Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet100/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

1918-y 20 aprel, 1 may - Turkiston Sovetlarining 5 qurultoyi bo'lib, unda RSFSR tarkibida Turkiston avtonom sovet respublikasi (TASR) tuzildi.

1919-y mart - Turor Risqulov raisligida Turkiston o'lkasi musulmonlar byurosi tuzildi.

1919-y 9 aprel - Taxtada Jo'naidxon bilan Sovet Rossiyasi o'rtasida bitim imzolanib, Xiva xonligining mustaqilligi tan olindi.

1919-y 22-oktyabr - Madaminbek boshchiligida Farg'ona muvaqqat muxtoriat xukumati tuzildi.

1919-y 4 noyabr - Turkkomissiya tashkil qilindi

1920-y 2 fevral - Qizil armiya qo'shinlari Xiva shahrini ishg'ol qildi va Xiva xoni Said Abdulla taxtdan voz kechdi.

1920-y 26 aprel - Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi e'lon qilindi.

1920-y 2-sentyabr - Turk front qo'mondoni M. Frunzening bosqinchi armiyasi Buxoro shahrini bosib oldi, Amir Said Olimxon xokimyati ag'darildi.

1920-y 6-8-oktyabr - Butunbuxoro xalq vakillarining 1 qurultoyi bo'lib, Buxoro xalq sovet Respublikasi tuzilganligiga (hukumat raisi Fayzulla Xo'jayev) qonuniy tasdiqlandi.

1921-y 6 mart - Xorazmdagi Polvonniyoz Yusupov hukumatini qizil askarlar ag'darib tashladi.

1921-y avgust - Buxoroda Turkiston milliy Birligi tashkiloti tuzildi.

1923-y mart - O'rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (Средаз ЭКОСО) tuzildi.

1925-y 13 fevral - Buxoroda bo'lgan Umumo'zbek sovetlarining 1 qurultoyi O'zbekiston SSR tuzilganligi e'lon qilindi. (1929 yilgacha uning tarkibida Tojikiston ASSR bo'lgan.)

1925-y fevral - Qoraqalpog'iston Muxtor viloyati (Qozog'iston ASSR tarkibida) tuzildi.

1925-y 13 may - O'zbekiston SSSR tarkibiga kirdi.

1925-1929-yy - O'zbekistonda yer-suv islohoti o'tkazildi.

1927-y mart - O'zbekiston SSR konistitutsiyasi qabul qilindi.

1927-y - O'zbek ayollarini ozodlikka chiqarish uchun "Hujum" kampanyasi boshlandi.

1929-y oxiri - Munavvar Qori boshchiligidagi o'zbek ziyolilari qamoqqa olindi va qatag'on qilindi.

1930-y - O'zbekiston poytaxti Samarqanddan Toshkentga ko'chirildi.

1930-1932 yillar - O'zbekistonda o'ziga to'q dehqon xo'jaliklari "quloq" sifatida tugatilib, qishloq xo'jaligining kollektivlashtirish amalga oshirildi.

1931-y - Toshkent qishloq xo'jalik mashinasozlik zavodi ishga tushdi.

1932-y mart - Qoraqalpog'iston muxtor viloyati RSFSRga kiradigan Qoraqalpog'iston ASSRga aylantirildi.

1932-y - O'zbekiston SSR MIK huzurida Fanlar Komiteti tashkil qilindi.

1934-y mart - O'zbekiston yozuvchilari uyushmasi tuzuldi.

1937-y 23 mart - Qoraqalpog'iston ASSR Konstitutsiyasi qabul qilindi.

1937-1938 yillar - Mustabid sovet rejimi O'zbekistonda ommaviy ravishda qatag'onlar o'tkazdi.

1939 yil 1-15 sentabr - Katta Farg'ona kanali qazildi.

1941 yil iyun-

1945 yil may - O'zbekiston xalqlari Germaniya fashizmiga qarshi urushda ishtirok qildilar.

1943 yil 4 noyabr - O'zbekiston fanlar akademiyasi tashkil qilindi.

1943-1944 yillar - O'zbekistonga qrim tatarlari, chechenlar, ingushlar, bolqarlar, pontiya greklari va mesxeti turklari ko'chirildi.

1947 yil - Chorjo'y - Qo'ng'irot temir yo'li qurildi.

1955 yil - Samarqand superfosfat zavodi ishga tushirildi.

1958 yil 3 sentabr. - Navoiy shahri tashkil etildi.

1958 yil - Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining Toshkent konferensiyasi bo'ldi.

1961 yil - Taxiatosh GRESning 1-navbati ishga tushirildi.

1961-1965 yillar - Buxoro - Ural gaz quvuri (uzunligi 6100 km) ishga tushirildi.

1965 yil - Amu - Buxoro kanali qurildi.

1966 yil 26 aprel - Toshkent shahrida kuchli zilzila bo'ldi.

1967 yil - Dunyoda eng uzun O'rta Osiyo - Markaz gaz quvuri (uzunligi 13750 km) qurildi.

1966 yil - "Tashavtomash" zavodi bazasida Toshkent traktor zavodi barpo etildi.

1972 yil - Zarafshon shahriga asos solindi.

1977 yil 6 noyabr - Toshkent metropolitenining 1-navbati ishga tushirildi.

1978 yil - Uchquduq shahri tashkil topdi.

1984-1989 yillar - "Paxta ishi" natijasida O'zbekistonda o'n minglab kishilar qatag'on qilindi.

1985-1987 yillar - Qayta qurishning birinchi bosqichi bo'ldi.

1987-1990 yillar - Qayta qurushning ikkinchibosqichi bo'ldi.

1988 yil 11 noyabr - "Birlik" xalq harakati tashkil topdi.

1989 yil 21oktabr - O'zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan "O'zbekiston SSRning davlat tili haqida" gi Qonun qabul qilindi.

1990 yil 24 mart - O'zbekiston Kompartiyasi MK birinchi kotibi I.A. Karimov O'zbekiston SSR Prizidenti qilib saylandi.

1990 yil 30 aprel. - "Erk" demokratik partiyasi tuzildi.

1990 yil 20 iyun - O'bekiston SSR Oliy Soveti "Mustaqilligi Deklaratsiyasi" ni qabul qilindi.

1991 yil 31 avgust - O'zbekiston Oliy Kengashi "O'zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e'lon qilish to'g'risida" Qonun qabul qilindi.

1991 yil 1 sentabr - Bu kun - O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb e'lon qilindi

M U N D A R I J A

I b o b. O'zbekiston xalqining 1917-1924 yillarda mustaqillik uchun kurashi. Respublikaning tuzilishi

1-§. Turkistonda istiqlol uchun kurashning g'oyaviy asoslari 3

2-§. 1917 yilda O'zbekiston hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. 5

Rossiyada 1917 yil voqealari va uning Turkistonga ta'siri 5

3-§. Turkiston Muxtoriyati - tub yerli xalqlar davlatchiligi tarixida yangi bosqich 8

4-§. Turkistonda o'rnatilgan sovet rejimi va bolshevistik diktaturaning mohiyati 13

5-§. Turkistonda boshqaruv tizimining tuzilishi va iqtisodiyot sohalaridagi o'zgarishlar 16

6-§. Xorazmda milliy-demokratik harakat. Xon hokimi-yatining ag'darilishi 19

7-§. Buxoro amirligida islohotlar. Ajnabiy tajovuzkorlik. Amir hokimiyatining ag'darilishi 22

8-§. Turkiston xalqlarining milliy-davlatchilik yo'lidagi harakatlari va muqobil jarayonlar 25

9-§. Asriy xo'jalik jarayonlarining buzilishi va iqtisodiy inqiroz 27

10-§. Turkistonda ocharchilik va uning oqibatlari 29

11-§. Turkistonda sovet mustabid tuzumiga qarshi qurolli harakat 32

12-§. Iqtisodiy inqirozdan chiqish tadbirlari. Yangi iqtisodiy siyosat va uning natijalari 35

13-§. Xorazm respublikasida ijtimoiy-siyosiy jarayonlar (1920-1924 yillar) 37

14-§. Buxoro Respublikasida hokimiyat tizimi. 41

G'oyaviy-siyosiy vaziyat va xalq xo'jaligi (1920-1924 yillar) 41

15-§. Buxoro va Xorazm respublikalaridagi qurolli kurashlar 45

16-§. O'zbekistonda madaniyat, ma'naviyat va milliylik uchun kurash 49

17-§. O'quv yurtlari, matbuot, ma'rifat, mutaxassislar tayyorlash jarayonidagi

ziddiyatli muammolar 52

18-§. Milliy-hududiy chegaralash va O'zbekiston SSRning tuzilishi 55

19-§. Qoraqalpog'iston 1917-1924 yillarda 58

II b o b. O'zbekiston mustabid tuzum iskanjasida

(20 yillarning ikkinchi yarmi-30 yillar)

20-§. O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot. Mustabid hokimiyatning mustahkamlanishi 60

21-§. O'zbekiston qishloq xo'jaligini isloh qilish jarayonlari 62

22-§. Sanoat qurilishi va xalq hunarmandchiligi muammolari 65

23-§. Yangi iqtisodiy siyosatning tugatilishi. Mustabid tizimning kuchayishi 67

24-§. O'zbekistonda sanoatlashtirish sur'atlarini jadallashtirish va uning asoratlari 70

25-§. Qishloq xo'jaligini jamoalashtirish. Uni amalga oshirish usullari va fojiali oqibatlari 72

26-§. Madaniy qurilish: maorif va fan rivojining asosiy yo'nalishlari va muammolari 75

27-§. Milliy san'at va adabiyotning rivojlanishidagi yutuq va ziddiyatlar 78

28-§. O'zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolari 82

29-§. Mustabid sovet rejimining O'zbekistondagi ommaviy qatag'on va terror siyosati 84

30-§. O'zbekistonning 20-30 yillardagi xalqaro aloqalarining cheklanishi 89

31-§. Qoraqalpog'iston 20 yillarning 2-yarmi-30 yillarda 91

III bob. O'zbekiston fashizmga qarshi urush ylllarida

(1941-1945-ylllar)

32-§. Urush boshlanishi. O'zbek xalqining fashizmga qarshi kurashdagi hissasi 96

33-§. O'zbekiston iqtisodiyotining g'alaba uchun safarbarligi 98

34-§. Qishloq xo'jalik ahlining mehnat jasoratlari 100

35-§. O'zbekiston fani va madaniyati - g'alaba uchun 102

36-§. O'zbekiston aholisining moddiy turmushi. Front bilan aloqa mustahkamlanishi 106 Qoraqalpog'iston urush davrida 106

37-§. O'zbekiston jangchilarining jasorati va qahramonliklari 109

IV b o b. O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va rivojlanish muammolari

(1946-1970 yillar)

38-§. O'zbekiston xalq xo'jaligining urushdan keyingi ahvoli 112

39-§. Aholining milliy tarkibi va sovet hukumatining Respublikadagi milliy siyosati 114

40-§. Ziyolilarning qatag'on qilinishi. Shaxsga sig'inishning fosh etilishi 116

41-§. O'zbekiston sanoatining bir tomonlama rivojlanishi 119

42-§. O'zbekistonda hunarmandchilikning ahvoli 122

43-§. Paxta yakkahokimligining kengayishi va uning salbiy oqibatlari 125

44-§. Qishloq xo'jaligining ahvoli 127

45-§. Aholi tunnush darajasidagi o'zgarish va muammolar 130

46-§. Ma'naviy madaniyatning rivojlanishidagi ziddiyatlar 132

47-§. Fan va oliy ta'lim: siljishlar va qiyincniliklar 135

48-§. O'zbekistonning xalqaro aloqalarda qatnashuvi 137

V b o b. O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy inqirozning kuchayishi

(1971-1985 yillar)

49-§. O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti. Sovetlarning partiya organlariga qaramligi 140

50-§. Aholining o'sishi va milliy tarkibidagi o'zgarishlar 142

51-§. Sanoat sohasidagi ziddiyatlar 143

52-§. Qishloq xo'jaligidagi noxush holatlar 146

53-§. Yangi yerlarni o'zlashtirish va paxta ekiladigan maydonlarni kengaytirish 148

54-§. Aholini ish bilan ta'minlash va milliy ishchi kadrlar tayyorlash muammolari 150

55-§. Ekologik vaziyatning og'irlashishi. Orol fojiasi 152

56-§. Mehnatkashlarning turmush darajasi. Aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish 155

57-§. Ma'naviy-madaniy hayot 158

58-§. Fan. Mutaxassis kadrlar yetishtirish 161

59-§. Qoraqalpog'iston ASSR 1946-1990 yillarda 163

VI b o b. O'zbekistonda sovet mustabid tuzumining inqirozga yuz tutishi va

mustaqillik uchun harakatlar (1985-1991 yillar)

60-§. Kommunistik mafkuraning nomilliyligi va xalq manfaatiga zidligi 165

61-§. "Qayta qurish" siyosati va ijtimoiy-siyosiy inqiroz 171

62-§. Xalq milliy ongining ofsishi. Demokratiya va ijtimoiy faollik 174

63-§. Iqtisodiyotda turg'unlik jarayonlarining chuqurlashuvi 177

64-§. Mustaqilligi yo'lidagi dastlabki qadamlar. Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi 181

65-§. Mustaqillikka harakat davrida madaniy hayot va ma'naviyat 184

O'zbekiston tarixining eng asosiy sanalari (1917-1991-yy.) 188

Java Books Maker KIRISH

Aziz o'quvchi!

Qo'lingizdagi darslik Vatanimizning milliy istiqlol davri tarixini yoritishga bag'ishlangan. O'zbekiston xalqi 20 asrning so'nggi o'n yilligi boshlarida sovet tuzumiga qaramlikdan ozod bo'lib, o'z taqdirini o'zi belgilash xuquqini qo'lga kiritdi. 1991 yil 31 avgustda Prezident Islom Karimov Oliy Kengashning navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida O'zbekistonning davlat mustaqilligini e'lon qildi. Xalqimizning asriy orzusi ro'yobga chiqib, siyosiy mutelik va zug'umdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat - O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi.

Mustaqillik yillarida O'zbekistonda xuquqiy-demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o'tish maqsadida keng qamrovli demokratik isloxotlar amalga oshirildi. Mazkur darslikni o'qish, o'rganish jarayonida Siz mustaqillik yillarida milliy xuquqiy davlat qurilishi jarayonini - markaziy va maxalliy davlat xokimiyati organlari barpo etilishi va ularning faoliyatini, shuningdek, erkin fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi, o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat tashkilotlarning vujudga kelishi va ularning faoliyatini bilib olasiz.

Mazkur darslik mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy isloxotlarning mazmun-moxiyatini, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonini idrok etishda, ko'p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar tabaqasining shakllanishini, yuksak texnologiyalar asosida bunyod etilgan yangi zamonaviy korxonalar va ularning faoliyatini, sanoat, transport, aloqa, qishloq xo'jaligi soxasida erishilgan yutuqlarni o'rganishda Sizga yordam beradi. SHuningdek, Siz mamlakatimizning ma'naviy-madaniy xayotida sodir bo'lgan chuqur o'zgarishlarni, bu soxada erishilgan yutuqlarni bilib olasiz.

Qo'lga kiritilgan yutuqlarimizga Yurtboshimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning "o'zbek modeli" asos bo'lib xizmat qilganini, bu yo'lning mazmun-moxiyatini qalban anglab yetasiz, deb umid qilamiz.

Mustaqillik yillarida ona-Vatanimiz - O'zbekiston jaxon xamjamiyatiga qo'shildi. Dunyodagi yirik, rivojlangan mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik, iqtisodiy, madaniy aloqalar o'rnatildi, o'zaro manfaatli aloqalar tobora kengayib bormoqda. O'zbekiston xalqaro muammolarni xal etishdagi qat'iy siyosati va amaliy faoliyati bilan xalqaro maydonda obro'-e'tibor qozondi. O'zbekiston jaxon xamjamiyatida munosib o'rin egallagan, o'zining mustaqil ovoziga ega bo'lgan davlat darajasiga ko'tarildi. Qo'lingizdagi darslik O'zbekiston tarixining bu soxadagi yorqin saxifalarini bilib olishda Sizga ko'maklashadi, albatta.

Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, o'rta maxsus, kasb-xunar ta'limi markazi tomonidan tasdiqlangan "O'zbekiston tarixi" fani o'quv dasturi asosida tayyorlandi.

1-§. O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining e'lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma'qullanishi

Mustaqillik deklaratsiyasi. 1990 yil 18 iyun kuni 12 chaqiriq respublika Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasi ochildi. Deputatlarning taklifi bilan O'zbekistonning Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qilish masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy komissiyalari, faol deputatlar va xuquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Mustaqillik Deklaratsiyasi matni sessiyada qizg'in muxokama qilindi va 20 iyun kuni qabul qilindi.

Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo'lib, ularda xalqimizning xoxish-irodasiga to'la mos keladigan quyidagi muxim tartib-qoidalar belgilab qo'yildi:

"O'zbekiston SSR Oliy Kengashi:

- o'zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an'analari;

- xar bir millatning o'z taqdirini o'zi belgilash xuquqini ta'minlasbdan iborat oliy maqsad xaqi;

- xar bir kishining farovon xayot kechirishini ta'minlashni oliy maqsad deb bilgan bolda;

- O'zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas'uliyatni chuqur xis etgan xolda;

- xalqaro xuquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qiladi".

O'zbekiston SSR ning davlat suvereniteti.

O'zbekiston SSR demokratik davlatining o'z xududida, barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlarda tanxo xokimligidir.

O'zbekiston SSR davlat xududi chegarasi daxlsiz va bu xudud xalqning muxokamasiga qo'yil may turib o'zgartirilishi mumkin emas.

SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O'zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O'zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlangandan keyingina O'zbekiston xududida kuchga ega bo'ladi.

O'zbekiston SSR davlat xokimiyati vakolatiga O'zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi.

O'zbekiston SSR xalqaro xuquqning asosiy prinsiplarini tan oladi, xurmat qiladi va xokazo.

Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi mamlakatimizning torn ma'nodagi xaqiqiy mustaqillikka erishish yo'lida muxim axamiyatga ega bo'ldi. SHundan e'tiboran mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy xayotiga doir masalalar mustaqil tarzda xal etila boshlandi.

O'zbekistonning mustaqillik sari inti-

O'zbekistonning Ittifoq shartnomasini yangilashga munosabati. O'zbekistonning mustaqillik sari intilayotgani uning yangi Ittifoq shartnomasini ishlab chiqish jarayoniga respublika manfaati nuqtayi nazaridan kelib chiqqan xolda, qat'iylik bilan yondashayotganida yaqqol namoyon bo'ldi.

Sobiq Ittifoqqa kiruvchi respublikalar rasman teng va suveren deb yuritilsada, amalda qaram edilar. Ular o'z yerlari, suvlari, o'rmonlari va yer osti boyliklariga, ko'pdan ko'p korxonalariga o'zlari egalik qilolmas edilar. 80 yillarning oxirlari, 90 yillarning boshlarida ko'pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o'zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar. O'zbekiston Respublikasining raxbari I. A. Karimov 1989 yil 20 sentabrda Moskvada bo'lib o'tgan KPSS MQ sining plenumida so'zlagan nutqida respublikalar bilan Ittifoq o'rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo'yishni ko'zda tutadigan yangi shartnoma ishlab chiqish zarurligi to'g'risida o'z fikrini bildirib: "Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o'zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo'yish, respublikalar mustaqilligini xar jixatdan mustaxkamlash tarafdorimiz",- degan edi.

Biroq markaziy xokimiyat respublikalarga erkinlik berish xaqidagi talab-takliflarni e'tiborga olishni istamas, to'g'rirog'i ularga erkinlik berishni xoxlamas edi. Markazning qaysarligi xamda respublikalar jamoatchiligining ta'siri ostida markazdan ajralish xarakati kuchayib bordi. 1990 yil baxorida Boltiqbo'yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon Respublikalari Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e'lon qildilar.

Ittifoq bo'yicha o'z milliy davlat tuzilmalaridan tashqarida yashayotgan 60 milliondan ortiq axoli milliy-etnik muammolar, mojarolarga duchor bo'ldi.

Rossiya, Ukraina, Belarus parlamentlari davlat suvereniteti to'g'risida Deklaratsiya qabul qildilar. Ittifoqdosh respublikalar ketidan RSFSR ga kiruvchi muxtor respublikalar xam suverenitet xaqida deklaratsiyalar qabul qilishdi. Markazda va joylarda SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi, degan masalada baxs va munozaralar kuchaydi. Markazdagilar "Kuchli markaz - kuchli respublikalar" desa, joylardagilar "Kuchli respublikalar - kuchli markaz" der edilar.

Markaziy xokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e'tirof etishga majbur bo'ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug'ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990 yil iyulda Moskvada markaz vakillari bilan respublikalar delegatsiyalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdilar. 1990 yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi.

Dasturda respublikalar o'z xududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish xuquqiga ega ekanligi ta'kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yondashuv marka-zdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyixasini tuzib respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan O'zbekiston, markaz loyixasini qabul qilmadi. SHu tariqa, shartnoma loyixasini tuzish xarakatining birinchi bosqichi natijasiz tugadi.

1991 yil fevral mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyixasi ustida ishlashning ikkinchi bosqichi bo'lib o'tdi. Unda Boltiqbo'yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo'lib qatnashdi. Bu bosqichda Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo'yishga xarakat qilindi. Nixoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab qo'yilgan yangi shartnoma loyixasi matbuotda e'lon qilindi. Respublikalarda mazkur loyixa muxokama qilindi. Respublikalar, jumladan O'zbekiston, markaziy idoralar xali o'zining eskicha xukmron mavqeyini saqlash ruxi singdirilgan bu xujjatdan qanoatlanmaganliklarini bildirdilar.

SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o'zgartirish, SSSRni teng xuquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991 yil 17 mart kuni Butunittifoq referendumini o'tkazishga qaror qildi. 1991 yil 20 fevralda O'zbekiston Oliy Kengashining rayosati xam referendum o'tkazishni ma'qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qo'shimcha byulletenni ovozga qo'yishga qaror qildi.

Qo'shimcha byulletenga "Siz O'zbekistonning mustaqil teng xuquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?" degan savol qo'yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foizi bu savolga "Xa" deb javob berdilar. Demak, o'zbekistonliklar o'z mamlakatini mustaqil davlat sifatida Federativ Ittifoqda bo'lishini, O'zbekistonning suveren respublika sifatida rivojlanishini yoqlab ovoz bergan edilar.

O'zbekiston raxbariyati referendum natijalariga asoslanib, respublikalarga to'la mustaqillik berishni ko'zlamaydigan shartnoma loyixasini rad etdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining 1991 yil 12 martda bo'lgan 4 plenumida so'zlagan nutqida: "Ittifoq shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt qo'ldan boy berib qo'yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko'targan kishilarning ovoziga xech kim quloq solmadi. Markaz 1922 yildagi shartnomaga maxkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysalga soldi", - degan edi. Bu fikrning to'g'riligini xayot to'la isbotladi.

1991 yil aprelda Kievda Ukraina, Rossiya, Belarus, O'zbekiston, Qozog'iston Respublikalari raxbarlarining uchrashuvi bo'ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo'llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu xujjatni Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari xam imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo'ldi.

1991 yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika raxbarlari bilan uchrashuvi bo'ldi. Ishtirokchilar tomonidan "Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo'lmaydigan choralar to'g'risida qo'shma Bayonot" imzolandi. Bu xujjat "9+1" (9 respublika + markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kievda bildirilgan fikr-muloxazalarga rozi bo'lganini ko'rsatadi.

1991 yil 3 iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika raxbarlari o'rtasida uchrashuv bo'ldi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to'g'risida keskin munozara bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov mavjud Ittifoq, uning tuzilmasi, markaz bilan respublikalar o'rtasida vakolatlar taqsimoti xech kimni qoniqtirmasligini keskin qilib qo'ydi, markazchilik nuqtayi nazarini o'tkazishga urinuvchilarni qattiq tanqid qildi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-muloxazalari asosan inobatga olingan "Mustaqil davlatlar ittifoqi to'g'risida shartnoma" loyixasi ishlab chiqildi. Loyixa barcha Respublikalar Oliy Kengashlariga muxokama uchun jo'natildi.

Mazkur shartnoma loyixasi O'zbekiston Oliy Kengashida 1991 yil 14 iyunda muxokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. SHu bilan birga respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.

1991 yil iyul oyining oxirlarida Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyixasini uzil-kesil tayyorlash uchun markaz vakillari va respublika raxbarlarining uchrashuvi bo'ldi. Markazni xam, respublikalar raxbarlarini xam qanoatlantiradigan "Mustaqil davlatlar ittifoqi to'g'risida shartnoma" loyixasi tayyorlandi. Ammo xamma rozi bo'lgani xolda "Mustaqil davlatlar ittifoqi to'g'risidagi shartnoma"ni imzolash 1991 yil 20 avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M. S. Gorbachyov Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo'nab ketdi. Markaziy xokimiyatni saqlab qolish, respublikalarga mustaqillikni bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir bir "imkoniyat" vujudga kelgan edi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling