Tajriba ishi №1 Sanoatda qo`llaniladigan portlovchi modda detonatsiya tezligini aniqlash. Ishdan maqsad


Qo`rgoshin bomba bilan PM ish bajarish qobiliyatini o`rganish


Download 112.64 Kb.
bet3/12
Sana16.11.2023
Hajmi112.64 Kb.
#1781543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BPI tajriba 2sirtqi

Qo`rgoshin bomba bilan PM ish bajarish qobiliyatini o`rganish.

PM ish bajarish qobiliyatini o`rganishda, vertikal o`qi bo`yicha diametri 25 mm, chuqurligi 125 mm shpur bo`lgan tsilindrik bomba ya`ni qo`rgoshin bomba qo`llaniladi. (Trautsl namunasi) Bunda massasi 10 gr, zichligi 1 gr/sm3 bo`lgan portlovchi modda zaryadi tsilindrik shaklda yupqa qog`ozga o`raladi. Keyin tayyor patronga kapsul' detonator yoki elektro detonator joylashtiriladi. Tayyorlangan patron, bomba teshigiga kirgiziladi. Zaryad 1sm2 da 144 ta teshigi bo`lgan setkadan o`tkazilgan kvarts qumi bilan to`ldiriladi. Keyin qo`rgoshin bomba portlatiladi. Portlashdan keyin qo`rgoshin bombaning ichida noksimon bo`shliq hosil bo`ladi. Bu bo`shliq hajmi, miqdori oldindan o`lchangan suv bilan to`ldiriladi va shu tariqa bu bo`shliq hajmi topiladi. Olingan bo`shliq hajmidan dastlabki teshik hajmi 61,5 sm3 va zaryad portlaganda bo`shliq hajmi (28-30sm3) ayriladi. Teshik hajmini kattarishi portlovchi modda ish bajarish qobiliyatini xarakterlashga xizmat qiladi.





2-rasm Tratsiya usuli bilan PM ish bajarish qobiliyatini aniqlash.

  1. Portlashdan oldin. b) Portlashdan keyin.

1-qo`rgoshin ustun.
2- PM zaryadi.
3-E.D.
4.Zaboyka (tiqin).


Sanoatda qo`llaniladigan portlovchi materiallarni sinash.
Ishdan maqsad: Sanoatda qo`llaniladigan PM larni portlatish ishlarida qo`llashda va ularni saqlashda ishga yaroqliligini turli xil usullar bilan sinashni o`rganish.
PM larni davriy sinovi qo`yidagi vaqtlarda amalga oshiriladi:
1. PM tarkibida 15% dan yuqori suyuq nitroefir va qo`llash sharoitiga ko`ra III, IV, V, VI - siniflarga kiritilgan, himoyalangan PMlar saqlash muddati tugagandan sung har oyda sinalib turiladi.
2. PM larni tarkibida 15 % dan kam bo`lgan suyuq nitroefir va qo`llanilish sharoitiga qarab I-II siniflarga kiritilgan, himoyalangan PM lar saqlash muddati tugagandan sung har uch oyda sinalib turiladi.
3. Portlatish vositalari - ED, KD, DSH, OSH, detonatsiya piligini qisqa vaqtga sekinlatuvchi (KZDSH) saqlash muddati tugagandan so`ng yil davomida.
4. Barcha PM lar saqlash muddatidan qat`iy nazar, agar ularning sifatiga nisbatan ishonchsizlik tug`ilsa va portlatish ishlarida portlamasdan qolish hollari qayd etilsa sinalib ko`riladi. PM larni sinashda portlatish ishlari ularni saqlaydigan omborxonadan 200 metrdan kam bo`lmagan masofada maxsus ajratilgan maydonda o`tkazilishi shart. Sinovni o`tkazayotganda odamlar portlatilayotgan joyidan 50 m dan kam bo`lmagan masofada turishlari shart.

Download 112.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling