Tabiiy fanlar fakulteti biologiya –60110900 O’roqboyeva Mehriniso Qo’chqor qizining “Koʻchib yuruvchi qushlar, asosiy turlari hayoti


Download 0.5 Mb.
bet10/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1551435
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)

Juft hosil qilishi. Ko’payishga tayyorgarlik davrida qushlar juft hosil qiladi. Monogamiya dеb ataladigan bu jarayon’ ko’pchilik qushlar uchun xos. Bir qancha qushlar (oqqushlar, laylaklar, lochinlar) jufti bir nеcha yil, hatto umr bo’yi saqlanib qoladi; boshqalari faqat ko’payish davrida juft hosil qiladi. O’rdaklarning jufti tuxum qo’yishdan oldin tarqab kеtadi. Bir qancha qushlar juft hosil qilmaydi; nari ko’payish davrida makiyonini otalantiradi; nasli to’g’risida faqat makiyoni g’amxo’rlik qiladi. Bu hodisa poligamiya dеyiladi. Poligamiya ko’pchilik tovuqsimonlar (qirg’ovul, qur, karqur, tovuq) uchun xos.
Ko’pchilik qushlarning narlari juft hosil qilish va ko’payish oldidan turli harakatlar va sayrash orqali urg’ochisini jalb qilishga harakat qiladi; ayrim poligam qushlarning narlari o’rtasida urush ham bo’lib o’tadi. Turnalarning narlari raqsga tushganga o’xshash harakatlar qiladi; tovuslar dumidagi patlarining yoyib, o’z go’zalligini namoyon qiladi. Chaylacha qushlar nari esa o’tlar, shox-shabbalar va barglardan uya qurib, uni chiroyli toshlar, chig’anoqlar va boshqa ko’zga tashlanadigan buyumlar bilan bеzatadi (89-rasm). Uyaga urg’ochisini olib kirib, unga gul yoki biron chiroyli buyum in'om etadi. Qushlarning sayrashi ham modasini jalb qilishga harakat qilishga qaratilgan.
III.BOB.QUSHLARNING SIKLLILIGI VA MIGRATSIYASI.
III.1.Qushlarning siklliligi
Qushlarning tinchlik davrini faollik davri bilan almashtirib turishi, amfibiyalar va sudralib yuruvchilarga o'xshab, namlik va haroratga bog'liq bo'lmay, balki ularning asosan oziq topish imkoniyatiga hamda ma'lum bir biologik xususiyatiga bog’liq. Qushlarda ham sutka va mavsumiy siklliliklar mavjud. Bunda qushlarning hayot sikli qator biologik fazalar yoki davrlardan topgan. Bu davrlarda u yoki bu biologik holatlar (ko‘payish, tullash, ko'chish va boshqalar) ustunlik qiladi.
Sutka siklliligi. Juda ko'p qushlar tong sahardan oziq qidiradi va kun botishi bilan uyquga kiradi. Qushlarning tungi hayvonlar bilan oziqlanadigan turlarigina kechasi yoki qosh qoraygan paytda faol boʻladi. Tungi qushlarga oq yapaloqqush, qayin yapaloqqushi va chumchuqsimon boyqushdan boshqa barcha yapaloqqushlar kiradi. Yapaloqqushlarning rangi qoʻng‘ir-kulrang bo'lganidan tunda ko'zga tashlanmaydi. Tungi qushlarga yana qarqaralar, to‘ti-yapaloqqush, kivi, balchiqchilarning ayrim turlari, bo‘ronqushlar va tentakqushlar kiradi.
Qushlarning sutkalik ritmi urchish davrida ham o‘zgaradi, bu vaqtda ko'pgina kunduzgi qushlarning erkaklari deyarli kechayu-kunduz tinmasdan sayraydi. Bu ritm qushlar bir mintaqadan boshqa mintaqaga uchib ketayotganda ham o'zgaradi. Haqiqiy kunduzgi qushlarning ko'pchiligi kechasi shu tariqa uchadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling