Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Klinik holat va simptomlar. So‘rab-surishtirish


Download 0.64 Mb.
bet96/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Klinik holat va simptomlar. So‘rab-surishtirish. Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar qorin og‘rig‘i, ishtaha buzilgani, kekirish, zarda qaynashi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, og‘izda yoqimsiz ta’m, qorin dam bo‘lish (meteorizm), ich ketishi, ich qotishi (qabziyat) bo‘lishiga shikoyat qiladi. To‘sh ostidagi og‘riqlar me’da kasalliklarining ko‘p uchraydigan belgilaridan biridir. Og‘riq muskullar spazmi yoki qo‘zg‘alishi, me’da to‘qimalarining yallig‘lanishi natijasida kelib chiqadi. Og‘riqni intensivligi, joylashishi va uning ovqat qabul qilish bilan bog‘liqligi bo‘yicha farq qilish lozim. Intensiv bo‘lmagan , biroq doimiy og‘riq surunkali gastrit uchun xosdir. Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida og‘riq intensivroq, u ovqat yeyish bilan bog‘liq. Og‘riqlar ovqat yeyilgan paytdan qancha vaqt o‘tgandan keyin boshlanishiga qarab 30-40-60 minutdan keyin paydo bo‘ladigan erta og‘riqlarga, 1-1,5-2 soatdan keyin paydo bo‘ladigan kechki og‘riqIarga, ovqat yeyilgandan keyin kamayib qoladigan tungi va ochlik og‘riqlariga bo‘linadi. Og‘riqIarning mavsumiy bo‘lishi, ya’ni bahor va kuz kezlari paydo bo‘lishi yara kasalligi uchun tipikdir. Jigar va o‘t qopi kasalliklarida og‘riq o‘ng qovurg‘a ostida, ichak kasalliklarida butun qorin bo‘ylab joylashadi. Ishtaha buzilishi (kuchayishi yoki pasayib qolishi) ko‘p jihatdan me’da sekretsiyasi va kislotaliligi darajasiga bog‘liq. Sekretsiya oshgan- da ishtaha hatto ochilib ketadi (kislotaliligi oshgan gastrit, me’da suyuqligi sekretsiyasi va kislotaliligi oshishi bilan o‘tadigan me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi). Sekretsiya pasayganda ishtaha pasaygan bo‘ladi (anasid, axillik gastritlar). Ishtaha buzilishida (xususan, me’da rakida) bemor ayrim oziq-ovqat mahsulotlaridan yuz o‘giradi (anoreksiya). Og‘izda yoqimsiz ta’m me’da shilliq pardasi zararlanganda, og‘izda achchiq maza jigar va o‘t qopi zararlanganda, metall ta’mi esa ovqatdan zaharlanishning ayrim turlarida bo‘ladi. Kekirish - me’da yoki qizilo‘ngachda to‘planib qolgan havoning to‘satdan, ba’zan qattiq ovoz bilan og‘izdan chiqishidir. Kekirish me’da muskulaturasining qisqarishi va kardiyada yetishmovchilik borligiga bog‘liq bo‘ladi. Odam yegan ovqati yoki havo bilan kekirishi mumkin. Havo bilan kekirish, odatda atmosfera havosi yutib turilishi oqibatidir (aerofagiya). Odam nordon (me’da shirasi sekretsiyasi kuchayganda) va achchiq kekirishi mumkin (me’daga o‘n ikki barmoq ichakdan o‘t suyuqligi tushib qolganda). Kekirganda og‘izdan palag‘da tuxum (vodorod sulfid) hidi kelishi axiliya bilan birga me’daning evakuator funksiyasining buzilishida kuzatiladi. Zarda qaynashi deb, to‘sh usti yuqori qismida, xanjarsimon o‘siq ostida va to‘sh orqasida (bu qizilo‘ngachning pastki kesigiga mos keladi) kuchli achishish sezgisi paydo bo‘lishiga aytiladi. Zarda qaynashi qizilo‘ngach, me’da va o‘n ikki barmoq ichak disfunksiyasiga hamda motor funksiyasining buzilishiga, me’dadagi suyuqlikning qizilo‘ngachga otilib chiqishiga bog‘liqdir. Zarda qaynashi ko‘pincha me’da shirasi gipersekretsiyasida qayd qilinadi, lekin sekretsiya normal bo‘lganida va hatto pasayganda ham bo‘lishi mumkin. Sog‘lom odamlarda odatda, ma’lum ovqatlarga sezuvchanlik kuchayib ketishi natijasida zarda qaynaydi. Ko'ngil aynishi adashgan nervning ta’sirlanishiga aloqador reflektor akt bo‘lib, to‘sh osti sohasining juda og‘ir bo‘lib turishi, bosh aylanishi, so‘lak oqishi, badan terisining oqarib ketishi va odamning hushdan ketishi bilan ifodalanadi. Aksariyat kislotalilik pasayishi bilan o‘tadigan me’da kasalliklarida bo‘ladi. Hazm a’zolari kasalliklarida bo‘ladigan ko‘ngil aynishi ovqatdan keyin, ayniqsa yog‘li ovqatdan keyin paydo bo‘ladi. Ba’zan ko‘ngil aynishidan keyin odam qusadi. Qusish (qayt qilish) hazm organlpi kasalliklarini diagnostika qilishda katta ahamiyatga ega. Qusish qayt qilish markazining qo‘zg‘alishiga aloqador murakkab reflektor akt bo‘lib, bu akt vaqtida me’daning ichidagisi g‘ayriixtiyoriy suratda tashqariga otilib chiqadi. Bemorni so‘rab-surishtirganda uning qaysi mahallarda qusishini, qusuq massalarining miqdori va xarakterini, qusishni ovqat yeyishga bog‘liq- bog‘liqmasligini, qusish vaqtida og‘riq bo‘lish-bo‘lmasligini aniqlab olish zarur. Ertalab shilimshiq aralash qusish gastritlarda, «kofe» quyqasi aralash qusish me’dadan qon ketishida, o‘t suyuqligi aralash qusish o‘t yo‘llari kasalliklarida kuzatiladi, ovqatdan 6-8 soat keyin qusish pilorus torayib qolgan mahallarda kuzatiladi (pilorostenoz). Ich surishi (ich ketish) axlat konsistensiyasining buzilishi bilan ichaklar bo‘shashishidir. Ich ketish mexanizmi murakkab bo‘lib, ichaklar peristaltikasining kuchayishi, suv, oziq moddalar hazm bo‘lishi va ichaklarda so‘rilish jarayoni buzilganda yuzaga keladi. Chunki ichak devorlari yallig‘lanishi, yallig‘langan sekretlarning shilliq qavatda ko‘p ajralib chiqishi hamda nerv oxirlari qo‘zg‘alishi oqibatida ichaklar peristaltikasi kuchayadi. Ich qotishi (qabziyat) ichakda axlatning uzoq turib qolishidir (48 soatdan ortiq). Qabziyat organik va funksional xillarga bo‘linadi. Organik qabziyat mexanik to‘siqlar (o‘smalar, chandiqlar, bitib qolgan joylar) borligi tufayli paydo bo‘ladi. Funksional qabziyat nevrogen, endokrin o‘zgarishlarga, intoksikatsiya, oson singadigan ovqat iste’mol qilinishiga bog‘liqdir. Meteorizmda (qorin dam bo‘lganda) qorin shishganday bo‘lib, gaz chiqishi kuchayadi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling