Tarixiy roman


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/33
Sana18.12.2017
Hajmi4.8 Kb.
#22512
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
joylashtirilgan jonning bir bo’lagidir. Vatanni sevganlar o’z jonini ham sevadilar. Vatanni sevmay
vatansevar bo’lib ko’ringanlar o’z jonlariga suiqasd qilganlardir.” 
 
Aslida Vatanni sevmoq o’z joniga suiqasd qilmoqqa aylandi, deb o’yladi Mirtemir. Axir Boymirza 
Hayitning o’zi Vatanni sevgani uchun surgunda emasmi? Qancha- qancha Vatanim deganlar o’qqa 
tutilmadilarmi? Chunki shohlar Vatan degan qavramning ma’nosini o’zimda 
mujassamlashtirganman, deb o’ylaydilar. Shu boisdan o’zlarining qing’ir-qiyshiq ishlariga qarshi 
chiqqanlarga “Vatan xoini” tamg’asini yopishtiradilar va o’zlarining Vatanni sevmaganlari sezilib 
qolmasligi uchun Vatanni sevganlardan qutilish yo’llarini izlaydilar. 

 
Mirtemir xayol surib o’tirar ekan, telefon jiringladi: 
  
-Boymirza Hayit rostdan ham ertaga kelar ekanlar, – dedi sim qoqqan o’rinbosari Isoqjon. 
 
-Biz ham kutib olishga chiqamiz, – dedi Mirtemir. 
 
Boymirza Hayitning Vatanga qaytishi katta voqea edi. Bu voqea fikrlarda qurilgan bir qancha 
“obidalar”ni vayronaga aylantirardi. Doim Ikkinchi Jahon Urushida Vatan uchun qon to’kdik, deya 
xayqirib keldik. Mana endi ma’lum bo’ldiki, biz boshqalarning vatani uchun qon to’kkan ekanmiz. 
Ishg’ol ostida bo’lganimiz uchun bizni xuddi qullardek jangohga yo’lladilar. Son-sanoqsiz yer 
yigitlar tuproqqa qorishdilar. Buni Vatan uchun, deya ongimizga singdirishdi. Qalblarda soxta 
obida qurdilar. Ota-bobolarimiz ruslar tarafida turib “Vatan uchun” deya ko’kragini o’qqa qarshi 
kerganda, Boymirza Hayitlar ularning qarshisida turgandi. Kim haq, kim nohaq edi? Mana bugun 
bu savolning javobi o’rtada. Shuningdek, Boymirza Hayitning kelishi biz iftixor etib ko’zimizga 
surgan tarixning yolg’on ekanini ham isbotlaydi. Avvaliga Karimov Boymirza Hayitning kelishiga 
ruxsat berar ekan, deputatlarning talabidan qutilishni mo’ljallagan edi. Masalaning ana shu “nozik” 
jihatlarini ham tushuntirib berishgach, u bir zum o’yladi-da, maslahatchisi Baxtiyor Nazarovga 
yuzlandi: 
 
-O’zing chiqib ana u boboyni kutib ol. Har yerda valaqlab yurmasin. Undan foydalanishimiz kerak. 
Televizorga chiqib, siyosatimizni qo’llasin! 
 
Baxtiyor Nazarov chiqib ketgach, Karimov Milliy xavfsizlik xizmati boshlig’ini chaqirdi: 
 
-Nazarovning aytishicha, Boymirza Hayitning kelishi Ulug’ Vatan Urushi qatnashchilarini 
g’alayonga keltirar ekan. Shuningdek, tarixchi olimlarimiz ham bundan norozi ekanlar. Siz niima 
deysiz? 
 
-Aslida Baxtiyor Nazarovga bu xususda maxsus hisobot tayyorlab bergandik, –  dedi muloyim 
ohangda Aliev. –  Biz bugun sobiq rahbarimiz Rashidovni oqladik. U kishi Boymirza Hayitga 
qarshi bir qancha maqolalar yozganlar. Taniqli olimlarimiz, bugun bizga yaqin bo’lgan qobiliyatli 
rahbarlar Boymirza Hayitni “xoin”, deb hisoblab kelganlar va hisoblaydilar. Ammo eng asosiysi, 
Moskva bizdan jiddiy norozi. 
 
-Nega norozi bo’ladi? 
 
-Sizlar chegaradan chiqib ketayapsizlar, deyishdi Moskovdan. Boymirza Hayitning qaytishi 
G’alaba bayramiga soya tushiradi, milliyatchi kuchlarni birlashtiradi. 
 
-Ularni tinchlantirib qo’ying. Boboyni istaganimizdek sayrattiramiz. Kerak bo’lsa, qilmishlari 
uchun uzr ham so’ratamiz. Ertaga aeroportda olomon yig’ilmasin. 
  
Kimlar kutib olishga chiqqanini ro’yxat qiling. Har qanday voqeani o’z foydamizga 
yo’naltirishimiz kerak. Do’stimiz kim, dushmanimiz kim, ana shunday voqealarda o’rtaga chiqadi. 
Agar boboy televizorga chiqib, aytganlarimizni gapirsa, ana u jo’jaxo’roz to’polonchilarning ham 

popugini pasaytirib qo’yardik. Ular bizga emas, ana shunday boboylarga ishonishadi. Agar 
aytganimiz o’ngidan kelsa, boboyni men o’zim qabul qilaman va mustaqillik bayrog’ini qanday 
ko’tarishni jo’jaxo’rozlarga ko’rsatib qo’yaman. 
 
Ertalabdan qo’nalg’a atrofini mirshablar o’rab olishdi. O’tganga o’tmalab, ketganga ketmalab 
qaraydigan yo’lto’sarlar singari mirshablar har turli bahonalar bilan yo’llarni bekitdilar. Boymirza 
Hayitni kutib olish katta tantanaga aylanmagan bo’lsa-da, “yuqoridagilar” o’z rejalarini qadam-
baqadam amalga oshirdilar. 
 
Boymirza Hayitni avval qo’nalg’aning qahvaxonasiga olib kirishdi, keyin uning yoniga 
yaqinlashgan Baxtiyor Nazarov unga: 
 
-Siz uchoqdan tushganda tiz cho’kib erni o’pibsiz, – dedi. 
 
-Men Vatan tuprog’ini o’pdim, ozod Vatanimning tuprog’iga egildim,-deya javob qildi Boymirza 
Hayit. 
 
-Bilasizmi, bizning televizorchilar uchoqning yonigacha borisholmaydi. Shu bois hozir shu yerda 
o’sha voqeani takrorlasak. Siz tiz cho’kib tuproqni o’psangiz, ular suvratga olib xalqqa 
ko’rsatishsa. 
 
Boymirza Hayit seskanib tushdi: 
 
-Yoshim etmishdan o’tganiga ancha bo’ldi,-dedi u. –  Men haqimda minglab feletonlar yozildi, 
meni taxqirladilar, menga bo’hton uyushtirdilar, lekin xafa bo’lmadim. Ammo hozirgidek hech 
qachon tuyg’ularim toptalgan emas. Men artist emasman, men Vatan tuprog’ini birovga ko’rsatish 
uchun o’pmadim. U yuragimdan kelgan bir hisning tashqi ko’rinishi edi. 
 
-To’g’ri, siz haqsiz, –  dedi Baxtiyor Nazarov. –  Lekin Sizni mustaqil Vatanimizning mustaqil 
yurtboshisi jasorat bilan taklif qildilar. Moskov g’azab bilan kuzatib turibdi. Shunday sharoitda 
bir-birimizni anglamasak, kulgili holga tushamiz. 
 
-Men sizni anglayman. Lekin mening tuyg’ularim bilan o’ynamang! 
 
-Bilasizmi, Siz kabi insonlar juda oz. Hamma ham Vatanning qadriga, bu tuproqning qadriga 
etavermaydi. Etmish yil davomida bizni Xudosizga, dinsizga, ateistga aylantirib yuborishdi. Bu 
tuproq uchun jon berish Allohning buyrug’i ekanligini hech kim bilmaydi. Siz kabi buyuk bir 
insonning bu tuproqni o’pishini ko’rgan xalq uyqudan uyg’onadi va o’z mustaqilligini anglaydi. 
Shunday ekan, bugunga qadar Vatan uchun aziyat chekdingiz. Yana bir marta cheksangiz bizni 
  
xursand qilasiz. 
 
Boymirza Hayitning qo’llari titray boshladi. So’ngra bu titroq butun vujudiga yoyildi. Ko’zlaridan 
nafrat pishqira boshladi. 
 

-La’nat bo’lsin sun’iy tarixga! – dedi va tiz cho’kib peshonasini zaminga bosdi. Ancha vaqt shu 
holda “Suvratga olinglar, qayta-qayta olinglar” degandek, bosh ko’tarmay turdi. 
 
-Bu kadr mustaqillikning simvoli bo’ladi, –  dedi Baxtiyor Nazarov atrofdagilarga. So’ngra 
Boymirza Hayitning qo’lidan tortib turg’azdi. 
 
-Endi ikki og’iz xalqimizga murojaat qilsangiz, – dedi u hali nafasini rostlab olmagan mehmonga. 
 
Boymirza ota qurib qolgan lablarini tili bilan namladi-da: 
 
-Men ellik ikki yildan keyin Vatanga keldim. O’g’lim vafot etganda uzoqlarda  dardim bilan 
yakkama-yakka qoldim. Agar ruxsat bersangizlar, avvalo qishlog’imga borsam, fotiha o’qisam, 
ana undan keyin televizorga chiqarmiz. 
 
-Sizni oqsoqol bilan, ya’ni yurtboshimiz bilan uchrashtirmoqchi edik. Agar televizor masalasi 
keyinga qoladigan bo’lsa, bu masalani ham orqaga surishga majburmiz. 
 
-Juda yaxshi, juda yaxshi, –  dedi Boymirza Hayit bolalarcha samimiyat bilan. –  Zotan davlat 
rahbarining ishi ko’p , biz u kishining vaqtini qadrlaymiz. 
 
-Ammo oqsoqol qabul qilsalar, yo’limiz ochilib ketardi. 
 
-Mayli uchrashamiz. Faqat qishloqqa borib marosimlarni o’tkazib qaytaylik, – dedi Boymirza ota 
yolvorgan ohangda. 
 
Shu payt Tashqi ishlar vaziri kirib keldi va Boymirza otani quchoqladi. Ular biroz 
suhbatlashgandan keyin: 
 
-Darhol ba’zi o’lkalarda elchixona ochilsa, mustaqillik devorlari qurilgan bo’ladi, – dedi Boymirza 
ota. – Chet elda yashagan vatandoshlar bu kunlarni ko’z yoshi, qalb og’rig’i bilan kutdilar. Ular 
uchun ham Vatan yo’llarini ochmoq kerak. 
 
-To’g’ri,-dedi vazir.-Lekin hali Vatanimiz yangi tug’ilgan boladek, endi yurishni o’rganayapti. 
Buning ustiga pulimiz oz. Hozir xalqqa non topib berish bilan mashg’ulmiz. Chet eldagi muhojirlar 
esa faqat masjid qurish uchun kelmoqdalar. Ular Vatanni emas, o’zlarini o’ylamoqdalar. Masjid 
qursam nomimni abadiylashtiraman, deb o’ylayaptilar… 
  
Boymirza ota vazirga qarab ma’nodor kulib qo’ydi. Bu kulgining ortida “Senlar odam bo’lishing 
uchun yana qancha daryolar oqishi kerak” degan ma’no bor edi. 
 
Mirtemir Boymirza ota bilan ko’risharkan: 
 
-Vaqtingiz bulsa, bizning madarasaga ham tashrif buyurarsiz. “Turon” ijodkorlar uyushmasining 
Sizga beradigan zarradek hadyasi bor,-dedi. 
 

-Insholloh, kelamiz,-dedi Boymirza ota. –  Hadya qabul qilish hissini ham bir yashab  
ko’rmoqchimiz. 
 
-Bu hadya Siz o’ylagandek, qo’l bilan ushlab ko’riladigan emas, – hazillashdi Mirtemir. – U etmish 
yillik armonlarning mag’zini mujassamlashtirgan armug’on. Hozirdan aytib qo’ysam, qizig’i 
qolmaydi. 
 
Boymirza ota oddiy narsaga ham quvonadigan, oddiy hazildan ham sevinadigan inson edi. Qah-
qah otib kularkan, xuddi o’rnidan sakrayotgan odamga o’xshardi. Jussasining kattaligi, 
peshonasining kengligi, ko’zlarining darinligiga qaramay, u jajji bolakaylarni eslatardi. Balki 
uning bo’hronlar ichidan omon chiqishining siri ham ana shunda edi. 
 
Mirtemir aytish kerakmidi, deb o’yladi. “Istiqlol Cho’lponlari” unvoni ta’sis qilingani va 
Boymirza otaning kitoblarini chop etish harakatlari boshlanganini aytish unga kuch berarmidi? 
Mayli, keyin aytarmiz. Agar qolgan ishga qor yog’masa? 
 
Mirtemir ba’zan o’zi o’ylagan narsalardan o’zi qo’rqib ketardi. Chunki o’ylagani boshiga kelardi. 
Bu safar ham shunday bo’ldi. Qolgan ishga qor yog’di. 
 
Boymirza ota qishlog’ida ekan, Milliy xavfsizlik xizmati boshlig’i Karimovning huzuriga kirdi: 
 
-Boymirza Hayitning qishlog’ida va atrofida ahvol og’irlashdi, –  dedi u. –  Har turli harakatlar 
mitinglar o’tkazmoqdalar. Bundan norozi bo’lgan qariyalar “Bu Vatan uchun biz bekorga 
jonimizni o’rtaga qo’ydikmi”, deya namoyishga chiqishmoqchi. 
 
-Men Sizga necha marotaba aytdim, gap olib kelmang, raport yozib keling… 
 
-Raportni maslahatchiga bergandim, mana nusxasi. Maxsus raport 
Faqat Prezidentga. 
 
Boymirza Hayit 12.07da soat 6.30da aeroportga keldi. 
  
13.07da poytaxtni tomosha qildi. Muxolifat vakillari bilan uchrashdi. Yonidan qo’shiqchi 
Dadaxon Hasan ajralmadi. 
 
14.07da qishlog’iga qarab yo’lga chiqdi. Viloyat hokimligi tarafidan karnay- surnay chalib, gullar 
bilan qabul qilindi. Mehmonxonada hokim muovini Dilshoda opa bilan janjallashib qoldi. 
Dilshoda opaning e’tiroziga qaramay, to’g’ri qishlog’iga bordi. U yerda muxolifat minglarcha 
ishsiz yoshlarni to’plab turgandi. Boymirza Hayit gapirar ekan, mikrofon o’rnatishdi. U 
“Boshimizga nima balo kelgan bo’lsa, kommunistlardan keldi, ulardan qutilmasak, mustaqil 
bo’lolmaymiz” dedi. 
 
15.07.Ota-onasi va oilasidan vafot etganlar uchun diniy marosim o’tkazdi. Kelgan-ketganga 
Ikkinchi Jahon Urushi qatnashchilarini yomonladi. 
 
16.07. Nevarasining sunnat to’yini o’tkazdi. 

 
18.07.Sayohatga chiqdi. Pochaota daryosi boshlanadigan joyga qadar etib bordi. Keyin 
Arslonbobni ziyorat qildi. 
 
19.07.Qo’shni viloyatlarga bordi. Hamma joyda odamlarni to’plab, targ’ibot ishlari yurgizdi. 
 
20.07.Bizning e’tirozimizdan keyin hokimlikka chaqirildi. Biz Boymirza Hayitni yakkalab 
qo’yish, atrofida uymalab yurganlarni chetlashtirish uchun barcha tadbirlarni ko’rdik… 
 
-Bu raport juda ham tor. Qolaversa, nima sababdan menga emas, maslahatchiga berildi,  –  dedi 
Karimov. 
 
-Sizga etkazish uchun berilgandi. Batafsil yozilgan ikkinchi varianti ham bor. U ham 
maslahatchida. 
 
Karimov jahl bilan qora telefonning dastagini oldida: 
 
-Baxtiyor, quloq sol! – dedi. – Sening hajga borib, nima qilmishlar qilib kelganingni unutganim 
yo’q. Menga ikkiyuzlamachilik qilma! Nima saababdan KGB raportini yashirding? Nima 
sababdan ana u boboyning jilovini qo’yib yubording? Yigirma to’rt soat ichida mamlakatni tark 
etsin. Bu mamlakat “Vatan xoinlari”ning futbol maydonchasi emas. Uni quvib kelganingdan 
keyin, mening nomimga tushuntirish xati yoz, – deb, telefon dastagigni yana o’rniga qo’ydi. 
 
Boymirza Hayitning mamlakatdan qanday chiqib ketganligini hech kim bilmay qoldi. Nega degan 
savolga javob beradigan kishi yo’q edi. Chunki shu kunlarda Karimov qilichini yalong’ochlab, 
g’azab otiga mingandi. Ko’ziga yomon ko’ringan yoki nomi qulog’iga yomon eshittirilgan har 
qanday odamni jazoga tortayotgan edi. 
  
E R K [ 6 4 ] 
 
  
 
Karimov asta-asta zolim hukmdorga aylanib qoldi, deb o’yladi Mirtemir. Hali yaqindagina 
muxolifatdan hayiqardi, lekin endi muxolifatning liderlarini kaltaklayapti, qamoqqa tashlayapti, 
surgun qilayapti. U odimba-odim bosib kelayapti. Lekin muxolifat nega chekinayapti? Mirtemir 
o’zicha ana shu savolning javobini qidirdi. 
 
Kunlarning birida Mirtemirga Shavkat Temur telefon qildi: 
 
-Eshitishimcha, Siz Erk partiyasiga a’zo bo’libsiz,-dedi u. –  Yuz berayotgan voqealarni 
ko’rayapsiz. Bizning oramizdagi voqealardan xabaringiz bo’lsa kerak, parchalanib ketayapmiz. 
Birlashmasak, holimiz voy bo’ladi. 
 
-Men hali partiyaga a’zo bo’lganim yo’q, – dedi Mirtemir. – Lekin bugun bir bo’lib kurashmoq 
uchun partiyaga a’zo bo’lish kerak, deb hisoblayman. Qolaversa, Oliy kengashda muxolifat 
fraktsiyasini tuzishimiz kerak. Kuchga aylanmasak, bitta-bitta sindirishmoqda. 

 
-Fikrlarimiz yaqin ekan. Bir uchrashib gaplashaylik, –  dedi Shavkat Temur. Ular “Xalqlar 
do’stligi” metro stantsiyasi yonida uchrashdilar. 
-Birlashish, butunlashishimiz kerak, – dedi Shavkat Temur. – Lekin kechagi xatolarimizga baho 
bergandan keyin birlashish kerak. Biz katta kuch edik. Hukumatning oramizga josuslar suqishi, 
ba’zi birlarimizni sotib olishi tufayli ikkiga bo’lindik. O’rtaga boshqa bahona otildi. Bizni “Ular 
avval demokratiya keyin mustaqillik” istashdi, deb ayblamoqda. O’zlarini esa “Biz avval 
mustaqillik keyin demokratiya dedik”, deya oqlashmoqda. Agar tariximiz va voqealar jiddiy tahlil 
qilinsa, bu bahona ekanligi o’rtaga chiqadi. 
 
-Hozir ana shu tahlilga vaqt yo’q. Tezroq birlashib chora qidirmasak keyin tahlil u yoqda tursin, 
voqealarni eslashga ham vaqtimiz qolmaydi, – dedi Mirtemir. 
 
-Yo’q, vaqtimiz qolmasa ham bu haqda gaplashish kerak. Agar Iso Xolis menga qo’shilsagina, 
men undan keyin boshqa narsalarni o’ylab ko’rishim mumkin. 
 
Mirtemir ancha gaplashib ko’rdi va bu mijg’ov odamga faqat “xo’p” deb qutilishdan boshqa chora 
yo’qligini angladi: 
 
-U holda men Iso Xolis bilan gaplashaman va hammamiz bir oraga kelib, qaysi shartlar doirasida 
kuchlarni birlashtirish masalasini muhokama qilamiz-dedi. 
 
Shundan keyin Mirtemir Iso Xolis bilan uchrashdi. Iso Xolisning ikki oyog’i bir 
  
etikka tiqilgandi. Karimov unga bergan va’dalarni unutgan va qilichini uning ham boshida 
aylantirayotgan edi. U qasos degan hisning qopqoniga ilingandi. Shuning uchun Mirtemirning 
taklifini darrov qabul etdi. 
 
-Demokratik Kuchlar Forumi nomi bilan bir yig’ilish o’tkazaylik, – dedi Mirtemir. 
– Muxolif qarashdagi barcha deputatlarni ham da’vat etamiz. Sobiq Bosh vazirni ham chaqiraylik. 
 
-E, yo’q! Sobik Bosh vazir bilan yo’limiz boshqa-boshqa. 
 
-Bugunga qadar boshqa-boshqa edi, lekin hozir bir yo’ldamiz. U ham Karimovning zulmiga 
uchradi. Zulmga qarshi zulmni his etganlar birlashishlari mumkin. Zulmni ko’rmaganlar esa uni 
kutib turaveradilar, – dedi Mirtemir. 
 
O’sha kuni Birlik harakati va Erk partiyasi rahbarlari bir erga to’plandilar. Tortishuv uzoq davom 
etdi. Oxirida “Forum” masalasi qabul etildi. Erk partiyasining joyi bo’lgani uchun “Forum” shu 
yerda o’tkaziladigan bo’ldi. Lekin “Forum” da Shavkat Temur ishtirok etmadi. 
 
-Iso Xolis va tarafdorlari mening kelishimni istashmapti. Demak, men borsam “Forum” buzilardi, 
– dedi u Mirtemirga. 
 
Shunga qaramasdan, muxolifat kuchlarining bir butun holga kela boshlagani hukumatni cho’chitib 
qo’ydi. 

 
Bir kuni muxolif deputatlar to’planib, Oliy kengash majlisida parlament raisini ishdan bo’shatish 
harakatini boshlashga qaror qildilar. Ular Karimovdan qutilishning birdan bir demokratik yo’li ana 
shu deb bilardilar. Rais keyingi paytda Karimovdan tinimsiz “kaltak” eyayotgandi. Karimov raisni 
almashtirish payida edi. Shunday paytda parlamentda deputatlar raisning masalasini kun tartibiga 
keltirsalar Karimov ham qarshi chiqmas edi. Agar raisning o’rniga adolatli bir kishini saylasalar, 
keyin Karimovning tanobini tortib qo’yish oson bo’lardi. 
 
-Oliy kengash raisi Moskovdan katta hadyalar olib turgan, – dedi Mirtemir deputatlarga. – Mana 
qo’limizda unga hadya sifatida berilgan engil mashinalar va boshqa sovg’alar haqida hujjat bor. 
Bu mustaqilikka xiyonatdir. Biz bu masalani ko’tarsak, hech kim qarshimizga chiqa olmaydi. 
 
-Birlik harakati shu kuni miting o’tkazib, bizni tashqaridan turib qo’llamoqchi, –  dedi Ibod 
To’raev. 
 
Shundan keyin majlisda kimning nima haqda gapirajagi kelishib olindi. Oliy Kengash raisini 
almashtirgunga qadar Karimov haqida lom-mim demaslikka kelishib olindi. Ammo majlis kuni 
Iso Xolisning mitingni bekor qilgani o’rtaga chiqdi. 
  
Buni eshitgan deputatlarning xunobi oshdi. Majlisni Karimov kirish so’zi bilan ochdi. U so’zini 
tugatib, o’rniga o’tirar ekan kutilmaganda Iso Xolis “Savol bor”, deya baqirdi. Mirtemir tushuna 
olmay qoldi. Kecha kechqurun Karimovga gapirmay turamiz, deb kelishgandik. Nega birdan Iso 
Xolis bu kelishuvni buzdi? Hozir arava boshqa tomonga yurib ketmasa bo’lgani. 
 
Xuddi Mirtemir o’ylagandek bo’ldi. Jilovni kengash raisi Yo’ldoshev ushlab oldi: 
 
-O’tiring o’rningizda, O’rtoq Muhammadboev! Sizning niyatingizni yaxshi bilamiz. Bugun bu 
yerda qanday o’yinlar ko’rsatishingizni ham yaxshi bilamiz, – dedi Yo’ldoshev. 
 
Yo’ldoshev Iso Xolisning eng nozik joyiga niqtagandi. Iso Xolis uning taxallusi. Negadir u o’z 
familiyasidan nafratlanardi. Familiyasini aytgan odam qarshisidagi dushmanga aylanardi. Shu bois 
Yo’ldoshevning gapi sariqning joni sariq holvada degandek, uning jahlini chiqardi. Qog’ozga ikki 
satr nimalarnidir yozdi-da, raisning yoniga borib deputatlik vakolatnomasini topshirib, chiqib 
ketdi. Uning bu “o’jarligi” qimmatga tushdi. Yo’ldoshev imkoniyatdan foydalanib, muxolif 
millatvakillariga hujum qildi. Ulardan birortasiga so’z bermadi. Gapirmoqchi bo’lganlarni 
“buzg’unchilar”, deb majlis zalidan chiqarib yubordi. Shu o’yin bilan u o’z umrini biroz uzatdi.. 
 
Iso Xolisni majlisdagi “pat-pat” tovuqdek harakati Erk partiyasini ham og’ir ahvolga soldi. Partiya 
kotiblari, faollari qamoqqa olina boshlandi. Partiya gazetasining ustidan tergov boshlandi. Bir kuni 
Mirtemir partiya binosiga kelsa, Iso Xolisdan boshqa hech kim yo’q edi. Iso Xolis suvga tushgan 
mushukdek, boshini elkasining ichiga tortgancha shumshayib o’tirardi. 
 
-Shunaqa,  –  dedi u. –  Og’ir kuningda hamma tashlab ketadi. Xayriyatki, ukalarim bor ekan. 
Gazetani ular bilan birga chiqarib turibman. 
 

Mirtemirning unga rahmi keldi. Aslida ko’p narsa uning o’z xatosi bilan yuz berdi, uni 
o’yinchoqdek o’ynatishdi, deb o’yladi. Lekin bugun partiya hukumatga muxolifatda. Bugun 
demokratiyani himoya qilayapti. Agar uni ham Birlik singari yopib tashlashsa, undan keyin 
demokratiya uchun eshiklar ham uzoq yillarga yopiladi. Agar barcha muxolif millatvakillari hozir 
shu partiyaga o’tsalar, balki uni qutqazib qolish mumkindir? Lekin kuni kecha partiya kotibi 
Oripovni qamoqqa olishdi. Iso Xolisni har kun chaqirishayapti. Shunday sharoitda kim ham bu 
partiyaga o’tishga rozi bo’lardi. Aslida mardlik shunday paytda bilinadi. Bir sinab ko’rishim kerak. 
 
-Men ertaga qadar deputat do’stlarimiz bilan gaplashaman. Kamida o’n kishi partiyaga a’zo bo’lib, 
Oliy kengashda partiya guruhini tuzsak, balki ta’qiblarni to’xtatarmiz. 
  
-Bu ta’qiblarni Yo’ldoshev degan ho’kiz uyushtirayapti, –  dedi Iso Xolis. –  Men Karimovning 
maslahatchisi Mavlon bilan gaplashdim, bu ishlardan oqsoqolning xabari yo’q ekan. 
 
-Menimcha faqat sizning emas ko’pchilikning xatosi ana shu yerda. O’tgan oy “Xalq so’zi” 
gazetasining muharririni ishdan olishdi. “Bu ishni Karimov boshqarayapti”, deb hech kimni 
ishontirolmadim. Karimovning nomiga murojaatlar yozildi, o’rtaga odam qo’yildi, lekin natija 
bo’lmadi. Karimovsiz hech kim nafas ololmaydi. Karimovsiz biror bir rahbar odim otolmaydi. 
Karimovning mahorati shundaki, u boshqalarning qo’li bilan kaltaklaydi, o’zi panada qoladi. 
 
-Bu hayajon masalasi, – dedi Iso Xolis “hayajonlanib ketdingiz” so’zlarini yumshatib. – Siyosatda 
sovuqqon bo’lish kerak. Bilaman, siz Karimovni yomon ko’rasiz. Shu sababdan u ko’zingizga 
hamma ishning aybdori bo’lib ko’rinadi. 
 
-Biz endi demokratiya sharoitida emas, diktatura sharoitida yashayapmiz. Bunday paytda hamma 
mansabida qaltirab o’tiradi. Shunday ekan, bir partiyaning kotibini qamab qo’yishga kim jur’at 
etaoladi? Yoki bir gazetaning ustidan kim tergov boshlata oladi? 
 
-Baribir ham Karimovga murojaat qilib ko’rish kerak. U tushunadigan odam. 
 
Iso Xolis o’zini bunchalik go’llikka solishi Mirtemirni hayratlantirdi. U nimadandir 
cho’chiyotgandek edi. Orada qandaydir sir borga o’xshaydi. Shuning uchun keskin ohangda gapira 
boshladi: 
 
-Hali uch-to’rt yil o’tsin, siz o’zingiz o’rtaga chiqib, Karimov tushunmaydigan odam, deysiz. U 
kecha siz bilan juda muloyim gaplashdi, ertaga esa sizni yo’qotib ham yuborishi mumkin. Qachon 
bo’layotgan voqealar ortidagi kuchni ko’ra olsak, parda orqasidagi rejessyorni tanisak va tanibgina 
qolmay, buni ochiq-oydin gapirsak, o’shanda haqiqat o’rtaga chiqadi. 
 
Iso Xolis tortishuvga nuqta qo’ymoqchi bo’ldi va: 
 
-Ibrohim Haqqul gazetani tashlab qochdi. Shu ishni siz olsangiz, qani Karimovni qanday 
tanishingiz ma’lum bo’lardi, gap boshqa, ish boshqa, – dedi. 
 
Shu nuqatda Mirtemir uni Karimovga o’xshatdi. Xuddi shunday gapni u Karimovdan ham eshitgan 
edi. Lekin u ham Karimov kabi Mirtemirning nafsoniyat nuqtasini topa oldi. 

 
-Menimcha gazetaga rahbari masalasi Markaziy kengashning vakolatiga kirsa kerak. Agar 
Markaziy kengash lozim topsa, o’shanda o’ylab ko’raman, – dedi Mirtemir yumshab. 
  
-Yangi yilning uchinchi kuni Markaziy kengashning majlisi bor. O’shanda bu masalani hal 
qilamiz. 
 
Mirtemir Iso Xolis bilan xayrlashib chiqib ketgach, deputat do’stlari bilan gaplashdi. Har kimning 

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling