Tadqiqotlari


Iste’mol tovarlari turkumi


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

Iste’mol tovarlari turkumi
 
Kundalik iste’mol tovarlari: 
a) doimiy talabdagi asosiy 
tovarlar 
b) impulsiv tarzda sotib 
olinadigan tovarlar 
v) favqulodda holatlar uchun 
tovarlar 
Dastlabki tanlov asosida 
olinadigan tovarlar: 
a) o‘xshash tovarlar 
b) alohida ko‘rinishdagi 
tovarlar 
Alohida 
talabdagi 
tovarlar 
Passiv 
talabdagi 
tovarlar 
10.2-rasm. Iste’mol tovarlari turkumini tashkil etuvchi tovarlar tarkibi 


220 
Alohida talabdagi tovarlar - xaridor uchun o‘ta qadrli sanalayotgan, o‘ta 
nufuzli, mashhur firmalar tovari bo‘lib, ular uchun xaridor tayinli vaqt va 
harakatlarini ayamaydi. 
Masalan, xususiy uylar uchun maxsus mebellar, jihozlar yoki bo‘lmasa, 
Porshe, Ferrari, Mersedes –Bens, BMV, Volva avtomobillarining ayrim turlari 
bo‘yicha ishtiyoqli xaridorlar talabi bunga yorqin misol bo‘la oladi. 
Bozor 
islohotlarini 
chuqurlashtirish 
va 
iqtisodiyotni 
erkinlashtirish 
sharoitlarida iste’mol bozorida taklifning shakllanishi sezilarli o‘zgarishlarga uchradi. 
Ma’muriy buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri tovar resurslari 
tarkibida import tovarlar ustunligi bilan tavsiflanadi. 
Iste’mol bozorining hozirgi holatini tahlil qilish va tovar taklifi strukturasidagi 
o‘zgarishlar sababini aniqlash maqsadida Toshkent shahri va viloyatida bozor 
tadqiqotlari o‘tkazildi. Ish davomida 100 ga yaqin chakana savdo korxonalari va 
dehqon bozorlari o‘rganib chiqildi; 100 dan ortiq savdo xodimlariga savollarr berildi 
va 200 ta xaridor o‘rtasida anketa so‘rovlari o‘tkazildi. 
Oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi tahlili import tovarlarning ulushi 
kattaligini ko‘rsatadi. Sotilayotgan tovarlar assortimentida yogurt (91%), pishloq 
(89%), dudlangan kolbasa (68%), pista yog‘i (82%) kabi xorijiy tovarlar sezilarli 
ulushga ega.
Shu bilan birga oxirgi paytlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
taklif etilayotgan mahsulotlar turi va hajmi ortib bormoqda. Ayrim tovarlar bo‘yicha 
mahalliy ishlab chiqaruvchilar taklif qilayotgan assortiment xilma-xildir. 
Nooziq-ovqat bozorida import mahsulotlar ulushi yanada yuqori. Masalan, 
import televizorlar ulushi 96%, videomagnitofonlar – 100%, souvtgichlar – 82%ni 
tashkil qiladi va hokazo.
Mutaxassislar orasida o‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatadiki, oziq-ovqat 
mahsulotlarini sotishda savdo agentlarining yarmidan ko‘pi (59%) mamlakatimizda 
ishlab chiqailgan tovarlarni afzal ko‘radi, nooziq-oqvat mahsulotlarida esa, aksincha, 


221 
import tovarlari ustunlik qiladi (76%). Mutaxassislarning katta qismi import nooziq-
ovqat tovarlar bilan savdo qilishni ko‘proq foyda keltiradi deb hisoblaydi. 
Iste’molchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra ularning 
ko‘pchilik qismi (82%) import (nooziq-ovqat tovarlari) mahsulotlarni afzal ko‘radi. 
Oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda esa iste’molchilarning 62%dan ortig‘i 
mahalliy mahsulotlarni tanlaydi. 
Savdo xodimlarining fikriga ko‘ra tovarni tanlashda asosiy mezonlar uning 
narxi, sifati va o‘rovi hisoblanadi. Xaridorlar tovar o‘roviga kamroq, ekologik tozalik 
va uzoq muddatlilikka esa ko‘proq e’tibor qarata boshladilar. Iste’molchilar 
tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini tanlashda asosiy mezon narx va sifat sanalsa, 
nooziq-ovqat mahsulotlarini tanlashda esa mahsulotning tashqi ko‘rinishi va tovar 
markasi hisoblanadi.
Shaharning iste’mol bozxorida nooziq-ovqat tovarlarini sotishda savdo 
korxonalarining katta qismi xaridorlar to‘lov layoqatining pastligi, bozorning xorijda 
ishlab chiqarilgan o‘xshash tovarlar bilan to‘yinganligi, tovarlar tannarxining 
balandligi kabi muammolarga duch kelmoqda. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, shu 
tariqa import tovarlar nooziq-ovqat bozori strukturasida yetakchi o‘rinni egallab 
qoladi. 
Passiv talabdagi tovarlar- xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda kam 
o‘ylaydigan tovarlardan tarkib topadi. Masalan, yaqin 15 yil ichida mamlakatimiz 
aholisi uchun mikroto‘lqinli pechlar, idish yuvish mashinalari notanish edi. Ushbu 
tovarlarning reklamasi, sotuvda ko‘p tarqalishi natijasida u keng xaridorlar ommasiga 
yetib bordi. Bundan tashqari, dafn marosimi uchun anjomlar, hayot sug‘urtasi kabi 
passiv talabdagi tovarlar ham aynan shu guruhga kiradi. 
F.Kotler iste’mol tovarlari turkumini ushbu yuqorida qayd etilgan 4 katta 
guruhga bo‘lib o‘rganishni va ular bilan savdo qilishda sezilarli natijalar berishini 
asoslaydi. 
Iste’mol tovarlarini xarid etish intensivligi barcha turdagi savdo 
shaxobchalarida turlicha bo‘ladi. Masalan, Germaniyada asosiy iste’mol mollari bilan 
savdo qiluvchi savdo korxonalarining 12 turini keltirish mumkin. Bular safiga 


222 
supermarketlardan tortib, «hayotiy vosita mollari» turkumidagi kichik do‘konlar ham 
kiradi. Ixtisoslashgan «Aldi», «Lidl», «Karshtat» turkumidagi savdo korxonalarida 
o‘ziga xos bo‘lgan tovar assortimenti shakllangan va bu xaridorlarning xaridida ham 
o‘z aksini topadi. Meva va sabzavotlar, uy xo‘jaligi uchun mayda tovarlarni yanada 
tor ixtisoslashgan, o‘ta sifatli tovarlar savdo qiluvchi do‘konlardan xarid qilish 
mumkin. Boshqa bir qancha Yevropa ittifoqi davlatlarida, A+Sh va yangi Sharq 
mamlakatlarida ham iste’mol mollari savdosi shunday tashkil etilgan. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling