Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet97/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

MAVZU:____________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________
Yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlar aniqlanganda, bu tadbiriar puxta ishlab chiqilgan sistema asosida o‘tkaziladi, bu bemorni izolatsiya va kasallikni qayd qilishdan boshlanadi. 24 soat icliida Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi (DSENM)ga shoshilinch xabamoma yuboriladi. Bir vaqtning o‘zida bu haqda telefon orqali xabar beriladi va barcha ma’lumotlar daftarda qayd qilinadi.Bemorni shifoxonaga yotqizish paytidayoq shifoxona ichi infeksiyasining oldini olish maqsadida kasallikning yuqish mexa- nizmini hisobga olgan holda bemorlarni alohidalashga qat’iy rioya qilish zarur. Infeksiya o‘chog‘ida zudlik bilan epidemiologik tekshiruv o‘tka- ziladi va bu asosda infeksiya tarqalishining oldini olish uchun profilaktik tadbiriar bajariladi. Bemorni infeksiya turiga qarab har xil muddatlarga izolatsiya qilinadi. Izolatsiya uchun asosan shifoxondagina yetarii sharoitlar bo‘ladi. Lekin kasallik turi va kechishiga qarab ayrim holatlarda bemorni uyida izolatsiya qilish mumkin. Bunda bemor alohida xonaga joylash- tiriladi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilingan holda parvarish qilinadi va iloji boricha uning ajratmalari dezinfeksiya qilinadi. Hcniorga jamoat joylarida bo‘lish, jumladan birlamchi tibbiy imiiissasalarga borish ham qat’iyan taqiqlanadi. InCcksiyaning keyingi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bemor nlrol'idagi va u bilan aloqada bo‘lgan kishilar orasida infeksiya niimbaini aniqlash borasida ishlar olib boriladi. Bemor bilan aloqada ho'Iganlar klinik tekshiruvdan o‘tkaziladi va ulardan laboratoriya liililili uchun materiallar olib tekshiriladi. Bemor yoki infeksiya (iishib yuruvchilar bilan real aloqada bo‘lgan kishilar orasida kHraiilin tayinlanadi. Ma’lum yashirin davrga ega bo‘lgan infek- slyalar uchun karantin qat’iy bir muddatga belgilanadi. Boshqa hollarda karantin bakteriologik tekshiruvlar natijasi olingunga qadar o'lkaziladi (difteriya, dizenteriya) Ayrim kasalliklaming birdan avj olgan epidemiyasi davrida imkon boricha kasallikni oldindan aniqlash va barcha bemorlarni o‘z vaqtida i/olatsiya qilish maqsadida uyma-uy aylanib chiqiladi va tekshiruvlar oMkaziladi. Bu vrachlar, feldsherlaf va tibbiy hamshiralar tomo- iiidan amalga oshiriladi. Bunda yuqumli kasalliklarga gumon qilingan barcha isitmali bemorlar atrofdagilardan izolatsiya qilinadi va zarurat I ug‘Uganda shifoxonaga yotqiziladi. Shuni ham aytish zarurki, bemor shifoxonadan chiqqandan kcyin ham infeksiya tashuvchi bo‘lib qolishi mumkin. Shuning uchun yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni shifoxonadan chiqarishda nafaqat klinik ma’lumotlar, balki epidemiologik ko‘r- satkichlar (laboratoriya tahlillari natijasi) e’tiborga olinishi shart. Ayrim kasalliklarda bemoming shifoxonadan chiqishida bakteriologik lekshiruvlar ikki va uch martadan o‘tkaziladi. Infeksiyaning yuqish mexanizmini bartaraf qilish bo‘yicha tadbiriar Tashqi muhitda saqlanib qolgan, chidamli qo‘zg‘atuvchilar sababchi bo‘lgan infeksiyaning tarqalish yo‘llarini uzish, yuqum- sizlantirish va bemor atrofida, uning yashash joylarida, turli buyumlardagi infeksiyani yo‘qotish uchun dezinfeksiya o‘tkaziladi. Shu bilan birga dezinseksiya (infeksiya tarqatuvchi hasharotlarni yo'qotish) va deratizatsiya (kemiruvchilarni o‘ldirish) o‘tkazilishi zarur. Dezinfeksiya — bu yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini atrof- muhitda yo‘qotish. Dezinfeksiya o‘choqli va profilaktik bo‘ladi.
0‘choqli dezinfeksiya epidemik o‘choqlarda - xonadon, yotoq- xona, davolash-profilaktika muassasalari va hokazo joylarda o‘t- kaziladi. 04kazilish sharoiti bo‘yicha joriy va yakunlovchi dezin­feksiya farqlanadi. Joriy dezinfeksiya o‘choqda infeksiya manbaidan tashqi muhitga ajralib chiqqan qo‘zg‘atuvchilarni zudlik bilan yo‘q qilish maqsadida bir necha bor o‘tkaziladi. Birinchi navbatda organizmdan ajralgan ajratmalar dezinfeksiya qilinadi. Joriy dezinfeksiyaga binolarni muntazam ravishda dezinfeksiyalovchi eritmalar yordamida namlab artish, sovunlab yuvish, o‘yin- choqlarni, idish-tovoqlarni, choyshablarni qaynatish va boshqalar kiradi. Havo-tomchi infeksiyalarini yo‘qotishda bemorlar yotgan xonalarni kvars lampalari yordamida nurlantirish dezinfeksiyaning 'samarali usullaridan hisoblanadi. Havo-tomchi infeksiyasi bo‘lim- larida tibbiy xodimlar dokadan niqob-respiratorlar taqishlari zarur. Yakunlovchi dezinfeksiya o‘choqda (odatda bir marta) infeksiya manbai yo‘qolgandan keyin (shifoxonaga yot- qizish, sog‘ayib shifoxonadan chiqish, boshqa joyga ko‘chirish yoki oMganda) o'tkaziladi. Yakunlovchi dezinfeksiyaning vazifasi joriy dezinfcksiyadan keyin qolgan qo‘zg‘atuvchilarni batamom yo‘- qotishdir.
Profilaktik dezinfeksiya yuqumli kasalliklar bo‘lish-bo‘lmas- ligidan qat’i nazar, tashqi muhitda yuqumli kasalliklar qo‘z- g‘atuvchilarining paydo bo‘lishi va ularning tarqalishining oldini olish maqsadida o‘tkaziladi (xonalarni shamollatish, namli artish, ovqatlanishdan oidin qoMni yuvish).
Dezinfeksiya o‘tkazishda yuqumsizlantirishning fizikaviy va kimyoviy vositalari qo'llanadi. Fizikaviy vositalarga mexa- nik, termik va nur vositalari kiradi. Mexanik vositalar — bular tozalash, artish, yuvish va boshqalardir. Bu vositalar orqali ko‘p narsalar va ularning yuzalari chang va ifloslanishlar bilan birga, ancha mikroorganizmlardan ham xalos qilinadi. Masalan, chang- yutgich yordamida chang bilan birga 98 % gacha mikroblar yo‘q qilinadi. Binoni 15 minut davomida shamollatganda havoda mikroorganizmlar soni keskin kamayadi. 30 minutdan keyin esa deyarli qolmaydi, chunki bino havosi patogen mikroblarga ega bo‘lmagan liishqi havo bilan toiiq almashadi. Termik va nur vositalari — bular yiiqori va past haroratdan foydalanish, har xil bakterisid (lotincha cacdo - o‘ldirish) nurlar bilan nurlantirish, ultratovush ta’siri va liokazolardir. Bular ma’lum parametrlarda bakterisid ta’sir ko‘rsatadi. Issiq havo havoli sterilizatorlarda va boshqa apparatlarda laboratoriya idishlari va instrumentlarini zararsizlantirishda qo‘llaniladi. Uzoq vaqt to‘qima (mato)larni dazmollaganda mikroorganizmlarning vegetativ shakllari hamda bitlar nobud bo‘ladi. Yuvish vositalari eritilgan issiq suv mikroorganizmlarni yo'qotish uchun kir yuvishda va tozalashda ishlatiladi. Idishlar, bemorlarni parvarish (|ilish buyumlari, choyshablar va o‘yinchoqlar zararsizlantirish uchun qaynatiladi. Suv bug‘laridan dezinfeksiyalash kameralarida kiyimlar, yotoq anjomlari va boshqa yumshoq buyumlarni zararsi/lantirishda foydalaniladi. Quyosh hamda ultrabinafsha nurlari havo va yuzalardagi bakteriyalarni kamaytirish maqsadida qo‘llaniladi. Qog‘oz, latta, yaroqsiz o‘yinchoqlar, ovqat qoldiqlari va ajratmalar maxsus pechlarda, olovda kuydirish orqali zararsizlantiriladi.*Ko‘pgina patogen mikroorganizmlar uzoq muddatli quritish natijasida nobud bo‘ladi. Dezinfeksiya formalinli dezinfeksiyalash kameralarida ham o‘tkazilishi mumkin kimyoviy moddalar - bakterisid moddalar, ularning o‘sish va rivojianishini to‘xtatuvchi moddalar esa – bakteriostatik moddalar deyiladi. Kimyoviy dezinfeksiya uchun har xil kimyoviy moddalar — oksidlovchilar, spirtlar, fenollar, yuvish vositalari, kislotalar,ishqorlar va boshqalar ishlatiladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling