Tadbirkorlik faoliyatining tashkil qilinishi. Ta’sis etish va uning usullari
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning xorij tajribasi
Download 359 Kb.
|
3. Tadbirkorlik faoliyatining tashkil qilinishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon banki ekspertlarining bahosiga kora, Ozbekistonda biznesni ochish uchun Yaponiyaga nisbatan 1,5 marta, Rossiya va Germaniya 1,6 marta, Gretsiya va Isroil 2 marta, Ispaniya 2,2
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning xorij tajribasi.
A gar jahonda ushbu sohada ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni ko‘radigan bo‘lsak, biznes uchun qulay sharoit yaratish, tadbirkorlik subyektlarining o‘z faoliyatlarini tashkil etishni yanada yaxshilash va soddalashtirish borasida xorijiy investorlarni jalb qilish uchun musobaqa boshlanganga o‘xshaydi. O‘z iqtisodiyotini isloh qilayotgan barcha davlatlarda ushbu sohada yengilliklar yaratishga harakat qilinmoqda. Jahon bankining “Doing Business” xalqaro reytingiga ko‘ra, bu borada Yangi Zellandiya, Singapur, Daniya, Gongkong va Janubiy Koreya Respublikasi kabi davlatlar yetakchilik qilishmoqda. Ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni olish jarayonida axborot texnologiyalar foydalanish kam xarajatlik, tezkorlik, monitoring qilish va korrupsiyaning oldini olish imkoniyati bilan ahamiyatli. Ruxsat berish tartib-taomillarining elektron tizimga o‘tishini ham Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot tashkiloti mamlakatlari boshlab berdilar. Hozirda Buyuk Britaniya, Italiya, Meksika, Yangi Zellandiya, Koreya va Yaponiya, MDHga a’zo mamlakatlarda ham elektron litsenziyalashni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, “on-layn” rejimida ruxsat berish xususidagi hujjatlarni berish orqali litsenziya olish tartibini soddalashtirish jarayoni ketmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda tadbirkorlar mamlakatni taraqqiyotga olib chiquvchi, tinib-tinchimas, yangilikka intiluvchi aholining ilg‘or qatlami hisoblanadi. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish turli mamlakatlarda turlicha tashkil etilgan. Bu o‘z navbatida, davlatlarning iqtisodni qanchalik erkinlashtirgani, zamonaviy axborot texnologiyalaridan qanchalik foydalanayotganligi va tadbirkorlar bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlarning holati bilan bog‘liq. Shu sababli, biz uchun tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda rivojlangan xorijiy davlat tajribasini o‘rganish va ularning ijobiy jihatlarini o‘zlashtirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, AQSHning tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid tajribasi tahlili shuni ko‘rsatadiki, AQSHning turli shtatlarida tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish markazlari turli nomlar (one-stop centre, business one stop centre va x.k.) bilan yuritiladi. Soliq sohadagi imtiyozlar yuzasidan ularni qaysi shtatda ro‘yxatdan o‘tkazish ham muhim ahamiyatga ega. Chunki shtatlar tadbirkorlik subyektlariga imtiyoz va qulayliklar yaratib berish borasida bir-biri bilan musobaqalashadi. Ayniqsa, AQSHning “Korporatsiyalar uchun jannat” (Heaven for corporations) degan nomga sazovor bo‘lgan Delaver shtati tadbirkorlik subyektlariga qulay sharoit yaratishda yetakchilik qilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarga xos xususiyat shuki, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish elektron shaklda amalga oshiriladi, xususan AQSH bu masalada boshqa mamlakatlardan ildamlab ketgan. AQSHda tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladigan xizmatlar, jumladan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ham haq to‘lash asosida amalga oshiriladi. Masalan, firma nomlarini olish bizdan farqli o‘laroq davlat boji to‘lashni talab qiladi. Firma nomini zahiraga olganlik uchun 30 dollar miqdorida haq to‘lanadi. Bu shuni anglatadiki, Yagona darcha markazlarining o‘zlari ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Tadbirkorlik subyektlari haqidagi yillik ma’lumotlar olish, arizadagi o‘zgarishlarni qayta ro‘yxatga olish, qayta davlat ro‘yxatidan o‘tish kabi harakatlar uchun haq olinadi. Yagona darcha markazlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun haq markaz harajatlarini o‘zini-o‘zi qoplash imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilanishi kerak. Ushbu mexanizm rivojlangan mamlakatlarda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Hattoki, AQSHning Delaver shtatidagi shunday markaz shtat budjetining 5/1 qismini shakllantiradi. Yana bir farqli jihati shundan iboratki, AQSHda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish markazlari korxonaning ta’sis hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni talab qilmaydi. Ushbu hujjatlar AQSH qonunchiligiga ko‘ra, korxonaning ichki me’yoriy hujjati sifatida qaraladi. Tadbirkor o‘z xohishidan kelib chiqib, ta’sis hujjatlarini tuzadi. AQSHda tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda, ularga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun 90 kunlik muddat belgilandi. Tadbirkor o‘z xohishi va imkoniyatidan kelib chiqib, markazga qaysi kundan tadbirkorlik faoliyatini boshlashini ma’lum qiladi. Ana shu kundan boshlab soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash boshlanadi. Ushbu amaliyotni mamlakatimizda joriy etish juda muhim ahamiyatga ega. Chunki ko‘plab tadbirkorlik subyektlari bankdan kredit olib, nima qilishni bilmay, bir jiddiy qarorga kelganda kredit mablag‘larini maqsadsiz ishlatib qo‘ymoqda. Yoki endigina ish boshlab, mahsulot ishlab chiqarib, uni sotish uchun bozor izlanayotgan, hali daromad olishga ulgurmagan bir paytda soliq organlari soliqdan paydo bo‘lgan qarzdorlikni to‘lashni talab qilmoqda. Bunday holatlar tadbirkorning faoliyatni erta tugatishiga sabab bo‘lmoqda. Yuqoridagi tajribaning amaliyotga joriy etilishi tadbirkorning oyoqqa turib olishiga imkoniyat yaratadi va erta to‘lovga qobiliyatsizlikning oldi olinadi. S Jahon banki ekspertlarining bahosiga ko'ra, O'zbekistonda biznesni ochish uchun Yaponiyaga nisbatan 1,5 marta, Rossiya va Germaniya 1,6 marta, Gretsiya va Isroil 2 marta, Ispaniya 2,2 marta, Xitoy 4,8 marta kam vaqt ketadi. Mamlakatimizda kichik biznes subyektlarining soliq solish darajasi jihatidan AQSH, Kanada, Germaniya, Avstriya, Frantsiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Rossiya, Belarus` va boshqa davlatlariga nisbatan ancha kamni tashkil etadi. hu bilan birgalikda AQSHning deyarli barcha shtatlarida ayollar va minoritar etnik shaxslar agarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni istasa, ular uchun alohida imtiyozlar belgilangani va “One stop centre” yoki “One stop business registration” organlarida ma’lum chegirmalar va ayrim to‘lovlardan ozod etilishi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu toifadagi tadbirkorlar bilan shug‘ullanuvchi alohida bo‘linmalar, ya’ni “Minority and Women’s Business Enterprises Division” (M/WBED) faoliyati mavjud bo‘lib ular uchun alohida www.in.gov/idoa/2352.htm, www.irs.gov, www.sba.gov (Small Business Administration) va shu kabi saytlar tashkil etilgan. Yaponiyada tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi 3ta asosiy qonun hujjatlari qabul qilingan. Bular: 1963-yilgi Savdoni ro‘yxatga olish qonuni (Commercial Registration Act 1963), 1899-yilgi Savdo kodeksi (Commercial Code 1899) va 2005-yilda qabul qilingan Kompaniyalar to‘g‘risidagi qonun (Companies Act 2005). Shu bilan birgalikda, ushbu davlatda 2016-yil 22-dekabrda poytaxt shahar Tokioda alohida markaz ochildi. Biznesni tashkil etish yagona darcha Tokio markazi (TOSBEC – Tokyo One-stop Business Establishment Center) deb nomlanuvchi ushbu markazning asosiy maqsadi 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan Tokio olimpiadasiga puxta tayyorgarlik o‘rish va ushbu yirik xalqaro tadbirga mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishdir. Shu sababli ushbu Markazda tadbirkorlik subyektlari ikki tilda: yapon va ingliz tilida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va ular uchun alohida qulayliklar mavjudligi rasmiy OAVlari va internet saytlarida ko‘rsatib qo‘yilgan. Janubiy Koreyada tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun haq olinishi korxonaning ustav kapitali miqdoridan foiz hisobida hisoblanadi. Korxonaning ustav fondi qanchalik katta bo‘lsa, davlat bojining miqdori shuncha katta bo‘ladi. Bu o‘z navbatida kichik va yirik korxonalarni differensiatsiya qilish imkoniyatini beradi. Ushbu davlatda tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish shakli 4 qismdan borat bo‘lib, birinchi registratsiya raqami beriladi, ikkinchi ushbu tadbirkorlik subyektiga mol-mulk tituli beriladi, uchinchisi esa “Gap-ku”, ya’ni ushbu mol-mulkka egalik huquqi beriladi, va so‘nggi to‘rtinchi qism “Ul-ku”, ya’ni ushbu mol-mulkka bo‘lgan ijara, lizing huquqlarini qayd qiluvchi ma’lumotlar beriladi. Ushbu xizmatlar uchun 20000 vondan 30000 vongacha (15–25 AQSH dollari) to‘lov miqdori undiriladi. Agarda mol-mulkni notarial tasdiqlash kerak bo‘lsa uning qiymatiga qarab lekin kamida 80000 von (70 dollar) pul to‘lanishi ko‘rsatib qo‘yilgan. “Registry division” (section)larning aynan sudlar qoshida tashkil etilishiga sabab bu tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tishda, mol-mulkka bo‘lgan egalik huquqlarini tasdiqlatishda va boshqa davlat xizmatlari bilan bog‘liq masalalarda turli tushunmovchiliklar kelib chiqadi, tomonlarda kelishmovchiliklar va huquqiy yordamga ehtiyoj seziladi. Ushbu masalalarni vaqtida va joyida hal qilish uchun bu kabi markazlar Janubiy Koreya sudlari qoshida tashkil etilishi maqsadga muvofiq deb belgilab qo‘yildi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasida ham ushbu sohada rivojlangan xorij davlatlarning tajribasi o‘rganilib keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda va buning samarasi o‘laroq Jahon banki tomonidan har yili reyting tarzida e’lon qilinadigan Doing Business (Biznesni yuritish) O‘zbekiston Respublikasi yanada yuqori pog‘onalarni egallab borayotgani bunga yaqqol misol bo‘ladi. Va birgina 2014-yil iyun oyidan 2015-yil iyun oyi oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasining tadbirkorlarga, investitsiya muhitiga yanada yengilliklar va qulayliklar berish bo‘yicha olib borgan islohotlari kuchli o‘nlik davlatlar qatorida Jahon Banki tomonidan alohida e’tirof etilgan. Doing Business reytingining 2017-yil bo‘yicha hisobotida davlatimiz biznes yuritish osonligi bo‘yicha 190 davlat orasida 87-o‘rinni, xususan, tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha 25-o‘rinni egallagan . Download 359 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling