Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Bo‘lingan dunyo: Tordesillas Shartnomasi (1494) Kantinoning
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев
Bo‘lingan dunyo: Tordesillas Shartnomasi (1494) Kantinoning jahon xaritasi (1502) Mashhur Contino xaritasi Ispaniya va Portugaliya o‘rtasidagi chegaralarni belgilash to‘g‘risidagi bitim Tordesillesning davlatlararo yozma kelishuvida Pope tomonidan to‘g‘ri deb topilgan. Hindistonning katta miqdordagi boyliklari to‘g‘risidagi taassurotlar bu ikki millat o‘rtasida raqobat bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Kelishuvga binoan yer Sharini bo‘lib olishga qaror qilgan bu 2 davlat Atlantikani bilgan va unga alohida qiziqqan. Buni dastlab Osiyoning Sharqiy qismida deb ishonishgan, Shuning uchun ham xaritaga nazar solsak Afrika va Brazilya hududlari bo‘ylab Portugaliyaliklar kashfiyoti va yangi dunyodagi Ispaniyaliklar kashfiyotini ko‘ramiz. Alberto Cantino 1 1501-1502-yillarda Hindiston qirg‘oqlaridan Italiyaga ya’ni Lissabonga olib kelingan Ferraraning hokimi Ercole 1 ning agenti edi. 1 Albuquerque L. de, O Tratado de Tordesilhas e as difiultades tecnicas da sua aplição rigorosa, in El tratado de Tordesillas y su proyeccion, vol. 1, Valladolid 1973, pp. 119-136. 50 U yana suzuvchi, yer sharini tuzuvchi ham bo‘lgan. U globusni rejasini ham tuzgan. U Hindiston qirg‘oqlaridagi ma’lumotlar va qiziqarli xaritalarni yig‘ib Portugaliyaliklarga tushuntirib bergan, u keyinchalik Padrao Real tarkibiga kirgan, extimol Cantino xaritalaridan ko‘chirma nusxa olib yashirin ravishda puxta o‘rgangan. Italiyaliklar xaritaning orqasiga yozilgan yozuvni o‘qishgan ‘’Charta del navichare per le isole novamente trovate in la parte del’ India 1 ’’. Cantino ko‘rsatib bergan xaritada atirgul kompisini ko‘rish mumkin va bevosita kesishib o‘tgan chiziqlar yani dengiz compisining yo‘nalishi bilan bir xil. Xar qanday holatda xaritadan yo‘nalishni aniqlash mumkin. Dengiz ortidagi hududlarni kashf etiganligi haqida ma’lum darajada Italiyaliklar ma’lumot bergan. Xaritadan o‘rta asrdagi andazalardan olib kartografik an’analarni, Gog va Magogning yerni eschatologik fiuresini va olisdagi osiyo hududini ham ko‘rish mumkin. Ma’lum bir qirgoq bo‘yi hududlarining qiziqarli maydon ro‘yhati diqqatni tortadi. Capricorn va Cancer 2-ta gorizontal qizil chiziqli Tropik maydon. Qora chiziq ekuator o‘rtasida. Tordesillasning yozuvuga asosan vertical chiziq qizilda chizilgan yozuv. ‘’este he o marCo mantre Castella y PortuGall’’ Uning aytishicha Portugaliya qiroli Jon ll Kolumbga G‘arbiy Hindistondan orqaga qaytishini xabar bergan va uni kashfiyotlari to‘g‘risida bundan tashqari qirol Ispanlarni Alcacovas bitimini oyoq osti qilayotganligi to‘g‘risida kechiktirmasdan katolik monarxlariga norozilik bildiradi. Portugaliyaliklar esa zaruriy narsalarni olib Afrika qirg‘oqlari va yangi ochilgan yerlar tomonlarini, foydalanilmagan tizg‘in joylarni tadbiq qilishadi va yana orollarni kashf qilishadi. Ehtimol hozirgi Gvineya tomonidagi Canaries orollari topib bo‘ysundirilgan. Canariesda Castilyaning cheklanmagan hokimyati o‘rnatilgan. Doiralarning Atlantikani nazorat qilishdagi kelishuvi 1481-yil Aeterni tomonidan ro‘yhatga olingan. Mustamlakachilikni tarixda ko‘zga tashlanadigan nuqtasi unda nafaqat injil mukammal shaklda to‘g‘irlandi mahalliy millatlarga ham yetkazildi. Columbning dengiz safarida aylanib o‘tish harakati natijasida Portugaliyaliklar zirovorli orollar va Osiyo bo‘ylab nazorat qilish maqsadiga erishdi. Birinchi bo‘lib Papa tomonidan butun bir kashf qilingan g‘arbiy Atlantik 1 Schneider U., Tordesillas 1494: Der Beginn einer globalen Weltsicht, in “Saeculum”, 2003, 54, pp. 39-62. 51 hududlarni boshqarish huquqi Ispanlarga berildi. Shuningdek shimoli janubi hududlarga demokratik yo‘l taklif qilindi. Papa injilga muvofiq ularni hammasini majusiy deb nazarda tutgan, xudo tomonidan yuqori palataga tartib qoida asosida umumiy harakat qilish to‘g‘risida vakolat bergan, u homiylik huquqini dindan holi qirollarga jo‘natadi. Shu taqlid coloniyalarda ishlab chiqarishni qonunga muvofiq idora qiladi. Tordesillsning kelishuvida Alcacovas bitimini Ispaniya qaytadan ko‘rib chiqishni tanlaydi. Yangi to‘g‘ri chiziqlardan erkinlik his qilingan. Qutbdan qutbga canary orollarining g‘arbida 370 dengiz yo‘lida 46 0 harakatlanilgan. G‘arb aniq hamma chiziqlarning millati ustidan hukmronlik qilgan. Ispanlar borib kashf qilgan joyida dengiz xo‘jayini bo‘lgan. Portugaliya bu chiziqlarning biroz qismiga aloqador bo‘lgan. Natijada shuncha narsaga qaramasdan Ispaniya amerikani ko‘p qismiga davo qiladi. Portugaliya Sharqiy Hindiston va brazilyani nazorat qiladi. Contino Portugaliyaliklar kartografiyasini aniq ravshan ishlagan, keyingi davrda malum bo‘lishicha Brazilya qismida biroz o‘zgarish yasalgani yozib o‘tiladi. Dastlab hujjatlar ochiq oydin ko‘rsatilmagan shuningdek yer Shari atrofidagi qismlar yoki dunyoni taqsimlash ham. Portugaliyaliklarning 1512-yil Moluccas 1 ga bo‘lgan sayohati juda katta ahamiyatga ega. Ispanlar 1518-yil Tordesills kelishuvi 2 ga yani yer yuzini teng barobardan yarim sharga bo‘linishiga sabab bo‘lgan. 1529-yil Zaragoza kelishuvi Castilia Cortesning orzusi ekani tariflangan. Imperator Charlz V kelishuvda Portugaliyaning hamma kema ho‘jayinlari va Moluccasda savdo bilan shug‘ullanuvchilar, hamma joylarda Sharqiy okruglarda dengizlarda 350.000 to‘lov evaziga ishga qaytish topshirilgan. Bularning hammasi Shartnoma uchun katta tafsilot bo‘lgan, lekin shunga qaramasdan ketma ket yillar davomida ko‘pgina muzokaralar amalga oshmay qoldi. Ikkita qudratli davlat yillar davomida ketma ketlikdagi kelishuvlari bugungi kunda dengiz xaritalarida xotirlanadi. Fransuz qiroli Francus ll doimo Ispaniya va Portugaliya o‘rtasida dunyoni bo‘lish munosabati bo‘lganini aytgan. Tordessillas kelishuvi ikki 1 Dalché P.G., The Reception of Ptolemy’s Geography (End of the Fourteenth to Beginning of the Sixteenth Cen-tury), in Woodward D. (ed.), The History of Cartography, vol. 3, Chicago 2007, pp. 285-364. 2 Fonseca L. Adão de, Ruiz Asenico J.M. (eds.), Corpus Documental del Tratado de Tordesillas, Valladolid 1995. 52 hokimyat o‘rtasidagi doimiy ochiq urushlar bo‘lganligi Davlatlarning 3-qism sifatidagi davosini tan olishmagan Fransiya, Angliya va Niderlandiyaninng dengizdagi va savdodagi erkinliklarini tadbiq qilish oxirida muvaffaqiyat bilan tugagan. Contino xaritasi mustamlaka hududlarni tasavvur qilishni o‘rgatgan va shu bilan birga xarita tez eskirgan. Shuni nazarda tutish kerakki geografiya va tarixga oid ma’lumotlar juda foydali ekanini Ispanlar va Portugallar bilishgan. Anthilles bu nom dastlab vujudga kelganida quyidagi ma’nolarni bildirgan – bu nom Kastilya qirolining g‘arbiy Hindistoni, Admiral Kolumb tomonidan kashf qilingan bu orollarda quratli qirol don Fernandoning kuchli nazorati o‘rnatilgan. Bu hududga o‘rta atlantika deb nom berilgan, g‘arbiy graflikdagi bu hududda yangi kashf qilingan yerlarni va labradorlarni vakillar boshqargan. Diogo Cao, Bartolomeu Dias, Vasco da Gama va Pedro Alvares Cabrallarni malumotlarini sinchiklab o‘rgansak 1 o‘sha davr mol mulkiga dvao qilish shakli va bazi hududlarning tabiati va siyosiy tarixini ko‘rish mumkin. oltin Afrikaning g‘arbiy sohili yuzasidan olingan, Portugaliyalik Cao va Dias 2 chegaralarni o‘rganib o‘rnini o‘ziga xos tarzda joylashtiradi. Qadimgi yirik hajmdagi dunyo xaritalari Cantino tomonidan 3 xil rangdagi yelimlangan teri varaqlariga chizilgan. O‘lchami 85.8+40.2. U Yangi Dunyo tasvirlangan ikkinchi dunyo xaritasi edi. Juan de la Cosa xaritani nomlashni taklif qilgan 1500 Jean de Dintivella Fransiya qiroli Francis l ning elchisi Londonda qirol e’tiborini qozongan va Lavaurning o‘qimishli yepiskopi Georges de Selve va imperator Charlizning elchisi va mashhur elchilarning bosh suyaginin anampormic tasvirlash uchun, ta’svirlarni bo‘yash bugungi kunda London milliy galeriyasi zimmasiga topshirilgan. Ko‘p vaziyatlarda hukumat san’at va ilm-fanda mahsus asboblar yordamida bo‘yashga ruhsat beradi, bu ma’lum darajada foydali. Globusga stol ostida qaralsa Yangi Dunyo va Tordisellsning qizil chiziqlarini ko‘ramiz. Bu 1 Schneider U., Tordesillas 1494: Der Beginn einer globalen Weltsicht, in “Saeculum”, 2003, 54, pp. 39-62. 2 Cortesão A., Teixeira de la Mota A., History of Portuguese Cartography, 2 vols., Lisbon 1969-1971. 53 Johann Schonerning 1523-yilda yasagan globusi 1 ga juda o‘xshash. Magellanning yo‘nalishi dunyoda mahsulotlar ishlab chiqarish orqali boylik va faravonlikda yashash lekin xristianlarning boshqa bir qismi idora qilishning bunday shaklini o‘sishini ko‘rolmaydi. Bunday holatda ularning imperator Charliz V bilan munosabatlaridagi ko‘rinish ajablanarli bo‘lmagan. Francois l Dieppe dengizi 2 ni boshqarish huquqini olganda faqatgina suvlarni o‘rganishni taqiqlamagan lekin ispan kemalariga qarshi yaxshi hujum qilgan. Ispaniya va portugaliya mamlakatlari o‘rtasida muhim hodisa ro‘y bergan, Francois Portugaliya kemalariga qarshi hujumga ruxsat bedi. Portugaliyadan elchihonaga tezda kelgan Francois l murosa yo‘lini olib borgan 3 . Boshqa so‘z bilan aytganda Tordisellas kelishuvga ishora berdi, Dintevillening farazicha savollar Shart emas edi, lekin u ingliz eshittirishlarida murakkab siyosiy muommolar boshlanganini aytgan. Shunga qaramasdan Tordesillas kelishuvi 1494-yil 7-iyunda Ispaniya va Portugaliya monarxlari vakilligida imzolandi, qirol Ferdinand va qirolicha Izabella tomonidan 2-iyulda va Portugaliya qiroli John ll tomonidan 5-sentabrda imzolandi. Bu ikki davlatni o‘rtasida chegaralarini belgilash uchun, keyingi bo‘ladigan urushlarni oldini olish va janjallar orqali bir biriga ziyon yetkazmaslik uchun ham Shartnoma imzolangan. Kelishuv rasmiyligi sababli, ko‘pchilikni bosh tortishiga qaramay, xalqaro sistemada 15-asr oxiridagi eng foydali diplomatik faoliyat namunasidir. Amerika nomidagi Valdshimyuller xaritasi (1507) Valdzemyullerning 1507-yildagi mashhur dunyo xaritasida Amerika ilk bor Atlantika va Tinch okeani o‘rtasidagi alohida qi’ta sifatida ko‘rsatilgan, uni ba’zida Amerikaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma deb ham atashadi. Amerika nomi xaritaning pastki 1 Sicilia F. (ed.), Alla scoperta del mondo. L’arte della cartografi da Tolomeo a Mercatore [Th art of cartography. From Ptolemy to Mercator], in “Il giardino delle Esperidi”, 9, Modena 2001. 2 Schneider U., Tordesillas 1494: Der Beginn einer globalen Weltsicht, in “Saeculum”, 2003, 54, pp. 39-62. 3 Woodward D. (ed.), Th History of Cartography, vol. 3, Cartography in the European Renaissance, Chicago 2007 (vol. I, pp. 992 with Adabyotlar, pp. 1030f, n. 299, 1104, 1108- 1109). 54 qismida Janubiy Amerikaning kichkina silueti yonida joylashgan. Tadqiqotchilar vikricha bu xaritaga manba bo‘lib maxfiy portugal xaritalari xizmat qilgan bo‘lsa kerak, lekin bu fikr fanda o‘z isbotini aniq topgani yo‘q. Yevropaliklardan Tinch okeanini birinchi bo‘lib 1513-yilda Vasko Nunes de Balboa Panama bo‘ynida ko‘rdi. Atlantika va Tinch okeani tutashgan joy 1520-yilda dunyo bo‘ylab birinchi sayyohat uyushtirgan Magelan Gorn burnidan o‘tdi va bu yerga uning Sharafiga magelan bo‘g‘ozi deb nom qo‘yildi. Xarita muallifi Martin Valdzemyuller (1475-1520) Fraysburg universitetida, so‘ngra Voysgens gimnaziyasida tahsil oldi. Bu yerda Lotaringiya gersogi Rene homiyliligida intelektuallar klubi tashkil topdi. Gimnaziya qoshida 1507-yilda bosmaxona tashkil etilib u yerda Valdzemyuller ilk bor o‘zining devoriy xaritasini bosib chiqardi. Xarita Universalis Cosmographie Descriptio 1 nomi bilan 12 varaqda 137 243 sm xajimda chop etildi. Xaritaning tepa qismida Ptolomeyning rasmi bo‘lib u o‘z nigohini Sharqiy yarim Sharga Yevropa, Osiyo, Afrikaga qaratgan. Afrikaning Janubiy qismida biz Ptolomeyga no‘malum yerlar degan yozuvni ko‘ramiz. Ptolomeyning to‘g‘risida Amerika Vespuchining surati bo‘lib, u o‘z nigohini g‘arbiy yarim Sharga, “yangi dunyoga qaratgan 2 ”. (Ma’nosi qadimgilar daxosi yoshlarni yangilikka ergashtiradi). Xarita imperator Maksimilian I bag‘ishlangan. Gabsburglar gerbi xaritaning eng ko‘rinarli qismida O‘rta yer dengizining g‘arbiy qismida joylashgan. Maksimilian vorislari davrida Ispaniya global imperiya darajasiga chiqdi va "quyoshi mangu botmas" degan nom oldi. Xarita va gerbga qarasak, undagi ikki boshli burgut Yangi Dunyo va Uzoq Sharq Eski Dunyodan yuqoriga chiqib turishi va qanotlari Sharqda Ptolomey va g`arbda Vespuchchiga ishora qilib turibdi. Yer globusiga 360 gradusda qaraganda uning qurilishi Ptolomeyning ikkinchi konusli proeksiyasi asosida kengaytirilgan zonadagi periferiyada va sayohatchilarning xikoyalari asosida portugal 1 Fischer P.J., Wieser R. von, Die älteste Karte mit dem Namen Amerika aus dem Jahre 1507 und die Carta Marina aus dem Jahre 1516 des M. Waldseemüller, (Ilacomilus) in Faksimiledruck, Innsbruck 1903, repr. Amsterdam 1968. 2 Lester T., Th Fourth Part of the World: Th Race to the Ends of the Earth, and the Epic Story of the Map Tht Gave America Its Name, New York 2009. 55 yo`l ko`rsatuvchilari haritasiga tushirilganligini ko`rishimiz mumkin. Karib dengizini Kolumb tomonidan ochilishi Yangi Dunyoga Ispaniya va Portugaliya qirollari o`rtasida bo`lib olingan holda ko`rsatilgan edi. Atlantika orollari va Afrikaning g`arbiy qirg`oqlari joylashuvi haritada Tordellis chizig`idan Sharq tomon portugallar ta`sir doiralari chegarasi tomon siljitilgan holda to`g`rilangan shaklda qilingani ehtimoli mavjud. Ochiq Hind okeani esa Yaxshi Niyat burni bilan portugal ta`sir doiralari bilan ajratib ko`rsatilgan. Martin Valdzemyuller va Matias Ringmann asl nashrlari, kichik haritalar kichik bir Sharga joylanganligi haqida "Kosmografiyaga kirish" kitobi 1 da jamlandi. Mualliflar nashrning kirish qismida go`yoki juda oshirib yuborilgan, hecch kimga keragi yo`q deb o`zgartirilgan Amerigo Vespuchchining "suv bilan o`ralgan boshqa bir Yangi Dunyo – to`rtinchi qit`ani borligini aniqlaganligi haqidagi" lotincha tarjimadagi maktubini kiritishadi. Shuning uchun, Ringsmann ushbu muqaddimada bu yangi ochilgan qit`a iqrorini haq ekanligini kiritgan: Dunyoning to`rtinchi qit`asi Amerigo Vespuchchi tomonidan aniqlandi. Amerigo yoki Amerika Yerning bu qismini aniqlangan aql sohibi Amerigo ochgan bo`lsada, undan keyingilar bu yerga nega nom berishga haqlari bor ekanligini hech tushunmayman. Ahir Yevropa va Osiyo qit`alari ayol nomlarini olgan bo`lsa, nega Amerigo yeri Amerika deb atalmasin. 1492-yilda bu Karib orollariga ilk bor qadam qo`ygan Kolumb bu (Las India deb atalgan) noma`lum hududlarni Yangi Dunyo ekanligini bilmagan va faqatgina Amerigo Vespuchchi bu Yangi Dunyoning qirralarini tasdiqlab berdi. Valdzemyullerning oldingi haritalarida Kolumbni Yangi Dunyoning ilk kashfiyoti vakili sifatida ko`rsatilib, Amerigo nomi olib tashlangan edi. "Kosmografiya 2 "ning keng yoyilishi natjasida "Amerika" nomi Yangi Dunyo nomida aks ettirilishiga sabab bo`ldi. 1 O’Gorman E., Th Invention of America: an inquiry into the historical nature of the New World and the meaning of its history, Bloomington 1961. 2 Lester T., Th Fourth Part of the World: Th Race to the Ends of the Earth, and the Epic Story of the Map Tht Gave America Its Name, New York 2009. 56 Valdzemyullerning haritasining zamonaviy qiyofaga ega bo`lsada, unda qadim dunyo afsonalari va qissalari, o`rta asr kartografiyasi an`analari aks etgan: Iskandar Zulqarnayn yurishlari, Ioannning Sharqiy saltanati qissalari, Topraban (Shri - Lanka) qimmatbaho toshlari, Gerakl qahramonliklari, dahshatli hayvonlar, Efiopiya odamxo`rlari, Avliyo Fomaning Hindistonda o`ldirilishi kabilar. Harita ming nusxada chop etilgan va faqat birgina nusxasi Germaniya Vyurtembergda Valdburg-Valfegga Valdzee shahzodasi qasri kutubxonasida topib olingan. Keyinchalik Jon Fisher haritani chop etishi sensatsiyaga olib keldi 1 . 2001-yil Vashingtondagi AQSh Kongressi kutubxonasi Germaniya hukumatidan maxsus eksport ruxsatnomasi bilan o`n million dollarga sotib oldi va kutubxonaning Xazinalar galereyasida saqlanmoqda. Merkatorning jahon xaritasi (1569) Gerard Merkator (Gerard Kremer, 1512-1594-yillar) tomonidan 1569-yilda chop etilgan dunyo xaritasi katta ahamiyamga ega inqilobiy kashfiyot edi. Merkator proyeksiyasi 2 (odatda uni shunday atashadi) dengizdagi aniq va xavfsiz bo‘lgan marshrutlar grafiklarini tuzish uchun olg‘a tashlangan qadam bo‘ldi. Biroq uning xaritasi shunchaki yo‘l qidiruvchilar (navigatorlar)ga mo‘ljallagandan ancha katta ahamiyat kasb etadi. Merkator dengiz sayohatchilari va ilk kashshof (kashfiyotchi)lar Yevropa keltirgan barcha yangi btlimlarni aks ettirishga harakat qildi. Uning xaritasi Yevropaga ma'lum dunyoni aks ettirardi. Tabiiyki, u Yevropani xarita markaziga joylashtirdi. Ayni paytda bu qit'a yevropalik geograflar va kartograflarga juda tanish edi. Boshqa har qanday ikki o‘lchamli ko‘rinishdagi uch o‘lchamli ob'yektlar tasviri kabi uning xaritasi voqyeilikni bo‘rttirib ko‘rsatadi. Proyeksiya effekti natijasida Yevropaning xaritadagi hajmi katta, aksincha Janubiy Amerika va Afrika esa kichrayib qolgan. Bu holat 1 Laubenberger F., Rowan S., Th Naming of America, in “Th Sixteenth Century Journal”, 1982, 13, 4, pp. 91-113. 2 Mercator Projection, Encyclopædia Britannica Online, http://www.britannica.com , accessed 11 January 2011. 57 XX asrning bahsli mavzusiga aylanib, yevrotsentrik qarashni shubha ostiga qo‘ydi. 1569-yilga kelib Merkatorda gobus va xaritalar ishlab chiqaruvchisi sifatida katta tajriba to‘plandi. Merkator Antverpendan uzoq bo‘lmagan shaharchada tug‘ildi. U umumiy ta'limni aka-ukalari balan Xertogenboshda oldi. 1530-yilda Leven universitetiga o‘qishga kirdi. U yerda u Gemma, Frizius Renyer va mamlakatning yetakchi nazariyotchi matematigi hamda mashhur kosmografa Benilyuksdan ta'lim oladi. Friziusning ilmiy ustaxonasiga ishga kirib, 1535-yilda unga globas yasashda ko‘maklashadi. Merkator keyinchalik graver va ishlab chiqaruvchi sifatida biznesini boshlaydi. 1537-yilda o‘zining birinchi xaritasida Muqaddas Yerni tasvirlaydi. Bir yil o‘tgach, u janub va shimol yarim sharlarini ikkita yurak ko‘rinishida tasvirlangan dunyo xaritasini yaratadi. 1541-yilda u globus yasadi, 10 yil o‘tgach esa, samoviy yer Sharini (tungi osmonda yulduzlarni aks ettiruvchi) yaratdi. 1544-yil anduhli kechdi. Shu yili Merkator inkvizitsiya aybloviga ko‘ra hibsga olinib, 7 oy qamoq jazosiga hukm qilindi. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, 1541 Levendan Kleva gersogligiga qarashli Duysburgga ketadi. 1564-yilda gersog Vilgelm Klevening bosh kosmografi etib tayinlanadi 1 . Merkator turlicha xaritalarni nashr qilgan. Masalan, 1554-yilda u Yevropa ta'siri ostidagi hududlarni tasvirlovchi xarita yaratadi. Merkator olim inson edi, uning orzusi borliq haqida jo‘g‘rofiy bilimlar beruvchi ish yaratish, shuningdek, jo‘g‘rofiy fanlar tarixini yaratish edi. Uning bu orzusi ushalmay qoldi, biroq 1569-yildan 1568-yilgacha bo‘lgan jahon xronologiyasini chop ettirdi (Chronologia, 1569). 1585-1595-yillarda 51 xaritadan iborat atlasning birinchi qismi nashr qilindi. Merkator vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Rumold 1602-yilda 34 xarita bilan atlasni yakuniga yetkazdi 2 . Merkator shunday xaritalar to‘plami uchun ilk bor “atlas” atamasini qo‘llagan bo‘lsa-da, u atlasni chop ettirgan dastlabki olim emas. Undan oldin 1570-yilda Avraam Orteliy Antverpen shunday xaritalar to‘plamini chop ettirgan edi. 1604-yilda xaritashunos 1 N.J.W. Thower, Maps and Civilization, Cartography in Culture and Society, 3rd edn., e-book, Chicago 2008, p. 80. 2 Mercator Projection, Encyclopædia Britannica Online, http://www.britannica.com , accessed 11 January 2011. 58 (kartograf) Yodokus Xondius Merkatosning asl nusxalarini sotib oladi va 2 yil o‘tgach, atlasning tuzatilgan nashrini yangi xaritalar bilan birgalikda chop ettiradi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling