Ta'limi vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi asqar n ig ‘m atov


Download 3.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/118
Sana25.10.2023
Hajmi3.22 Mb.
#1722646
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   118
Bog'liq
ekoturizim-asoslaripdf

2 2
EKOTURIZM asoslari
Ekoturlar maqsadiga ko‘ra:
• «Yowoyi» yoki «madaniy» tabiatni kuzatish va о ‘rganish (eko­
logik ta ’lim va tarbiya elementlari bilan birga);
• atrof tabiiy muhitda emotsional va estetik dam olish;
• tabiiy omillar bilan davolanish;
• sport bilan shug'ullanish va sarguzasht kabi turlarga ajratiladi.
Ekoturlar obyektiga ko‘ra:
• botanik, zoologik, geologik, geografik va shu kabilar;
• ekologik-etnografik, arxeologik, ekologik-madaniy;
agroekotur yoki agrotur;
• speologik, suv, tog‘ va shu kabilarga ajratiladi.
Vaholanki, yuqorida maqsad va obyektiga ko‘ra ajratilgan sinf-
lar o ‘zaro uzviy bog‘langan, biri ikkinchisidan kelib chiqadi. Lekin, 
am alda ekoturlarni tashkil etuvchi shaxslar ularning eng asosiy 
turlarini tanlab olib, tashkiliy — boshqaruv masalalarini muayyan 
turga qaratishi lozim. Masalan, AQSH ekoturizm agentligi tomonidan 
1998-yil uchun keltirilgan statistik m a’lumotlarga ko‘ra 48% ameri- 
kalik turistlar o'zlarining ta ’tillarini tabiatga yo'naltirilgan turizm 
orqali o ‘tkazishni m a’qul deb biladilar. Milliy ekoturlarning aksariyat 
qismi milliy bog'lar va shu kabi alohida muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlarga tashrif orqali rejalashtirilgan.
Ekoturizmning shakllariga ko‘ra mutaxassislar ekotur qatnash- 
chilarining yoshi va salomatligiga asosiy ko'rsatkich sifatida qara- 
moqdalar. Chunki tabiat injiqliklari va noqulay turistik sharoitlar 
sayyohlarning ularga chidamlilik qobiliyatiga qarab tasniflashga maj- 
bur etadi. Hech qachon maktab yoshidagi bolalarni ekstremal eko- 
turlarga, salomatligi yomon bo'lgan keksalarni baland tog‘ ekotur- 
lariga qo‘yib bo ‘lmaydi, qo'riqxonalarda esa katta-katta guruhlarga 
b o ‘linmaydi. Shuning uchun ham turizm da, ayniqsa, ekoturizmda 
ekologik xavfsizlik degan tushuncha mavjud va u ekotur o'tkazish- 
ning asosiy talablaridan hisoblanadi.
V. V. Xrabovchenko (2003) ekoturizm va ekoturlarni tasniflashda 
oddiygina qilib tortta ko ‘rinishini ajratgan — ilmiy, tabiiy-tarixiy, 
sarguzasht, tabiiy rezervatlarga qilinadigan sayohat. Afsuski u 
ekoturistik tasniflashga bir tom onlam a yondashgan, ya’ni iyerar- 
xik supasimon va o ‘zaro tizimlashgan ko'rinishda ilndalamagan.

Download 3.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling