Tajriba ishi №1 Sanoatda qo`llaniladigan portlovchi modda detonatsiya tezligini aniqlash. Ishdan maqsad
Download 112.64 Kb.
|
BPI tajriba 2sirtqi
Nazorat savollari:
1. Detonatsiyani masofaga uzatish. 2. PM namligini qanday aniqlash mumkinq 3. DSH ning sinash tartibi. TAJRIBA ISHI № 2 Portlatish ishlarining kumulyativ jarayonini o`rganish Ishdan maqsad: quyma (nakladnoy) zaryadlar kumulyativ qarakatini samaradorligini o`rganish. Nazariy qism: Agar zaryadning detonatsiya to`lqinlari o`tadigan uchi kesimi konussimon yoki yarimsferik shaklda bo`lsa, buning natijasida portlatishni teshib o`tish ta`siri birdan kuchayadi. Bu zaryad kesimida teshib o`tishning kuchayishi, portlatishning kumulyativ ta`siri deyiladi. Bunday zaryadlarning qattik materiallarga ta`siri tekis kesimli zaryadlarga nisbatan yuqori bo`ladi. Agar bu kumulyativ chuqurcha metall bilan qoplasa portlatishning ta`siri yana ham ortadi. Bunday zaryadlar turli to`siqlarni teshib o`tishda qo`llaniladi. Portlovchi maqsulotlarni kumulyativ strui juda katta tezlikka (15km/sgacha) ega bo`ladi va aniq to`siq bilan to`qnashganda bir necha yuz ming atmosfera bosimini paydo qiladi. Bunday bosimda har qanday mustahkam metall xam parchalanadi. Kumulyativ nazariyasi akad. M.A.Lavrent'ev, prof R.I.Pokrovskiy va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan. Metall qoplamali kumulyativ zaryadlar uchun gidrodinamik nazariyaga asoslanib kumulyativ struini o`yish chuqurligini aniqlash ifodasi yaratilgan. Bu erda lc- kumulyativ struy uzunligi, m. Pc,Pn - material zichligi Xozirgi elektrodetonatorlarda lc 3mm kumulyativ strui, xarakati vaqtida cho`ziladi va uning uzunligi ortadi. Zaryad tusiqdan ma`lum bir masofada tursa zaryadni uyish chuqurligi katta bo`ladi. Maksimal uyish chuqurligini ta`minlaydigan zaryaddan to`siqqacha bo`lgan masofa shartli ravishda fokus masofa deyiladi. a) b) v)
1-rasm. Ta`sir etilayotgan ob`ektga nisbatan zaryadlarni joylashish sxemalari. Konchilik ishlarida kumulyatsiya effikti qo`ullaniladi. Bu effekt xarbiy soxada kam keng qo`llaniladi. Tajriba: Tajriba sharoitida kumulyativ portlash effekti ED yoki KD yordamida to`siqlarni teshib o`tishda qarab o`rganiladi. Buning uchun qalin metall taglik olinadi. va unga tartib bilan ED lar o`rta xolda joylashtiriladi. ( 1a-rasm). Ikkinchi xolda kumulyativ kesim to`siqqa to`g`rilab qo`yiladi. (1b-rasm). Uchinchi xolda ham xuddi shunday lekin to`siqqa nisbatan ma`lum bir masofada joylashtiriladi. (1v-rasm). Bir holda ED dan to`siqgacha bo`lgan masofa 2-3 ED diametrini va boshqasida 5-6 ED diametrini tashkil qiladi. Keyin barcha tajribalardagi chuqurlanish miqdorlari yig`iladi va o`zaro solishtiriladi. Ma`lumotlar quyidagi jadvalga yoziladi.
Download 112.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling