Tajriba ishi №1 Sanoatda qo`llaniladigan portlovchi modda detonatsiya tezligini aniqlash. Ishdan maqsad
Download 112.64 Kb.
|
BPI tajriba 2sirtqi
Nazorat savollari:
1. Zaboyka (tiqin) Yoriqlar maydoni va ularni aniqlash usullari Ishdan maqsad: Sesma akustik va kern olish usullari yordamida tog` jinsi massivi holatini, shuningdek massivning suv singdiruvchanlik yo`li bilan o`rganishdan iboratdir. Portlatish ishlarida 20 tadan 200 tagacha va undan ortiq skvajina zaryadi portlatilishi mumkin, ya`ni bu hom pog`ona geometrik shakliga qarab belgilanadi. Toqg` jinsi skvajinalar yordamida portlatilgandan keyin tog` jinsida har-xil yoriqlar (zaiflashuv) hosil bo`ladi, bu esa portlovchi skvajina zaryadiga boqliq. Yoriqsimon zonani o`rganish quyidagicha bo`ladi. Yoriqsimon zona keyingi zonaga qarab bo`linadi. 1. Bo`lingan zona (zona zakalov) - bunda yoriqlarni boshlanishi 1sm va undan katta shakillarni hosil qiladi. Agar zaboyka skvajinaning qaysi qismida joylashgan bo`lsa, bo`lingan zona portlatishdan keyin massivning shu qismida, ya`ni zaboyka joylashgan qismida hosil bo`ladi. 2. Katta yoriqli zona (zona makrotreshin) - massiv chuqurligidan zaryad markazigacha va zaryadning yuqori ko`ndalang kesimiga o`lchami 1 mm dan 1sm gacha bo`lgan yoriqlar hosil bo`ladi. 3. Kichik yoriqli zona - bu zona zaryadning pastki qismidan pag`onaning ustki qismigacha hosil bo`ladi. Yoriqlarning o`lchamlari milli mikrondan mm gacha bo`ladi. Yuqorida qayd etilgan yoriqlar hosil bo`lish zonasining o`lchamlari quyidagi sxemada ko`rsatilgan. 1-rasm. 1. Portlovchi skvajina zaryadi. 2. O`rganadigan yoriq hosil bo`lish zonasi. 3. Netral zona (betaraf). 4. Yoriqlar hosil bo`lish yuzasining ustki tepa qismi (ekveloverxnost). Rn - poqona yuza bo`yicha yoriq hosil bo`lish zonasi. Rvt - zaryadning yuqori qismi bo`yicha yoriq hosil bo`lish zonasi. Rst - zaryad markazidan yoriq hosil bo`lish zonasi. Rnt - zaryadning pastki qismidan yoriq hosil bo`lish zonasi. R o - Z o`qi bo`yicha PM zaryadi pastki qismidan yoriq hosil bo`lish zonasi. Ushbu yoriqlar chegaraning aniqlashning besh etiborlik nuqtalarini belgilaymiz. A.V.S.D.E. va bu nuqtalardan yo`nalgan yoriqlik chegarasi radiuslari (Rn ,Rvt,Rst,Rnt,R o) aniqlanadi. Yuqorida qayd etilgan yoriqlar hosil bo`lish zonasi o`lchamlari quyidagilarga boqliq: zaryad diametri, pog`ona balandligi, qullanayotgan PM detanatsiya xususiyati, zaboykaning konstruktsiyasi va materiali, portlatiladigan tog` jinsining mustahkamlik xususiyati. Download 112.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling