3.3. Tadbirkorlik subyektlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish
Ma’lumki, tadbirkorlik subyektlari o‘z bizneslarini amalga oshirish uchun ro‘yxatdan o‘tgach ayrim hujjatlari, faoliyat turlari, ta’sis hujjatlari, yuridik manzillari, ishtirokchilari, ta’sischilari va h.k.larda o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiydir. Xo‘sh, bunday hollarda ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi qanday amalga oshiriladi? Avvalambor, shuni ta’kidlash joizki, quyida keltirilgan jadvaldagi ro‘yxat bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar majburiy qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Tadbirkorlik subyektlari - yakka tartibdagi tadbirkorlar
|
№
|
Ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarining nomi
|
Amalga oshirish muddati
|
1.
|
Yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik subyekti ishtirokchilari tarkibidagi
o‘zgarishlar.
|
o‘zgargan paytdan boshlab 10 kun mobaynida
|
2.
|
Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini amalga oshirish joyining o‘zgarishi.
|
o‘zgargan paytdan boshlab 10 kun mobaynida
|
3.
|
Oilaviy tadbirkorlik subyekti faoliyati turidagi o‘zgarishlar (qo‘shimchalar), yo‘nalishidagi o‘zgarishlar.
|
o‘zgargan paytdan boshlab 30 kun mobaynida
|
4.
|
Yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlaridagi, shu jumladan faoliyat
turidagi, yo‘nalishidagi o‘zgarishlar (qo‘shimchalar).
|
o‘zgargan paytdan boshlab 30 kun
mobaynida
|
Do'stlaringiz bilan baham: |