Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mavzu. Jahon tarixi xaritalarda. Reja
- Tayanch atama va iboralar
- Mil.avv. III asrda Sirine Eratozes
- Jeyms Kukning 1772-1775-yillar
- IX asrdan
- 1477-yilda
- “Ptolomey ta’kidlagan noma’lum yer”
- Osma Beatusning xaritasi: O‘rta asr va xristian dunyo qarashi (1086) “Beautes Xaritalar”i
- Xudoning Uyi 2
- 1920-yillargacha
- Al Idrisi 1154 yilda
- Muhammad Al Idrisi 2 (abu abd allah Muhammad al idrisi al qurtubi al hasani al sabti yoki oddiy qilib al idrisi. 1100 -1156
- Hereford xaritasining
- Hereford dunyo xaritasini
- Hereford xaritashunoslarining
- Hereford xaritasi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Yoshlarni dunyo tarixi bilan tanishtirishda dunyo olimlari qanday usullardan foydalanishadi? 2. Samarkand: Dunyo tarixining markazi? 3. Jahon tarixiga yaponlarning g‘oyaviy yondashuvlari qanday? 4. Fridrix Shiller: Umumiy tarix nima va nima uchun biz umumiy tarixni o‘rganamiz? 1 Central Asia can include the 5 former Soviet Republics, the Chinese Autonomous Republic of Xin- jiang, Afghanistan and Eastern Iran, or even the Caucasus, the Turkic Republics of the Russian Federa- tion, Tibet, Mongolia, North-West Pakistan, and a long etc. 39 2-mavzu. Jahon tarixi xaritalarda. Reja: 1. Ptolemey: Dunyoni xaritalashtirish. 2. Osma Beatusning xaritasi: O‘rta asr va xristian dunyo qarashi. 3. Al-Idrisi va uning jahon xaritasi. 4. Hereford dunyo xaritasi: O‘rta asr ensiklopediyasi va diniy tasavvurlar 5. Bo‘lingan dunyo: Tordesillas Shartnomasi Kantinoning jahon xaritasi. 6. Amerika nomidagi Valdshimyuller xaritasi. 7. Merkatorning jahon xaritasi. Tayanch atama va iboralar: Hiphejesis, Jakob Angelus, Nikolaus Germanus, Jeyms Kuk, “Ptolomey ta’kidlagan noma’lum yer”, Heian Period, yashirn zamin, l Dieppe dengizi, Kosmografiya, "Toichiranto", "Noruviki" Ptolomey mashhur yunon astronomi, matematigi va geografi bo‘lib, u mil.avv.II asrda Aleksandriya, Misrda yashagan. Uning astronomiyaga oid ishi Magiste sarlavhasi ostida ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan yunon matematikasi kitobida saqlangan. Magiste 13 ta kitobga bo‘lingan 1 . Bu kitoblarda Ptolomey Gippakrad, boshqa muhim yunon astronomining nazariyalarini davom ettirdi va Yer borliq markazidagi o‘zgarmaydigan sayyora degan qarashga ko‘ra o‘zining geosentrik tizimini bildirdi. Geografshunos sifatida Ptolomey yunon geografiyasida 14 asrdan ko‘proq vaqtta kartografiyada yagona mufassal kitobni yozdi. Uning Hiphejesis asari dunyo va uning asosiy rayonlari xaritalarini chizish uchun foydalanilgan vertikal uzunliklar va gorizontal kengliklarning bir xil koordinatasi, uning koordinatsiyalar o‘lchami yoki hisoblangan chegarasi bilan 6400 ta joyda ro‘yhatga olingan Yevropa, Osiyo va Afrikada 8000 ta 1 Rojo Orcajo T., Catálogo descriptivo de los códices que se conservan en la Santa Iglesia Catedral de Burgo de Osma, in “Boletín de la real Academia de la Historia”, 1929, 94, pp. 655-792. 40 toponimlar nazariyasini ifodalaydi 1 . Ushbu matn o‘sha paytda Kanareya orollaridan Xitoygacha, Shotlandiya va janubiy Skandinaviyadan Markaziy Afrika va Indoneziyagacha bo‘lgan hududda istiqomat qilinganligi haqidagi ma’lumotni qamrab oladi. Mil.avv. III asrda Sirine Eratozes, boshqa yunon astronomi tomonidan aniq hisoblangan yerning aylana uzunligining haqiqiy o‘lchamining qisqa shakli 25% ga taxmin qilinadi. Ptolomeyning Oykumenasi 3 ta materikni qamrab oladi va u o‘z davridagi bilim doirasiga ko‘ra noaniq kengaytirilgan dunyoning ko‘pgina hududini aniqlaydi. Uning geografiyaga oid ma’lumotlari ko‘pdan ko‘p xatoliklarni o‘zgartiradi, bundan tashqari ular dunyoning yaxshi ma’lum bo‘lgan qismlariga jo‘nashadi. Osiyoning Sharqiy sohili janub va g‘arbga burildi, shu sababli Hind okeani bitta ko‘l bo‘ldi. Ptolomey tomonidan janubning noma’lum yeri bo‘lgan terra australisinkognitaning mavjudligi aytildi. Uning mavjudligi axiyri britaniyalik kapitan Jeyms Kukning 1772-1775-yillar Tinch okeaniga qilgan ikkinchi sayohati davomida noto‘g‘riligi isbot qilindi. Ptolomey tekislik va sharsimon yuzada chizilgan xaritalar metodini taklif qildi. Tekis yuzada dumaloq yerni aks ettirib, tomoshabin katta masofadan globusga qarayotganini tasvirlashiga to‘g‘ri keldi. Dunyo xaritasi shuni ko‘rsatadiki, masofalar proporsiyasini saqlash, rejalashtirish uchun bog‘liq bo‘lgan joylar huquq normalariga bo‘ysunishga to‘g‘ri keldi. Ptolomey bir silindrsimon va ikki konusni muhokama qiladi. Ptolomey shuningdek, o‘ngda Sharqda xaritaning shimoliy okrugi oriyentatsiyasini standartlashtirdi, buning vositasida chapda joylashgan ma’lum hududda bugungacha qoldiqlar saqlangan. Shunga qaramay bir marta qarshi chiqdiki, biz hozir Ptolomeyning matnlari dunyo xaritasi va 26 ta hudud xaritasidan iborat bo‘lgan atlasga qo‘shilganligiga ishonamiz. Afsuski bu qadimiy xaritalar yo‘qotilgan. O‘rta asrlar davomida geografiya fani kamdan kam aytib o‘tilgan. IX asrdan keyin islomshunos kartograflar islom dunyosining hududiy xaritalarini chizish uchun Hiphejesis tarjimalarinidan foydalandi. Al-Idrisning Atlasi bu an’anaga tegishlidir. 1300-yillar 1 Berggren J.L., Jones A., Ptolemy’s Geography: An Annotated Translation of the Theoretical Chapters, Princ- eton 2000. 41 atrofida vizantiyalik monax Maksimos Planudes xaritalar bilan to‘la bo‘lgan geografiya fanining ajoyib qo‘lyozmasini o‘rgandi va imperator Andronikos II Palailoyes ko‘chirtirishni tartibga oldi. Bundan oldin g‘arbiy Latinda yunon qo‘lyozma nusxalari Ptolomey uyg‘onish davrini boshladi, 1393-yil vizantiyalik diplomat Manuel Xrisalaros Italiyaga boshqa yunon qo‘lyozmalari orasida geografiyaning bir nusxasini olib keldi. U o‘quvchisi Jakob Angelus tomonidan 1406-yilda to‘ldirilgan Latin tarjimasini boshlab berdi. Yangi kosmagrafiya sarlavhasi ostidagi ish ulkan omad edi. Biz 80 ta qo‘lyozmalarni, saroy kutubxonalarida oxiriga yetkazilgan ajoyib xaritalarning ko‘pchiligini bilamiz. Ptolomeyning matn va xaritalaridagi xatolar tezda to‘g‘rilandi 1 . Odamlar janubga ochilgan Hind okeanini o‘rgandi lekin yana Osiyo Yevropa yaqinroq ekanligiga ishontirish uchun Ptolomey tomonidan Kolumb rahbarlik qilinadi. Italiya, Skandinaviya, Gaul, Ispaniyaning boshqa hududlari bo‘yicha zamonaviy xaritalar va hatto shahar xaritalari atlaslarga qo‘shildi. O‘sha paytda u samarasiz bo‘ldi, klassik matnga asta-sekin e’tibor qisqartirilgan lekin Ptolomeyning kartografik asboblari keng xarita chizishni ayniqsa yangi kashfiyotlarni kuchaytirdi. Muhrlangan nusxalar 1477-yilda paydo bo‘lgan Ptolomeyning Geografiyasini yozishga yordam berdi. Bu yerda bo‘laklangan yog‘och xarita ko‘rsatilgan, 1482/86-yillarda Ulmda nashr qilingan, taxminan 1460- yil Nikolaus Germanus tomonidan ishlab chiqilgan qo‘lyozmani kuzatishdi. Yana faqat 180 ga uzaytirilgan globus darajalari berkitilgan. Uyerda Afrikaning yonma-yon g‘arbiy sohillari kashfiyotlari yo‘q; globusning janubiy qismi hali ham “Ptolomey ta’kidlagan noma’lum yer” va Hind okeani ko‘l bo‘lib qoladi 2 . Yevroosiyo tekshiriladi lekin zamonaviy ro‘yxatlarga Skandinaviya va Yashil dunyo qo‘shilgan. 1 Dalché P.G., La Geographie de Ptolémée en Occident (IVe-XVIe siècle), Turnhout 2009. 2 Dalché P.G., Th Reception of Ptolemy’s Geography (End of the Fourteenth to Beginning of the Sixteenth Century), in Woodward D. (ed.), Th History of Cartography, vol. 3, Chicago 2007, pp. 285-364. 42 Osma Beatusning xaritasi: O‘rta asr va xristian dunyo qarashi (1086) “Beautes Xaritalar”i o‘rta asrlardagi maxsus namuna hisoblanib uning Mapundi qo‘lyozmalari Warhi yani apakalipsis diniy qo‘lyozmalari Warhi 1086-yilda yozilgan va hozirda Ispaniyaning Osma burg qalasidagi bosh cherkov kutubxonasida saqlanadi. D. Shoodvard shunday yozadi. Million yillardan beri qadimiylik va zamonaviy dunyolar o‘rtasidagi aloqalarni tiklab kelayotgan jahon xaritalari janri yoki xarita chizish san’ati klassik an’anaviylik sifatida V-XV asrlarda xristian dinidan keyin rivojlandi va milliy an’ana sifatida aynan xristian cherkovlarida yuksaldi. Dastavval bu mapumundilarning maqsadi xristianlar tarixida sodir bo‘lgan eng muhim hodisalar haqida vijdonan va tezroq malumot berish maqsadida tuzilgan va ularda hodisalar yuz bergan joylarning o‘rni ham aniq ko‘rsatilgan. Ular o‘rta asrlarning xaritalarida dunyoning nafaqat geografik va tarixiy ko‘rinishlarini balki eng hayratlanarli bilimlarining turli xil ko‘rinishlarini o‘zida namoyon qildi. Mapumundida shuningdek o‘rta asrlar jamiyatlarida pragmatic tarzida foydalanildi. O‘rta asrlar tarixiy matnlariga tasviriy o‘xshashliklar singari xarakterlarga ega bo‘lgan, lekin ular to‘g‘rida to‘g‘ri siyosiy kuch vazifasini bajara olmagan. U xaritalar ditaktik g‘oyasi va falsafiy qarashlari G‘arbiy Yevropa jamiyatidagi nuqtayi nazari hamda tilning metaforik xususiyat- larini aniq ko‘rsatib beradi. Simantik va rasmli namoyishli ko‘rinishlariga qaramasda “Xristian yerlari” nomli xaritaga ishinishgan ammo beutes xaritalariga ishonilmaganligi sabali qo‘llanilmagan 1 . Ular juda ham noyob miniature va qo‘lyozma nusxalari keltirilgan avliyo Jonning apokalipsis diniy maxsus nomi ostida 26 ta miniaturali 35 ta nusxasi hozirgacha saqlanib qolgan, qaysiki ular Kastiliya, Libana, Sagun, Kantabriya monastirlaridagi erkak rohiblar tomonidan 8 asr davomida yozilgan. Saqlanib qolingan ko‘plab Libana qo‘lyozma nusxalari xristian dunyosi xaritalarini va jami Apakalipsis qo‘lyozma nusxalarining eng nodir namunalarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun 1 Ptolemaios, Handbuch der Geographie [griechisch-deutsch], 2 vols., ed. Alfred Stückelberger, Gerd Graßhoff, 2 vols. and CD-ROM, Basel 2006, (scholarly edition). 43 ham ular o‘rta asrlarning eng muhim tarixiy hujjatlari sifatida saqlanadi. “Beautes Osma” xaritasi 1 ning har bir qo‘lyozma si injil an’analariga ko‘ra Apostollar (Isoning shogirdlari) ni turli regionlarga yuborish orqali jamlangan. Beauties Mapumundining hamma nusxasi albatta juda qiziqarli chunki ularda o‘rta asr xristian oykumenalari haqidagi fikrlar aniqlik nuqtayi nazaridan ifodalangan. Sharqiy okruglardagi so‘lim tepaliklarga qaralsa Sharqda cherkovlarning g‘arbdagi nusxasi qurilayotganligini ko‘rish mumkin. Xaritalarning asosiy qismida qurulishning yer sathini to‘rtdan birini qoplagan qurulish strukturasini ko‘rish mumkin. Hozirgi paytda bu 3ta mintaqada ko‘zga yaqqol tashlanadi, bular: Yevropa, Osiyo va Afrikadir. Burgo Osma xaritasida yerni to‘rt qismidan ocean orab turishi ko‘rsatilgan, shu sababdan u yashirn zamin deb atalgan. Bu to‘rt qismli xarita 12 ta apostollar tomonidan qilingan ishlarni aniqligini ko‘rsatishga xizmat qiladi, qaysiki bu apostollar injil rivoyatlariga ko‘ra dunyoning to‘rtta turli xil qismlariga yuborilgan. Ba’zi apostollar o‘z ibodatxonalariga yoki geografik mashg‘ulotlariga xos vakil bo‘lishgan, shuning uchun bu xaritada o‘rt asr Xristianlarning muqaddas joylarining geografik hududlarini kengaytirish maqsadi bo‘lgan, masalan: Ispaniyadagi Avliyo jaks ibodatxonasi. Bu xarita turli xil arabik ko‘rinishlarini ko‘rsatmasa ham Islom dini madaniyati va san’atiga katta tasir ko‘rsatadi. Ushbu xarita va qo‘lyozmalardan ko‘rinib turubdiki ularning asosiy maqsadi o‘rta asr jamiyatlarining g‘oyasini dunyoviy nuqtai nazarda martabasini ko‘tarish bo‘lgan va bu go‘ya Avliyo Avgustinning Xudoning Uyi 2 ibodatxonasida yaxshi ta’sis etilgan. Bu g‘oya yerda hayot tugasa bir biriga hamohang tarzda hayot samoda davom etadi degan ma’noni anglatadi. 1 Id., Th Illustrated Beatus. A Corpus of the Illustration of Th Commentary on the Apocalypse, 5 vols., London 1994-2003. 2 Rojo Orcajo T., Catálogo descriptivo de los códices que se conservan en la Santa Iglesia Catedral de Burgo de Osma, in “Boletín de la real Academia de la Historia”, 1929, 94, pp. 655-792. 44 Xaritali qo‘lyozmalar Osma Burgidagi bosh cherkovda saqlanadi 1 . Ushbu qo‘lyozmalar XIX asr va va turli xil davrlardagi 1920-yillargacha uzoq muddatli jim-jitlikdan keyin 1920-yillarda birinchi marta esga olindi. “Osma Beutes” qo‘lyozmalari 1929-yilga yaxshilab qaytadan o‘rganildi va 1992-yilda qo‘lyozmaning asl nusxasi nashr qilindi. Al-Idrisi va uning jahon xaritasi (1154) Sitsiliyalik norman qiroli rodjer 2 Gayskard (giskard) xomiyligida 18 dan buyon ishlagan. Rodjer palermodagi saroyida kop viloyatlardan olimlarni toplaydi. Morokkolik geograf Al Idrisi 1154 yilda dunyoning atlsini va tavsifini tugallaydi.rasman bu dunyoni kashf qilishni xoxlovchilar uchun ermak (uzoq yerlarga sayr qilishni xoxlovchi erkak uchun ermak). Bu kitob Rodjerning kitobi va Tabula Rodgeriana ning xaritalari sifatida tanilgan. Zamonaviy andozalarga muofiq, eng yaxshi kartografik ish edi shuningdek orta asrlar davomida ishlab ciqarilgan eng boy geografik malumotning manbai edi. Muhammad Al Idrisi 2 (abu abd allah Muhammad al idrisi al qurtubi al hasani al sabti yoki oddiy qilib al idrisi. 1100-1156) taxminan Seutada o‘sha vaqtdagi almoravidlar imperiyasida, tugulgan. Va kordobada taxsil olgan. Norman qirollar boshqaruvi ostida sitsiliya O‘rta yer dengizida vizantiya, islom va g‘arbiy xristian madaniyatlari orasida markaziy pozitsiyani ushlaydi. Palermoning poytaxt shahri ko‘p millatlardan kelgan dengizchilar, savdogarlar, ziyoratchilar, salib yurishi qatnashchilari uchun engi yaxshi uchrashadigan joylardan biri bo‘lgan. Qirol rodjerning buyrug‘iga binoan yozilgan. Xaritada yo‘q narsalar xam qamrab olinadi: mamlakatlar va quruqliklarning xolati, ularning 1 Rojo Orcajo T., Catálogo descriptivo de los códices que se conservan en la Santa Iglesia Catedral de Burgo de Osma, in “Boletín de la real Academia de la Historia”, 1929, 94, pp. 655-792. 2 The Encyclopaedia of Islam, new edn., vol. 3, Leiden, p. 1038 (online). Maqbul Ahmad S., Cartography of Al-Sharif al-Idsrisi, in Harley J.B., Woodward D. (eds.), Th History of Cartography, vol. 2, book 1, Cartography in the traditional Islamic and South Asian societies, Chicago 1992. pp. 156-173. 45 odamlari va ularning mol mulki, joylar, va ularning o‘xshashliklari, dengizlari, tog‘lari va o‘lchamlari, ularning ekin donlari va daromadlari, xamma binolar turlari, mol mulklar. Ular ishlab ciqargan mahsulotlar. Ularning iqtisodi va tovar ayirboshlash, eksport va import. Unga bogliq bolgan barca ajoyib narsalar. Shuningdek yetti iqlimga xurmatda bolishgan va shuningdek odamlarining tavsifi va ularning urf odatlari, tashqi korinishi, kiyimlari va tillari xaqida aytiladi. Yirik kitob 70 ta xududiy xaritalar toplami bilan toldiriladi 1 . Xammasi janub tomonga yonaltirilgan. Bir necha asr dan buyon eng togri xarita bolgan. Bugungi kundagi 10 ta qo‘lyozmaning 8 tasi oz ichiga xaritalarni qamrab oladi. Al-idrisining geografiyasi musulmonlarning mavhum narsalarni chizish an’anasini to‘xtatgan va u matematik kardinatalarsz islim dunyosining xududiy xaritalarini tasvirlagan. U grek matematigi va geografigi ptolamey izidan borgan. Yolg‘iz manzilgohlarnig geografik kordinatalarini berish orqali butun dunyoni tasvirlagan. Ptolamey an’anasiga muofiq, u dunyoni globus shaklida tasvirlaydi. Aylana uzunligida 22 900 mil bolishini xisoblaydi. fazoda tuxum sarigi kabi bir xil turushini aytadi. Ptolamey kabi u kengliklarga kora yerni 7 ta iqlimga boladi 2 . Xar bir iqlim suniy ravishda 10 ta bo‘lim ichidagi uzun ciziqlar orqali bolinadi. Dunyoni afrikaning garbiy qirgoqlaridan osiyoning Sharqiy qirgoqlarigacha deb tasvirlaydi. Natijasi tortburchakli xaritalar bn deyarli bir xil natija aks etadi. Ptolameyning geografik ishi orta asr yevropasida deyarli yog bolib ketadi ammo 9 ci asr da arab tarjimalarida saqlanib qolingan.idrisi andalusiyalik astranom al zarqalining ishidan xam fodalanadi. Shuningdek garbiy ortayer dengizidagi bogliq bolgan joylardagi ptolameyning tuzatishlaridan xam foydalanadi. U ulkan sayoxatlaridagi mumotlaridan va boshqa sayohatchi va savdogarlarning malumotlarini toplaydi. U shuningdek turli xil 1 Martinez-Gros G., La division du monde selon Idrīsī, in Balard M., Ducellier A. (eds.), Le partage du monde. Échanges et colonisation dans la Mediterranée médiévale, Paris 1998, pp. 315-334. 2 Martinez-Gros G., La division du monde selon Idrīsī, in Balard M., Ducellier A. (eds.), Le partage du monde. Échanges et colonisation dans la Mediterranée médiévale, Paris 1998, pp. 315-334. 46 madaniyatga oid ananalardan tarixiy va afsonaviy faktlardan foydalanadi. Dunyo xaritasining pasti chap birchagida uzoq Sharqi osiyodagi yopiq ulkan darvozalar ortidagi yajuch majuch (gog and magog) larning yerini koramiz. Yajuch majuchlar bibliyada, mashhur qadimiy kitoblarda 3 asrdagi rimlik aleksandr yoki Qur'an kabi kitoblarda paydo bolgan. Al idrisi islom geograflari ibn battuta, ibn haldun, piri rais va yevropalik dendizchilar xristafor kolumb, vasko da gama larni ilhomlantiradi. Biroq bahsli bolishiga qaramasdan uning yevropadagi tasiri kam bolgan. Xozirda Rodjer kitobining 10 ta qolyozma nusxasi bor. Eng eskisi 1325-yilga taluqli. Ularning 5 tasi toliq kitob. 8 tasida xaritalar bor. Oltitasi juda rivojlangan dunyoning aylana shaklidagi xaritalarni o‘z ichiga oladi. Eng toliq qolyozma istanbulda saqlanadi u dunyoning xaritasi va barcha 70 ta bo‘limli xaritalarni oz iciga oladi. Aylana shaklidagi xarita xaqidagi tasavvurimiz 1456 yil kairoda ali ibn hasan al hufu al qasimi tomomidan kochirilgan qo‘lyozmadan. Xozirda u oksforddagi Bodlien kutubxonasida saqlanadi. Konrad miller turli xil qo‘lyozyomalardan kocirilgan barca xududiy xaritalarning mexanizmi va transkripsiyasini ishlab ciqadi. Hereford dunyo xaritasi: O‘rta asr ensiklopediyasi va diniy tasavvurlar XIII asrning eng ajoyib xususiyatlari orasida Hereford dunyo xaritasi o‘zining o‘lchami va o‘ziga xos jihati bilan o‘rta asr xaritashunosligining shoh asari hisoblanadi. Hozirgi kunda, Hereford dunyo xaritasi, saqlanib qolingan yagona katta hajmdagi mappamundi (o‘rta asr xaritashunosligining yagona namunasi) hisoblanadi. Qadimda undan kattaroq ikkita xarita mavjud bo‘lgan, ammo XIII asr Chelivoy-Milon xaritasi 1885-yilda yo‘q qilingan va Ebstorfning dunyo xaritasi(huddi shu asrga ta’luqli) 1943-yilda Gannover 1 da 1 Die Ebstorfer Weltkarte. Kommentierte Neuausgabe in zwei Bänden. Bd. 1: Atlas. Bd. 2: Untersuchungen und Kommentar, Text- und Tafelband, hg. v Hartmut Kugler et al., Berlin 2007. Edson E., Th World Map, 1300–1492. Th Persistence of Tradition and Transformation, Baltimore 2007. 47 bo‘lib o‘tgan havo hujumi paytida yo‘q qilingan ammo keyinchalik qayta tiklangan. Bir dona pergamentga chizilgan Herford xaritasining o‘lchami 1.50 ga 1.30 metr bo‘lib, o‘z ichiga 1000 dan ortiq yozuvni qamrab oladi. Uning tasviriy rasmlari bir qancha ta’sirli hayvonlar, g‘alati va dahshatli mavjudotlar, shaharlar, yo‘nalishlar, ko‘chib yuruvchilar va geografik tasvirlarni aks etadi. Barcha o‘rta asrlar ko‘rinishlari kabi Hereford xaritasi ham ma’lum bo‘lgan uchta qit’aning (Osiyo, Afrika va Yevropa) sur’atlarini ko‘rsatadi va tasvirlar tekis disk ichida chizilgan bo‘lib u dunyo chegarasini ko‘rsatib turuvchi ramz ma’nosiga ega. Hereford xaritasida, doira shaklidagi disk faqatgina dengiz bilan o‘ralib qolmey balki, yuqori qismida ulug‘vorlik bilan Iso Masixning surati tasviriy romlar bilan bezatilgan, bunga o‘z o‘rnida uning Oxirgi Hukmga raislik qilayotgan holati sifatida qaraladi. Past qismining chap burchagida, Sezar Avgust tominidan dunyoni tekshirish kerekligi haqidagi buyrug‘I yozilgan: “butun dunyo tomon olg‘a bor va uning… barcha qismlarini yozib qoldir”. (Luke 2,1) (Avgustning geografik tusdagi buyruqlari tortishuvlarga sabab bo‘lgan, hozirgi kunda unga ko‘proq soliq to‘lovini tekshirish ma’nosida qaraladi). Nihoyat, past qismining o‘ng burchagidagi tashqi tasviriy romda, bir kishining ov qilayotgan holati ko‘rsatilgan, bu o‘z o‘rinda o‘rta asrlar hayot tarsi va mashg‘ulotining belgisi hisoblanadi. Hereford xaritasidagi shamollar nomlari-o‘rta asrlarga xos-pereferal iboralar va qisqa ta’riflar, o‘sha davrda Ingliz zodagonlari tomonidan qo‘llanilgan Ingliz-Norman tilida 1 yozilgan. Hereford xaritasidagi yerning ko‘rinishi Yunon an’analariga asoslangan bo‘lib, unda doira shaklidagi diskni dengiz o‘rab turadi va o‘z o‘rnida xarita o‘z ichiga juda boy geografik, zoologik va botanik ma’lumotlarni qamrab oladi. U yerda Ingliz shaharlari haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lib, masalan, Hereford shahrining Uay daryosi bo‘yida joylashganligi undan tashqari xarita Muqaddas Yerlarni ham o‘z ichiga oladi, bunga xaritaning doira qisming ichki burchagida joylashgan Quddusning zamonaviylashtirilgan lohiyasini hamda 1 Die Ebstorfer Weltkarte. Kommentierte Neuausgabe in zwei Bänden. Bd. 1: Atlas. Bd. 2: Untersuchungen und Kommentar, Text- und Tafelband, hg. v Hartmut Kugler et al., Berlin 2007. Edson E., Th World Map, 1300–1492. Th Persistence of Tradition and Transformation, Baltimore 2007. 48 “dunyo shohi” deb ta’riflagan Rim loyihasini misol qilib keltirish mumkin. Xarita yana Nil daryosining delta qismi sxemasi va Aleksandr mayog‘i haqida undan tashqari Qizil dengiz va O‘rta Yer dengizi, Konstantinopal va Tuna daryosi haqida batafsil ma’lumotlar mavjud. Xaritada ajoyib mavjudotlar tasvirlaridan keng foydalanilgan, yarimi inson-yarmi ot, kentavrlar va afsonaviy bir shohli ot shiral jumlasidandir. Undan tashqari xaritada tulki, quyon, tipratikon va o‘rta asrlar rassomchiligiga xos boshqa hayvonlar tasviri ham uchraydi, tuya,fil va karkidon kabi hayvonlarga Sharqiy Yevropa nuqtai nazaridan qaralganda ular ko‘proq ekzotik turdagi hayvonlar hisoblanadi. Shunga qaramay, xaritadagi barcha raqamlar Bestiariy yozuvi tarkibidagi matnlar va obrazli tillar orasida yaqin va parallel aloqalar borligini ifodalaydi. Xaritaning tashqi qismida yozilgan gaplarga qaramasdan, cheksiz raqamlar va tasvirlar Lotin tilida yozilgan. San’at tarixi va Xaritashunoslik tarixi mutaxasislari Hereford xaritasining yaqinda topilgan gotika yog‘ochli triptixining markazi bo‘lganligiga ishonishadi, o‘z o‘rnida uning yon panelini tasvirlashda Jabroil va Maryamlarning tasvirlaridan foydalanilgan. Bilinishicha triptix Hereforda joylashgan Muqaddas Maryam soborining va Muqaddas Etelbergdagi butxona yonida joylashtirilgan, u yerda xarita hozirgi kunga qadar yaxshi holatda saqlanib kelinmoqda. Hereford dunyo xaritasini to‘g‘ri talqin qilish ancha qiyin masala hisoblanadi. Xaritaning entiklopedik xususiyatlari mutaxasislar tomonidan tahlil qilingan va qayd etilgan, tahlil qilish davomida ular xaritashunoslik tomonidan yoki o‘quvchi talabiga qarab ijtimoiy va madaniy jihatini o‘rganishga e’tibor berishadi. Hereford xaritasining asosiy maqsadi avvaliridek butun dunyodagi o‘n ikkita Apostallar diffuziyasi haqidagi gaplar bo‘lmasa ham, xarita o‘rta asrlar mashhur qo‘lyozmalari safiga kiritiladi. Shuning uchun ham Beatus deb nomlangan xaritalar bilan yuqori masshtabli ma’lumotlarga ega Hereford xaritasi o‘rtasida aniq farq mavjud. Xaritalarning ikki turi ham Hudo shahriga yoki dunyoning diniy nuqtai nazariga ta’luqli hisoblanadi. Shunga qaramay Beatus xaritasining asosiy ideologik maqsadi yahudiylashtirish bo‘lgan, ammo Hereford xaritashunoslarining asosiy maqsadi- o‘rta asrlar vaqtida- Hudoning yaratuvchi ekanligini ko‘rsatish bo‘lgan. Evelin Edson ta’kidlab 49 o‘tganidek, xaritaning “geografik elementlari” qolgan axborotlar tizimini aniqlashga xizmat qiladi. Hudoni yaratuvchi sifatidagi tasviri, Edson va Rid Klaynlar ta’kidlaganidek o‘rta asr san’at soxasida keng qo‘llanilgan, bu tasvir Hereford xaritasida geografik, zoologik va botanik rasmlar bilan birga qo‘llaniladi. Xaritaning diniy qarashlari faqatgina dunyoning yaralishi yoki paydo bo‘lishi haqida emas. Butun loyihaning ma’lumot manbai shuni ko‘rsatib turibdiki, Hereford xaritasi Bobildan Rim imperiyasigacha bo‘lgan joylar va davr tarixini o‘z ichiga qamrab oladi. Va unda yana dindan xoli va ijtimoiy o‘rta asrlar faoliyatlari va faktlariga aniq ishoralar mavjud, masalan, yangi qo‘rg‘on va saroylar qurilishi- Konvi va Kaernarvon-, shaharlarning podevorlari-masalan Praga va Vorm hamda faol jun sotish yarmarkalari tizimi-Flandriya. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Hereford dunyo xaritasi Hudoni yaratuvchi sifatidagi rolini ko‘rsatuvchi o‘rta asrlar qomusiy va diniy ilmi, shu bilan birga insoniyatning faoliyatlarini va ijtimoiy hodisalarni xristian diniga bog‘lab ko‘rsatuvchi qisqa ma’lumotnoma bo‘lib xizmat qiladi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling