Tadbirkorlik faoliyatining tashkil qilinishi. Ta’sis etish va uning usullari


Download 359 Kb.
bet8/10
Sana06.02.2023
Hajmi359 Kb.
#1170562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3. Tadbirkorlik faoliyatining tashkil qilinishi

birinchidan fuqarolik muomalasining barqarorligi saqlanib qoladi;
ikkinchidan barcha huquq va majburiyatlar majmuining huquqiy vorisligi ta’minlanadi;
uchinchidan shartnomaviy va xo‘jalik aloqalari erkinligi ta’min etiladi;
to‘rtinchidan kreditorlar huquqlari maksimal darajada kafolatlanadi;
beshinchidan qo‘shimcha soliq to‘lash zarurati yo‘qoladi;
oltinchidan vaqtinchalik xarajatlar qisqaradi;
yettinchidan ayniqsa, qayta tashkil etishning o‘zgartirish shaklini qo‘llash samarasining yuqoriligi shundaki, unda ishlab chiqarish kapitali, moddiy vositalar, asosiy va oborotdagi fondlar to‘liq saqlanib qoladi.


Qayta tashkil etishda oldindan rozilik olish
Qo‘shib olish, qo‘shib yuborish yoki o‘zgartirish shakllaridagi ixtiyoriy qayta tashkil etish qonunda belgilanganidek, davlat organlarining oldindan olingan roziligi asosida amalga oshiriladi. Masalan, bunday rozilikni oldindan tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni keltirib chiqaruvchi xo‘jalik subyektlari ustidan nazorat qiluvchi monopoliyaga qarshi organdan ham olish talab qilinadi. Ba’zan yuridik shaxsni qayta tashkil etishda uning xohish-irodasidan chetga chiqilishi mumkin. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonunda belgilangan holatlarda yuridik shaxsni qayta tashkil etishning uning tarkibidan bir yoki bir nechta yuridik shaxslarni bo‘lish yoki ajratib chiqarish turlari vakolatli davlat organlari yoki sud qarori bilan majburiy amalga oshiriladi. Agar yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari), ular vakil qilingan organ yoki yuridik shaxsning o‘z ta’sis hujjatlari bilan qayta tashkil etishga vakil qilgan organi yuridik shaxsni vakolatli davlat organining qarorida belgilangan muddatda qayta tashkil etmayotgan bo‘lsa, sud mazkur davlat organining da`vosi bo‘yicha yuridik shaxsning boshqaruvchisini tayinlaydi va unga ushbu yuridik shaxsni qayta tashkil etishni topshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq, Davlat raqobat qo‘mitasi quyidagilarga oldindan rozilik beradi:

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashmalarini tashkil etishga;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga.

Agar tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati eng kam ish haqining 100,000 baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoki ularning qo‘shib yuborilgan yoki qo‘shib olingan yildan oldingi oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi eng kam ish haqining 100,000 baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoxud ulardan biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tovar bozorida qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga;
Agar xo‘jalik yurituvchi subyektlar aktivlarining jami balans qiymati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdordan ortib ketsa yoki ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektlardan biri ustun mavqeni egallab turgan bo‘lsa, ularni moliya bozorida qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga;
Ushbu talablar xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlashmalarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra tashkil etilishi hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.



Download 359 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling