Tabiiy fanlar fakulteti biologiya –60110900 O’roqboyeva Mehriniso Qo’chqor qizining “Koʻchib yuruvchi qushlar, asosiy turlari hayoti


Download 0.5 Mb.
bet11/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1551435
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)

Mavsum siklliligi. Qushlarning mavsum siklliligi quruqlikda yashovchi boshqa umurtqali hayvonlarnikidan farq qiladi. Oziq yetishmay qolgan yil faslida qushlar ayrim hayvonlar singari hayot faoliyatini pasaytirmaydi va uyquga ketmaydi, aksincha bunday noqulay sharoitda ular faoliyatini kuchaytiradi. Qushlarning mavsum sari bir tomondan boshqa tomonga uchib borishi yoki migratsiyasi bu hodisaning aniq ifodasidir.
Qushlar yashash joyining mavsumiy o'zgarishiga qarab 3 guruhga bo'linadi: 1. O ’troq qushlar.
2. Ko’chib yuruvchi qushlar.
3. Uchib ketuvchi qushlar.


III.2. Ko`chib yuruvchi qushlar tarkibiga kiruvchi qushlar hayoti
Ko‘chib yuruvchi qushlar turlari qishda ancha keng tarqalib ketadi va Janubiy tomondagi tumanlarga bir necha kilometrgacha masofaga uchib boradi, lekin o’zi yashayotgan tabiiy hududini tashlab ketmaydi. Ko’pincha ularning yozda va qishda yashaydigan hududlari qisman bir-biriga to'g’ri keladi. Bunday hodisa, snegirlarda ko‘pgina dehqonchumchuqlarda, go’ngqarg’alarda, olaqarg'alarda, zag'chalarda, qorayaloqlarda ko‘riladi. Tropiklardagi qushlarning ko’p turlari ko’chib yuruvchi qushlar hisoblanadi. Bu qushlarning ma'lum bir doimiy qishlash joyi bo’lmaydi.
Migratsiya qiluvchi va ko‘chib yuruvchi qushlarning ko'pchiligida yashagan joyiga yoki uyasiga qaytib kelish - uya konsen’atizmi xususiyati bo'ladi.
Qushlarning kelib-ketishi asosan ularning oziq topishiga bog'liq bo`ladi. Yerdagi qorning eriy boshlashi bilan go‘ngqarg‘alar paydo bo'lishi uchun sharoit tug`iladi. Katta-katta yerlarning qorlari erib ketishi bilan to'rg'aylar, qorayaloqlar, qizilto'sh chumchuqlar uchib kedadi. Suv yuzasidagi muzlarning erib ketishi bilan suv qushlarining paydo bo'lishi uchun sharoit tug'iladi. Hasharotlar paydo bo'lishi bilan esa hasharotxo'r qushlar uchib kela boshlaydi.
Qushlarning migratsiya tezligi yil fasllariga bog'liq bo'ladi. Masalan, kakkular bahorda bir sutkada o'rtacha 80 km tezlikda uchsa, kuzda 30 km tezlikda uchadi. laylaklar bahorda bir sutkada 400 km uchsa, kuzda 150-200 km uchadi, go’ngqarg'a mart oyida 55 km masofani uchib o'tadi. Ko'pgina qush turlari katta-katta suvliklar ustidan dam olmasdan uchib o'tadi.
Chumchuqsimonlar (Passeriformes) turkumi. Bu turkumga 5000 dan 5700 tagacha tur kirib, hozirgiyashab turgan qushlar turining 66% ni tashkil etadi. Chumchuqsimonlarning hajmi va tuzilishi turlicha, eng kichik vakili korolek (chittakning bir turi)ning 4,5-6 g. eng yirik vakili qarg'aning og'irligi esa 1100-1500 va tanasining uzunligi 9,5 sm dan (korolyok) 65 sm gacha (quzg`un) boradi. Erkaklari yirikroq bo'ladi.
Chumchuqsimonlarning turlari asosan o’rmonlarda va butazorlarda, o'simliklar ko‘p bo‘lgan joylarda yashaydi. Ularning orasida haqiqiy suvda yashaydiganlari yo'q. Bu qushlar hasharotlar, donlar, mevalar va mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Barcha chumchuqsimonlar monogam, jish va ular uya qurib yashaydi. Ko’pchiligi bir yilda 2 marta urchiydi va 4-8 tadan tuxum qo’yadi.
Chumchuqsimonlar turkumi 3 ta kenja turkumga bo‘linadi.
1. Qichqiruvchi chumchuqsimonlar (Clamatores) kenja turkumi.
2. Soxta sayroqi chumchuqsimonlar (Menurae) kenja turkumi.
3. Sayroqi chumchuqsimonlar (Oscines yoki Passares) kenja turkumi.
Qichqiruvchi chumchuqsimonlar kenja turkumining vakillari primitiv tuzilgan. Tovush chiqaruvchi pastki hiqildoq muskullari 2 juftdan oshmaydi. Bu kenja turkumning 11 ta oilasi va 1000 dan ortiq turi bor. Ular asosan Janubiy Amerikada, ayrim turlari Shimoliy Amerikada va Sharqiy yarimsharning tropik mintaqalarida uchraydi Tipik vakili tosh tovuq.
Soxta sayrovchi chumchuqsimonlar kenja turkumiga 4 ta tur kirib, ular Avstraliyada tarqalgan. Soxta sayrovchi chumchuqsimonlarning tovush chiqaruvchi pastki hiqildoq muskullari sayroqi chumchuqsimonlarnikiga nisbatan sust rivojlangan. Soxta sayrovchi chumchuqsimonlarning asosiy oilasiga lira qushlar (Menuridae) kiradi.
Sayrovchi chumchuqsimonlar kenja turkumiga 4000 tadan 4570 tagacha tur, 30 tadan 70 tagacha oila va 1000 ga yaqin urug’lar kiradi. Yer yuzida keng tarqalgan. MDHda 330 ta turi, jumladan O‘zbekistonda 210 ga yaqin turi uchraydi va ularning barchasi sayrovchi chumchuqsimonlar kenja turkumiga kiradi. Bu qushlarning tovush apparati to'liq rivojlangan, tovush chiqarish muskullari 5-7 juft bo'ladi. Sayrovchi chumchuqsimonlar kenja turkumining asosiy oilalariga: qaldirg'ochlar, qarg'alar, jiblajibonlar, qorayaloqlar, so'fito'rg'aylar, chittaklar, sviristellar. Suvchumchuqlar, pashshaxo'rlar, qarqunoqlar, chug'urchuqlar, bigiztumshuqlar moyqutlar, korolyoklar, vyuroklar, zarg'aldoqlar, shaqshaqlar, nektarchilar, to'qimachilar, fotmachumchuqlar, dehqonchumchuqlar, jannatqushlar va boshqalarni kiritish mumkin.

Dehqonchumchuqlar (Emberizidae) oilasi vakillarining tanasini uzunligi 12.5-20 sm. tumshug'i konussimon o'tkir. ba'zan yog`onlashgan ustki va ostki kesuvchi qirralari ichiga bukilgan. 317 ta turi bor. Amerikada ko`p uchraydi. Ochiq joylarda yashaydi. MDH-da 27 ta turi va O’zbekistonda 16 ta turi uchraydi. Dehqonchumchuqlar juda yoqimli sayraydi. Yerda uya quradi. 2-6 ta tuxum qo‘yadi. O`simliklar urug'i va hasharotlar bilan oziqlanadi.


Ko'pchilik turlari asosan qushlar uchib o'tadigan erta bahor va kuz faslida uchrashi sababli dehqonchumchuqlar deyiladi. Tipik vakillariga tariqxo'r dehqonchumchuq (Emberiza calandra), oddiy dehqonchumchuq (E. cinirella), tog' dehqonchumchug'i (E. cia), to'qay dehqonchumchug`i (E. schoeniclus), vahimaqush (E. rustica), bog‘ dehqonchumchug'i (E. hortulana) va boshqalar kiradi.
Qarg'alar (Corvidae) oilasiga katta va o'rtacha hajmdagi chumchuqsimonlar kiradi. Daraxt va yerlarda, tog'larda yashaydi. Qarg'alar hammaxo'r bo'lib, tana uzunligi 18-70 sm. tumshug'i va oyoqlari baquvvat. Burun teshiklari keng va qillar bilan to'silgan. 104 ta turi bor.
Yer yuzida keng tarqalgan. MDHda 16 ta turi va O'zbekistonda 11 ta turi uchraydi. Ko'pchiligi gala bo'lib uya quradi. Uyalarini daraxtlar shoxi, kovagi, qoya toshlar, binolarga yoki qamishlar orasigaquradi. Urg’ochisi 3-10 ta tuxum qo’yib, uni bosib yotadi. Vakillariga qora qarg'a (Corvus corone), quzg`un (C. corax) go`ng qarg`a (C. frugilagiis), zag’cha (C. monedula), olaqarg'a (C cornix), zag`izg`on (Pica pica) va boshqa turlari kiradi.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, qushlarning fasllar va kunning uzun-qisqaligiga monand moslashuvlari bo`lib, bu siklliklarda o`z ifodasini topadi.Bunda qushlarning hayot sikli qator biologik fazalar yoki davrlardan tarkib topgan. Bu davrlarda u yoki bu biologik holatlar (ko‘payish, tullash, ko'chish va boshqalar) ustunlik qiladi. Sikllar barcha qushlar uchun bir xil emas. Qaysi turkum, oila va turlarga kirishiga qarab qushlarning sikllari turlichadir.
Qushlarning sutkalik ritmi urchish davrida ham o‘zgaradi, bu vaqtda ko'pgina kunduzgi qushlarning erkaklari deyarli kechayu-kunduz tinmasdan sayraydi. Bu ritm qushlar bir mintaqadan boshqa mintaqaga uchib ketayotganda ham o'zgaradi. Haqiqiy kunduzgi qushlarning ko'pchiligi kechasi shu tariqa uchadi.
Qushlarning mavsum siklliligi quruqlikda yashovchi boshqa umurtqali hayvonlarnikidan farq qiladi. Oziq yetishmay qolgan yil faslida qushlar ayrim hayvonlar singari hayot faoliyatini pasaytirmaydi va uyquga ketmaydi, aksincha bunday noqulay sharoitda ular faoliyatini kuchaytiradi. Qushlarning mavsum sari bir tomondan boshqa tomonga uchib borishi yoki migratsiyasi bu hodisaning aniq ifodasidir.
Ko‘chib yuruvchi qushlar turlari qishda ancha keng tarqalib ketadi va Janubiy tomondagi tumanlarga bir necha kilometrgacha masofaga uchib boradi. Lekin o’zi yashayotgan tabiiy hududini tashlab ketmaydi. Ko’pincha ulaming yozda va qishda yashaydigan hududlari qisman bir-biriga to'g’ri keladi. Bunday hodisa, snegirlarda ko‘pgina dehqonchumchuqlarda, go’ngqarg’alarda, olaqarg'alarda, zag'chalarda, qorayaloqlarda ko‘riladi. Tropiklardagi qushlarning ko’p turlari ko’chib yuruvchi qushlar hisoblanadi. Bu qushlarning ma'lum bir doimiy qishlash joyi bo’lmaydi.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling