Detonatsiya tezligini ostsilografik usul yordamida aniqlash.
Bu usulda PM patronida, uchlaridan 80 va 20 mm bo`lgan masofada ikkita teshik ochiladi va bu teshiklardan mis sim o`tkaziladi. Bu simlar orasidagi S masofa PM detonatsiya tezligini aniqlash bazasi hisoblanadi. Uchinchi sim bevosita elektrodetonatorga yaqin joydan o`tkaziladi. Bu ostsilografni qo`shish uchun xizmat qiladi. Simlar va ostsilograf 2 -rasmda keltirilgan.
Portlovchi modda patronida detonatsiya to`lqinlarini tarqalishi bilan simchalar birin-ketin uziladi va buning natijasida ostsilograf qabul qilayotgan elektr signallarini muvozanati o`zgaradi (2 - rasm)
S masofani va ostsilograf nurining oxirgi ikki chayqalishi orasidagi vaqtni bilgan holda detonatsiya tezligini aniqlaymiz.
Bu erda: - DSH lar orasidagi masofa, t – vaqt
2-rasm. Detanatsiya tezligini ostselograf yordamida aniqlash.
1.Simlar, 2. Otselograf, 3. Tok manbai. R1,R2,R3 -qarshiliklar, C-kondensator.
Portlovchi modda brizantligi va ish bajarish qobiliyatini aniqlash.
Ishdan maqsad: Portlovchi modda brizantligi va ish bajarish qobiliyatini namunalarda sinab ko`rish va natijani o`rganish.
Nazariy qism: PM zaryadi brizantligini topish qo`rgoshin ustun ustida bajariladi. (Gess namunasi) Bunda 50 gr PM diametri 40mm bo`lgan tsilindrsimon qog`oz patron ichiga joylashtirilib, zichligi 1 g/sm3 ga kelguncha presslanadi va qo`rgoshin ustun ustiga o`rnatiladi. Patronning ustki qismida detonator uchun teshik qoldiriladi. So`ngra diametri 40 mm va balandligi 60 mm bo`lgan qo`rgoshin ustun ustiga qalinligi 10 mm, diametri 41 mm bo`lgan aylanasimon pulat plastinka qo`yiladi va uning ustiga patron o`rnatiladi. O`rnatilgandan so`ng patron bilan ustun qalinligi 20 mm dan kam bo`lmagan po`lat plita ustiga mahkamlanadi. Zaryadda detonator uchun qoldirilgan te-shikka detonator joylashtiriladi va bu detonator yordamida zaryad tarqatiladi. Portlashdan keyin qo`rgoshin ustun balandligi qisqarishi kuzatiladi va ustun qo`ziqorin ko`rinishiga kelib qoladi. Portlashdan keyin qo`rgoshin ustunni balandligi 4 tomonidan o`lchanadi va ustunni qancha mm ga qisqarganligi topiladi. Bu esa PM brizantligini xarakterlaydi.
PM zaryadi brizantligi detonatsiya bosimiga va solishtirma impul'sga boqliq.
Solishtirma impul's qo`yidagi formula bilan topiladi.
Bu erda m - zaryadning asosiy massasi, kg.
V - detonatsiya tezligi, m/s.
1-rasm. PM brizantligini Gess usuli bilan aniqlash.
1-plita; 2-qo`rgoshin ustun; 3-metall taglik; (shayba); 4-PM zaryadi; 5- kapsul detonator; 6- Yo.P (osh); 7-maqkamlagich; 8- portlashdan keyingi qolgan ustun.
Do'stlaringiz bilan baham: |