Tariyx fakulteti


Tema: Manǵollar basqınshılıǵı dáwirinde mádeniyattıń ayaq astı qılınıwı hám áste- aqırın janlanıwı. (XIII-XIV ásir I yarımı)


Download 0.52 Mb.
bet19/52
Sana27.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1299388
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52
Bog'liq
OMK Ozbek xaltq maden qq

Tema: Manǵollar basqınshılıǵı dáwirinde mádeniyattıń ayaq astı qılınıwı hám áste- aqırın janlanıwı. (XIII-XIV ásir I yarımı)
Reje
1. Mongollar basqınshılıǵı dáwirinde Oraylıq Aziyada materiallıq hám mánewiy mádeniyat krizisge ushrawı.
2. Shaǵatay ulusindaǵı mádeniy turmıs.
3. Altın Orda dáwirinde Xorezm mádeniyati.


Móǵullar bosqini ólkamizning moddiy va mánaviy mada- niyati taraqqiyotini bir necha yuz yillar orqaga surib yubordi. Asrlar davomida xalqimizning aql-zakovati bilan bunyod etilgan gózal shahar va qishloqlar, osmonópar tarixiy qurilish obidalari, binokorlik va mе’morchilik sańatining nodir va bеtakror nusxalari yеr bilan yakson qilindi, ularning kuli kókka sovurildi. Ayniqsa, má­naviy mеrosimiz kórgan zararni til bilan ifoda etish qiyin. Yozma manbalar, nodir kitoblar yondirildi, oyoqostida toptaldi. Móǵullar fan va madaniyat arboblari, olim-u fuzalolar, shoir va yozuvchilar — xalqimizning ming-minglab uluǵ farzandlarini yoppasiga qirib tashladilar yoki qul qilib asir sifatida Móǵulistonga olib ketdilar. Madaniy hayotga shu qadar katta zarba berildiki, uni XIV asrning yarmilariga qadar ham tiklab bólmadi.
XIII asrning ikkinchi yarmida va XIV asrning boshlaridan e’tiboran shahar va qishloqlarda xójalik hayotining jonlanishi bilan madaniy sohada ham bázi bir tarmoqlarning oyoqqa tura boshlashi kózga tashlanadi. Bu shaharsozlik, binokorlik va me’morchilikka aloqador bólgan sohalardir. Shu davrda Movarounnahr va Xo- razmda qad kótargan va bizning kunlargacha yetib kelgan tarixiy sańat obidalarini misol tariqasida kórsatib ótish mumkin. Buxoro shahridagi Sayfiddin Boharziy, Bayonqulixon maqbaralari, Samarqanddagi Shohizinda ansamblining qusam Ibn Abbos maqbarasining ziyoratxonasi, Kóhna Urganjdagi Najmiddin Kubro va Tórabek xonim maqbarasi, Xójanddagi (keyinchalik u harob bólgan) Duvoxon maqbarasi va boshqalar ana shular jumlasidandir. XIII asr órtalarida Buxoroda qurilgan «Mas’udiya» va «Xoniya» deb nomlangan ajoyib ikkita madrasa binosi va Kóhna Urganjdagi balandligi 62 metrga teng bólgan ulkan qósh masjid dastasi uluǵ xalqimiz moddiy madaniyatining buyuk namunasidir.
XIII asr va XIV asrning birinchi yarmida moddiy madaniyat bilan bir qatorda mánaviy madaniyatda ham xalq óz intilish va qiziqishlarini ifoda etganligini kóramiz. Bunda eng asosiy mavzu móǵul bosqinchilarini lánatlash, unga nisbatan ^ksiz nafrat va oliyjanob insoniy fazilatlar bólgan. Bu xalq oǵzaki ijodida, yozma adabiyot va tarixiy asarlarda óz ifodasini topdi.
Xalqimiz Chingizxon istilosiga nisbatan óz nafratini «Bóji keldi, bóji keldi, Chingiz bilan Jóchi keldi», deb ifoda etgan. Xalq oǵzaki ijodida bosqinchilarga qarshi kurashishni tasvirlovchi afsonalar, ertaklardan namunalar bizning davrimizgacha yetib kelgan. Ana shunday xalq oǵzaki ijodi durdonalaridan biri «Guldursun afsonasi»dir (Qoraqalpoǵiston hududidagi Guldursun xarobasiga baǵishlangan afsona). Bu afsonada móǵullarga qarshi qahramonlarcha jang qilgan xalq ommasiga, ózining hirs-havasi yólida xalqiga, millatiga xoinlik, sotqinlik qilgan podshoning qizi Guldursun obrazi qarama-qarshi qóyiladi. Uning sotqinligi tufayli shahar xarobaga, ^^paga aylanadi, xalq qirǵin qilinadi.
XIII asr va XIV asrning birinchi yarmida Movarounnahr va Xorazmda yozma adabiyot namoyandalarining óz yurtlarida badiiy ijod bilan shuǵullanishlari uchun umuman hech qanday imkoniyat yóq edi. Móǵullar qirǵinidan tasodifan qutulib qolgan adiblar, yozuvchilar, shoir va olimlar óz ona Vatanlarini tark etib, ózga mamlakatlarga boshpana izlab bosh olib ketishga majbur bóladilar. Ularning kóplari Hindiston, Eron, Turkiya, Misr va boshqa Yaqin Sharq mamlakatlariga bosh olib ketadilar. Jumladan, buxorolik shoir, adib va adabiyotshunos Muhammad Avfiy, toshkentlik shoir Badriddin Chochiy, naqshoblik Ziyo Naqshabiy (Hindistonda), shoir Kamol Xójandiy, Nosir Buxoriy (Eronda) va boshqalar ózga mamlakatlarda ijod qilganlar. Órta Osiyodan borgan ijodkorlar boshqa mamlakatlarda bólsa ham óz xalqining madaniyati va adabiyoti taraqqiyotiga xizmat qilganlar. Ayni vaqtda ular oǵir paytlarda ózlari uchun ikkinchi vatan bólib qolgan mamlakat xalqlari madaniyati taraqqiyotiga ham munosib hissa qóshqanlar. Ulaming kópchiligi bir necha tillarni bilar va shu tillarda ijod qilar edilar. Jumladan, asli balxlik Jaloliddin Rumiy Kichik Osiyoga borib fors-tojik va turk tillarida, Xusomiddin Osimiy fors-tojik turk va arab tillarida, Muhammad as-Samarqandiy turk, fors-tojik, arab va móǵul tillarida asarlar yozadilar va hokazo. Bu davrda turkiy tilda ijod qilishga e’tibor, ayniqsa, kuchayadi. Natijada turkiy tillarni tadqiq qiluvchi bir qator qimmatli asarlar paydo bóladi. Masalan, taniqli olim Abu Xayyon turkiy tillarni órganishga baǵishlangan tórtta asar yaratgan. Jumladan, 1313-yilda Qohirada «Kitob ul-idrok lisonul atrok» («Tdrok va turkiy tillar kitobi») asarini yaratgan.
Bu davrda badiiy ijod bobida qalam tebratgan sóz ustalarining kattagina guruhi sófiylik — tasavvuf tariqati yólidan borganlar. Bu yónalishning kózga kóringan vakillaridan biri, óz davrining mashhur adibi Muslihuddin Sádiy Sheroziy (1219—1293)dir. Sheroziyning «Guliston» va «Bóston» asari va didaktik mazmundagi ǵazallari unga nafaqat fors-tojik adabiyotida, balki dunyoviy obró va e’tibor keltirdi. U óz asarlarida ona diyorga mehr-u muhabbatni, oliyjanob vatanparvarlikni, insonparvarlikni uluǵlaydi, zórlikni, noaxloqiy va yomon xulq-harakatlarni, kuchlilar ózboshimchaligini qoralaydi va lánatlaydi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling