Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар


Download 2.58 Mb.
bet17/242
Sana02.06.2024
Hajmi2.58 Mb.
#1833498
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   242
Bog'liq
I-kurs ma\'naviyat soati

Akademik litseylar o‘quvchilarning qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ularning jadal intelektual rivojlanishini, chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan holda o‘qitishni ta’minlaydi. Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlarini oshirishi va muayyan fanlar asoslarini chuqur, mukammal o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Akademik litseylar asosan oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etiladi.6
Zero, buyuk sarkarda sohibqiron Amir Temur «Bilagi zo‘r birni yingar, bilimi – zo‘r mingni» deb, bilimli bo‘lishni o‘qtiradi. Amir Temur ta’kidlagan yuksak bilim egalari zamonaviy akademik litseylarimizdan yetishib chiqishadi.
Kasb – hunar kollejlari o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, layoqatlarini, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallash imkonini beradi. Kasb – hunar kollejlari zamonaviy asbob - uskunalar, o‘quv - uslubiy qurollar, ko‘rgazmali vositalar, axborot texnologiyalari va kompyuterlar bilan jihozlanishi bilan o‘ziga xosdir. O‘quv binolari, ustaxonalar tashqi hamda ichki ko‘rinishining chiroyliligi, ko‘rkamligi va zamonaviyligi bilan keskin ajralib turadi. Kollejlarda kasb – hunar turining ko‘pligi, bugungi kun talablariga, iqtisodiy islohatlar ehtiyojiga javob berishi alohida ahamiyatlidir. Shuni ta’kidlash joizki, kasb-hunar kollejlarida ishchi kadrlar emas, balki keng ixtisoslikdagi kichik mutaxassislar tayyorlanadi. Yana bir afzalligi kasb – hunar kollejlarida har bir hududning o‘ziga xos geografik va demografik shart - sharoitlari va mutaxassislarga bo‘lgan mahalliy ehtiyojlari hisobga olingan holda kadrlar tayyorlanadi. Shuningdek, kadrlar tayyorlash o‘quv jarayonida ikki yoqlama (dual) tizim asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilarga beriladigan ishlab chiqarish ta’limi o‘quv muassasasining zamonaviy jihozlangan ustaxonalarida va korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti bilan uzviy bog‘liq holda olib boriladi. Shu bilan bir qatorda umumiy bilimlar asoslarini berish, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni har tomonlama rivojlantirish va zamon talablariga javob beruvchi mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun berilayotgan ta’lim milliy qadriyatlarimizga hurmat, mustaqil davlatimizga sodiqlik va iftixor tuyg‘ulari ruhidagi tarbiya bilan mushtaraklikda amalga oshiriladi. Kasb-hunar kollejlarida ma’lum bir kasb-hunar doirasida bilim olish maktab jamoasi va ota-onalar hamkorligida, psixologik-pedagogik tashxis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi.7
Mavzu ta’lim jarayoni olib borilayotgan ta’lim muassasasi haqida ma’lumot berish bilan yakunlansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

“TASDIQLAYMAN”


Yoshlar bilan ishlash bo’yicha
direktor o’rinbosari:
____________________ F.Nizomova

4 MA’NAVIY- MA’RIFIY SOAT REJASI





Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling