Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар


- ILOVA AQLIY HUJUM SAVOLLARI


Download 2.58 Mb.
bet16/242
Sana02.06.2024
Hajmi2.58 Mb.
#1833498
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   242
Bog'liq
I-kurs ma\'naviyat soati

2 - ILOVA
AQLIY HUJUM SAVOLLARI
Maqolni davom ettiring. “Hunar – hunardan …! ( o’nar), “Hunarli …! (xor bo’lmas),
“Yigit kishiga …!” ( qirq hunar oz)
3 - ILOVA
Kichik guruhlarga savol.
Kim ko’p hunar nomlarini yozib izohlab beradi?
4 - ILOVA
Nima uchun?” – ORGANAYZER
Men nima uchun bu kasbni tanladim?” organayzerini davom etiring!



1-ILOVA
Mavzu: Kasbim - faxrim.
Tayanch so’z va iboralar: kasb-hunar, komillik, baxt, ta’lim, tarbiya, mutaxassis, usta, ustaxona, akademik litsey, kollej.

Ey o‘g‘il! Fazlu - hunar
orttirishga butun kuching bilan kirish,
uni mukammal egallab olishga harakat qil.
Abdibek Sheroziy
Tarixdan ma’lumki, insoniyat biror kasb - hunar egasi bo‘lishga intilgan, farzandini biror hunarga o‘rgatishgan, hunarli bo‘lishga da’vat etishgan. Hunarmandlar kasbini davom ettirish uchun shogirdlar tayyorlashgan. Ular ko‘pincha shogirdlikka o‘z farzandlarini qarindosh urug‘larini farzandlarini olishgan. Shogirdlikka bolalar 7 - 8 yoshdan olinib, 10 - 12 yil mobaynida hunarning sir - asrorlarini to‘la o‘rganishgan. Kasb - hunarli bo‘lishning afzalliklari, uning rohati haqida o‘tmishda donishmandlar turli asarlar, hikmatli fikrlarini yozib qoldirishgan. Sharq donishmandlaridan Muhammad Javhar Zamindor hunarli bo‘lish bilan kishi avvalo o‘ziga so‘ngra jamiyatga yaxshilik keltirishi haqida so‘zlaydi. «Ey o‘g‘il! Bu nasihatlarga quloq sol, kasb-hunar o‘rganishdan or qilma, mehnat qilishni o‘rgan. Yurt va elning rivoji ham hunarga bog‘liq. Eng halol va eng yoqimli yemish va kiyish hunardan hosil bo‘ladi. Hunar - yashirin xazina. Kuni kelib dunyo tasodiflari tufayli mol-mulkdan ajralsang ham, hunardan hech qachon ajralmaysan. Hunar sening doimiy hamrohing, madadkoringdir. Har kimning zari bo‘lmasa da, ammo hunari bo‘lsa, dunyoda hech bir xavf - hatari bo‘lmaydi. Shuning uchun kishi hunar ziynati bilan bezanmog‘i kerak. Hunarsiz kishi quruq savlatdir. Quriq savlat qotib turgan suratga o‘xshaydi. Sen suratga boq, u odamga o‘shasada, joni bo‘lmaydi. Daraxt shohi mevasiz bo‘lsa, kiyikning shohlaridan nima farqi bor. Qalam garchi cho‘p bo‘lsa-da, ilmu hunarni oshkor qilgani uchun azizdir. Oyna esa go‘zallar yuzi tufayli qo‘lda yuradi».
Behunar odam emas, molu zari bo‘lganda ham,
Bo‘lmagay eshak odam anga libos yopganda ham.
Ko‘p takrorlanadigan bir rivoyat bor. Aytishlaricha, Gushtasp kunlardan birida o‘z vatanidan ayrilib, Kustantaniya shahriga kelib qoldi. Uning yonida biror tiyin ham yo‘q edi. Yeyishga narsa topolmay, och qoldi. Birovdan so‘ray desa, izzat nafsi yo‘l qo‘ymas edi. Uning yodiga yoshligi tushdi. U bolalik paytida maktabga borarkan, yo‘l chetida joylashgan temirchi do‘koni oldida biroz to‘xtab, temirchilarning pichoq bolta yasashlarini tomosha qilar edi va uning siridan bir muncha voqif bo‘lib qolgan edi. Gushtasp o‘ylab o‘tirmay, temirchilar oldiga bordi va ularga dedi:

  • Ey, birodarlar, men ham temirchilik siridan ancha xabardorman, meni ham o‘zlaringizga sherik qilib olsalaringiz. Temirchilar rozi bo‘lishdi. Gushtasp bir necha muddat ishlab pul yig‘di. So‘ng vataniga qaytib bordi. U martabaga erishgan paytda barcha yoshu - qarini kasbu hunar o‘rganishga da’vat qildi. Bolalarni kuning avvalida o‘qitib, ikkinchi qismida hunar o‘rganishga farmon berdi.

Kaykovus o‘g‘li G‘ilon shohiga bag‘ishlab yozgan «Qobusnoma»da o‘g‘ilni hunarli bo‘lishga chorlaydi. Kaykovusning o‘g‘ilga qarata aytgan so‘zlari hayotiyligi tufayli hozir ham ahamiyatini yo‘qotmagan. U o‘g‘ilga qarata: «Ey farzand, ogoh bo‘lkim, hunarsiz kishi hamma vaqt foydasiz bulur, o‘ziga ham, o‘zga ham foydasi tegmaydi. Agar kishi oliy nasab, asl bo‘lsa-yu, hunari bo‘lmasa, haloyiqning izzat va hurmatidan mahrum bo‘ladi.3
Har turli ilm va hunarni farzandinga o‘rgatgaysan, toki otalik shartin va shavkatin bajo keltirgan bo‘lasan, chunki dunyodagi turli falokatlardan qutulg‘usidir. Kishi o‘z boshiga qanday ish tushushini bilmaydi, bunday vaqtda ilm va hunar kuniga yaraydi. Demak, farzandingga ilm, hunar o‘rgatishda kamchilikka yo‘l qo‘ymagil va har bir ilmni o‘rgatishda muallimlar ta’lim uchun ursalar, sen farzandingni ayamagil, muallimlarning urishiga ruxsat bergil, chunki yosh o‘g‘lon ilm va odobni tayoq bilan o‘rganadi va o‘z ixtiyori bilan o‘rganmas.4
Barcha kasbning orasida ilmga tolib bo‘lsang, ehtiyotkor, qanoatli bo‘lgil. Ilmni do‘st, bekorchi hayotni dushman tutgil. Sabr matonatli bo‘l, jizzaki bo‘lmagil, kech yotgil, erta turgil, kitob va darsga qattiq berilgil, ishdan zerikmagil, yod olgil, takrorlagil, haqshunos bo‘lgil, nimani eshitsang yod qil, taqlidga rozi bo‘lma, kitob, ajzo, qalam, qalamtarosh va shunga o‘xshash hamisha yoningda saqla va bulardan boshqa narsalarni yodinga keltirma. Oz so‘zlagil, uzoqni o‘ylagil. Agar har bir tolibi ilm shu xilda bo‘lsa, tez fursatda zamonaning yagona kishisi bulur»5.
Yana bir sharq allomalaridan Barxurdor ibn Mahmud hunar borasidagi fikrlari ham e’tiborli. Hakimlar behunar kishini, «qanotsiz qush» deb ataganlar. Ya’ni qushning parvozi uchun qanot bo‘lishi shart. Hunar ham barcha ishlarda kishi uchun zarurdir. Qudratli podsholar va shon-shavkatli ulug‘ kishilar ham molu ne’matlari yer kurrasini qoplaydigan darajada ko‘p bo‘lsa ham, o‘z farzandlarini kasbu kamol va qobiliyatga targ‘ib qiladilar. Haqiqatan ham, hunar mehribon do‘st, shavkatli yor va fayz yetkazuvchi bir chopog‘on otdirki, u o‘z chavondozini tezgina rohat va e’tibor manziliga yetkizadi va shunday himoyachidirki, o‘z sohibini ta’ma olovidan qutqarib, omonda saqlaydi. Ilm va hunar o‘rganish inson uchun eng zarur narsalardan hisoblanadi. Har qanday narsaning mohiyatini anglash, jahondagi voqealarning yaxshi-yomon tomonini bilib olish, odamlarninng qadru-qimmatini to‘g‘ri tushunish, oilaning farovon yashashini to‘g‘ri tashkil etish, qisqasi, har tomonlama mukammal bo‘lish uchun ilm va hunar o‘rganish zaruriy ixtiyojlardan biridir.
Qobusnoma muallifi Kaykavus hunar masalasida, ishni tez va pokiza qilishni, kishining hunari boshqalarning hunaridan oldin turishini tavsiya qiladi.
Hazrat Alisher Navoiy ham inson doim kamolot sari intilishi kerakligini, o‘z kasb mahorotini takomillashtirib borishi zarurligini asarlarida serma’no so‘zlar bilan ifodalagan. Navoiy o‘z qit’alaridan birida shunday yozadi:
Kamol et kasbkim, olam uyidin
Sanga farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq.
Jahondin natamom o‘tmak biaynih,
Erur hammomdin nopok chiqmoq.
Demak, jahondan tegishli kamolot darajasiga yetolmasdan o‘tib ketish hammomga poklanish uchun kirib poklanmasdan chiqish bilan borabardur. “Sab’ai sayyor”da juda ko‘plab kasb-hunar egalari qalamga olingan. Dostonning hikoyalarini birida har kim o‘z kasbini takomilga yetkazsa, u ko‘p mahorat qozonadi degan aqida singdirilgan.
Diloromni o‘zi bilan ovga olib chiqqan shoh Bahrom bir kiyikni Dilorom aytgan tarzda ovlaydi. Ammo maqtov o‘rniga Dilorom:
Dedi: “Har kim bir ishni varzish etar,
ishi kamolini ko‘r, ne yerga yetar”
u o‘zining chang chalishdagi yutuqlarini ham uzluksiz mashq qilish bilan bog‘lab izohlaydi.
Hunar va sa’nat shunday narsaki, u keraksiz bo‘lib qolmaydi, ishlatmasang ham yo‘qolib ketmaydi, kerak paytda esa senga ko‘makchi bo‘ladi. Yigit kishiga yetmish hunar ham oz. Erkak bo‘la turib, «men buni bilmayman» deyish uyatdir.
I slom dinining muqaddas kitobi Qur’oni Karimda va hadisi sharifda ham ilmli, kasb-hunarli bo‘lishga takror-takror da’vat qilinadi. Masalan, shunday hadislardan ikkitasi:
- Kasbning eng yaxshisi kishining o‘z qo‘li bilan bajaraligan ishi va halol savdodir;
- Halol kasbdan charchab uxlagan odam gunohlari kechirilgan holda tunaydi.
Buyuklarning juda ko‘pi ma’lum bir hunarning ustasi bo‘lishgan, jumladan, payg‘ambar hazrati Dovud alayxissalom - temirchi, Farobiy – bog‘bon, Sakkokiy – pichoqchi, Zavqiy - maxsido‘z bo‘lgan. Xoja Bahovuddin Naqshband naqqosh – miskarlik bilan tirikchilik qilgan bo‘lsa, rus olimi Mendeleev – mohir chamadonchi usta bo‘lgan.
Hozirga kelib dunyoda 500 mingdan ortiq kasb bo‘lib, barchasi insoniyatga xizmat qiladi. Davlatimiz tomondan kasb-hunar o‘rganish, tanlash uchun keng imkoniyatlar yaratilib, qonun bilan mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 37 – moddasida «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega» deb belgilab qo‘yilgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining tarkibiy qismi bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimiga kiritilgan uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining joriy etilishi tom ma’nodagi yangilik bo‘ldi. Majburiy ta’limning to‘qqiz yillik bosqichi tugagandan so‘ng, o‘quvchilar uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlari akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’limni majburiy-ixtiyoriy davom ettiradilar.

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling