Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet100/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Reaktiv paranoid -bemorlarda ko‘pincha ta’qib vasvasasi paydo bo‘ladi. Bemorlar meni birov kuzatib yuribdi, meni urmoqchi degan o‘y-xayollar bilan yuradilar. Reaktiv paranoidning shizofreniya vasvasasidan farqi shuki, uning mazmuni ma’lum doiralardan chetga chiqmaydi va bo‘lib o‘tgan voqealarni aks ettiradi.
Davosi. Reaktiv psixozni davolashda psixoterapiya, fizikaviy usullar va mehnat bilan davolash birinchi o‘rinda turadi. Affektiv qo‘zg‘alishlarda tizersin, aminazin 100-300 mg dan mushak orasiga, fenazepam 1,5-3 mg, seduksen tomir ichiga yuboriladi. Reaktiv depressiya kamharakat (adinamiya) bilan birga kuzatilganda azafen 300 mg kuniga, pirazidol 200- 300 mg, melipramin 100-300 mg (agar depressiya qo‘rquv-notinchlik bilan birga kechsa), amitriptilin 150-200 mg, sonapaks 30-60 mg, tazepam yoki seduksen 20-30 mg, eglonil, ksanaks 0,25 mg dan buyuriladi. Reaktiv paranoidlarda triftazin, galoperidol 15 mg dan, majeptil beriladi. Reaktiv isterik psixoz turlarini davolashda seduksen, fenazepam, melleril, neuleptil; mushak orasiga aminazin yoki tizersin, dimedrol va magniy sulfat bilan birga yuborilsa, isterik psixozlar yaxshi davolanadilar. Isterik stupor (qotib qolish) bilan kuzatiladigan holatlarda ruhiy holatni tetiklashtiruvchi (psixostimulatorlar) kuniga 30-40 mg dan, sidnokarp trankvilizatorlar bilan birga yoki barbamil, kofein aralashmasi ishlatiladi. Bulardan tashqari nootroplar va vitaminlar ham qo‘llaniladi. Psixoastenik psixopatlar (tormozlanuvchi) - bunday odamlar ko‘proq shubha bilan xayol surib, xavotirga tushib yuradilar. Bular uyatchan, tez toliqadigan, boshqalar bilan muloqotga tez kirishib keta olmaydilar. Bemorlarning ko‘pchiligi tortinchoq bo‘lib, saiga qizarib ketishadi. Shuning uchun bemorlar yanada battarroq xijolat tortishadi. Bular ruhan zaif, ish qobiliyati susaygan, ko‘ngliga doimo vahimalar tushib yuradi. Bemorlarning ko‘proq boshi og‘riydi, ular yolg‘iz yurishga harakat qiladi, ko‘pchiligi odamlar orasidan qochadi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling