Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев
xudosi Raning nikohi natijasida mo‘'jizaviy tug‘ilganliklari, bu fir'avnlarni quyosh V va VI sulolalar davrida Misr 69 xudosining avlodi sifatida so‘zsiz podsholik taxtiga o‘tirish huquqiga ega bo‘lganliklarini ifodalaydi. Bu afsona va shu davrga oid yozuvlarning asl nusxasi ham IV sulola davridayoq, quyosh xudosi Raga e'tiqod kuchaya boshlaganini ko‘rsatadi. V sulola fir'avnlari davrida Ra Misrning bosh davlat xudosiga aylantirilgan. Fir'avnlar “Ra o‘g‘li” degan yangi unvon olganlar. Memfis yaqinida V sulola fir'avnlari qurdirgan ibodatxona xarobalari, ayniqsa, Raga gisbatan e'tiqod ayniqsa kuchayganini ko‘rsatadi. V va VI sulola fir'avnlari ham istilochilik siyosatini davom ettirganlar. Ular Liviya va Nubiyada urush harakatlari olib borganlar. Bu urushlar oddiy halq yelkasiga og‘ir yuk bo‘lib tushgan. VI sulola fir'avnlari - Pepi I va Pepi II davrida Nubiyaga qarshi muvaffaqiyatli urush olib borilgan. VI sulola davrida yashagan amaldor maqbarasida Falastinga qilingan harbiy yurish haqida ma'lumotlar saqlanib qolgan. Bosqinchilik siyosati quldorlar va yirik zodagonlar yanada boyishi hamda kuchayishiga olib keldi. Ijtimoiy ziddiyatlar og‘irlashdi. Shu bilan birga idora ishlari markazlashib, nufuzli amaldorlar ko‘paydi, podsho va uning hokimiyatini ilohiylashtirishga qaratilgan puxta ishlangan mafkura yordamida fir'avnlar mavqyei mustahkamlandi. Sud idoralari rivoj topib, qadimgi jamoa sudlari o‘rnini podsho sudlari, podsho hakamlari egallagan. Hakam vazifasini ko‘p hollarda mahalliy hokim - nomarxlar ado etgan. “Oltita urug‘ uy” nomi bilan mashhur bo‘lgan oliy sud poytaxtda joylashgan. Oliy hakam mamlakatni idora qilishda birinchi yordamchi bo‘lgan. Qadimgi Podsholik davridagi yozuvlar maxsus harbiy mahkamaning tuzilishi va faoliyatiga oid o‘ziga xos xususiyatlarni tasavvur qilish imkonini beradi. Mamlakatning harbiy kuchlariga qo‘mondonlik qilish fir'avn oilasiga qarashli kishilardan biriga topshirilgan. Misrning nomlarga bo‘linib ketishi. Qadimgi Podsholik davrining oxirlariga kelib, ayrim nomlarda hukmdor nomarxlar butun hokimiyatni qo‘llariga olib, mustaqil siyosat yurita boshladilar. Nomarxlar fir'avn hokimiyati vasiyligidan chiqa boshladilar. Bularning bari fir'avn hokimiyatining zaiflashishi va markazlashgan tizimning yo‘qola borishiga sabab bo‘lgan. Davlat hokimyati 70 Nomlarda kohinlar juda katta kuch-e'tiborga ega bo‘lgan. Har bir nomning o‘z xudolari bo‘lib, shu yo‘l bilan kohinlar fir'avnga qarshi siyosat yuritganlar. Joylarda fir'avnni ilohiylashtirishga qarshi chiqib, ular mahalliy xudolar obrazini iloji boricha yuksaltirishgan. Bu intilishga mahalliy nomarxlar ham qarshilik qilmaganlar, chunki markaziy hokimiyatning zaiflashuvi ularning manfaatlariga xizmat qilar edi. Iqtisodiy va siyosiy sohada markaziy hokimiyatning inqirozi natijasida Qadimgi Misr podsholigi parchalanib ketdi. Misr o‘rta podsholik davrida (miloddan avvalgi 2250 -1750 yillar). Markazlashgan davlatning inqirozga uchrab, parchalanishidan g‘arbdagi qo‘shni liviyalik qabilalar va Sharqdagi ko‘chmanchilar foydalandilar. Ular Misrga bostirib kirib, uning boyliklarini talon-taroj qildilar. Qadimgi podsholikning markaziy shahri - Memfis ham inqirozga yuz tutdi. Unda hukmronlik qilayotgan VIII-sulola vakillari mamlakatni birlashtirishning uddasidan chiqa olmadilar. Yuqoridagi sabablar mamlakatning siyosiy jihatdan qaytadan birlashtirilishini taqozo qilardi, natijada, Misrning kuchli viloyatlari o‘rtasida davlatning birligini tiklash uchun kurash boshlandi 1 . Bu shaharlar jug‘rofiy jihatdan qulay joylashganligi uchun ham, mamlakatning iqtisodiy hayotida muhim o‘rin tutadi. Misrdagi siyosiy va iqtisodiy voqyealar mamlakatni qayta tiklash zaruratini yuzaga keltirdi. Misrni qaytadan birlashtirish uchun ham shimolda, ham janubda kurash boshlandi. Geliopol va Fiva shahri hokimlari Misrda ustun kelish va unga hukmronlik qilish uchun miloddan avvalgi III ming yillik o‘rtalarida kurash boshlab, ertami - kechmi o‘zaro to‘qnashishi muqarrar edi. Dastlab, siyosiy kurashni Geliopol hokimligi boshlab berdi. Misr bo‘linib borayotgan davrda markaziy hokimiyat zaiflashgan sari Geliopol hokimlari butun Misrni o‘z tasarrufiga olishga intildi. Xeti- Meri-ib-Ra Misrni qaytadan birlashtirib, Misr fir'avnlarining Geliopol (umumiy hisobda to‘qqizinchi) sulolasiga asos solgan Xeti 1 (Axtoy) 1 A. Pankratova, Konferentsiya chitatelei zhurnala “Voprosty istorii”, 1956, vi, 2, p. 213; quoted in R.D. Markwick, Rewriting History in Soviet Russia. The Politics of revisionist Historiography, 1956-1874, Bas- ingstoke 2001, p. 4. Geliopol va Fiva o‘rtasidagi kurash 71 Misrni birlashtiribgina qolmasdan, balki Qadimgi Podsholik fir'avnlarining istilochilik siyosatini tiklashga ham urindi. Geliopol podsholari shimoldagi nomlarni birlashtirib, liviyaliklarni va Osiyo ko‘chmanchilarini mamlakatdan surib chiqardilar. Ular o‘zlarini Yuqori va Quyi Misr hukmdorlari deb e'lon qildilar. Biroq IX-X sulola vakillari bo‘lmish Geliopol podsholari hokimiyati mustahkam emas edi. Geliopol va Fiva hukmdorlari o‘rtasidagi kurashda oxir-oqibat Fiva hokimiyati ustunlik qildi. Kuchli Fiva hokimlari Nubiyaning moddiy boyligi va ishchi kuchidan foydalanib, janubiy Misrni o‘z atroflariga birlashtirishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu kurashda Fiva podshosi Mentuxatep uzil-kesil g‘alaba qozonib, yagona Misr davlatini qayta tikladi. Natijada, Mentuxatep Misr fir'avnlarining XI- sulolasiga asos soldi 1 . Shu tariqa miloddan avvalgi 2250 yildan 1750 yilgacha davom etgan umummamlakat miqyosidagi O‘rta Podsholikka asos solinib, bu davrda 11, 12 va 13-sulola firdavilari podsholik qildi. O‘rta podsholik davrida xo‘jalik va ichki hayot. Misrda 11 va 12 sulola fir'avnlari davrida yana qaytadan qudratli, markazlashgan davlat vujudga keldi. Bu davlat Shimoliy-Sharqiy Afrikada hukmron bo‘lishga va qo‘shni mamlakatlarga o‘z ta'sirini kuchaytirishga intildi. 12 sulolaning qudratli fir'avnlari zamonida Misr yana katta va kuchli davlat bo‘lib birlashganidan so‘ng, xususan, Amenemxet III davriga kelib, sun'iy sug‘orish tarmoqlari ancha kengaytirilgan va mukammallashtirilgan. O‘rta Podsholik davrida Fayum vohasida, ayniqsa, irrigatsiya sohasida katta ishlar amalga oshirildi. Bu vohada Yunonlar Marida ko‘li deb atagan va alohida kanal vositasi bilan Nilga tutashtirilgan katta suv ombori mavjud bo‘lgan. Irrigatsiya sohasida olib borilgan bu ishlar natijasida Fayum vohasida dehqonchilik rivoj topdi. O‘rta Podsholik davrida mamlakatda ichki savdo-sotiq rivojlanishi bilan bir qatorda, tashqi savdo aloqalari ham taraqqiy etdi. Misr shimoliy-Sharqda Finikiya, Falastin, Ikki daryo oralig‘i va Kichik Osiyo bilan savdo aloqalarini olib bordi. U tomonlardan Misrga qora 1 Немировский А.И. История Древнего мира. В 2-х частях. Античност. М., «Владос», 2000. Savdo-sotiqning rivojlanishi 72 yog‘och, qo‘rg‘oshin, kumush, qimmatbaho toshlar, Kritdan esa dengiz kemalarida mis keltirilar edi. Misr savdogarlari janubda Nubiya va Punt o‘lkasigacha borganlar. Ular u yerdan oltin, fil suyagi va boshqa qimmatbaho buyumlar olib kelganlar. Savdo-sotiq suv yo‘li - Nil daryosi va Qizil dengiz orqali olib borilgan. Shunday qilib, 12 sulola fir'avnlari davrida Misr Yaqin Sharqdagi eng qudratli davlatga aylandi. Kambag‘allar va qullar qo‘zg‘olonlari. Misrda kambag‘allar va qullar ko‘targan qo‘zg‘olonlar haqida bizga turli manbalardan ma'lum. Olag‘ovur yillarda shaharlarda tez-tez qo‘zg‘olonlar ko‘tarilib, ularda quyi tabaqa aholisi ishtirok etgan. Shaharda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar haqida o‘sha zamon adabiy yodgorliklarida aytib o‘tiladi. Masalan, papirus yozuvlardan birida qo‘zg‘olondan “xarob bo‘lgan” bir shahar to‘g‘risida so‘z boradi. Fir'avn, kohin, amaldorlarning obro‘yi, oddiy xalq va qullar mehnati hisobiga oshib borgan. Mamlakatdagi ichki nizolar va fir'avnlarning bosqinchilik siyosati xalq ommasi va qullar ahvolining yomonlashuviga olib kelgan. Xuddi ana shu davrda fir'avn va mahalliy amaldorlar jabr-zulmidan bezgan xalq mavjud tuzumga qarshi bosh ko‘targan. Bu qo‘zg‘olon miloddan avvalgi 1750 yilda sodir bo‘lib, unda oddiy xalq bilan birga qullar ham faol ishtirok etganlar. Misrdagi bu voqyealar o‘sha davrga oid ikki asarda: “Ipuser nasihatnomasi” (344 - sonli Leyden papirusi matni) va Sankt - Peterburgdagi Ermitajda saqlanayotgan “Noferrexu nasihatnomasi”da o‘zining yorqin ifodasini topgan. “Ipuser nasihatnomasi” asarining muallifi yirik mansabdor kishi bo‘lib, u xalq ommasining harakatiga nafrat va salbiy nazar bilan qaragan. E’tibor bering! Ipuserdagi ma'lumotlarga qaraganda kambag‘al va qullar zodagon va a'yonlarga qarshi bosh ko‘targanlar. Quyida undan bir parcha keltirilgan: “Nasl-nasabi bo‘lmagan kishilar endi zodagonlardan farq qilmaydilar. Hokimlarning bolalari qo‘zg‘olonchilar qo‘liga asir tushgan. Ularni urib kaltaklaganlar va boshlarini devorga urib majaqlaganlar. Podsho va badavlat kishilarning mol-mulklari batamom taqsimlangan. Yer haydashga ho‘kizi va omochi bo‘lmagan dehqon endilikda butun bir podaga, 73 boshpanasi bo‘lmagan kishilar hashamatli turar joylarga ega bo‘lgan. Bitta ham qayig‘i bo‘lmagan kishilar butun bir kemalar flotiga egalik qilgan. Bir vaqtlar bashang kiyingan kishilar endilikda juldur kiyimda yuradigan bo‘lgan. Cho‘rilar bo‘yinlariga oltin, kumush va asl toshlardan ishlangan zeb-ziynat buyumlarini taqib olgan, zodagon ayollar esa och yurgan. Qo‘zg‘olonchilar sud idorasi va mahkamalarga bostirib kirib, unda saqlanayotgan hujjatlar, soliq ro‘yxatlarini ko‘chalarga uloqtirib, mayda-mayda qilib yirtib tashlaganlar. Ular podsho saroyiga hujum qilib, podshoni ko‘chaga haydab yuborganlar. Mamlakat boshliqlari qochib jon saqlaganlar, amaldorlar esa o‘ldirilgan. Qullar quldorlarga aylangan. Bu baxtsizlik qalbimni tilka-pora qilmoqda. Oh, bu zamonning azob- uqubatlari men uchun naqadar qayg‘uli”. Ipuser qo‘zg‘olonning qancha vaqt davom etgani va qanday bostirilgani haqida ma'lumot keltirmagan. Ipuser qo‘zg‘olonni tasvirlar ekan, shunday deydi, - “Mansablar endi yo‘q. Odamlar cho‘ponsiz hurkigan podaga o‘xshaydi.” Qabila nomi bo‘lmish “giksos” so‘zi cho‘l mamlakatlarining “hukmdorlari” (“xekau xasut”) degan misrcha so‘zning buzib aytilishi, deb ta'riflanadi. Miloddan avvalgi XVIII asrning ikkinchi yarmida ular o‘zlarining ot qo‘shilgan jangovar aravalarida Shimoliy Misrga bostirib kirib, uni egallaganlar. Ular deltada Avaris (“Xat - uarit” - misrcha, cho‘llar va ajnabiy mamlakatlar xudosi Setuga bag‘ishlangan shahar) shahrini qurib, poytaxtga aylantirdilar va yuz yildan ortiq davr mobaynida Misrda hukmronlik qildilar. Giksos hukmdorlari 15-16 sulola namoyandalari edilar. Ular shimolda Misr, Falastin, Sinay yarim oroli, Arabistonning shimoliy qismi ustidan hukmronlik qilganlar, ammo Misrning janubiy viloyatlarida Fiva hukmron bo‘lib qolaverdi. Giksoslarning Misrdan haydab chiqarilishi. Giksos podsholari Misrda taxminan miloddan avvalgi XVII asrdan to 1580-yilgacha hukmronlik qilganlar 1 . Chet elliklarning hukmronlik qilishi mustaqil Misr davlatini tiklashga intilgan yerli aholining qo‘zg‘olon ko‘tarishiga sabab bo‘ldi. Bundan avvalgi davrda bo‘lgani kabi, 1 Немировский А.И. История Древнего мира. В 2-х частях. Античност. М., «Владос», 2000. Giksoslarning Misrga bostirib kirishi 74 mamlakatni birlashtirish uchun kurash Yuqori Misrdan boshlangan, chunki mamlakatning bu qismi doimo o‘zining mustaqilligini bir qadar saqlab kelgan. Giksoslarga qarshi kurash Fiva podshosi Kamesu vaqtida kuchayib, begonalar hukmronligiga qarshi ozodlik urushiga aylanib ketdi. Kamesudan keyingi Fiva podsholaridan biri Yaxmos I giksoslar ustidan uzil - kesil g‘alaba qozonib, XVIII Fiva sulolasiga asos solgan. Yaxmos I ning harbiy faoliyati uning katta mansabdorlaridan biri Yaxmos Iabana o‘g‘lining bizning zamonamizgacha saqlangan tarjimai holidan ma'lum. Bu tarixiy hujjatda Yaxmos I ning chet elliklar bilan olib borgan urushi davrlarga bo‘lib ta'riflangan. Misr qo‘shinlari giksoslarning deltadagi asosiy tayanch punkti Avaris shahrini qamal qiladilar. Giksoslarning qattiq qarshilik ko‘rsatishiga qaramay, misrliklar ularning qo‘shinlarini tor-mor qilib, Misrdan haydab chiqarishga muvaffaq bo‘ladilar. Misr qo‘shinlari giksoslarni ta'qib etib, Osiyoga ham kirib borib, giksoslarning Old Osiyodagi hokimiyat markazlarini egallab olishga intilganlar. O‘sha vaqtdan qolgan yozuvlarga qaraganda, Misr qo‘shinlari to Finikiya va Suriya viloyatlarigacha kirib borganlar. Yaxmos I, ayniqsa, Nubiyada katta muvaffaqiyat qozongan. U Nubiyaning ilgari Misr podsholari qo‘l ostida bo‘lgan viloyatlarini yana qaytadan istilo qilgan. U davrda katta ibodatxonalarga qarashli yirik hunarmandchilik ustaxonalari ko‘p edi. Nofer Ronpet maqbarasi devorlarida (19 sulola davri) 20 dan ortiq kishi ishlayogan Amon ibodatxonasi ustaxonasi tasvirlangan 1 . Ayniqsa, vazir Rexmer maqbarasi devorlarida saqlangan tasvirlar muhim ahamiyatga ega. Bu hunarmandlar orasida chet ellik qullar ham bo‘lgan. Bunga Rexmer maqbarasidagi tasvirlar va yozuvlardan ishonch hosil qilish mumkin. Tutmos III podsholik qilgan davrda vazir, poytaxt boshlig‘i va oliy hakam mansablarini egallagan bu oliy amaldor ayni paytda “Amon ibodatxonasi boshlig‘i” hamda “Amonning Fivadagi barcha ishlari mudiri” vazifasini ham ado etgan. Shuning uchun Amon ibodatxonasidagi barcha ustaxonalar unga bo‘ysungan va shu sababdan bu ustaxonalar uning maqbarasi devorlarida juda batafsil tasvirlangan. 1 Немировский А.И. История Древнего мира. В 2-х частях. Античност. М., «Владос», 2000. 75 Bu davrda misrliklar bir qator yangi mamlakatlar, chunonchi, Kipr, Kichik Osiyo va Mesopotamiyaga savdo ekspeditsiyalari va istilochilik niyatida qo‘shin yuborganlar. Bu vaqtga kelib Sinaydagi mis konlari zahirasi deyarli tugab qolganligi sababli, misrliklar o‘zlariga zarur misning yangi manbalarini qidirishga majbur edilar. Yangi Podsholik davrida, ayniqsa, Kipr orolidan ko‘p mis keltirilar edi. Bu davrda Misrga Kichik Osiyodan, xususan, uning xettlar yashagan Sharqiy viloyatlaridan temir keltirilgan. Temir o‘sha davrda Misr uchun nodir metall hisoblangan. XVIII sulola fir'avni Tutanxamon maqbarasidan atigi bir necha dona temir buyum topilgan. Misr savdosi yana shimoliy-Sharqqa, Mesopotamiya viloyatlari tomon rivoj topa bordi. Ikki daryo oralig‘ining shimoliy-g‘arbida joylashgan Mitanni davlatidan bronza, lojuvard, gazmol, kiyim-kechak, yog‘, jang aravalari, otlar va qullar keltirilsa, Bobildan kumush, yog‘ochdan yasalib oltin va fil suyagi bilan bezatilgan qimmatbaho buyumlar olib kelingan. Misr va Ossuriya o‘rtasida ham savdo aloqalari o‘rnatilgan. Yozma manbalardagi ma'lumotlarga qaraganda, misrliklar Ossuriyadan jang aravalari, otlar va lojuvard keltirganlar. Yangi Podsholik davriga xos xususiyatlar. Yangi Podsholik davrida davlatni idora qilishning murakkab tizimi tarkib topdi. Markazlashtirilgan idora tizimi tobora kuchayib bordi. Mamlakat Shimoliy va Janubiy Misrni o‘z ichiga olgan ikkita katta ma'muriy viloyatga bo‘lindi: viloyatga fir'avnning maxsus hokimi tayinlanib, bu idora qilish ishini yanada markazlashtirish imkonini berdi. Mamlakatni idora qilish ishi to‘liq podsho amaldorlari qo‘liga o‘tdi. XVIII sulola hokimiyatining oxirida Misr qo‘shini ikki qismga bo‘linib: bir qismi - janubda, ikkinchisi - shimolda joylashgan edi. XIX sulola davrida esa, qo‘shin va harbiy qismlar bir necha bo‘limlardan iborat bo‘lgan. Harbiy qismlarga o‘sha davrdagi bosh xudolar ismlari berilgan. XVIII, XIX hamda XX sulola fir'avnlari xukmronlik qilgan davrni o‘z ichiga olgan Yangi Podsholik davrida (miloddan avvalgi XVI - XI asrlar) Misrda xo‘jalik sohasi yanada taraqqiy etib bordi. XVIII sulola davridan e'tiboran texnika sohasida birqadar taraqqiyot ko‘zga tashlana boshlaydi. XVIII sulola davridagi hunarmandchilik Savdo 76 to‘g‘risida Karnakdagi Tutmos III ibodatxonasidan chiqqan hamda shu podshoning nomi yozilgan bolta, poytesha va kesish asboblari aniq tasavvur beradi. Yangi Podsholik davrining dastlabki podshosi Yaxmes (Amasis) I giksoslar ustidan uzil-kesil g‘alaba qozongan. Yaxmos I XVIII Fiva sulolasiga asos solgan podsho hisoblanadi. Yaxmos I ning harbiy faoliyati bizga uning yirik mansabdorlaridan biri - (Yaxmes) Iabana o‘g‘lining zamonamizga qadar yetib kelgan tarjimai holidan ma'lum. Yaxmos I dan keyingi podsholar Falastin va Suriyaga muttasil bosqinchilik yurishlar qila boshlaganlar. Ayniqsa, Tutmos III (miloddan avvalgi 1525-1491 yillar) katta istilochilik urushlari olib borib, uzoq davom etgan podsholigi davrida Suriyaga ko‘p marta qo‘shin tortgan. Tutmos III qattiq kurash natijasida muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Suriya, Finikiya va boshqa yerlarni egallab, Misr hukmronligini mustahkamlashga muvaffaq bo‘ldi. Tutmos III olib borgan bu istilochilik urushlari Osiyoda Misr ta'sirini shu qadar kuchaytirib yubordiki, Bobil, Ossuriya va Xett kabi Osiyoning bir qancha podsholari Misrga xiroj to‘lay boshladilar. XVIII sulola fir'avnlari ichida so‘nggi istilochilardan biri Amenxotep II (miloddan avvalgi 1491-1465 yillar) edi va u Suriya, Falastinga yurishlar qilib, ko‘plab oltin, mis, yilqi va jang aravalarini qo‘lga kiritgan. XVIII sulola fir'avnlari ichida so‘nggi istilochilardan biri Amenxotep II (miloddan avvalgi 1491-1465 yillar) edi va u Suriya, Falastinga yurishlar qilib, ko‘plab oltin, mis, yilqi va jang aravalarini qo‘lga kiritgan. Misr fir'avnlari Nubiyani ham Nilning to to‘rtinchi ostonasiga qadar bosib olganlar, shu bilan birga, bu yerda Tutmos III ko‘proq faollik ko‘rsatgan. Bosqinchilik siyosatidan voz kechish fir'avn Amenxotep IV hukmronligi davrida ifodasini topdi; u o‘z faoliyatini Misr aholisining keng tabaqalariga suyangan holda yuritgan. Sulolaning 10 fir'avni - Exnaton, Amenxotep III va malika Tining o‘g‘li bo‘lib, Amenxotep IV nomi bilan ham ma'lum va mashhur. Amenxotep IVning dinni isloh qilishi Misr tarixida ro‘y bergan yirik voqyeadir. Bu islohotni amalga oshirishdan maqsad, ko‘p 77 xudolarga sig‘inishdan iborat qadimgi an'anaviy din shaklini yagona quyosh xudosiga sig‘inish bilan almashtirishdan iborat edi. XVIII sulola fir'avnlari olib borgan istilochilik urushlari bir guruh saroy zodagonlarining boyishiga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, ibodatxonalar va Amon kohinlari katta boylik orttirdilar. Taxt boshiga Amenxotep IV kelganidan keyin u Fiva kohinlarining Yuqori tabaqalariga qarshi kurash boshladi. U bunda Geliopol va Memfis kohinlariga suyanishga majbur edi, chunki bu yerlarda qadimdan yagona va oliy quyosh xudosiga topinish rivoj topib kelgan. Amenxotep IV Geliopol xudosi Ra-Goraxtaga ibodat qilishni xudo Amonga sajda qilishga qarama- qarshi qo‘ygan 1 . Amenxotep IV hatto shunga bordiki, o‘z otasining ismini ham yodgorliklardan oldirib tashladi. Amenxotep IV yagona va oliy xudo - quyosh xudosi Atonga sig‘inishni amr etdi. Bu narsa podshoning o‘z nomini o‘zgartirishida ham o‘z ifodasini topdi. Fir'avn “Aton shu'lasi” ma'nosini anglatuvchi “Exnaton” degan nom oldi. Exnaton hozirgi Al-Amarna degan joyda yangi poytaxt - “Axetaton” - “Aton ufqi”ni qurdirdi. Pirovardida diniy islohat natija bermadi. Exnatondan keyin taxtga o‘tirgan Tutanxamon Fiva kohinlariga yon berib, Amonga sajda qilishni qaytadan tikladi va hatto o‘z ismini o‘zgartirib “Tutanxamon” deb atashga majbur bo‘ldi. Fiva yaqinidagi «podsho maqbaralari vodiysi» nomini olgan vodiyda 1922-yilda ingliz arxeologi Govard Karter tomonidan topilgan Tutanxamon maqbarasidan naqshinkor va go‘zal ishlangan ko‘plab buyum va rasmlar topilgan. Ramzes I (Ria-masesa) Misr qo‘shinini qaytadan tuzish va uni mustahkamlashga qaratilgan bir qancha tadbirlarni amalga oshirdi. Katta harbiy yurishlarga Ramzes I dan keyingi fir'avn Seti I qo‘l urdi. U Suriyaga yirik qo‘shin tortib borgan va Megiddo tekisligiga qadar bostirib kirib, muhim yerlarni ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan. Misr qo‘shinlari Suriya qirg‘oqlariga mustahkam o‘rnashib olishga erishgan, shubhasiz, bu hol Misrning Osiyodagi ta'sirini kuchaytirgan. Seti I dan keyin taxtni egallagan Ramzes II (miloddan avvalgi XIV asr oxiri - XIII asr boshlari) istilochilik siyosatini kengaytirdi. Urushdan maqsad Suriya ixtiyoriga o‘tgan ilgarigi Misr yerlarini 1 Немировский А.И. История Древнего мира. В 2-х частях. Античност. М., «Владос», 2000. 78 qaytarib olish va mamlakatning Osiyodagi avvalgi nufuzini tiklash edi. Buning uchun Ramzes II xettlarning Falastin, Finikiya va Suriyada joylashgan asosiy harbiy kuchlar qarshiligini sindirishi lozim bo‘lgan 1 . Misr So‘nggi podsholik davrida (miloddan avvalgi 1125-525 Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling