Tadbirkorlik faoliyatining tashkil qilinishi. Ta’sis etish va uning usullari


Tadbirkorlik subyektlarini qayta tashkil etish va uning turlari


Download 359 Kb.
bet6/10
Sana06.02.2023
Hajmi359 Kb.
#1170562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3. Tadbirkorlik faoliyatining tashkil qilinishi

3.4. Tadbirkorlik subyektlarini qayta tashkil etish va uning turlari

Yuridik shaxs vujudga kelishining huquqiy ahamiyati muhim hodisa bo‘lganligi tufayli, tadbirkorlik huquqida yuridik shaxs faoliyatining bekor bo‘lishi ham muhim huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlardan hisoblanadi. Bu shunisi bilan muhimki, oqibatda bir qancha huquq va majburiyatlar yuzaga keladi. Umumiy qoidaga ko‘ra yuridik shaxsning faoliyati qayta tashkil etish yoki tugatish natijasida bekor bo‘ladi.


Qayta tashkil etish – ilgari mavjud bo‘lgan korxonaning bekor qilinishi va yangi huquq subyekti sifatida tadbirkorlik faoliyatining davom ettirilishi demakdir.
Tugatishdan farqli o‘laroq qayta tashkil etishda mulk saqlanadi, mulkiy huquq va majburiyatlar ham mavjudligini yo‘qotmaydi. Ishlab chiqarish bo‘linmalari ham yo qisqargan, yoki yiriklashgan holda faoliyatini davom ettiradi. Qayta tashkil etish har doim huquqiy vorislik bilan bog‘liq bo‘lib, bunda mulkiy va boshqa huquq (majburiyat)lar bekor qilingan (turini o‘zgartirgan) bir huquq subyektidan boshqasiga, qaytadan vujudga keltirilgan korxonaga o‘tadi. Yuridik shaxs qayta tashkil etilgan taqdirda unga mulk huquqi asosida tegishli mol-mulk yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarga o‘tadi. Yuridik shaxsni tugatishdan buning asosiy farqi ham shunda ifodalanadi.
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorislari uning faoliyatini davom ettiradi. Shu bilan bog‘liq ravishda oxir oqibatda barcha huquq va majburiyatlar to‘liq o‘tishi lozim. Ular qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning universal huquqiy vorisi, topshirish hujjati, xuddi shuningdek, taqsimlash balansida qayd qilingan yoki qilinmagan bo‘lsa ham, uning barcha huquq va majburiyatlarining vorisi bo‘lib qoladi.
Qayta tashkil qilishning besh shakli mavjud.

Qo‘shib yuborish – o‘z faoliyatini tugatgan ikki yoki undan ortiq korxonaning barcha huquqlari va majburiyatlarini unga berish yo‘li bilan yangi korxonani vujudga keltirish. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-iyuldagi “Qarshitermoplast” davlat korxonasini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–406-son Qaroriga asosan “Qarshitermoplast” davlat korxonasini qayta tashkil etish natijasida uning huquq va majburiyatlari “Sho‘rtan GXK” sho‘’ba korxonasiga o‘tishi. Ya’ni bunda, o‘z faoliyatini tugatayotgan “A” MCHJ va “B” MCHJlarning huquq va majburiyatlarini qo‘shib yuborilish natijasida tashkil etilayotgan yangi korxona “S” AJning vujudga kelishi.
Qo‘shib olish – bir yoki bir nechta korxona faoliyatini to‘xtatib, ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa korxonaga berish. Misol uchun, “A” xususiy korxonasi o‘z faoliyatini to‘xtatib, uning huquq va majburiyatlari faoliyat yuritayotgan “B” MCHJga berilishi.
Bo‘lish – yuridik shaxs o‘z faoliyatini to‘xtatib, ikki va undan ortiq yuridik shaxslarga bo‘linadi. Misol uchun, “A” Aksiyadorlik jamiyati o‘z faoliyatini to‘xtatdi va bu AJdan yangi “B” MCHJ hamda “S” MCHJlar tashkil topdi.

Download 359 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling