ED larni sinovdan o`tkazish.
Tashqi ko`rik: ED lar omborga kelgandan so`ng 2 ta yashik ochilib 20 ta karobka ichidan 200 dona ED ajratiladi va ular tashqi ko`rikdan o`tkaziladi.
Metal' gel'zali ED larni tashqi ko`rikdan o`tkazganda ularning sirtlarida oksidlanish belgilarining borligi, darzliklar va pachaqlanish yoki bo`rtib chiqishlar bor yo`qligi tekshiriladi. Qog`oz gelzali ED larda esa qog`oz qatlamlarining butunligi va gil'za ichida tetril izlar bor-yo`qligi tekshiriladi. ED bo`sh siqilgan bo`lsa, sim o`tkazgichlarning oxirgi uchlarida oksidlanish izlari bo`lganda yoki himoya (izolyatsiya) buzilish holatlari kuzatilganda reklamatsiya akti tuzilib tayyorlov zavodlariga jo`natiladi.
ED qarshiligini aniqlash:
ED qarshiligini tarqatuvchi omborxonada maxsus qurilmada tarqatishdan oldin tekshiriladi. ED qarshiligi uning yashigi etiketikasida ko`rsatilgan qarshilikka mos kelishi shart. Agar ED qarshiligi talabga javob bermasa ED yaroqsiz hisoblanadi va foydalanishga ruxsat berilmaydi.
ED larni gruppali portlatib sinash:
Gruppali portlatish uchun har partiyadan 60 dona ED olinib 3 gruppaga ajratiladi (20 donadan). So`ngra gruntga (qum) 10 sm cho`qurlikda teshik ochilib qo`yiladi va ED qarshiligi o`lchanadi. ED qarshiligini o`lchashda xavsiz joydan R-353 markali ommetr yordamida aniqlanadi. ED larni gruppali portlatib ko`rishda 50 metrdan kam bo`lmagan joydan portlatiladi va unga 2 A dan kam bo`lmagan tok berilishi kerak. Tok berilganda barcha ED lar portlashi kerak. ED lar portlaganligini gruntdagi varonkasimon o`yiqlarga qarab bilish mumkin. Agar qish vaqtida maxsus metall stakanlarda o`tkazish mumkin bo`ladi. (diametri 10 sm dan kam bo`lmagan truba metall qirqimida).
DSH ni sinovdan o`tkazish:
Tashqi ko`rikdan o`tkazishda uning tashqi tomoni qobiqining butunligi siniqlar, yo`g`onlashuv yoki cho`zilganligi tekshiriladi. Agar o`ramdagi kamchilik 10% dan yuqori bo`lsa unda ushbu partiya to`laligicha hisobdan chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |