Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев
yillar). XIX sulola fir'avnlarining Kichik Osiyoda olib borgan davomli urushlari, xususan, xettlar bilan bo‘lgan urush Misr aholisi va moddiy boyliklarini ancha kamaytirib yubordi. Misr tez orada chet el istilochilari, liviyaliklarga tobe bo‘ldi. Liviyaliklar dastlab Misr qo‘shiniga yollanma askar sifatida kelib qo‘shilgan edilar, so‘ng ularning lashkarboshilari podsho hokimiyatini qo‘lga olib, XXII sulolaga asos soldilar (miloddan avvalgi 941-821 y.). Temirchilik texnikasi sohasida bir qancha yutuqlarga erishdilar. Misrliklar bronzadan turli buyumlar, jumladan, nafis haykalchalarni mohirlik bilan ishlay olganlar. Bu haykalchalar kumush yoki oltin tolalar bilan jimjimador qilib bezalgan. Takushiy nomli misrlik ayolning Efiopiya - Sais davriga oid haykalchasi ana shunday texnikaning noyob namunasi bo‘la oladi. Podsho Gasebxanning Tanisdan topilgan kumush sarkofagi (tobuti) metallga badiiy ishlov berish sohasida ajoyib yutuqlarga erishilganini ko‘rsatadi. Temirchilik tosh yo‘nish o‘rnini tobora ko‘proq egallay boshladi. Miloddan avvalgi VII asrga oid Dafna va Navkratis xarobalaridan: pichoq, bolta, iskana, chopqi, qirg‘ich va o‘q uchi kabi temir asboblar va qurol- yarog‘lar topilgan. Tait nomli To‘qimachilik ma'budasi va O‘rta Misrda Xejxetep (“Poki rahmat”) nomini olgan to‘qimachilik kasbi xudosi bo‘lib, ularga sig‘inganlar 2 . Misr fir'avnlari o‘zlaridan avvalgi XVIII - XIX sulola fir'avnlari kabi istilochilik urushlari olib borishga noqodir bo‘lib qolganlari tufayli, shu sababli bu davrda qul keltirish ancha kamayib, qullar narxi oshib ketgan. XIX sulola davrida bir cho‘ri 4 deben 1 kite (373,1 gramm) kumushga sotilgan bo‘lsa, XXI sulola davriga kelib qul bahosi 20 deben (1820 gramm) kumushga teng bo‘lgan. 1 History of ancient civilization. Charlez Seignobos 2006 –p; 15-16 2 Taylor A., The World of Gerard Mercator, London 2005. Thower N.J.W., Maps and Civilization, Cartography in Culture and Society, 3rd edn., e book, Chicago 2008. Iqtisodiy va ijtimoiy tuzum 79 Ibodatxonalar, kohinlar, katta amaldorlar va savdogarlar katta-katta yerlarni egallab olganlar. Boylar dehqonlarni sotib ola boshlaganlar. Tarixchilarning asarlarida podsho Bakxoris (misrcha nomi Baknerenf, miloddan avvalgi 732 - 726 yillar) to‘g‘risida xotiralar saqlangan. Ushbu podsho ayrim shaxslar tomonidan misrlik qarzdor kambag‘allarni qullikka solishni ma'n qilgan va yer sotishga ruxsat bergan. Gerodotning so‘ziga qaraganda, Misr podshosi Yaxmos II “misrliklar uchun bir qonun chiqargan; bu qonunga muvofiq Misrning har bir fuqarosi o‘z mablag‘lari haqida har yili viloyat boshlig‘iga hisobot berishga majbur bo‘lgan; buni qilmagan yoki qonuniy yo‘l bilan topilgan mablag‘ hisobiga yashayotganini isbot qila olmagan shaxsga o‘lim jazosi berilgan.” Shuningdek, Gerodot grek islohatchisi Solon misrliklarning ushbu qonunini ko‘chirib olgani va “Misr (shu vaqtda) g‘oyat farovon yashaganligini” ko‘rsatib o‘tadi. XX va XXI sulolalar zamonida liviyaliklar Misrga ko‘plab ko‘chib kela boshladilar. Liviya zodagonlaridan ba'zilari Misrda katta harbiy va kohinlik mansablarini egallaganlar. Harbiy qo‘mondon va Gerakleopoldagi Xershefn xudoning bosh ruhoniysi bo‘lgan liviyalik shaxsga tegishli yozuvlarda uning o‘n besh avlodi shu yerda yashab o‘tganligi aytiladi. Bu yodgorliklardagi yozuvga ko‘ra uning ajdodi “liviyalik Byuvava” taxminan XXI kohinlik sulolasi zamonida Gerakleopolga ko‘chib kelgan. Liviyalik mazkur zodagonlar urug‘idan biri podsho oilasi bilan qarindosh-urug‘ ham bo‘lgan. Ulardan biri Sheshonk podsholik taxtini qo‘lga olib, XXII sulolaga asos solgan. Liviyaliklar sulolasidan chiqqan podsholar Fiva kohinlari bilan hisoblashibgina qolmay, balki ko‘pincha ularga tayanib ish ko‘rishga majbur bo‘lganlar. Yangi sulola hukmdorlari avvalgi podsho xonadoni bilan qarindosh bo‘lib, ularning farzandlari Fiva ibodatxonalarida bosh ruhoniy lavozimlarini egallagan. Liviyaliklar sulolasiga asos solgan Sheshonk I o‘zini XVIII - XIX sulolalarga oid buyuk istilochi fir'avnlar ishining davomchisi qilib ko‘rsatib, Karnakdagi ibodatxona yonida “Bubastislar hovlisi” va katta minorani qurdirgan 1 . Bu yerda saqlanib qolgan o‘ymakor naqshlarda Sheshonkning Falastinda qozongan g‘alabalari tasvirlangan. Ayniqsa, 156 ta osiyolik asirlarni 1 Немировский А.И. История Древнего мира. В 2-х частях. Античност. М., «Владос», 2000. 80 arqonda olib ketayotgan Amon xudosining ulkan tasviri diqqatga sazovor, bu asirlar, chamasi, Misr qo‘shinlari ishg‘ol qilgan Falastin shaharlarining ramzi hisoblanadi. Qadimgi Falastin shaharlarining ro‘yxatida bir necha mashhur shaharlar nomi (xususan, Taanaxa, Shunema, Bet - Bana va Megiddo) saqlanib qolgan. Sheshonk I o‘z sulolasini mavqyeini mustahkamlash uchun deltadagi Bubastis shahrini davlat poytaxtiga aylantiradi. Shu sababli u asos solgan sulola Bubastislar sulolasi deb yuritiladi. 626-yildan boshlab Saisni Psamtik idora qilgan. Ashshurbanipal yordamiga tayanib ish ko‘rgan va Ossuriyaliklarning sodiq ittifoqchisi bo‘lgan Psamtik butun Misrni o‘z qo‘li ostida birlashtirib, yangi XXVI sulolaga asos soladi va bu sulola tarixda Sais sulolasi nomini oladi. Mazkur sulola fir'avnlari zamonida Misr bir qadar ravnaq topgan. umuman, bu davr Misr davlati va madaniyatining inqirozga yuz tutgan davri hisoblanadi. Bu vaqtga kelib Misr tashqi savdosi ancha taraqqiy etgan. Fir'avn Nexo davrida Nil daryosini Qizil dengiz bilan tutashtiradigan kanal qurish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilgan. Bu kanal qurilishi bilan Misrdan Nubiyaga va xatto undan naridagi Puntga to‘g‘ridan-to‘g‘ri boradigan suv yo‘li ochilar edi. Sais fir'avnlari ko‘p jihatdan Kichik Osiyo va Gretsiyadan yollanib keltirilgan askarlarga tayanib ish ko‘rishga majbur edilar; bu yollanma askar Misr qo‘shinlarining asosini tashkil qilgan bo‘lsa ajab emas. Nexoning vorisi Psamtik II (miloddan avvalgi 595 - 589 y.) ajdodlariga xos bo‘lgan filellin (ya'ni ellinchilik) siyosatini davom ettirdi. Uning zamonida Misrning Gretsiya bilan o‘zaro aloqalari avvalgidan ham mustahkamlandi. Sais davrining so‘nggi podshosi - Uax-ib-Ra (Apriy) ushbu siyosatni davomchisi bo‘ldi. Bu podshoning greklarga moyillik siyosati Misr aholisi o‘rtasida ko‘plab noroziliklar paydo qildi. Uning podsholik davrida lashkarboshilardan biri-Yaxmos (Amazis) boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarilib, podsho Uax-ib-Raning, asosan, grek yollanma askarlaridan iborat bo‘lgan qo‘shinlari tor-mor keltirilgan. Hokimiyatni qo‘liga olgan Yaxmos II kirenalik grek qiziga uylanib, Samos mustabid hokimi Polikrat hamda Liviya Sais hokimlarining Misrni birlashtirishi 81 podshosi Krez bilan juda yaqin munosabatda bo‘lgan 1 . Yaxmos II grek ibodatxonalariga mo‘l-ko‘l in'omlar yo‘llab, greklarni o‘z tomoniga og‘dirgan va ularning o‘zini qo‘llab-quvvatlashiga erishgan. Yaxmos II ning faol tashqi siyosati Bobil yozuvlaridan birida aks etgan. Unda Misr qo‘shinlarining hujumlari haqida qayd etilib, “Amasu” ismli shaxs tilga olinadi. Lekin bu davr mustaqil Misr davlatining so‘nggi yillari edi. Sharqda Eron davlati ravnaq topib, butun qadimgi Sharq dunyosini o‘z hukmronligi ostida birlashtirishga harakat qilardi. Eronning juda yirik qo‘shini hujumini qaytarish uchun Misrda yetarlicha kuch yo‘q edi, mamlakat ancha zaiflashib qolgandi. Yaxmos II vafotidan so‘ng, oradan ko‘p o‘tmay, 525 yilda, Eron podshosi Qo‘mbiz Misr yerlariga bostirib kirib, Peluziya yonidagi jangda Misr qo‘shinlarini tor-mor keltirdi va Psamtik III ni taxtdan ag‘dardi. Shunday qilib, bir vaqtlar shon-shuhratga burkangan, lekin tanazzulga yuz tutgan qadimgi fir'avnlar podsholigi Eron tomonidan istilo qilinadi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Qadimgi Misr paydo bo‘lishida uning geografik mavqei qanday rol o‘ynagan? 2. Qadimgi Misrda siyosiy-ijtimoiy tizim qanday ko‘rinishda bo‘lgan? 3. Qadimgi Misrda siyosiy - ijtimoiy tuzum qanday ko‘rinishda bo‘lgan? 4. Ehromlar qurilishi tarixidagi muammolar 5. Qadimgi Misrda O‘rta podsholik inqirozga uchrashining qanday sabablari bor? 6. Xo‘jalikdagi qaysi o‘zgarishlar Yangi Podsholik davrida ro‘y berdi? 7. Misrning zaiflashuvi va eronliklar tomonidan bosib olinishiga nimalar sabab bo‘ldi? 1 История Востока. Восток в древности. Москва Издательская фирма «Восточная литература» РАН 2002 ––стр: 14-18. 82 4-mavzu. Qadimgi Misr manbalari va tarixnavisligi. Qadimgi misr madaniyati Reja: 1. Qadimgi misr manbalari va tarixnavisligi. 2. Misrshunoslikning rivojlanishi. 3. Qadimgi Misr madaniyati. 4. Diniy va diniy-falsafiy she'riyat. 5. Ilmiy bilimlar. Tayanch iboralar: Aton, “Rozett toshi”, Axetaton, “Nekropol”, “Indamaslar shahri”, “O‘lik shaharlar”, sarkofag, Lepsius, Kohinlar, O‘liklar kitobi, Izida, Iba, O‘liklar shahri Qadimgi Misr tarixi, madaniyati, turmush tarzi hamda ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy hayotini o‘rganishda antik mualliflarning tarixiy asarlari, arxeologik qazilmalar, misr yozma yodgorliklari, toshlardagi bitiklar, moddiy-madaniy yodgorliklar va boshqa manbalar muhim ahamiyatga ega. Qadimgi Misr tarixiga oid manbalarni asosan to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: 1. Antik mualliflarning tarixiy asarlari 2. Arxeologik qazilmalar. 3. Misr yozma yodgorliklari. 4. Moddiy-madaniy yodgorliklar. Miloddan avvalgi VII asrda Yunon savdogarlari, yollanma kishilar turli yo‘llar bilan Misrga kelib, Nil daryosi vohasida (Nil daryosi quyi o‘zanlarida) jamoa-jamoa bo‘lib joylashganlar. Ayni vaqtda XXVI sulolalar davrida hukmronlik qilgan Misr fir'avnlari Misr qo‘shiniga ko‘plab yunonlarni jalb etganlar. Yuqorida aytilganidek, ko‘plab yunon savdogarlarining Misrga kelishi, savdo aloqalarining rivojlanishiga, hamda Misrda yunon koloniyalarining vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Qadimgi yunon faylasuf va siyosiy arboblari - Fales, Anaksimandr, Demokrit, Solon va boshqalar Misr xalqining qadimiy tarixi, madaniyati, ilm-fanda erishgan yutuqlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Misr bo‘ylab sayohat qilishgan. Yunon 83 tarixchi va geograflari asarlarida Qadimgi Misr tarixiga oid ko‘plab qiziq ma'lumotlarni uchratish mumkin. Miloddan avvalgi V asrda yunon tarixchisi Gerodot butun Misr bo‘ylab sayohatga chiqib, ko‘rganlari, bilganlari hamda eshitganlari asosida yirik tarixiy asar yozdi. Qadimgi Misr dinini o‘rganishga Xeroneyalik Plutarx ulkan hissa qo‘shgan. Plutarx (milodiy 50-125 yillar)ning “Izida va Oziris” to‘g‘risidagi kitobida Misrda butun antik dunyoda keng tarqalgan xudoga ishonish haqidagi afsonalar o‘z ifodasini topgan. Plutarx kitobidagi ma'lumotlar Misr manbalari tomonidan ko‘p jihatdan o‘z tasdig‘ini topadi. Masalan, Plutarx Misr manbalariga asoslangan holda Ozirisni Nilga namlik, suv bergan va uni o‘zida mujassamlashtirgan Allohdir deydi. Uning so‘ziga ko‘ra “donishmand kohinlar Nilni nafaqat Oziris, balki Tifon dengizi deb ham atashgan”. Qadimgi Misr haqida yozgan antik mualliflar ichida tarixchi Manefon (miloddan avvalgi IV - III asrlarda yashagan) alohida o‘rin tutadi. Manefon Misrning birinchi ruhoniy kohini bo‘lib, Ptolomey 1, Soter va Ptolomey II Filadelf podsholigi davrida yashab o‘tgan. XVIII asrning o‘rtalarida Pokok, Norden va Bryus kabi Yevropa olimlari Misrga yo‘l olib, Fiva vodiysidagi qadimiy ehromlar, podsholar qabrlari haqida yozib qoldirishgan 1 . Biroq G‘arbiy Yevropa ilmiy doiralari birinchi marta, Misr madaniyati bilan 1798-yilda Napoleon Bonapartning Misrga ekspeditsiyasi tufayli ozmi - ko‘pmi yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishgan. Napoleon Bonapart ekspeditsiyasi tarkibida turli olimlar, arxeologlar bor edi. Ushbu ekspeditsiyaning ilmiy natijasi sifatida Misr tarixiga bag‘ishlangan 24 tomdan iborat bo‘lgan qadimgi ibodatxona vayronalari, ayrim manbalar (tosh, suyak, yog‘och va h.k.) ustiga bitilgan yozuvlar nusxasini o‘zida aks ettirgan rasmlar, jadvallar, qadimgi Misr yodgorliklari nashr etilgan. Fransua Shampolon (1790-1832-yil) edi. U yunon, lotin, kopt tillarini yaxshi bilar, arab tilida erkin so‘zlashar va yozardi. 20 yoshida til bo‘yicha doktorlik ilmiy darajasini olishga muyassar bo‘lgan edi. 1 Немировский А.И. История Древнего мира. В 2-х частях. Античност. М., «Владос», 2000. 84 F. Shampolon Napoleon ekspeditsiyasi olimlari ishini davom ettirish maqsadida 1828-yilda Misrga arxeologik ekspeditsiya uyushtirdi. U Misrda bir yarim yilcha ishlab, arxeologik qazilmalar olib bordi, turli qadimiy yozuvlardan nusxalar ko‘chirdi. Iqtidorli olimning fidokorona mehnati tufayli “Misr va Nubiya yodgorliklari 1 ” deb nomlangan qator qimmatli albomlar yaratildi. Arxeologik qazilmalar va qidiruvlar natijasida Lepsius ”Misr va Nubiya yodgorliklari” nomi bilan noyob, monumental albomlarni nashr etdi. Tashabbuskor, jasoratli olim Marriet butun hayotini Misrdagi arxeologik tadqiqotlarga bag‘ishladi. U birinchi bo‘lib Misr hududida yalpi arxeologik qazilmalarni amalga oshirishga kirishadi. Marriet Memfis yaqinidagi muqaddas buqalar - opislar mozorida, Sakkaradagi qadimgi podsholik davridagi qabrlarda, Abidos va Fivadagi XIX sulola davriga oid ibodatxonalar (ehromlar)da qazish ishlarini amalga oshirdi. Shampolon va Marrietning arxeologik ishlarini fransuz misrshunosi Gaston Maspero (1846 - 1916 yillar) davom ettirdi. U V - VI sulolalar davrida barpo etilgan Sakkara ehromlarini sinchiklab o‘rganib chiqdi. Piramidalar ichidagi qabrlar ustiga bitilgan g‘aroyib diniy matnlarni topdi. Ularni “Sakkara piramidalaridagi yozuvlar” nomi bilan nashr etdi. Fiva yaqinidagi Dayr - al-Bahrida joylashgan maxfiy yerlarda Yangi Podsholik davridagi mashhur fir'avnlarning o‘ttizga yaqin mo‘miyolangan jasadlarini topdi. Maspero Misrning turli joylarida ko‘plab arxeologik qazilma ishlarini amalga oshirdi Misr qadimiy yodgorliklarini o‘rganish, nashr etish va ularni muhofaza qilish ishlarini tashkil etdi. XIX asr oxirida “Misrni tadqiq etish fondi” tashkil topdi. Ayni paytda Misrda ancha yirik arxeologik qazilmalarni amalga oshirgan de Morgan arxaik davri yodgorliklarini kashf etdi. Nevill ismli olim Malika Xatshepsut ibodatxonasini sinchiklab o‘rgandi. 1 Sezgin F., Mathematical Geography and Cartography in Islam and their Continuation in the Occident III (volume of Maps), being an English version of vol. XII, Geschichte der arabischen Wissenschaften, Frankfurt am Main 2000. 85 Ingliz qadimshunosi Flinders Petri ham butun umrini (1853-1942- yillar) arxeologik izlanishlarga bag‘ishladi. Amerikalik misrshunos Reysner 1 esa Xufu piramidasi atrofida joylashgan qabrlarni o‘rganib, shu jumladan qadimgi Misr podsholigi davrida yashagan ayol podsho qabrini ham tadqiq etdi. XVII asrda Kirxer qator ilmiy asarlar yaratib, o‘z asarlarida qadimgi Misr yozuvlari ma'nosini noto‘g‘ri izohlaydi. Ushbu yozuvlardagi har bir belgi butun so‘z yoki tushunchani bildiradi, deb tushuntiradi. Uning xizmati shundaki, Kirxer kopt tilini qadimgi Misr tilining avlodi deb to‘g‘ri e'tirof etgan. Tomas Yung Misr yozuvida fonetik belgilar borligini aniqlab, hatto bir nechta nomlarni aniqlashga ham erishdi. Misr iyerogliflari sirining uzil-kesil ochilishi fransuz olimi Fransua Shampolon nomi bilan uzviy bog‘liq. Napoleon Bonapartning Misrga qilgan ekspeditsiyasida ishtirok etgan askarlar chuqur qazib turib, toshga duch kelishadi. Ular toshni xazina solingan sandiq bo‘lsa kerak, deb o‘ylashadi… Olimlar plitaning quyi qismida bitilgan yozuvlarni osonlikcha o‘qishadi. Matnning bir qismi yunon tilida yozilgan bo‘lib, plita qo‘yilgan yerga nisbat berilib “Rozett toshi” deb atalgan. Rozett toshiga o‘yib yozilgan yozuv miloddan avvalgi 203-yilda taxtga o‘tirgan Ptolomey V ning sha'niga yozilgan edi. 1808-yili Shampolon Rozett toshiga bitilgan yozuvni o‘qishga kirishdi. Uzoq davom etgan mashaqqatlar, izlanishlar natijasi o‘laroq, olim 1822-yili 17-sentyabrda Parij Fanlar Akademiyasi majlisida “Rozett toshi” yozuvlari haqida ilmiy ma'ruza qildi 2 . Misrning tarixiy xronologiyasini aniqlashda «Turin podsho papirusi» nomini olgan yozma manba katta ahamiyatga ega. Chunki bunda XVIII sulolagacha bo‘lgan davrlarda fir'avnlarning hukmronlik qilgan yili, oyi va kunlariga qadar aniq ko‘rsatilgan. Misr hukumatining XVIII sulola davridagi muvaffaqiyatli tashqi siyosati Misr poytaxti Axetaton davlat arxividan topilgan mixxat hujjatlarida 1 Немировский А.И. История Древнего мира. В 2-х частях. Античност. М., «Владос», 2000. 2 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 86 o‘z aksini topgan. Tarixdan Axetaton arxivi fir'avn Exnaton tomonidan barpo qilinganligi ma'lum. Bu hujjatlarda Misr fir'avnlarining Old Osiyo davlatlari podsholari Suriya, Falastin hukmdorlari bilan olib borgan diplomatik aloqalariga oid matnlar aks ettirilgan. Misrning XIX sulola davri diplomatiyasi tarixini o‘rganishda Ramzes II ning Xett davlati podshosi Xattushil bilan tuzgan sulh Shartnomasi jiddiy ahamiyatga molik. Misrshunoslikning rivojlanishiga G‘arb olimlari, chunonchi nemis olimlari G. Brugsh, R. Lepsius, fransuz olimlari F.Shampolon, Deveria, de-Ruje va Shaba, italiyalik olim Rozellini, ingliz olimi Berch katta hissa qo‘shdi. Fransuz olimi G.Maspero ham misrshunoslik rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. U misrshunoslikda tarix, filologiya va arxeologiya ilmlarini birga qo‘shib olib bordi. Maspero o‘zining “Klassik Sharq xalqlarining qadimgi tarixi” fundamental asarida birinchi bo‘lib, qadimgi Misr tarixi va madaniyatini hamda klassik Sharq xalqlari, ya'ni Shimoliy-Sharqiy Afrika va Old Osiyo xalqlari tarixiy taraqqiyotini keng doirada uzviy bog‘liq tarzda o‘rgandi. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Erman va Zete qadimgi misr tili muammosiga bag‘ishlangan qator ilmiy asarlar yaratgan bo‘lsalar, Erman va Ranki ushbu tilga oid besh tomlik fundamental asar chop etishdi. Angliyalik misrshunos A.Gardner misr tili grammatikasini ishlab chiqdi. Rus misrshunosligiga asos solgan yirik olim, akademik B.A.Turayev (1868 - 1920 yillar) ko‘plab hujjatlarga tayanib “Qadimgi Sharq tarixi”ni yozdi. B.A.Turayev ilmiy faoliyatining eng katta yutug‘i shundaki, u butun Sharq olamini yaxlit - yagona madaniy-tarixiy jarayon sifatida o‘rgandi. V.S. Golenishyev (1856 - 1947 yillar) Misr bo‘ylab bir necha marta sayohat qilib, ko‘plab arxeologik qazilmalarni amalga oshirdi, qadimgi Misrga oid talaygina qimmatli kolleksiyalarni izlab topdi. Bu kolleksiyalar keyinchalik Moskva tasviriy san'ati muzeyida qadimgi Sharq yodgorliklari bo‘limining asosini tashkil etdi. Keyingi yillarda misrshunoslik fani rivojiga V.V.Struve, V.I.Avdiyev, R.I.Rubinshteyn, D.G.Reder, M.E.Matye, Misrshunoslikning rivojlanishi 87 I.M.Dyakonov kabi qator ulkan misrshunos olimlar katta hissa qo‘shishdi. Misrda madaniyatning rivojlanishi. Qadimgi podsholik davrida Misr madaniyati juda katta yo‘lni bosib o‘tdi. Misrliklar qudratli ilohiy fir'avnlar va betakror buyuk donishmandlar: Imxoteb, Kagemni va Ptaxxoteblar davri Misr madaniyatining oltin asri nomini olgan. Quyoshga topinish. Misrliklar juda qadimdan quyoshga sig‘inganlar. Quyoshga topingan eng qadimgi shahar markazi Iunu bo‘lib, greklar uni “Quyosh shahri” - Geliopol deb ataganlar. Podshoni ilohiylashtirish. Podshoni ilohiylashtirish qadimgi podsholik davrida o‘zining aniq ifodasini topdi. Juda katta maqbaralar - piramidalar qurilib, ular xudoga tenglashtirilgan fir'avnning kuch- qudratini namoyish qilgan. Misrda me'morchilik juda erta taraqqiy etgan. Qadimgi podsholik davrida fir'avnlar va katta zodagonlar o‘zlari uchun maqbara, saroy va ibodatxonalar qurdirganlar. Ular ichida, ayniqsa, Misr ehromlari diqqatga sazovor. Sakkaradagi Joser maqbara ehromi ular ichida eng qadimgisi bo‘lib, zinasimon shaklda qurilgan. Yozuv. M.A.Garyayev o‘zining “Епохи в зеркале писм” nomli kitobida ta'kidlashicha, papirus tarixi ming yillardan uzoqroq, ya'ni qadimgi Misr podsholik davriga taqaladi. Papirus xuddi nilufar guli kabi Misr timsoli bo‘lgan. Papirus o‘simligining bir-biriga chirmashib ketgan poyalari Yuqori va Quyi Misr birligini ifodalagan. Effu ibodatxonasining Ramzes II ibodatxonasi ostidagi maqbaradan “Kitoblar ro‘yxati solingan qutilar” topilgan. Oddiy papiruslarning eni 20-25 sm bo‘lgan. YOg‘och quti ichidan papirus hamda qamish bog‘lamlari chiqqan. Papiruslarning navlari turli - tuman bo‘lib, ular yozishdan tashqari turli buyumlarni o‘rash uchun ham ishlatilgan. Shuningdek kartonga o‘xshash qog‘ozlar bo‘lgan. Misrda tashqi ko‘rinishi o‘xshash bo‘lmagan ikki xil yozuv: iyeratik (ish, hisobot va hujjatlar uchun) va iyeroglifik - (tantana va marosimlar uchun) yozuvlar ishlatilgan. Motam-ma'raka marosimlari. Kohinlar marhumning go‘yo “narigi dunyoda o‘z oilasi bilan qovushishi”, “oxiratning noz- ne'matlaridan bahramand bo‘lishi” va unda “Xudoning azobiga Qadimgi Misr me’morchiligi 88 duchor bo‘lmaslik” imkonini ta'minlovchi maxsus duo va sehrlar o‘ylab chiqarganlar. O‘rta podsholik davrida jasad solingan yog‘och tobutlardagi duo va madhiyalar yangi podsholik davrida va keyingi zamonlarda ham papirus o‘ramlariga yoziladigan bo‘lib, oxir-oqibatda “O‘liklar kitobi” barpo bo‘ldi 1 . Ammo buni “O‘liklar kitobi” emas, balki “Tirilish kitobi” (mahshar - per - yem - xeru) deb atash to‘g‘riroq bo‘lardi. “O‘liklar kitobi” da hamda bu davrdagi boshqa bir qancha diniy to‘plamlar va matnlarda juda ko‘p duolar, xudolar sha'niga aytilgan madhiyalar, narigi dunyo va insonning vafotidan keyingi qismati ham bayon etilgan 2 . O‘rta podsholik zamonidagi “Sarkofag matnlari” Shartli nomini olgan diniy to‘plam vujudga kelgan. Bu matnlardan asta-sekin “O‘liklar kitobi” yuzaga kelgan. “O‘liklar kitobi” ning tarkibiy qismlari va mazmuni o‘zaro nomuvofiq bo‘lib, ketma-ket kelgan ayrim boblar bir-biri bilan mantiqan bog‘lanmagan. Ya'ni mazkur diniy to‘plam betartib joylashgan turli duo, munojot, madhiya, alqov qo‘shiqlari, afsun va sehrlar yig‘indisidan iborat. Misr xalqi boy badiiy ijodga egadir. O‘rta Podsholik davri mumtoz Misr adabiyotining eng rivoj topgan davri hisoblanadi. Podsho saroyidagi mashhur jodugarlar mo‘'jizalari haqida to‘qilgan ertaklar to‘plamidan iborat Vestkar papirusi matni O‘rta podsholik davri oxirlariga oid. Muallif xalq ertaklari uchun xarakterli bo‘lgan afsonalardan ustalik bilan foydalanadi. Ertakdagi jodugar tirik g‘ozning bo‘ynini uzib oladi-da, so‘ng uni joyiga ulab tiriltiradi. Ertaklar to‘plami O‘rta podsholik davrida tahrir qilingan. Yangi adabiy janr, sayohatnoma janri, ya'ni sarguzasht romanlarining dastlabki o‘tmishdagi namunalari yuzaga keladi. “Halokatga uchragan kema haqida hikoya” da (Sankt-Pereburg ermitajidagi 1115 - papirus) Sharq ertaklariga xos bo‘lgan qadimgi fantastika elementlari ham saqlangan. Hikoya qahramoni o‘sha zamonning o‘rta vakili bo‘lib, u “Podsho 1 Schiller F., Was heißt und zu welchem Ende studiert man Universalgeschichte? Eine akademische Antrittsrede, in “Der Teutsche Merkur”, vol. 4, pp. 105-135 (available online at de.wikisource.org; cf. p. 165-170 in this reader). 2 История Востока. Восток в древности. Москва Издательская фирма «Восточная литература» РАН 2002 Adabiyot Sayohatmonalar 89 konlari” ga qilgan sayohati to‘g‘risida so‘zlaydi. Shuningdek, saroydagi fitnaga aralashib qolishdan qo‘rqib, Suriyaga qochib ketgan yirik mansabdorning “Sinuxet hikoyasi 1 ” ham hayotiy detallarga boy hisoblanadi. Hikoya muallifi Sinuxetning safar sargardonligi va mashaqqatlarini g‘oyat go‘zal tarzda ifoda etadi. Misr aholisi orasida yuzaga kelgan norozilik asta-sekin afsona va badiiy adabiyotga kirib kelgan. Ba'zi she'riy asarlarda narigi dunyoga ishonmaslikka, bu dunyoning butun noz-ne'matlaridan bahramand bo‘lishga chaqirilgan: Kuningni shodlikda o‘tkaz, ey kohin Anbardan bahra olib, tanga orom ber... Barcha yomonlik ortingda qolsin Jimjitlik, sukunat hukm surgan o‘lka, Bir kuni sening ham yotog‘ing bo‘lgay. O‘shal kun kelguncha o‘ynagil - kulgil Ishrat qil hamisha, ko‘ngling shod o‘lgay Misr san'atining eng qadimgi shakllari arxaik davrda (miloddan avvalgi V ming yillikda) paydo bo‘lib, bu san'at Misr madaniyati tushkunlikka uchragan, Misr rimliklar hukmronligi ostiga tushib qolgan keyingi davrlargacha taraqqiy etib kelgan. Arxaik davrning oxirlaridayoq, Misr san'atining o‘ziga xos xususiyatlari: ulug‘vorlik va muhtashamlik, jiddiylik va aniqlik, deyarli geometrik konstruktivlik hamda frontallik namoyon bo‘la boshlagan. Misr san'atining bu jihatlari, ayniqsa, portretlar tasvirida realistik an'analar bilan birga qo‘shilgan. Haykaltaroshlik ham rivojlandi. Mentuxotep haykali Senusert Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling