DSH ni bexatar portlatishni tekshirish.
DSH ni bexatar portlashini tekshirishda 3 ta o`ram olinadi, xar qaysi o`ramdan 1 m uzunlikda bo`laklar olinib va ularni qolgan 95 m magistral vazifasini bajaruvchi bilan ketma-ket ulanadi. Agar 3 ta sxemadan 1 tadan ko`p magistral portlamasdan qolgan shnur va 2 tadan ortiq portlamasdan qolgan bog`langan shnur hisobdan chiqarib tashlanadi. Suvlangan muhitda foydalanishga mo`ljallangan DSH larning sinovdan o`tkazish - sinash oldidan 1 o`ram olinib 1 m chuqurlikda 1 soat davomida suvda saqlanadi va sinovdan o`tkaziladi.
Suvda ishlaydigan DSH lar esa 4 soat davomida suvda saqlanadi. DSH ning suvga tiqishdan oldin uning qirqilgan uchlari maxsus himoya bilan o`raladi. Agar tajribada ijobiy natija olinsa bu shnur quruqlikda ya`ni quruq sharoitda qo`llashga ruxsat beriladi.
OSH larni sinovdan o`tkazish.
Tashqi ko`rikdan keyin keladigan har partiyadan kamida 1ta yashik ochilib barcha o`ramlar tekshiriladi va OSH da singan joylar, yoriq yoki darzliklar bor yo`qligi va tashqi qobiqini butunligi, namligi uchlarining oxirlarida buzilish bor yo`qligi tekshiriladi. Agar ko`rikda deffektlar chiqsa barcha partiya brakka chiqarilib da`vo dalolatnomasi tuzilib zavodga va tegishli joylarga yuboriladi.
Tashqi tekshiruvdan o`tgan OSH lardan 2 % o`ram ajratib olinib boshqa usulda sinab ko`riladi. OSH larni yonish tezligi bir tekisda yonish va to`la yonishini tekshirish uchun suvga chidamliligi tekshirilgandan so`ng amalga oshiriladi. Sinash uchun olingan o`ramlarning uchlari ularni suvga botirishdan oldin ishonchli himoya vositasi bilan o`ralib keyin suvga solib 1 m chukqrlikda saqlab turiladi. Agar o`ramdagi birorta shnur suvga tushirilgandan so`ng to`liq yonmay o`chib qolsa bunday OSH larni quruq sharoitlarda qo`llashga ruxsat etiladi. Normal yonuvchi shnurning yonish davomiyligi 60 - 70 sekund orasida bo`ladi (60sm da). Agra OSH 70 sekunddan ko`p vaqtda yonsa ular yo`qotiladi.
. Yoriqlarni hosil qilish.
2. Hosil bo`lgan Zaboyka turlari va ularning tog` jinslari maydalanishiga ta`siri
Do'stlaringiz bilan baham: |