Tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi
Download 304.85 Kb.
|
Majmua to\'liq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg‘ulotning maqsadi
- Ta’lim metodlari
3-amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: Pedagogik diagnostika kuzatish , sotsiometriya metodlari. Reja : 1. Pedagogik kuzatish metodi, turlari va uni qo‘llash tartibi. 2. Sotsiometriya metodi, turlari va amaliyotda qo‘llanilishi. 3.Pedagogik konsilium yoki ekspertlar tavsiyasi metodi, mazmuni hamda undan foydalanish yo‘llari. Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarlarni pedagogik kuzatish metodi, turlari va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida bilimlar bilan qurollantirish, ularga sotsiometriya metodi , turlari va amaliyotda qo‘llanilish usullarini o‘rgatish. Pedagogik konsilium yoki ekspertlar tavsiyasi metodi, mazmuni hamda undan foydalanish yo‘llari haqida ma’lumotlar berish. Ta’lim metodlari: FSMU , SINKVEYN ,BBB. Ta’lim vositalari: ko‘rgazmali materiallar , tayanch matn, markerlar, tarqatma materiallar, topshiriqlar. Kutilayotgan natija: Pedagogik diagnostikada kuzatuv metodi talabaning o‘qishga talabini, munosabatini, ma’suliyatini, qiziqishini, bilimga intilishini aniqlash hisoblanadi. Talabalar Pedagogik kuzatish metodi, turlari va uni qo‘llash tartibi haqida bilimlarga ega bo‘ladilar. Sotsiometriya metodi orqali kichik guruh a’zolari o‘rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o‘rganadilar va ularning darajasini o‘lchashda qo‘llaydilar. Egallangan bilimlarni turli xildagi ta’lim metodlari orqali mustaxkamlab olishadi. 1-topshiriq. FSMU texnologiyasidan foydalangan holda , talabalarni ikkita kichik guruhga ajratib olib pedagogik diagnostikaning metodlari haqidagi maʼlumotlardan kelib chiqqan holda har bir kichik guruhdan fikrlarini bayon etishlarini ,fikrlarini bayoniga sabab ko‘rsatishlarini , sababini isbotlovchi ya’ni tushuntiruvchi misollar keltirishlarini va ikkala guruh ham fikrlarini umumlashtirishlari so‘raladi. FSMU texnologiyasi (F) – fikringizni bayon eting. (S) – fikringiz bayoniga biron sabab kо‘rsating. (M) – kо‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring. (U) – fikringizni umumlashtiring. Download 304.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling