Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Merkator yaratgan atlas juda muhim bo‘lsa-da, uning 1569-yilda
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miloddan avvalgi X - VI ming yillikda
- Miloddan avvalgi taxminan III ming yillikda
- ”viloyat”, “o‘lka” va “viloyat boshlig‘i 1 ”
- Usefey maqbarasining
- Koseyr
- Vadi-Mag‘xarada
- “podsho saroyidagi temir quyuvchilar boshlig‘i 1 ”
- Podshoning xususiy xo‘jaligi
- “ikki mamlakat sultoni”
- “Oq devor”
- “jajat”
- Gerodot
- Joser
- Vodi-Mag‘xaradagi qoyalarda
- Xufru, Xafra va Menkavr
Merkator yaratgan atlas juda muhim bo‘lsa-da, uning 1569-yilda tuzgan xaritasi zamonaviy jo‘g‘rofiya tarixida muhim burilish yasadi. Ushbu xarita 18 ta alohida sahifa (varaq)dan iborat bo‘lib, ularning jami 134 smga 212 smni tashkil qiladi. Bugungi kunda to‘liq holdagi xaritaning yagona ekzemplyari Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanmoqda. Qolgan 2 nusxasi Amsterdam va Bazelda saqlanadi. Albatta, Merkator xaritasida noaniqliklar bor. Har bir xarita dumaloq (Shar) shaklga ega. Shunday bo‘lsa ham, u yaratgan xarita yo‘nalishni topish muammosini hal qilgani bois, navigatsiya (yo‘l topish)ga mo‘ljallangan yer Shari globusiga qaraganda foydaliroqdir. Dunyo xaritasi butun marshrutning to‘liq ko‘rinishini namoyon etardi, ayni paytda uni yer globusi kabi o‘qi atrofida aylantirishga to‘g‘ri keladi. Xaritaning o‘ziga xosligi shundaki, unda barcha loksodrom (loskodromiya)lar (meridianani kesuvchi egri chiziqlar) to‘g‘ri chiziqlar bilan ifodalangan. Bu dengizda marshrutni to‘g‘ri chiziq bo‘ylab aniqlash imkonini beradi. Masalan, A punktdan B punktga harakatlanishda xaritada to‘g‘ri chiziq chizib, kompas orqali to‘g‘ri ma'lumotlarni aniqlab olish mumkin. Merkatorning yorqin kashfiyoti shunda ediki, u meriadianalarni bir-biriga parallel to‘g‘ri chiziqlar sifatida tasvirlaydi. Merkator o‘zining silindr shakllari bo‘yicha ilk ishlari bilan mashhur edi 1 . U bu ishlari asosida yer Sharining to‘g‘rilangan meridianalarini yaratdiyu Meridianalar bir xil uzoqlikda vertikal chiziqlar etib tasvirlangan. Bu shuni anglatadiki, Janubiy va Shimoliy qutblarni xaritada ifodalab bo‘lmasdi. Merkatorning o‘zi bu holatni mening xaritamning oxiri cheksizlikdir, deya izohlagan. Xaritadagi yana bir muhim yangilik bu gorizontal paralellarning oralig‘i kengaytirilganidir. Ular bir-biridan bir xil uzoqlikda ekvatorga qadar masofada kattalashtirib tasqirlangan. Xaritadagi noaniqlik ekvatordan uzoqlashgan sari yanada ortib boradi. Masalan, Grenlandiya aslida Lotin Amerakasining sakkizdan bir qismiga to‘g‘ri kelsa-da, u haritada xuddi shu qit'a hajmida 1 Other copies are kept in Amsterdam, Scheepvaart Museum, and Basel, University Library. A. Taylor, The World of Gerard Mercator, London 2005, p. 201. 59 tasvirlangan. Navigatsiya uchun yo‘nalish to‘g‘riligi asosiy omil bo‘lgani uchun, bu holat muammo hisoblanmaydi. Merkatorning xaritasi jahonning ishonchli xaritasini yaratishdek qadimdan davom etib kelayotgan muaamoning yechimi edi. “Ptolemey davridan boshlab asrlar davomida dunyo xaritasini yaratish bilan kurashib kelgan har qanday xaritashunos xuddi shu ishni amalga oshirishi mumkin edi”, deb yozadi Merkatorning biograflaridan biri. Bu tasodifiy holat emas edi, chunki xaritaning shunday ko‘rinishi yangi joylarni kashf eti uchun ko‘plab sayohatlar qilinayotgan davrda yaratildi. Bundan tashqi, o‘sha paytda boo‘qa bir ishonchli jahon xaritasi mavjud emas edi. Xaritada Yevropa markazda joylashtirilgan. Lekin har doim ham shunday bo‘lib kelgan deb bo‘lmaydi. O‘rta asrning sxematik ko‘rinishdagi ilk dunyo xaritalarining aksariyati uchtomonlama shaklga ega edi. Yer dumaloq O shaklda ifodalanib, u Yevropa, Osiyo va Afrikadan iborat uch qism T ko‘rinishda ga bo‘lingan. Odatda T-O xaritalarda Osiyo yuqorida bo‘lib, Iyerusalim (Quddus) markazda joylashtirilgan. Bu nasroniylik (xristianlik)ning ahamiyatini bildirib turgan 1 . Endilikda shubhasiz, Yevropa dunyo xaritasining markaziy elementiga aylangandi. Hatto, Iyerusalim nomi to‘lig‘icha yozilmay, “IRLM” deb qisqartirildi 2 . Merkatorning xaritasi ispan va portugal tadqiqotchilarining Janubiy va Markaziy Amerikaga uyushtirgan sayohatlari natijasida hosil bo‘lgan bilimlarni o‘zida aks ettiradi. Biroq, Shimoliy Amerikaning katta qismi xaritani tugallaydi. Balki shu orqali Osiyoga shimoli-g‘arbiy yo‘l mavjud degan savoldan qochishga harakat qilingandir. Albatta, ko‘plab jo‘g‘rofiy bilimlar hozirga qadar mavhum, masalan, Lotin Amerikasidagi daryolar haqidagi bilimlar. Bundan tashqari, Janubiy dengiz hududidagi katta kontenent Terra Australis xaritada mavjud emas edi. 1 Other copies are kept in Amsterdam, Scheepvaart Museum, and Basel, University Library. A. Taylor, The World of Gerard Mercator, London 2005, p. 201 2 Mercator Projection, Encyclopædia Britannica Online, http://www.britannica.com , accessed 11 January 2011. 60 Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Ptolemey: Dunyoni xaritalashtirish 2. Osma Beatusning xaritasi: O‘rta asr va xristian dunyo qarashi (1086) 3. Al-Idrisi va uning jahon xaritasi haqida nimalarni bilib oldiz? 4. Hereford dunyo xaritasi: O‘rta asr ensiklopediyasi va diniy tasavvurlar. 5. Merkatorning jahon xaritasi dunyo qanday tasvirlangan. 61 3-mavzu. Qadimgi Misrdagi ilk davlatlarning paydo bo‘lishi. Podsholiklar davri tarixi Reja: 1. Qadimgi Misr tabiiy Sharoiti va aholisi. 2. Davlat hokimiyati. 3. Iqtisod va ijtimoiy tuzum. 4. Sais hokimlarining Misrni birlashtirishi. Tayanch iboralar: “Qora tuproq”, semit tili, iyeroglif yozuvi, “tegirmon mudiri”, hoqon, “podshoning do‘stlari”, “kumushxona”, “Oq devor”, nomlar, nomarx, megamet me'morchiligi, semit tili, gigsoslar, som, barbar, kushit, punt mamlakati, Ta-Kemet, Navsera, Xetep - Xores, Keben, jajat, kenbet, iuntiuni, “Oltita urug‘ uy”, mag‘xara qoyalari, «Palermo toshi», «Ra o‘g‘li»,«Ipuser nasihatnomasi», Hammamat, papirus, giksoslar, labirint, nomlar. Govard Karter, “tirik asirlar”, shaduf, “Exnaton”, «Axetaton», Sais sulolasi, sarkofag, “1000 musriy”, dadekarxiya, filellin, Xejxetep. Misrning serunum yerlari, asosan, Nil daryosi oqizib keltirgan tuproqdan vujudga kelganligini grek tarixchi va geograflari - Gerodot hamda Strabon ta'kidlab o‘tgan edilar. Nil daryosining toshishi natijasida yaxshi sug‘oriladigan Misr yerlari Shimoliy va Sharqiy Afrikaning keng cho‘llari o‘rtasida qolgan buyuk vohaga o‘xshaydi. Misr g‘arbda va Sharqda qoyali tog‘lar, o‘tish qiyin bo‘lgan cho‘llar, janubda esa, Nil daryosi bo‘sag‘alari tufayli qo‘shni mamlakatlardan ajralib, yakkalanib qolgan edi. Qadimgi Misr hududi Misrliklar doimo o‘zlarining serhosil va rohatbaxsh yerlarini tabiati ko‘rimsiz va yovvoyi qo‘shni mamlakatlarning yerlariga qarama- qarshi qo‘yib kelganlar. Misrliklar o‘z mamlakatini tasviriy iyeroglif yordamida tekis yer shaklida tasvirlab, ba'zida tekis yerni ariq va kanallar bilan bir qancha qismlarga bo‘lib ko‘rsatganlar va Misrni obrazli qilib “Qora tuproq” (Ta-Kemet) deb ataganlar. Misrliklar boshqa ko‘pgina qadimgi Sharq xalqlari singari bir qancha qabilalarning sekin-asta aralashib ketishi Tabiiy Sharoitlari Aholisi. 62 natijasida, ya'ni qadimgi Misr xalqi Shimoliy va Sharqiy Afrikaning mahalliy qabilalaridan tashkil topgan. Misrdagi qadimgi davrga oid kishilarning o‘ziga xos haykalchalari hamda Negadadagi qadim mozorlardan topilgan bosh suyaklarini o‘lchash natijalari, shuningdek, Qadimgi Misr tilining galla, somali va boshqa qabilalar tiliga yaqinligi eng qadimgi misrliklarning tropik Sharqiy Afrika qabilalari bilan qardoshligini ko‘rsatadi. Qadimgi Misr tavsiflariga ko‘ra, Sharqiy Afrikada (Punt mamlakatida) yashagan eng qadimgi qabila vakillarining tashqi qiyofalari misrliklarga juda o‘xshab ketadi. Bundan tashqari, eng qadimgi Misr qabilalari Shimoliy Afrikaning liviya qabilalari bilan ham juda yaqin qarindosh bo‘lgan. Qadimgi Misr tili o‘zining ba'zi jihatlari bilan Shimoliy Afrikadagi barbar tillarini eslatadi. Misrda va Nil vodiysini o‘rab turgan baland tog‘liklarda o‘tkazilgan qazilmalar Misr madaniyatini vujudga keltirgan qabilalar qadimgi tosh asridan buyon Shimoliy-Sharqiy Afrikada yashaganliklarini ko‘rsatadi. Misrliklar mis qazib topishni ham bilganlar 1 . Qadimgi Misr tilining asosiy lug‘at fondi va ba'zi o‘ziga xos xususiyatlari, taxminan milodiy 1 asr, ya'ni - feodalizm tuzumi vujudga kelgan vaqtga qadar, va hatto, aytish mumkinki, bir qadar keyingi zamonlargacha ham saqlanib kelgan. Qadimgi misrliklar tilining qadimgi semit (finikiyaliklar, aqqodliklar, ossuriy va qadimgi yahudiy) tillariga birmuncha yaqinligining sababi, qisman, Misr bilan Old Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi siyosiy va madaniy aloqalar tufayli, ularning o‘zaro ko‘rsatgan ta'siridandir. Qadimgi misrliklar tili miloddan avvalgi I va II ming yilliklarda Misrga bostirib kirgan chet el istilochilari-giksoslar, liviyaliklar, habashlar va boshqalarning tillari bilan chatishib ketgan, pirovard natijada qadimgi misrliklar tili doimo ustunlik qilgan. 1 Miller K., Mappae Arabicae. Arabische Welt- und Länderkarten des 9.-13. Jahrhunderts in arabischer Ur- schrift, lateinischer Transkription und Übertragung in neuzeitliche Kartenskizzen, vol. VI, Stuttgart 1927. Photographic reproduction of world maps from four manuscripts and 336 regional maps; reprint Univer- sität Frankfurt Inst. f. Geschichte d. Arabisch-Islamischen Wissenschaften 1994. 63 Eng qadimgi sinfiy jamiyatning paydo bo‘lishi. Misrda odamlar paleolit davridan yashay boshlaganlar. Miloddan avvalgi X - VI ming yillikda Nil atrofidagi cho‘llarda tarqoq holda yashagan qabilalar terib-termaglash, ovchilik, keyinroq esa, baliq ovlash bilan shug‘ullanishgan. Qadimgi som xalqlariga mansub ushbu qabila, barbar va kushitlarning o‘zaro aralashib ketishi tufayli miloddan avvalgi IV ming yillikda Misr xalqi paydo bo‘lgan. Aholi nufuzining ortishi chorvachilik va dehqonchilikka o‘tishni tezlashtirgan, bu esa hududiy jamoalarning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Dehqonchilik qilish uchun, tabiiyki, kanal, to‘g‘on qurish lozim bo‘lgan, shu maqsadda o‘zaro urushlarda asir tushgan qullar mehnatidan foydalanilgan. Natijada, jamoada ijtimoiy tabaqalanish ro‘y berib, urug‘ zodagonlari ajralib chiqqan, qabila sardorlari esa, mahalliy podshohlarga aylangan. Shu tariqa bir qancha mayda quldorlik davlatlari vujudga kelgan. Keyinchalik ular o‘rtasidagi kurash natijasida shimolda Quyi Misr, janubda Yuqori Misr podsholiklari barpo bo‘lgan. Miloddan avvalgi taxminan III ming yillikda ikkala podsholik birlashib, yagona davlat barpo bo‘lgan. Eng qadimgi Misr yozuvlari, qadimgi Podsholik yilnomasi, Misr fir'avnlarining so‘nggi davrga oid shajarasi va Manefon tuzgan podsholar ro‘yxati hamda birinchi va ikkinchi suloladagi Misr davlati haqiqatdan ham tarixda bo‘lganligini Negad va Abidodan qazib olingan, ulkan podsho maqbaralaridan topilgan yodgorliklar ham bir qadar tasdiqlaydi. Amelino - de Morgan va Flindres Petrilar bu yerdan ko‘p va turli-tuman qazilma buyumlari hamda oldingi ikki sulola fir'avnlarining nomlari yozilgan eng qadimgi iyeroglif yozuvlarini topdilar 1 . Suloladan avvalgi davr yodgorliklari, shuningdek, dastlabki ikki sulolaga oid buyumlar va yozuvlar miloddan avvalgi IV ming yillikning oxirlarida deltada va Nil vodiysida eng qadimgi sinfiy jamiyat paydo bo‘lganligi haqida umumiy tasavvur hosil qilish imkonini beradi. 1 The only complete translation: Al-Idrīsī, Livre de la récréation de l’homme désireux de connaītre les pays, trad. complète par Pierre Amédée Jaubert, 2 vols., Paris 1836-1840; new rev. edition: La première géogra- phie de l’Occident, par Henri Bresc et Annliese Nef, Paris 1999. 64 Misr aholisi bu davrda alohida kichik-kichik jamoalarga bo‘linib yashar, jamoalar boshida jamoa kengashi va oqsoqollar turardi. Dehqonchilik, mavjud tabiiy Sharoitga ko‘ra, sug‘orib ekin ekish shakliga kirib borgan. Har yili Nil daryosining toshishi aholidan toshqin suvlarining bir joyda to‘planmay, butun mamlakatga bir tekisda yoyilishini ta'minlash yuzasidan bir qancha choralar ko‘rishni talab qilgan. Sun'iy sug‘orish ishlari Mesopotamiyaning janubiy qismi uchun qay darajada zarur bo‘lsa, Misrga ham shunday muhim bo‘lgan. Shuning uchun irrigatsiya shahobchalarini barpo qilish, ularni asrash va kengaytirib borish vazifasini eng qadimgi davrlardayoq, dastlab jamoalar, keyin esa, davlat hokimiyati bajarib kelgan. Eng qadimgi dehqonchilik jamoalari hayoti uchun zarur sun'iy sug‘orish ishlarining bu kabi katta ahamiyati iyeroglif shakllar bilan yozilgan ”viloyat”, “o‘lka” va “viloyat boshlig‘i 1 ” so‘zlarida o‘z aksini topgan. Arxaik davrdayoq qishloq xo‘jaligi bilan birga turli hunar - kasblar ham rivojlangan. Arxaik davrdan boshlab keng tarqalgan va yuksak darajaga yetib takomillashgan eng qadimgi kasb-hunar turlaridan biri toshdan har xil asboblar yasashdir. Misrliklar qadim zamonlardan bo‘yon toshdan asbob va qurol-aslahalar, xususan, o‘roq, arra, pichoq, bolta, belkurak, nayza va o‘q-yoy uchlari, xanjar, shuningdek, bazalt, porfir va serpantin kabi chiroyli toshlardan mahorat bilan turli-tuman idishlar yasaganlar. Birinchi sulola davridan boshlab katta-katta tosh parchalari va plitalar ishlatilgan. Chunonchi, ushbu sulola podshosi Usefey maqbarasining pastgi qismiga granit plitalar yotqizilgan. II sulola fir'avni Xasexemui maqbarasining kichik sag‘anasi yo‘nilgan ohaktosh plitalaridan yasalgan. Bundagi yirik tosh parchalarini ishlatish texnikasi Shimoliy Afrikaning mezolit me'morchiligi texnikasini eslatadi. Qadimgi misrliklarga qo‘rg‘oshin, mis, oltin, keyinchalik esa temir kabi metallar ma'lum bo‘lgan. Qo‘rg‘oshin Qizil dengiz qirg‘oqlarida, Koseyr hamda Asuvoan yaqinida qazib olingan. Miloddan oldingi davrlarga oid qabrlardan juda ko‘p qo‘rg‘oshin 1 A. Pankratova, Konferentsiya chitatelei zhurnala “Voprosty istorii”, 1956, vi, 2, p. 213; quoted in R.D. Markwick, Rewriting History in Soviet Russia. The Politics of revisionist Historiography, 1956-1874, Bas- ingstoke 2001, p. 4. 65 buyumlari topilgan. Sinay yarim oroli va Sharqiy cho‘ldan qazib olingan mis, ayniqsa, keng tarqalgan. Birinchi sulola zamonidayoq, mis qazib olinganligi va misdan har xil qadimgi asboblar yasalganligidan dalolat beradigan buyum Sinay yarim orolining janubiy- g‘arbiy qismida, Vadi-Mag‘xarada va Serobiltal-Xodimdan topilgan edi. Bu yerdan mis rudasi, ma'dan chiqindilari, temirchilik o‘choqlari hamda metall eritish pechining qoldiqlari, quyilma va tig‘larning qoliplari, nihoyat, mis eritadigan qozon siniqlari topilgan. O‘sha davrda Sharqiy cho‘l va Nubiyada oltin qazib chiqarilganligi ham ma'lum. Birinchi sulolalar zamonidagi qabrlardan oltindan yasalgan g‘oyat go‘zal zeb-ziynat buyumlari topilganligi bu yerda zargarlik yuksak darajada rivojlanganligini ko‘rsatadi. Qadimgi Misrda temir miloddan avvalgi 1 ming yillikka qadar juda kam ishlatilgan. Temirga ishlov berish arxaik davrdayoq, muhim kasb hisoblangan. Podsho saroyida maxsus temirchilik ustaxonalari bo‘lib, bu ustaxonalarni maxsus amaldor idora qilgan, arxaik davridagi muhrlarning nusxalarida “podsho saroyidagi temir quyuvchilar boshlig‘i 1 ” degan unvon uchraydi. Ammo temirchilik Misrda asta- sekin rivojlangan. Misrliklar anchagina ilg‘or metall qurollari bilan birga toshdan yasalgan qurollardan ham foydalanganlar. Suloladan oldingi ikkinchi davrga oid maqbaralardan Falastinga xos jimjimador dastali sopol idishlar topilishi Misrning Falastin va Suriya bilan ayirboshlash savdo olib borganligidan darak beradi. Bu idishlar ichidan qotib qolgan yog‘ yuqi ham chiqqan, bu Falastin yoki Suriyadan keltirilgan bo‘lsa ajab emas. Qadimgi Finikiya shahri Bibldagi qazish ishlarida Misrga oid buyumlar, chaqmoq toshdan yasalgan pichoq va belkuraklar, bo‘yoq uchun ishlatiladigan shifer taxtalar, oniks, billur, yashma va oltindan yasalgan munchoqlar, loydan yasalgan hayvon suratlari chiqqan. Birinchi sulolalar davri podsholarining maqbaralaridan Egeyga atab yasalgan sopol idishlarning siniqlari topilgan. 1 A. Pankratova, Konferentsiya chitatelei zhurnala “Voprosty istorii”, 1956, vi, 2, p. 213; quoted in R.D. Markwick, Rewriting History in Soviet Russia. The Politics of revisionist Historiography, 1956-1874, Bas- ingstoke 2001, p. 4. 66 Yer fondining davlat qo‘lida to‘planishi va butun sun'iy sug‘orish tizimini boshqarish zarurati tufayli, sekin-asta moliya va xo‘jalik ishlarini idora qiluvchi mahkamalar tashkil topdi. Podsho xazinasi “kumushxona” deb atalgan. Butun mamlakatdan yig‘iladigan natura solig‘i shu xazinaga to‘plangan. Shu bilan birga oziq-ovqat ta'minoti, tegirmonchilik, chorva xo‘jaligi, tokchilik va vinochilik ishlariga qaraydigan ayrim muassasalar ham bo‘lgan. Podshoning xususiy xo‘jaligi (podsho uyi) alohida ajratib olingan va uni boshqarish uchun alohida mansabdorlar tayinlangan. Davlat ayrim viloyatlar - (nomlar)ga bo‘lingan va bu viloyatlarni ko‘proq zodagonlardan bo‘lgan nomarxlar, mahalliy hokimlar boshqargan. Qadim zamonlardanoq sun'iy sug‘orish ishlarini idora qilish vazifasi mahalliy amaldorlar zimmasiga yuklatilgan. Qadimgi Misr tarixi davomida fir'avnning “ikki mamlakat sultoni” hamda “Yuqori va Quyi Misrning podshosi” unvonlari, mamlakat qadimda Shimol va Janubga bo‘linishi sababli, davlat boshqaruvining ikki qismdan iborat bo‘lishi ham avvallari Yuqori va Quyi Misrning uzoq vaqt ikki mustaqil davlat bo‘lganligini ko‘rsatadi. Yunon yozuvlarida dastlabki Misr podshosi va mamlakatni birlashtiruvchi deb hisoblangan qadimgi fir'avn Menes (Mina) nomi saqlanib qolgan. Tarixiy davrning Misr fir'avnlari shajaralarida fir'avn Minaning nomi birinchi bo‘lib keltirilgan. Negadada katta podsho maqbarasidan topilgan lavhada ham Mina nomi tilga olinadi. Mina Abidos yaqinidagi Tin degan joydan kelib chiqqan bo‘lib, deltani bosib olgan va yagona Misr davlatini barpo qilgan. Mina deltadan vodiyga chiqadigan yerda, ya'ni qulay va iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lgan yerda poytaxt - o‘z istehkomini qurgan va unga “Oq devor” deb nom bergan. Keyinchalik, bu yerda Qadimgi Podsholikning poytaxti bo‘lgan Memfis shahri qad ko‘tardi. Fir'avn Usefay Sinay yarim orolida yashovchi Sharqiy qabilalar bilan kurash olib bordi. Shunday qilib, dastlabki sulola fir'avnlari Misr iqtisodiyotining rivoji uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan boy mis konlarini bosib olish maqsadida, Sinay yarim oroliga hujum qilganlar. Ilk podsholik davrida hukmronlik qilgan I - II sulola fir'avnlari Misrni birlashtirishga asos solganlar. III - X sulola fir'avnlari podsholik qilgan davr Qadimgi Misr Podsholigi davri deb atalib, miloddan avvalgi XXVIII-XXIII Misr Qadimgi podsholik davrida 67 asrlarni o‘z ichiga olgan. Xuddi shu davrda markazlashgan, kuchli quldorlik davlati tuzilgan bo‘lib, nisbatan madaniyat yuksalgan. Quyosh xudosi Navserra ibodatxonasida bayramlarda qurbonlikka minglab g‘ozlar so‘yilgan. Xuddi shu ibodatxonada asalari boqish, asal olish bilan bog‘liq manzaralar ham saqlanib qolgan. Bu o‘sha davrda asalarichilik mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Yangi boshoqli ekinlar kelib chiqqanligi ham Quyi va Yuqori Misrda dehqonchilik taraqqiy etganini ko‘rsatadi (meva va poliz ekinchiligi, shu jumladan, uzumchilik, zig‘ir va zaytun yog‘i ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilgan). Bu davrda hunarmandchilik, xususan, yog‘ochsozlik, toshtaroshlik, metallsozlik, kulolchilik, papirus ishlab chiqarish, to‘qimachilik kabilarning rivojlanganligini ko‘rsatadi. Yog‘ochsozlikda ishlatish uchun xom ashyo Suriya va Nubiyadan keltirilgan. Tosh kesish va toshdan buyumlar yasash ancha rivojlangan. Metallurgiya mamlakat xo‘jaligining muhim tarmog‘iga aylanib, ayniqsa, Qadimgi Podsholik davrida taraqqiy topdi. Podsholik davridayoq, misrliklar temirdan keng foydalanishgan deyishga asos bor. Temir nodir metall hisoblanib, zargarlikda keng qo‘llanilgan. Malika Xetep-Xores maqbarasidan topilgan ko‘plab zargarlik buyumlari ana shundan dalolat beradi. Kulolchilik, papirus tayyorlash va to‘qimachilik ham taraqqiy etib borgan. Qishloq jamoalari va patriarxal oila Misr jamiyatining asosini tashkil etgan. Meros otadan katta o‘g‘ilga o‘tishi kerak bo‘lgan. Ko‘plab meros tortishuvlari haqida yozma xujjatlar saqlanib qolgan. Jamoa xo‘jaligi “jajat” va “kenbet” deb atalgan. “Kenbetlar” asosan oila huquqi, merosxo‘rlik masalalarini hal qilgan. Joylarda sud, xo‘jalik va ma'muriy hokimiyat mavjud bo‘lib, ular oldi-sotdi ishlarini hal qilgan, hamda amaldorlarni kuzatib turgan, sun'iy sug‘orish tarmoqlarini nazorat qilgan. Jamoa boshliqlari keyinchalik davlat amaldorlariga aylangan. Xo‘jalik va savdo-sotiqning taraqqiy etishi, quldorlik kuchayishi, bosqinchilik urushlari, harbiy yurishlar mulkiy tabaqalanishni yanada tezlashuviga olib keldi. Urushda olingan o‘ljalarning katta qismi fir'avn va amaldorlar qo‘lida to‘plangan. Bu III va IV sulola fir’avnlari davrida Misr 68 davrda Gerodot ma'lumotiga ko‘ra, “ehromlar qurilishida minglab qullar va kambag‘allar ishlagan”. III va IV sulola fir'avnlari Qadimgi Misr tarixida katta o‘rin tutgan. Ular davrida Misr qudratli markazlashgan davlatga aylangan. III sulolaning birinchi fir'avni Joser o‘z podsholigi davrida Misrning shimoliy-Sharqiy va janubiy hududlarida urushlar olib borgan. Sinay yarim orolidagi qadimgi mis konlari yaqinida Joserning bu yerda yashagan qabilalar ustidan qozongan g‘alabasini tasvirlovchi suratlar saqlanib qolgan. Nubiyani bosib olish biroz qiyin kechgan. Shu sababli Joser Misrning janubiy viloyatlarini mustahkamlash maqsadida Asvondan tortib to Filagacha devor qurishga majbur bo‘lgan. Fir'avn Snofru ham istilochilik siyosatini yuritishi natijasida Sinay yarim orolidagi mis konlari batamom Misr tasarrufiga o‘tgan. Uning bu g‘alabasi Vodi-Mag‘xaradagi qoyalarda saqlanib qolgan suratlarda aks etgan. Janubdagi urushlarda ham Snofru muvaffaqiyatga erishib, uning «Palermo toshidagi» davlat yilnomasida Nubiyadan 7 ming asr va 200 ming qoramol va qo‘y- echki keltirganligi aytiladi. IV sulola fir'avni Xufuning g‘alaba relyefi saqlanib qolgan. Quyidagi qisqa yozuv buning siyosiy ma'nosini aniq ifodalab beradi: “Xnum-Xufu”. Sinay va Nubiyadan Misrga ko‘plab qullar keltirilgan. III va IV sulola fir'avnlari qurdirgan ehromlar davlatning yuksak qudrati ifodasidir. Birinchi yirik ehrom Joser tomonidan uzun zinapoyasimon shaklda qurilgan bo‘lib, balandligi 60 metrni tashkil etadi. Bu maqbara atrofida olib borilgan qazilmalar natijasida bu yerdan murakkab me'morlik inshooti topilgan. Bezatilgan ustunlar ajoyib va o‘ziga xos. Joser haykali xarobalari ichidan topilgan yozuvlarda o‘sha davrning bosh me'mori, oliy amaldor Imxotebning nomi ko‘plab uchraydi. Butun bir qoyadan tarashlab yasalgan ulkan sfinks, Xufru, Xafra va Menkavr ehromlari III va IV sulola fir'avnlarining qudratini hozirgi avlodlarga ham namoyon etib turibdi. V sulolaning dastlabki III fir'avni quyosh Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling