Tadbirkorlik faoliyatining tashkil qilinishi. Ta’sis etish va uning usullari
Ta’sis-farmoyish usul bilan asosan
Download 359 Kb.
|
3. Tadbirkorlik faoliyatining tashkil qilinishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’sis etish usuli
- Misol uchun
Ta’sis-farmoyish usul bilan asosan davlat mulkiga asoslangan korxonalar tashkil qilinadi. Bu usulning xarakterli tomoni shundaki, bunda tadbirkorlik subyekti davlat vakil qilgan shaxs tomonidan tashkil etiladi.
Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2008 yil 7 avgust 224-son qarori bilan MCHJ “JV MAN Auto – Uzbekistan” korxonasi tashkil topganligini keltirish mumkin. Ta’sis etish usuli bilan bitta shaxs ishtirokidagi tashkilotlar ham tuzilishi mumkin. Ularning faoliyati xususiy mulkka asoslangan bo‘ladi. Misol uchun, bitta shaxs tomonidan xususiy korxonani tashkil etish. Shartnomaviy-ta’sis usuli bilan ikki va undan ortiq ta’sischilar tomonidan o‘zlarining mulkiy ulushlarini birlashtirish asosida ta’sis shartnomasi tuzish yo‘li bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining faoliyat yo‘nalishlari belgilanadi va tuziladi. Misol uchun, bir yoki bir necha shaxslar tomonidan aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va shu kabilarni tashkil etish va tuzish. Shu bilan birgalikda, yuridik shaxslarni, jumladan tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish usullari to‘g‘risida ilmiy adabiyotlarda turli yondashuvlar mavjud bo‘lib, sivilistik yondashuv bo‘yicha ular quyidagi usullarni o‘z ichiga oladi: a) farmoyish berish orqali vujudga kelish. Bunda yuridik shaxs muayyan davlat organining farmoyishi orqali vujudga keladi. b) murojaat qilish usuli. Bunda tadbirkorlik subyektini tashkil qiluvchi muassisning erki-irodasi asosiy rol` o‘ynaydi. d) ruxsat berish usuli. Bunda vakolatli davlat idorasining ruxsati asosida vujudga keladi. e) normativ murojaat qilish usuli. Bunda muayyan turdagi tadbirkorlik subyektlarining vujudga kelish imkoniyatlari qonun hujjatlarida oldindan belgilab qo‘yilgan bo‘ladi va unga muvofiq ravishda tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. f) xabardor qilish usuli. Bunga ko‘ra, tadbirkorlik subyekti o‘zini vujudga kelganligi to‘g‘risida vakolatli davlat idorasini xabardor qiladi va ushbu organ tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdirishga majbur. Bunda ro‘yxatdan o‘tkazdiruvchi idorani ro‘yxatdan o‘tkazdirishni rad etish bo‘yicha vakolati mavjud emas. Biroq ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq barcha oqibatlar (agar bunda qonun hujjatlarining birorta talabi buzilgan bo‘lsa) tadbirkorlik subyektining zimmasiga tushadi. [O.Okyulov. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning mohiyati va ahamiyati / Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni takomillashtirish masalalari: milliy va xorijiy tajriba. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari to‘plami. TDYU, 2017. – B.8–15]. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuqorida ta’kidlanganidek, ularni tashkil etishning eng so‘nggi bosqichi hisoblanadi. Download 359 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling