Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев
asrdagi Osiyo, Yevropa, Janubiy Afrikada mavjud aloqasi kabilar. Globalizatsiyaning rivojlanishidagi bu turli qarashlar ayniqsa tarixchilar orasida keng tarqalgan. Tarixchilarning globalizatsiya jarayonlarini chuqur o‘rganishlari tarixni rivojlanishiga sabab bo‘ldi va globalizatsiya jarayoni uzoq tarixiy jarayon ekanligi isbotlandi lekin uning ko‘pgina qirralari hali ochilmagan. Globalizatsiyaning turli ko‘rinishlari (siyosiy, iqtisodiy, madaniy) mavjud bo‘lib u olimlar tomonidan turlicha o‘rganiladi. Turli nuqtai nazar natijasida globalizatsiya rivojlanadi beqarorlashtiradi, tengsizlikka olib keladi. Tarixchilarning havotiriga ko‘ra globalizatsiyaning tez rivojlanishiga qaraganda uning kuchi yolg‘iz emas. Birinchi globalizatsiya oqimi (globalistlar) ni milliy davlat, milliy madaniyat, milliy iqtisodga tenglashtirib ta’kidlashsalar ham, u o‘z mazmunini yo‘qotgan emas. Bu yo‘nalish “postsceptik” sifatida ma’lumdir. Tarixchilarga esa ikkinchi va uchinchi oqim yo‘nalishlari ma’qul keladi. Bu borada tarixchi Robbi Boberdson ham ajoyib izlanishlar olib bordi, u “oqim” so‘zini metafora sifatida ishlatib globalizatsiyani davrlarga bo‘lib o‘rgangan. Roberdsonning o‘rganish davrlari 1750, 1850 va XX asrning oxirini o‘z ichiga oladi. 21 Tarixchi Peter Sterns o‘zinig “Jahon tarixidagi asosiy globalizatsiya” asari 1 da globalizatsiyaga yanada ilgarigi davrlarga borib taqaladi. Izlanishlar 1000, 1500, 1850 va oxirgi o‘n yilliklarni o‘z ichiga oladi. Lekin globalizatsiyaning kelib chiqish davri bizning eramizdan avvalgi 3500, 2000 yillarda boshlangan degan tahminlar ham bor. Xitoyshunos, jahon tarixi bo‘yicha Yurgan Osterxamel va imperiya tarixi olimi Nils Petersonlar bugungi kunda globalizatsiyaga uzoq davom etuvchi o‘zrgarishlar jarayoni sifatida qarash kerak ekanligini ta’kidlashadi. Ular globalizatsiya davlatlar orasida iqtisodiy, siyosiy, madaniy ijtimoiy sohalarda rivojlanib boradi-deb aytishadi. Ijtimoiy tarmoqlarning xalqaro ijtimoiy aloqalarda qo‘llamilayotgani sababli vaqt o‘tgan sari unga qiziqish, ortib bormoqda mualliflar bu borada aloqa terminining originalligiga va aloqa metodlarining analizlariga da’vo qilishmayapti. Ular ijtimoiy kategoriyaning fazoviy o‘lchovlar bilan birlashuviga va uning shiddatli o‘sishiga befarq emas. Globalizatsiyaning kelib chiqishi uzoq o‘tmishga borib taqalishini terminlar bilan aniqlash yo‘li bilan, tarixchilar tadqiqotlarinig guvohlik berish bilan aniqlash mumkin deydi afrika va Britaniya imperializmining tarixchisi Anthony Hopkins. 2002-yil Hopkins maqolalar to‘plamida tarixiy manbalarga asoslanib, din, savdo tarmoqlari sistemasining o‘rganib chiqqani haqida yozdi. Shu bilan bir qatorda Hopkins globalizatsiya dastlab G‘arbda paydo bo‘lgan degan qarashni ilgari suradi. Bu esa tarixchilarning globalizatsiyani o‘rganishdagi qo‘shgan hissasi. Globalizatsiya va tarix jarayoni tarixchilar uchun katta o‘rganish obyekti hisoblanadi 1 P.N. Stearns, Globalization in World History, London 2010, pp. 4-5; R. Robertson, The Three Waves of Globalization: A History of a Developing Global Consciousness, London 2003; K. Moore, D. Lewis (eds.), The Origins of Globalization, New York 2009. 22 Globalizatsiya erkin bozor iqtisodini tantanasi deya ta’riflanadi. Amerika qo‘shma shtatlarida globalizatsiya butun dunyoda bozor iqtisodiyotini rivojlanishiga katta sharoit yaratdi deb hisoblanadi. Birinchidan, Amerikalik Tomas Fridman “New York Times” gazetasining Fast World manifestida globalizatsiyaamerika manfaatlari uchun xizmat qilishini yoritadi. Ikkinchidan, u harbiy kuchning kerakligini, “berk musht” orqali iqtisodga ta’sir korsatadi deydi. Fridmanning fikricha AQSh eng katta davlat bo‘lsa ham, tinchlikni saqlash uning vazifasi hisoblanadi. AQSh bugungi kunda mudofaa va tashqi siyosatni muvaffaqlashtirishni xohlaydi, deydi Fridman. Djef Eleyning fikricha, siyosiy globalizatsiya tushunchasi faqatgina bo‘lib o‘tgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Tarixchilar uchun eng muhim maydon bugungi kundagi globalizatsiyaning rivojlanish jarayonidir. Globalizatsiya jarayoni bir davr bilan chegaralanib qolishi kerak emas, balki, u qulchilik, ko‘chish jarayoni va transmilliy mehnat bozorini ham o‘z ichiga olishi kerak. Rostou Stadining iqtisodiy o‘sish bo‘yicha izlanishlarida 1960- yilda chiqqan komunistda bo‘lmagan Monifestida amerikacha rivojlanish yoqlab chiqib, undan andoza olib rivojlanish kerakligini maqullagan. Vaqtlar o‘tishi bilan Ayzen Shtatning moderinizatsiya izlanishlarida oldingilardan farqli o‘laroq, 1960-yildagi moderinizatsiya teoriyasi asoslanmagan degan xulosaga kelindi. Chunki moderinizatsiya teoriyasi demokratik institutlar oldida buyruqbozlik tizimi ustun kelganini isbotladi. Xozirgi zamon tarixi umumiy madaniy mamlakatlararo aloqalarni o‘sishini o‘rganishi kerak. Tarixchilar fikricha g‘arbning barcha o‘sishlarini bir tomonlama yoritmasdan boshqa mamlakatlarning ham yangi zamon globalizatsiyasini o‘rganishi kerak. Yevropada juda ko‘p regionlar va xalqlar mustamlakachilik siyosatini qo‘llab quvvatlaydi. S.A. Beylining aytishicha globalizatsiyaning rivojlanishi faqatgina yevropada emas, balki butun dunyoda sodir bo‘lgan. Andre Gyunder Frank esa quyidagi qarashni isbotladi. Uning fikricha, Globalizatsiya bo‘yicha oldingi va hozirgi izlanishlar 23 butun Yevroosiyo iqtisodiyoti bo`yicha yevropa emas balki Xitoy uzoq vaqt oldinda bo‘lgan. Uning fikricha, yevropada uyg‘onish davri XIX asrdagina boshlangan. A. Frankning dunyo iqtisodidagi fikrlari diqqatga sazovordir. Dunyo kapitalistik va kollonializm tuzumiga tanqidiy qarashlari bn alohida ahamiyatga ega. U o‘z tadqiqotlarida Yevropa va Lotin amerikasi aloqalarini noto‘g‘ri deb aytadi. Butun dunyo nazariyasiga asoslangan holda Marksizm nazariyasi ham savdo va iqtisodiyotni rivojlantirishga asoslangan bo‘lgan. Olimlarning nogohi faqat g‘arb kapitalizmining kelib chiqishiga emas balki Sharqda 1970-yil paydo bo‘lgan qaram izlanishlarda zodagonlar o‘rtasidagi uzulishga qaratilgan. Globalizatsiya jarayoni faqat tarix varaqalarida yozilgan jarayonlarni o‘z ichiga olmasdan, boshqa jamoa tashkilotlarning davlatlararo aloqalarida tezlashganligini ko‘rishimiz mumkin. Xo‘sh globalizatsiyani tarixchilar uchun tadqiqot maydoni deb atash mumkinmi? Dunyo tarixini o‘rganishda juda ko‘p tarixiy manbalarga murojaat qilingan, bu esa yangi izlanishlar uchun imkoniyat yaratgan. Tarixchilar o‘z tadqiqotlarida turli nazariyalarni asosli deb hisoblamasdan, empirik tadqiqotlarni yoqlashgan. Sunga qaramasdan dunyo taruxchilari, georafik va iqtisodiy tadqiqotlardan o‘zlari uchun qarashlar va tushunchalarni asos qilib olishgan. Globallashuv jarayonlari aniq siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy kontekstlarda o‘rganilishi lozim. Tarixiy savollar xalqlar orasidagi o‘zgarishlarni vaqt va maydon orqali aniqlashni o‘rganishda katta rol o‘ynaydi. Bu tadqiqotlarda solishtrma yondashuv, madaniyatlararo tarixiy aloqalar o‘rganiladi. Global jarayonlarni o‘rganishda aniq tarixiy bo‘lim, aniq vaqt va joy, tematik izlanishlar va siyosiy nozik masalalar tarixiy izlanishlar uchun asos bo‘la oladi. Yoshlarni qadimgi dunyo tarixi bilan tanishtirish. Bu bob XX asr o‘rtalarida nashr etilgan nufuzli jahon tarixi darsliklar bilan solishtirilgan va maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. 1930-yilning oxirida mashhur fransuz F. Braudel fransuz maktablari yoshlar e’tiborini jahon tarixining eng ajoyib va 24 yorqin manzaralarini aks ettirishga qaratilgan kitob yaratgan edi. Xaritalar yordamida Braudel 1 o‘zining “Le Monde Aktlari”da O‘tmishda dunyo tarixida turli xil sivilizatsiyalar mavjud bo‘lganki, biz ularni “Yevropadan tashqari sivilizatsiyalar” va “Yevropa sivilizatsiyalari” (bunga Kolumbdan keyingi amerikaliklar va ingliz tilida so‘zlashuvchilar,shuningdek, AQSh va Kanada) ga bo‘lishimiz mumkin. Bu kitobdagi boy va turfa xil ma’lumotlar fransuz o‘qituvchilar tomonidan yaxshi kutib olinmadi, va nihoyat, Fransuz xalq ta’limi dasturidan chiqarildi. Keyinchalik, ushbu kitob ingliz tiliga “Sivilizatsiyalar tarixi” nomi bilan nashr etilib, eng ko‘p sotilgan kitobga aylandi. Ayni shu vaqtda, mashhur avstriyalik tarixchi Ernest Gombrich “Eine kurtze Sheltgeschichte für junge Leser” (“Yosh o‘quvchilar uchun qisqacha jahon tarixi”)ni 1930- yilda yozdi va 10 xil tilda nashr qilindi. Ushbu kitob dunyoning barcha hududlari o‘quvchilari tomonidan iliq kutib olindi. Urushdan keyingi davrdagi eng mashhur fransuz tarixchisi Fernand Braudel (1902-1985-yillar) va avstriyalik taniqli san’at tarixchisi Ernest Gombrich (1909-2001-yillar) birgalikda yosh o‘quvchilar uchun Gomrich 1930-yilda, Braudel 1960-yilda dunyo tarixi kitoblarini nashr ettirdilar. Bu ikkila kitob ham o‘zining yangiliklarga to‘laligi va ajoyibligi kitob mualliflarining taqdiriga o‘zgarish kiritdi. Braudelning kitobi yaxshi kutib olinmadi, eng muhimi boshlandi, Gombrichning kitobi esa yaxshi kutib olindi va yosh o‘quvchilar orasida mashhur bo‘ldi. Ushbu kitoblarning yaratilish tarixida yozuvchi tarixchilar bir qancha turli xil qiziqarli narsa va voqealarga duch kelishini ko‘rishimiz mumkin. 1936-yilning sentabr oyida Braudel Sao Paolo institutida “Tarixni o‘qitish” mavzusida ma’ruza qildi. Ushbu ma’ruzadan keyin u qanday qilib “ta’limiy hikoya”ni “sarguzasht ertak”ga aylantirish haqida chuqur o‘yga toldi. U shunday bir sir aniqladi, ya’ni mavhum 1 S.N. Eisenstadt, Breakdowns of Modernization, in “Economic Development and Cultural Change” 1964, 12, 4, pp. 345-367; Id., Multiple Modernities, in “Daedalus”, 2000, 129, 1, pp. 1-29; Id., Multiple Modernities in an Age of Globalization, in “The Canadian Journal of Sociology / Cahiers Canadiens de Sociologie” 1999, 24, 2, pp. 283-295. 25 atamalardan qochishga harakat qildi. Tarixni “dramatik qiziqish” sifatida o‘qitishni angladi va oddiy g‘oyaviy qurol sifatida o‘qitish kerakligini bildi. Sivilizatsiyalar tomon kalitni aniqladi. Gretsiya Afina sivilizatsiyasidan Kritgacha bo‘lgan hududida bo‘lganligini (Bolqon orolida emas), Misr esa Nil daryosi bo‘yida paydo bo‘lganligini ta’kidlagan. XX asrning 20-yillaridan keyin Braudel o‘z nazariyalari Fransiya ta’lim vazirligiga olib keldi va o‘rta ta’lim tarix fanini o‘zgartirish kerakligini aytdi. Uning ta’lim dasturida tarix bilan bir qatorda boshqa ijtimoiy fanlar geografiya, demografiya, iqtisodiyot,sotsiologiya, antropologiya va psixologiya fanlarini o‘qitish, shuningdek, o‘sha davr bilan zamondosh sivilizatsiyalar va bugungi kunning bosh muammolarini ham o‘qitish ko‘zda tutilgan edi. Braudel ishga borishni nihoyatda muhim hisoblardi. Shuning natijasida u jamoasi Suzanna Belli va Robert Fillip bilan birgalikda “Le Monde Aktlari”, “Sivilizatsiyalar tarixi” (“Librairie Classique Eugène Belin” 1963-yil Parij)kitobini yozdi. 20-yildan keyin, 1987- yilda Fransiyada Les Edition Arthaud tomonidan mustaqil kitob “Grammaire des civilizations” nomi ostida va muqaddimasi Mauris Aymart tomonidan yozilgan kitob nashrdan chiqdi 1 . 1993-yilda ushbu kitob ingliz tiliga tarjima qilinib, Penguin Books nashriyotida “Sivilizatsiyalar tarixi” nomi bilan nashr etildi.Uning muqaddimasi Braudel tomonidan yozilgan edi. Bu muqaddimada Braudel tarixni o‘qitishda yosh o‘quvchilarni turli xil yosh davrlarida bo‘lib o‘qitish kerakligini aytib o‘tgan. Bu savolga qanday qilib turli xil maktab yoshlari orasida muvaffaqiyatli o‘qitildi. “Eng boshida o‘quvchilar bolalar va oxirida ular qariyalardir”. O‘quv kurslarini: rejalarni talab qilish, ustunlik va muhtojliklar imkoniyati va aql-zakovat sari yo‘naltirish kabilarga bo‘linadi. Bolalar uchun, men doimo oddiy hikoyalarim, rasmlar, teleseriallar va filmlar hamda boshqa so‘zlar, an’anaviy tarixni yaxshilaydigan medialarni tavsiya qilaman. Asosiy muammo, ularga yordam berishdir, ushbu jarayonda hissiyotni loyihalashni kashf etish, 1 Compare the plea for ‘ Ecumenical’ history in D. Sachsenberg, World History as Ecumenical History?, in “Journal of World History”, 2008, 18, 4, pp. 465-489, esp. p. 485. 26 o‘tmishni real ko‘ra olish qobiliyatini shakllantirish muvaffaqiyat beradigan birinchi omildir. Xronologiya uchun hissiyot asta sekin o‘zini qo‘lga olish va sarosimalikni tarqatib yuborishga yordam beradi. Shunday qilib o‘quvchilarga tushuntirish payti kelib, ular lug‘atlarni o‘rganishga muhtoj bo‘ladilar,shunda ularga so‘zlar, fikrlar va narsalar aniq bo‘la boshlaydi. Yana ba’zi qo‘shimcha kalit tushunchalar “jamiyat, shtat, iqtisod, sivilizatsiya" lardir. Shularning barchasini oddiygina qilib tushuntirish mumkin. Biz hozir davr chizig‘ini kesib o‘tayotgan yoshlar bilan har kun to‘qnashamiz. Ular bilim o‘rganishga uncha qiziqmasligi, bitob o‘qishni xohlamasligi mumkin, lekin ular aynan shu yoshda bilimli, zakovatli bo‘lishlari mumkin. Biz ularga tarixning qanchasini o‘qita bera olyapmiz. U o‘zining "Sivilizatsiyalar tarixi" kitobida tarixni qancha qismini o‘rganishni haqiqatdan ham ta’minlab bera olgan. Uning ochilish bobida, Braudel lug‘atning o‘zgarishi muhokama qilgan. U ushbu qismda turli xil so‘zlar ma’nolari va har xil sivilizatsiyalarning kalit so‘zlarini tushuntirib berishga harakat qilgan. Barcha so‘zlar yuragi kitobning 2-bobi Barcha ijtimoiy fanlarni sivilizatsiyalarni o‘rganishga jalb qilish deb nomlanib uning qo‘shimcha boblari geografik mintaqalardagi sivilizatsiyalar, Jamiyatdagi sivilizatsiyalar, iqtisodiyotdagi sivilizatsiyalar, G‘oyalar sivilizatsiyasi. Birinchi 2 bob birgalikda 3-bobni Sivilizatsiyalarning davomiyligi ni tashkil etib, ushbu bob eng katta va uzun kitobdir, deyarli 600 sahifadan iborat. Keyingi ikki qism dunyodagi barcha sivilizatsiyalarni 2 qismga bo‘ladi Yevropadan tashqari sivilizatsiyalar va Yevropadagi sivilizatsiyalar. Oxirgi qismda Kolumbdan keyingi Amerika va ingliz tilida gapiruvchilar va AQSh va Kanada tarixiga bag‘ishlangan. Bu kitob o‘zining matnlari va rasmlar va sur’atlarining yo‘qligi sababli o‘rganish qiyin edi.Garchi kitobdagi 23 ta xarita o‘quvchi uchun insoniyat tarixini geografik rivojlanishini bilishga yordam berardi. Rasmlar va sur’atlar yetishmovchiligi va matnlarda muhokama qilingan mavzularning kamchiliklari bor edi. Braudel yosh o‘quvchilarning o‘qituvchilarning eng muhim quroli nutqdan foydalanishlarini xohladi. U shubhasiz o‘smirlar o‘quvchilarni o‘z kitobida yetarli darajada qiziqtira oladigan va dunyoni tushuntirishga yordam bera oladigan ajoyib hikoyalar, sana, matnlar, manbalar, xotiralar, fikrlar va taqqoslashlar bor deb hisoblagan. Braudel ushbu 27 hikoyalarni keng sur’atda va mavzuga oid ravishda yozgan 1 . Misol uchun, u turk xammomlari matnida Fors podsholigi va boshqa joylarga olib borilgan Arab bosqinlari natijasida qadimgi rim xammomlarini saqlanib qolinishiga olib kelgan degan. Efiopiyani tadqiq qilar ekan, dunyoning muhim qismi, insoniyat sivilizatsiyasi, Xristian dini, mil.avv. 350-yil qishloq xo‘jalik madaniyati, chorvachilik va omoch bilan yer haydash, bug‘doy va uzumchilik rivojlanganligi aytib o‘tgan. Xitoy aholisining vegetarian madaniyati haqida aytib kaloriyaning 98 foizi ular iste’mol qiladigan sabzavot manbalari natijasidir. ular saryog‘, pishloq yoki sut va oz miqdorda baliq yoki go‘sht iste’mol qiladilar. Xristianlik, Gumanizm va ilmiy qarashlarlar majmuasi Yevropada aralashganini turli yo‘llar orqali aks ettirgan. Braudel o‘z hikoyalarini xronologik tartibda bermagan yoki biror bir aniq narsa haqida hikoya qilmagan. U o‘zining Tarixni o‘qitish ma’ruzasida ta’limiy hikoyani sarguzasht ertakka aylantirishni xohlardi, chunki tarixda dramatik qiziqishlar bor deb hisoblardi. Natijada okeanning boy va xilma-xil ma’lumotlar o‘quvchilar qarshisida turardi. Geografiyaning yordam berishi Braudel uchun insoniyat tarixini tushunishning ustunidir. Natija ajoyib, ta’siri muhim emas o‘quvchilarning nishoni aqliy va hayajonga soladigan dunyoga bog‘liq bo‘lganligigadir. Kitob juda uzun, matnlar juda zich va ma’lumotlar ham juda boy, bu ham o‘quvchilar yutug‘i bo‘lib tuyuladi. Shunga qaramasdan, balki bu Braudelning haqiqatdan ham o‘rta maktablar kurashda yo‘qotganidir. O‘quvchilar kengashi tomonidan bu kitob talabalar uchun juda qiyin hisobladilar. Ta’lim vazirligi haqiqatdan ham sivilizatsiyalar dasturidan chiqarildi. Nihoyat 1970-yilda Braudelning kitobi sotuvga chiqarildi. Agar Braudelning “Sivilizatsiyalar tarixi” maktab darsligi sifatida qiyinchilik bilan qabul qilingan bo‘lsa, Ernest Gombrichning “Eine kurze Sheltgeschichte für junge Leser” (“Yosh o‘quvchilar uchun dunyoning qisqacha tarixi”) xalq tomonidan oson va iliq kutib olingan edi. Kitob 1935-yilda bir yil ilgari Braudelning Sao Paolo institutdagi “Tarixni o‘qitish” ma’ruzasi Gombrich tomonidan 26 1 F. Braudel, On History, Chicago 1990, p. 13. 28 yoshida amalga oshirildi 1 . Vena universitetining san’at tarixi doktoranturasida yosh Gombrich yosh o‘quvchilar uchun dunyo tarixini o‘qitishni taklif etdi. U ushbu topshiriqni 6 haftada yozib tugatdi. Bu kitob 1-marta 1936-yilda ko‘zga ko‘rindi va tezda 5 tilda tarjima qilindi. Urush yaqinlashganidayoq, yosh Gombrich boshpana izlab Angliyaga ketdi. Urush yakunlashib qolgach, u kitobini yana qayta ishlab, ma’lumotlar va topilmalar qo‘shib, 2 marta nemis tilida nashr etildi. 2005-yilda ingliz tilida 1-marta nashr qilindi. Bu kitob hozirgacha 25 tilda nashr etilgan. Dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan ushbu kitobning ingliz tilidagi nashrida “40 ta qisqacha bobda Gombrich insoniyat tarixini tosh davridan to atom bombasi davrigacha yoritib berdi. Voqealar o‘rtasida xilma xil urushlar va g‘alabalar rasmlari, rassomchilikning buyuk namunalari va ilmning yuksalishiga chek qo‘yish hodisalarini bayon etgan. Bu kitobda sanalar va faktlarga e’tibor qaratilmagan, balki insoniyatning asrlar davomida to‘plagan tajribasi, insoniyatning yutuqlari va o‘tkir qobiliyatiga guvoh bo‘lingan.” Braudelning “Sivilizatsiyalar tarixi” va Gombrichning “Eine kurze Sheltgeschichte für junge Leser” taqqoslaganda,bu ikkala kitobning ham maktab darsliklariga aloqasi yo‘qligini bilishimiz mumkin. Gombrichning nabirasi Leoni Gombrich English edition nashriyotida chiqqan kitobning muqaddimasini yozgan. Unda aytilishicha, Gombrich kitobni o‘quvchilar hordiq olishlari, hikoyalarni, ba’zi sanalar va nomlarni o‘z xotiralarida saqlashlarini xohlagan. U kitobini o‘qib chiqqanlarni tekshirishni hech qachon xohlamagan. Gombrichning ushbu yozgan asarini hech qachon uning yosh o‘quvchilari unutmaydilar. Shunday qilib, kitobning 1-bobi “Qadim o‘tgan zamonda” deb nomlanadi,u bu bobda Braudel kabi juda yosh odamlarga tarixdan saboq berish haqida so‘z yuritgan. U o‘quvchilariga “Xronologiyani his etish” tizimini “vaqtni tushunish” shuningdek, “lug‘at so‘zlar, fikrlar va narsalar haqida aniq ma’lumotlar beradi”. Shunday qilib tarixda yozilganlar “mo‘jizaviy chiroqlar”dir. Barcha hikoyalarning boshlanishi “Qadim o‘tgan zamonda” dir. Bu hikoyalarning barchasida nima bo‘lganligi to‘liq 1 F. Braudel, On History, Chicago 1990, p. 18. 29 aytilib, qadim o‘tgan zamonda deb boshlanadi. Bolaligingizga ilk bora onangiz qo‘lini tutganingizni eslay olasizmi sizning otangiz va onangiz bola bo‘lgani kabi buvingiz va bobongiz ham uzoq vaqt davomida bola bo‘lishgan. Shunday qilib vaqt o‘tavergan va orqaga qaytmagan. Gombrichning asosiy e’tibori yosh o‘quvchilar e’tiborini faqatgina 1-bobning nomi bilan emas, balki ularni kitobning eng yakuniy bobi “Barcha davrlarning eng buyuk kashfiyotchilari”ga qaratgan. Ushbu bobda tarixdan oldingiu davrda bo‘lgan kashfiyotlarga to‘laligi bilan ajralib turadi 1 . “Men o‘qiy olaman” bu so‘z ixtirolar alifbosini markazidir. “Omadsiz va omadli qirol” nomi bilan atalgan ayni paytdagi angliya qiroli Charliz I va fransuz qiroli Luiz XIV bilan to‘ladir. Ushbu kitobning Eng yakuniy qismi men yashagan vaqtni ortga qaytish nomi ostida yarim avtobiografiya tarzida yozilgan. Kitoblar orqali tarixni o‘rganish eng muhim narsalardan biri hisoblab,o‘zi uchun tajriba to‘plashi lozim bo‘lgan. Yana shuni aytiosh lozimki, agar siz insoniyat o‘tmishni yaltirab turgan manzaradan iborat deb o‘ylasangiz, hozirdabuyuk balandliklarni zabt eta olmagan bo‘lar edingiz derdi u. Mening yakuniy bobimda men sizga kichik bo‘lsa ham tajriba haqida gapirdim. Siz bu haqida ko‘proq o‘ylang va uni his eting. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling