Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet30/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Hamshiralik tashxislari. Tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal, tosh­ma toshishi, terining qichishishi, ko'ngil aynishi, qusish, qorindagi og‘riqlar, uyqusizlik va boshqalar.
Qo‘shimcha teksMruvlar. Balg'amning bakteriologik va parazitologik tekshiruvi, o‘pkaning rentgenologik tekshiruvi, axlatni gijja tuxumlariga tekshirish, qonning umumiy tahlili va boshqalar.
Davolash va parvarish qilish. Askaridozni migratsion fazasida spetsifik davolash hali ishlab chiqilmagan. Ikkinchi, ichak fazasi esa bir necha xil dori-darmonlar va kislorodoterapiya bilan davolab kelinmoqda. Dori vositalaridan piperazin, naftamon, pirantel, levamizol, dekaris va boshqalardan keng qo‘llaniladi. Piperazin quyidagi bir martali dozalarda ovqatdan bir soat keyin, ketma-ket 2 kun kuniga 2 mahal ichirish uchun buyuriladi:
-1 yoshiga to‘lmagan bolalarga — 0,2 g;

  • 2-3 yoshli bolalarga - 0,3 g;

  • 4-6 yoshli bolalarga - 0,5 g;

  • 7-9 yoshli bolalarga - 0,75g;

  • 10—14 yoshli bolalarga — 1 g.

Davo vaqtida o‘tkir va sho‘r taomlar istisno qilinadi. Markaziy asab tizimidagi organik kasalliklarda piperazin buyurilmaydi.
Kombantrin - 5-10 mg/kg hisobidan faqat bir marta beriladi (1 tabletkasida 250 mg, 1 ml suspenziyasida 50 mg bo‘ladi). Davo qilib bo‘lgandan keyin surgi dorilar buyurilmaydi.
Dekaris - 2,5 mg/kg hisobidan bir marta (1 tabletkasida 150 mg bo‘ladi) qo'llaniladi.
Vermoks — 2,5—5 mg/kg hisobidan bir marta ishlatiladi (1 tablet­kasida - 100 mg).
Askaridozga davo qilish uchun kisloroddan ham foydalanilishi mumkin. Kislorodni 2—3 marta (har kuni yoki kunora) yuboriladi, kislorod yuborilganidan bir sutka o‘tgach, bolaning ichi kelavermasa, surgi dori beriladi. Kislorodterapiyasidan so‘ng o‘lik askaridalar 1-kun bilan 3-kun orasida, ba’zida 4—6 kunlari tushib ketadi. Yara kasalligining qo‘zib turgan davri, qorin bo‘shlig‘ida o‘tkir va yarim o‘tkir yalligianish jarayonlari borligi kislorod bilan davolash uchun monelik hollari hisoblanadi.
Enterobioz

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling