Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet99/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Davosi. Psixoterapiya, fizioterapiya, jismoniy tarbiya usullari va gipnoz yaxshi samara beradi. Uyquni yaxshilash, hordiq chiqarish, toza havoda sayr qilish lozim. Giperstenik turida brom dorjlari, meprobomat 200-2000 mg dan, seduksen 2,5 mg dan, tazeparn 30-40 mg dan; gipostenik turida quvvatga kirgizuvchi dorilar - pantokrin, eleuterokokk, jenshen, sidnokarp buyuriladi. Yopishqoq fikrlar nevrozi va isteriyada trankvilizatorlar va antidepressantlar birga qo‘llaniladi: elenium 20-50 mg, seduksen 10-20 mg, eglonil 200 mg, meprobomat 400-1200 mg, fenazepam, tazepam, glitsin; uyqusizlikda ivadal 10 ml, radedorm 5 mg, propazin 25-100 mg, teralen 5-25 mg, melleril 10-75 mg dan berish tavsiya etiladi.
Reaktiv psixozlar. Reaktiv psixozlar ruhiy jarohat yoki ko‘n- gilsiz hodisalar tufayli kelib chiqadigan kasallikdir. Psixoge- niyalarning reaktiv psixozlarida nisbatan qisqaroq alomatlari og‘irroq kechib, ularda psixomotor va affektiv buzilishlar kuchli, vasvasa, gallutsinatsiyalar, isterik xurujlar bilan ongning buzilishlari kuzatiladi. Reaktiv psixozlarning alomatlari qaytarilib turadi. Reaktiv psixozlar bemorlar o‘z ahvoliga tanqidiy ko‘z bilan qaramasligi, shart- sharoitni yetarlicha to‘g‘ri baholay olmasligi bilan xarakterlanadi. Reaktiv psixoz asab tizimi kuchsiz bo‘lgan odamlarda ko‘proq uchraydi. Reaktiv psixozlarning kelib chiqishiga yaqin kishilardan ajralib qolish, tabiiy ofatlar, qamoqqa tushish, kelishmovchiliklar va h. k. sabab bo‘ladi. Reaktiv psixozlarning quyidagi turlari mavjud: reaktiv depressiya bu bemorlar jarohatlangandan keyin 4-5 kun o‘tgach zo‘rayadi. Bunda qisqa muddatli stupor yoki ixtiyorsiz harakatlar paydo bo‘ladi. Shok reaksiyasi es-hushning o‘zgarishi bilan kechadi. Bu holatlar yaqin kishilarning oiimi, zilzilalar, tabiiy ofatlar davrida kelib chiqadi. Bunday holatlarda bemorlar savollarga javob bermaydi, qimirlamay bir joyda turib qoladi, yuzida vahimalar paydo bo‘ladi. Bemorlar atrofdagilarga reaksiya ko‘rsatmaydi. Bunday holat bir necha daqiqa davom etishi mumkin, keyinchalik depressiya holati ustun bo‘lib qoladi. Bemorlar uyqusi buzilgan bo‘Iib, turli xil vahimali tushlar ko‘radi va gallutsinator kechinmalar paydo bo‘ladi. Reaktiv psixozda tormozlanish qisqa muddatli bo‘ladi.
Reaktiv stupor -bunda bemorlar mutlaqo harakatsiz bo‘lib, bu qo‘zg‘alishlar bilan almashinib turadi. Turli salbiy omillar ta’sirida miya po‘stlog‘ida chuqur tormozlanish kuzatiladi. Qattiq ta’sirlanish natijasida bemorlar gapira olmay qoladi (mutizm). Bundan tashqari, bemorlar karaxt, es-hushi o‘zgargan, ko‘zlari bir nuqtaga qarab qolgan holda o‘tiradi. Bunday holat o‘tib ketgandan keyin bemorlarda amneziya kuzatiladi. Bemorlar tormozlangan yoki qo‘zg‘algan holatda bo‘lsa ham, u atrofdagi voqealarga batamom befarq bo‘lib qolmaydi. Bunday holat bosh miya po‘stlog‘idagi retikular farmatsiyaning tormozlanishi natijasida paydo bo‘ladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling