TAJRIBA ISHI № 1
Sanoatda qo`llaniladigan portlovchi modda detonatsiya tezligini aniqlash.
Ishdan maqsad: Portlovchi moddalarni portlatish ishlariga va ularni saqlash uchun yaroqliligini sinash usullarini o`rganish.
Nazariy qism: "Portlovchi moddalarni sinash instruktsiyasi"ga muvofiq barcha portlovchi moddalar, portlatish ishlariga va saqlash uchun yaroqliligi omborxonalarga tushirishdan oldin va saqlash vaqti davomida vaqti-vaqti bilan sinab turilishi kerak. Portlovchi moddalarni sinashda portlatish ishlari ularni saqlaydigan omborxonadan 200 m dan kam bo`lmagan masofada, maxsus ajratilgan kamerada yoki maydonda o`tkazilishi shart.
Detonatsiya tezligini Dotrish usuli bilan aniqlash.
Bu usul bir muncha oddiy usul bo`lib, detonatsiya shnurining aniq tez-ligida, sinalayotgan zaryadlar detonatsiya tezliklarini aniqlashga asoslangan. Bu usulda zaryad joylashtirish uchun diametri 31 1 mm, uzunligi 300 mm bo`lgan qog`ozdan yoki metalldan yasalgan tsilindir shakldagi patron (truba) olinadi va bu trubaga oralaridagi masofa 200 mm bo`lgan, DSH uchlarini tiqish uchun teshiklar ochiladi. Teshikdan kapsul detonatorgacha bo`lgan masofa 80-100 mm bo`lishi kerak. Shnurning qolgan uchlari izolyatsiyali lenta bilan qalinligi 0,3-0,5 mm bo`lgan jest plastinkaga mahkamlanadi. Bu plastinka qalinligi 10 mm bo`lgan metall taglik ustiga qo`yiladi. (1 rasm).
Portlash vaqtida detonatsiya zaryadda va detonatsiya shnuri ikkala tarmog`ida tarqaladi. Detonatsiya shnurini uzunligi (taxminan 0,6 va 1,1 m) shunday tanlanishi kerakki, detonatsiya tulqinlari jest plastinka ustida uchrashishi kerak.
Detonatsiya tezligi detonatsiya to`lqinlarini L1 detonatsiya shnurida, portlovchi modda zaryadida va L2 detonatsiya shnurida tarqalish vaqtlarini tenglashtirish orqali topiladi (m/s).
Bu erdan:
Detonatsiya tezligi portlovchi modda zichligiga bog`liq. SHuning uchun sinov vaqtida PMni sanoat sharoitiga to`qri keladigan zichligini ta`minlash maqsadga muvofiq. PM parashoksimon yoki presslangan bo`lishi mumkin. Bu tajribada topilgan detonatsiya tezligi aniqlikda chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |