratilgan hamda oq yapaloqqush, qutb kuropatkasi, punochka loyxo'raklarning ayrim turlari, chigirtchi, gaga, qora kazarkalarning uya qurishi aniqlangan.
Qushlarning ko'pchilik turlari, ya’ni 80% asosan tropik mintaqalarda yashaydi: shimolga va janubga qarab borilgan sari ularning turlari kamayadi. Ularning turlari o'rmonlarda ko‘p bo‘lsa, cho‘l va tundrada kamroq. Masalan: Arxangelsk viloyatiga qarashli hududlarda va O‘rta Osiyo cho'llarida (Qizilqum, Qoraqum) 60 ga yaqin qushlar tun uya quradi. Umuman qushlarning har xil sharoitga yashashga moslanishi ularning tuzilishi va hayot kechirishiga ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham turli qushlar ayrim chegaralangan hududlardagina yashay oladi.
Uchish qushlar ekologiyasida katta ahamiyatga ega. Faqat pingvinar va ko`kraktojsizlar katta turkumlarining vakillari hamda ukki, to`ti, suvmoshaklarning ayrim turlari, qanotsiz gagarka, dront va pustinnik degan kaptar turlari ucholmaydi.
Ma'lumki, qushlarda asosiy uchish organi ularning qanotlari hisoblanadi. Qushlarning uchish aerodinamikasi ancha murakkab va hozirga qadar to`liq aniqlanmagan. Uchishning jismoniy asosini shunday xarakterlash mumkin: qanotining ustki tomoni gumbazdek ko`tarilgan pastki tomoni esa botib kirgan bo’ladi. Natijada qanot ko`tarilganda havo uning ustidan osonlik bilan o’tadi, qanot pastga tushirilganda esa qanot ostida havo girdobsimon harakat qilib, qushni yuqoriga ko‘taradi. Qanotning oldingi cheti ancha yo‘g'on (bu yerda suyak, muskul va bir necha qavat patlar joylashgan) va baquvvat, orqa cheti esa ingichka va egiluvcnan bo`lad. Shuning uchun qanot pastga tushganda, uning shu cheti biroz yuqoriga ko`tariladi, buning natijasida oldinga qarab ta’sir ko'rsatadigan bosim hosil bo'ladi. Qush havoda o'zini tutib turish bilan birga harakat ham qiladi. Qanotni yuqoriga ko'targanda qoquv patlari ozgina aylanadi va havoni o’tkazadi, shu sababli ko'tarilish uchun kam kuch sarf qilinadi. Qanotning keyingi uchi yuqoriga va keyinga harakat qilishi natijasida qo'shimcha tortish kuchi paydo bo'ladi, qanotning asosiy qismi esa ko'tarilish kuchini hosil qiladi. Ko‘tarilish kuchi uchayotgan qush tanasi va dumini havo aylanib o‘tganda ham hosil bo`ladi. Uchish asosan ikki xil bo`ladi, ya’ni qanot qoqib uchish va parvoz qilib uchish.
Qanot qoqib uchgan vaqtda qush ritmik ravishda qanotini ko'taradi va tushiradi. Uchishning bu turi nihoyatda xilma-xildir. Qanotlarini asta-sekin va osoyishta qoqadigan qarg‘a, pirillab uchadigan chumchuq, havoda lapillab uchib boradigan kuyka, o'qdek uchadigan qaldirg'och va tikka ko’tarilib uchadigan qirg'ovullar shu usulda uchadi. Qanot qoqib hilpillab uchishning o‘ziga xos xili, bu qanotlarini tez qoqib (hilpillatib), ma'lum vaqt ichida bir joyda havoda uchibturishdir. Baliqchilar, chigirtchilar, miqqiylar shunday uchib o`ljasini kuzatadi. Kolibrilar ham shu uchishdan foydalanadi.
Parvoz qilib uchish vaqtida qush energiyani tashqaridan oladi, ya'ni harakatlanib turgan havo energiyasidan foydalanadi. Havoda harakat qilmaydigan bo'lsa, qush qanotini yozib turgan paytda tobora pastga tushavergan bo'lar edi. Lekin, uning atrofidagi havo yuqoritomon harakat qilganligi uchun qush o‘z balandligini saqlab qoladi yoki yanada balandroqqa ko’tariladi. Parvoz qilib uchish ikki xil bo`ladi: statik va dinamik parvoz.
Statik parvoz materiklarning ustida sodir bo‘ladi. Landshaftlarning chetida (tog`li va tekislik, o`rmon chetlarida) yerning ustki qatlami biroz qizigach, havo oqimi yuqoriga ko'tariladi yoki havo oqimi to’siqlar yuzasidan o’tganda (jar, tog' cho'qqilari) havoga ko'tariladi. Bunday uchishdan foydalanadigan qushlarning qoquv patlari serbal keyingi uchlari biroz ochiladigan bo’ladi. Parvoz qilib uchishdan yirtqich qushlar, laylaklar, saqoqqushlar foydalanadi. Bu qushlar doira hosil qilib asta-sekin yuqoriga ko’tariladi. Keyin aylanib oziq axtaradi yoki pasayib kerakli yo'nalishni oladi.
Dinamik parvoz dengiz va okean qushlariga (bo'ronqushlar, albatroslar, baliqchilar) xosdir. Bu qushlarning qanotlari uzun, lekin kambar, uchi o'tkirlashgan bo'ladi. Dinamik parvozda qushlar, asosan ikki havo oqimi tezliklarining har xilligidan foydalanadi, shu bilan birga qush aylanib-aylanib bir xil tezlikdagi oqimdan ikkinchi xil tezlikdagi oqimga o’tganida harakat energiyasini oladi, ko‘pincha har xil tomonga va har xil kuchda esayotgan shamoldan, havo pulsatsiya- sidan foydalanadi. Havoning pulsatsiyasi va girdoblanishi dengiz okean suvlari ustidagi atmosfera uchun juda ham xarakterli bolib, ozgina shamol turganida ham yuzaga kelaveradi. Shamol bo'lmagan vaqtda bu qushlar parvoz qila olmaydi va suvda suzib, shamol turishini kutadi.
Yurish va yugurish deyarli hamma qushlarga xos. Istisno tariqasida sira yura olmaydigan jarqaldirg'ochlarni ko’rsatish mumkin. Chunki ularning oyoqlari juda kalta, to'rttala barmoqlari ham oldinga qaratilgan. Qanotlari esa juda uzun va o'tkir. Qushlarning har xil guruhlari turlicha yuradi. Daraxt shoxlarida qushlar. odatda sakrab harakat qiladi (qizilishton, chumchuqsimonlar). To'tiqushlar daraxt shoxlarida yurganda tumshug’idan ham foydalanadi. Ko’pchilik qushlar yerda sakrab yuradi (chumchuqlar), boshqalari yuradi va yuguradi qarg`a mayna, musicha). Eng tez yuguradigan qushlar ucholmaydigan qushlar (ko’kraktojsizlar) bo’lib, ayrim turlari (tuyaqushlar) soatiga 50 km tezlikda yuguradi.
Suzish va sho‘ng‘ish ham juda ko‘p qushlarga xos. Suvda yaxshi suzuvchi qushlarning tanasi biroz yalpoq bo’lib, yelka-qorin tomon- ancha siqilgan. Bu esa qushga suvda turg’unlik beradi, suyaklarining pnevmatikligi yaxshi rivojlangan, patlari zich va pari ko’proq bo`ladi. Suzganda oyoqlari asosan orqa tomonda boladi. Pelikanlar, sayburunlar, qo‘ng’irlar, baliqchilar, ko’pchilik g'ozsimonlar haqiqiy suzuvchi qushlar hisoblanadi. Sho’ng’uvchi qushlarning tanasi cho`zilgan va biroz yon tomondan qisilgan bo’ladi. Suyaklarining pnevmatikligi kam. Tana zichligi oshadi. Haqiqiy sho‘ng‘uvchi qushlarga pingvinlar, qoravoylar, chistiklar, qo’ng’irlar kiradi. Suv qatlamida oyoqlari yordamida harakat qiladi. Sho'ng’uvchi qushlar suv tagida 2-3 minut, pingvinlar esa 7-8 minut tura oladi. Bu guruhga havodan sho’ng'ib, suvga inersiya bilan kiruvchi qushlar ham kiradi. Bunda qushlar suv qatlamidan o’ljasini tutgach, po’kak singari suv yuzasiga chiqarib tashlanadi. Baliqchilar, baliqchi burgut, oq dumli burgut, ko'ktarg'oqlar shu guruhga kiradi.
Qushlarning uchish tezligi ham har xil. O'rmonda yashaydigan kichik chumchuqsimonlar soatiga 25-40 km tezlikda uchadi, kaptarning uchish tezligi soatiga 20 km dan-60 km gacha, ular shu tezlikda 500—600 km masofani bosadi. Lochinlar o’ljasini tutish uchun soatiga 65 km tezlikda uchadi. O’ljasiga yuqoridan pastga tashlanganda tezligí soatiga 300-350 km gacha yetadi.
O’rdaklar va ko’pgina loyxo’raklarning o’rtacha uchish tezligi soatiga 60-80 km. qaldirg’ochlarniki 40-45 km, qarg‘alarniki 25-30 km, qorayaloqlarniki 45 km. chillarniki 40 km. jarqaldirg’ochlarniki 100—120 km ga boradi. Primoreda yashaydigan tikandumli jarqaldirg'och esa soatiga 170 km tezlikda uchadi.
Harorat ham qushlarga, ayniqsa hasharotxo‘r qushlarga katta ta’sir qiladi. Shuning uchun harorat past bo'lgan hududlarda hasharotxo'r qushlar kam uchraydi. Harorat suv va suv bo’yida yashaydigan qushlarga ham ta'sir qiladi. Sovuq haroratda yer va suv muzlaydi. Natijada qushlar oziq topa olmaydi. Ular —2-4°C gacha sovuqqa chiday oladi. Namlik esa qushlarga kam ta'sir qiladi. Chunki qushlarning terisi va pati ulami namlikdan saqlaydi.
Qushlarning hayotida yorug'lik ham muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham qushlarning ko‘pchilik turlari asosan kunduzi faol bo`ladi. Yorug`likning ko'p bo'lishi ularga salbiy ta’sir etmaydi. Masalan: shimolda quyosh nurining bir necha oy bo’lmasligi tufayli ko'plab tungi qushlar kunduzi faol hayot kechirishga o'tgan.
Qushlar orasida hayoti davomida suv muhitida va yer ostida yashaydiganlari yo‘q.
Qushlar hayot kechiradigan joyining xususiyatlariga qarab quyidagi, ekologik guruhlarga bo'linadi:
I. Butazor-o'rmon qushlari.
II. Botqoq-o’tloq qushlari.
III. Cho‘1 (dasht)-sahro qushlari.
IV. Suv qushlari.
1. Butazor-o‘rmon qushlari. Bu guruh qushlari o'rmon va butazorlarda yashashga moslashgan. Bu qushlar uyalarini daraxt va butalarining shox ayrisiga, daraxt kovaklariga, shox ustiga va novdalar orasiga quradi. Daraxtda yashashga moslashgan qushlarga to‘tiqushlar qizilishtonlarni misol qilib olish mumkin. Ayrim turlari ko'pincha oziqasini yerdan topadi va oziq topish uchun dalalarga uchib boradi (chug'urchuq, shaqshaq. kaptar va boshqa qushlar). O'rmonda yashaydigan karqurlar va qurlar yerga uya quradi.
Butazor-o'rmon qushlari o‘z navbatida daraxtga o'rmalab chiquvchi qushlar va o'rmon qushlari ekologik guruhchalarga bo'linadi.
Daraxtga o‘rmalab chiquvchi qushlar o‘z oziqalarini daraxtdan, daraxt shoxlaridan topadi va daraxtlarga, ularning shoxlariga uya quradi. Masalan: arxeopteriks, goatsinning ucholmaydigan jo'jalari, qizilishtonlar, to'tilar va ba’zi chumchuqsimonlar shu guruhchaga kiradi. Qizilishtonlarning oyoqlari kuchli bo'lib, tirnoqlari qayrilgan. Ularning ikki barmog‘i oldinga va ikki barmog'i orqaga qaragan bo'ladi, dumidagi patlari qattiq. mustahkam bo'lib. daraxtga chiqishda unga tayanadi vi vertikal yo'nalishda harakat qiladi. To'tilar daraxt shoxlarida oyoqlari va tumshuqlari yordamida mohirlik bilan o'rmalaydi va aylanadi. Bu qushlar hasharotlar, o'simlik urug'lari va mevalar bilan oziqlanadi. Masalan: qizilishtonlar tumshug'i bilan daraxt po'stloqlarini teshib, tili yordamida hasharotlar va ular lichinkalari bilan oziqlanadi. Ko'pchilik chumchuqsimonlar, tovuqsimonlar va kaptarlar o'simlik urug'lari bilan oziqlanadi. To'tilar, tukanlar, mevaxo'r kaptarlarning tumshug‘i katta va uzun bo'lib, mevalarni cho'qib oziqlanadi. Nektar bilan oziqlanuvchi qushlarga Amerika kolibrilari, Afrika va Janubiy Osiyo nektarchilari kiradi. Bu qushlarning ham tumshug'i katta, lekin ingichka bo'lib, uchi sal pastga qayrilgan bo'ladi. Nektarchilarning tili nayga o'xshash, nektar so'rishga moslashgan. Daraxtga o‘rmalab chiquvchi qushlar kolibrilarni hisobga olmaganda yaxshi ucholmaydi.
O‘rmon qushlari guruhidagi qushlar asosan o'rmonda yashaydi, havoda yaxshi uchadi. Uyasini daraxtga qo'yadi. Bularga pashshaxo'rlar misol bo'ladi. Ular havoda uchib ketayotib, hashoratlarni tutib yeydi. Hasharotlarni tutib yeb, yana daraxt shoxiga ikkinchi o'ljasini poylaydi. Bu guruhchaga yana karqurlar, qurlar, qorabovurlar va nektarchilar kiradi. Bu qushlar o'rmonda hasharotlarni qirib, o'rmon xo'jaligiga katta foyda keltiradi. Ular yozda mevalar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Qishda ovqatini faqat daraxt ustidan topadi. Nektar so'ruvchilar o'simliklarni changlatishda katta ahamiyatga ega.
II. Botqoq-o‘tloq qushlari. Bu guruhga balchiqchilar. tar-tarlar, qarqaralar, botqoq tovuqchalari, laylaklar, turnalar, pogonishlar bigiztumshuqlar, qiziloyoqlar kiradi. Ular suv bo'ylaridagi o'tloqlarda, botqoqliklarda yashaydi va oziqasini yer ustidan topadi, suvda suzolmaydi. Bu guruhga kiruvchi qushlarning oyoqlari, tumshug‘i, bo`yni uzun, ilik suyagi yalang'och, oyoq barmoqlari ingichka, uzun barmoqlari orasida suzgich pardalari bo'lmaydi, dumi kalta. Ularning bir necha guruhchalari bor.
Yalang‘och oyoqlilar guruhchasi. Bu guruhchaga katta va o'rtacha kattalikdagi qushlar kirib, oyoqlari uzun bo'ladi. Masalan, laylaklar, qo'tonlar, turnalar. Ular ko'pincha botqoqliklarda, qamishzorlarda yashaydi. Ba’zilari daraxtga tuxumini qo'yadi. Ba’zan ular tumshug'i yordamida yerni kovlaydi. Tumshug'i uzun, qattiq, qisqichga o'xshaydi.
Botqoqlik qushlari guruhchasiga o'rtacha va kichik qushlar kirib, qalin o'tloqi-botqoqliklarda yashaydi. Masalan; botqoq tovuqchasi va sulton tovug'i shu guruhchaga kiradi. Bu qushlarning oyoqlari kalta, lekin barmoqlari uzun, bu esa ularni o‘tloq, butazor va botqoqliklarda yurishiga yordam beradi. Ular yaxshi ucholmaydi. Tumshug'i kalta, ozig'ini yer ustidan va daraxtlardan topadi. Bu guruhchaga botqoq baliqchi qushlari va loyxo'raklar ham kiradi.
III. Cho‘l-sahro qushlari. Bu guruhga juda oz qushlar kiradi Ular cho'l, sahro, dasht va o'tloq joylarda yashaydi (tuyaqushlar, toshsirchumchuqlar, tuvaloqlar, oqbovur, qorabovur, to'rg'aylar, chillar bulduruqlar). Ozig'ini yer yuzasidan qidiradi. Gavdasi yirik yoki o`rtacha kattalikda, bo'yni va oyoqlari uzun, baquvvat, barmoqlari kalta va yo'g‘on. Bu guruh o'z navbatida yuguruvchilar va tez uchuvchi qushlar ekologik guruhchalarga bo'linadi.
Tez uchuvchi qushlar guruhchasiga o'rtacha kattalikdagi qushlar kiradi. Ularning oyoqlari kalta, qanotlari uzun va o‘tkir bo'ladi (bulduruqlar). Ular dushmanlaridan himoya rangi orqali yoki tezlik bilan uchish natijasida saqlanadi. Cho'l-dasht qushlari yoki sahro qushlari uyalarini yer ustiga quradi.
IV. Suv qushlari. Bu guruhga pingvinlar, baliqchilar, chistiklar, qong‘irlar, kurakoyoqlilar, nayburunlilar, g'ozsimonlar va gagarasimonlar kiradi. Bu qushlar hayotining ko'p qismini suvda o'tkazadi. Ularning oyoqlari kalta, barmoqlari orasida yaxshi rivojlangan suzgich pardalari bor, suvda yaxshi va yengil suzadi, ko'pchiligi sho'ng'iydi, tumshug'i keng, yapaloq bo'lib yuqoridan pastga qarab yiqilgan. Quruqlikda beso'naqay yuradi, uchishda qiynaladi. Ayrimlari (pingvinlar) ucholmaydi. Oyoqlari tanasining keyingi qismida joylashganligi sababli tanasi yerda yurganida deyarli tik joylashadi. Pat qoplami tig'iz, parlari yaxshi rivojlangan. Suv qushlari baliqlar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar, o‘simliklarning vegetativ organlari va urug'lari bilan oziqlanadi. Suv bo'yida, yer ustiga, daraxtlar shoxiga, butalarga, qamishlar orasiga, qoyalardagi yoriqlarga uya quradi. Patlari juda zich joylashgan. Bu qushlarning pat va parlari ivimaydi, chunki ular patlarini dumg'aza bezidan chiqadigan yog'simon suyuqligi bilan yog'lab turadi. Bez suqligi pat-parlarni suv yuqtirmaydigan qiladi. Suv qushlari ham bir necha guruhchalarga bo'linadi.
Sho`ng‘uvchi qushlar guruhchasiga kiruvchi qushlarnining hayoti asosan suvda o'tadi. Pingvinlar, chistiklar,gagaralar, qo`ng`irlar, sho‘ng‘uvchi o'rdaklar, qoravoylar sho‘ng‘uvchi qushlarga kiradi. Ular sho'ng'igan vaqtda suv ostida,qanoti va oyog’i bilan harakatlanadi. Quruqlikda qiyinchilik bilan yuradi. Bu qushlar yomon uchadi yoki ucholmaydi. Uyasini suvga yaqin joylarga quradi. 10-20 m chuqurlikka suvga sho‘ng‘iydi.
Havo-suv qushlari guruhchasiga bo’ronqushlar, chigirtchilar, nayburunlilar. dengiz qaldirg’ochlari, olushalar va baliqchilarkiradi. Ular suv bilan kamroq bog’langan. Juda yaxshi uchadi oladi, lekin yaxshi sho’ng'iy olmaydi. Asosan baliqlar bilan oziqlanadi.
Yer-suv qushlari guruhchasiga o'rdaklar, g’ozlar va oqqushlar kiradi. Ularning uyasi suvdan uzoq joylarda bo’ladi. O’rdaklardan sho’ng’uvchi o’rdaklar ko'proq suv muhiti bilan bog'liq bo`ladi. Chunki sho’ng’uvchi o’rdaklar faqat suv muhitida oziqlanadi. Bu qushlar yaxshi uchadi, lekin havoga qiyinchilik bilan ko‘tariladi. Ular havoga ko'tarilish oldidan suv yuzasida yuguradi. Haqiqiy o’rdaklar suv bilan kamroq bog’liq bo’lib, yomon sho’ng’iydi, ammo yaxshi uchadi, chunki ular ko'proq quruqlikda oziqlanadi. G'ozlar ham suv muhiti bilan kamroq bog’liq, ular uyasini suv atrofiga qo‘ysada ko’p vaqtini quruqlikda o’tkazadi, o’simliklar bargi va urug’lari bilan oziqlanadi.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling