Portlatish mashinasi va nazorat o`lchov asboblarini o`rganish.
Ishdan maqsad: Induktor kondensatorli portlatish mashinkasining tuzilish sxemasi va ishlash davomiyligini o`rganishdan iboratdir.
Induktor kondensatorli portlatish mashinasi KPM-1A.
Bu portlatish mashinkasi faqatgina ochiq kon ishlarida gaz va changdan xavfli bo`lmagan shaxtalarda hamda rudniklarda qo`llanilishi mumkin.
KPM-1A mashinkasi korpusida aylantirgich dastasi uyasi, qistirgichlar (simlarni, mashinalar) parallel ulash uchun qo`shimcha ulash joyi, signal lampasi oynasi va portlatish knopkasidan tashkil topgan.
Mashinaning elektr sxemasi balanda ko`rib o`tilgandek induktor ulagich va signal lampasi shuning bilan birga avtomatik holda ishlatiladigan ulgagichi bilan farqlanadi. Sxema quyidagi ko`rinishda ishlaydi – agar induktor dastasi o`z uyasiga qo`shilmagan va "Portlash" tugmasi bosilmagan bo`lsa, u holda A kalit uzilgan va B kalit ulangan bo`ladi. Bunda S2 kondensator R2 rezistorga shuntlangan (qo`shimcha qarshilik) bo`ladi. qachonki induktor dastasi mashina korpusidagi uyasiga suqilgandan (joylashtirilgandan) keyin avtomatik qolda B ulagich va R2 razryadli rezistor kondensatordan uziladi. Induktor dastasini aylantirish bilan ((4,5S-1-1dan kichik bo`lmagan chastota) avtomatik holda A kalit ulanadi, zaryadlovchi qurilma kondensatorga ulanadi va uni zaryadlab boshlaydi. Kondensator zaryadlanib bo`lgandan keyin cho`g`lanma lampochka L zaryadlanib bo`lganligini bildiruvchi signal bildiradi. "Portlash" knopkani bosish bilan V kalit ulanadi va kondensator portlatish zanjiri RN ga tutashadi. Bizga sxemadan ko`rinib turibdiki signalli cho`g`lanma lampasi L avtotransformator usuli bilan transformatorning birinchi cho`lg`amiga ulangan. Bu induktor kuchlanish 10V dan lampochkaning yonish potensiali 80V ga oshirish uchun zarur, u holda kuchlanish kondensatorga nominal (etarli) holatda keladi.
1-rasm. Induktor kondensatorli portlatish
mashinasi KPM-1A..
Do'stlaringiz bilan baham: |