Tadbirkorlik faoliyatining tashkil qilinishi. Ta’sis etish va uning usullari


Download 359 Kb.
bet1/10
Sana06.02.2023
Hajmi359 Kb.
#1170562
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3. Tadbirkorlik faoliyatining tashkil qilinishi


Tadbirkorlik faoliyatining tashkil qilinishi. Ta’sis etish va uning usullari

Tadbirkorlik jamiyat taraqqiyotining asosi sifatida tan olingan bugungi dunyoda har bir davlat bu sohani yanada rivojlantirishni o‘z taraqqiyot strategiyasining asosiy vazifalaridan biri deb biladi. Ichki bozorni tovarlar, ishlar va xizmatlar bilan ta’minlash, eksport salohiyatini oshirishda yangi tadbirkorlik subyektlarining tashkil etilishi nihoyatda muhimdir. Tadbirkorlik sohasi vakillari o‘z faoliyatlarini tashkil o‘tishlari bilan tom ma’noda mamlakat biznes doirasining vakili sifatida e’tirof etiladilar. Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etishni yanada soddalashtirish, ro‘yxatdan o‘tish tartibotini maksimal darajada tadbirkor uchun qulay, tejamkor va interaktiv shaklga o‘tkazish zamon talabidir. Mazkur masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Harakatlar strategiyasining ijrosini ta’minlash va uning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida hamda 2016-yil 28-oktabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–2646-son va 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–2750-son qarorlarida ham e’tibor qaratilganligi ayni muddaodir.


Avvalambor tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish nima uchun kerak degan savol ko‘pchiligimizni qiziqtirishi tabiiy, albatta. Bunga esa quyidagicha javob topish mumkin. Ya’ni har bir davlat iqtisodiy islohotlar jarayonida uning maqsad va vazifalarini belgilaydi, yo‘naltiradi, boshqacha aytganda, bosh islohotchi vazifasini bajaradi. Ushbu vazifani amalga oshirishning asosiy qudratli vositasi iqtisodiyotni huquqiy tartibga solish hisoblanadi. Davlat tegishli qonunlari, qonun hujjatlari orqali tadbirkorlik subyektlarini huquqiy maqomini, ular o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarni, soliq, bojxona siyosatini, imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlarni belgilaydi. Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari qay darajada ilmiy asoslangan, adolatli, oqilona, bozor iqtisodiyoti qonunlariga muvofiq bo‘lsa, u shunchalik samarali huquqiy tartibga soladi. Bu esa iqtisodiyot rivojlanishiga, aholi turmush darajasini va bandligini ta’minlashga olib keladi.
Davlat iqtisodiyot sohasida aniq maqsadli boshqaruvni amalga oshirish uchun iqtisodiy huquqiy maydonni yaratib, bu maydonda davlat tuzulmalari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida doimiy, muntazam o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘ymog‘i lozim. Buning uchun tadbirkorlik subyektlari muayyan tashkiliy-huquqiy shakllarga, huquqiy maqomga ega bo‘lishi va u tegishli shaklda va tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lishi talab etiladi. Bunday rasmiylashtirish tartibi esa tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi orqali ta’minlanadi. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta tashkil etish, tugatish jarayonlarini yuridik jihatdan qayd etish orqali davlat nafaqat tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risida, balki iqtisodiyotdagi real voqelik bo‘yicha aniq ravshan axborotlarga ega bo‘ladi va ushbu axborotlar orqali mamlakat iqtisodiy rivojlanishga samarali, oqilona ta’sir etish imkoniga ega bo‘ladi. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkzishning mohiyati aynan shunday holatlarda namoyon bo‘ladi.
Qonunchilikda belgilab qo‘yilgan umumiy qoidalarga ko‘ra tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilishning quyidagi shakllari mavjud:
Tadbirkorlik huquqi subyektlarining tashkil qilinishi kimning xohish irodasiga va qanday tartibda amalga oshirilayotganligiga qarab ta’sis-farmoyish, ta’sis, shartnomaviy-ta’sis usullariga bo‘linadi.

Download 359 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling