2-amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: Pedagogik diagnostika metodlari.
Reja :
1.Testlar, ularning turlari qo‘yiladigan asosiy talablar.
2.So‘rov metodi turlari , shakllari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi:Talabalarga testlar, ularning turlari qo‘yiladigan asosiy talablar haqida ma’lumotlar berish va ularni So‘rov metodi turlari , shakllari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar to‘g‘risidagi bilimlar bilan qurollantirish. Padagogik diagnostikaning test, so‘roqlash va kuzatish metodlari bor. Test pedagogik diagnostika metodlari orasida eng qulay hisoblanib, u bir jihatdan sifatli ma’lumot berishi bilan ajralib turishini o‘rgatish.
Ta’lim metodlari: klaster metodi, qor bo‘ron ,yechim daraxti.
Ta’lim vositalari: tayanch matn, markerlar, tarqatma materiallar, topshiriqlar.
Kutilayotgan natija: Talabalar pedagogik diagnostikaning tadqiqot metodlari haqida umimiy ma’lumotga va pedagogik diagnostika metodlarini amalda qo‘llash to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishadi.
Egallangan bilimlarni turli xildagi ta’lim metodlari orqali mustaxkamlab olishadi.
1-topshiriq. Pedagogik diagnostika metodlarini klaster metodi orqali ifodalab bering
Pedagogik diagnostika metodlari
2-topshiriq. Pedagogik diagnostikaning ayni paytda test metodi ta’limiy xulosalar bilan birga texnologik vaziyatni, istiqbolni, harakat yo‘nalishini ham belgilab beradigan turlarini " yechimlar daraxti " nomli metod orqali ifodalang
3-topshiriq. Pedagogik diagnostika metodlari va ularning turlari haqida olgan bilimlarni mustahkamlash uchun "qor bo‘ron" metodidan foydalanamiz. Bunda guruh talabalari ikkita kichik guruhlarga bo‘linib mavzudan kelib chiqgan holda bitta- bittadan ma’lumot berishadi. Har bir guruh talabalari ma’lumot berishganidan keyin bitta qog‘ozni qor shaklida yumalab qo‘yishadi. Keyin oxirida har bir guruhning yumaloqlangan qog‘ozlari ya’ni qorlari sanaladi va qaysi guruh g‘olib bo‘lib qaysi guruh mag‘lub bo‘lgani aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |