Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet28/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Gelmintozlar, ya’ni gijja kasalliklari organizmda parazitlik qilib yashaydigan chuvalchanglar (gijjalar) tufayli paydo bo‘ladigan, hozirgi vaqtda nafaqat bolalarda, balki kattalarda ham keng tarqalgan kasalliklar jumlasiga kiradi. Gelmintozlarning bunchalik tarqalishida yashash sharoitining sanitariya jihatidan qoniqarsiz ahvolda boiishi, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qUmaslik va tabiiy omillar sababchi. Gijjalar bola organizmining barcha a’zolari va to‘qimalarida: me’da- ichak yo‘li, o‘pka, qon, markaziy asab tizimi, muskullar, suyaklarda parazitlik qilib yashay oladi. Lekin odamda uchraydigan gelmintlarning aksariyati ichakda parazitlik qilib, ichak suyuqligi, shiralari hamda, to‘qimalar bilan oziqlanib, vitaminlar va mikroelementlarning yetishmovchiligiga sabab bo‘ladi. Gelmintlarning bolalar organizmida parazitlik qilib yashashi natijasida bolalar o‘sishdan ortda qoladi, ulardagi moddalar almashi- nuvida hosil bo‘ladigan mahsulotlar hamda ular halok bo‘lganida yuzaga keladigan parchalanish mahsulotlarining toksik-allergik ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, gijjalaming mexanik ta’siriga javoban bolaning ichki a’zolari, ayniqsa, hazm organlari, markaziy asab tizimida zaharlanish yuzaga keladi. Gelmintozlar boladagi immun tizim ishini susaytiradi, organizmning reaktivligini pasaytirib, kasalliklarga moyillik ortadi, kasalliklarning kechishi ogirlashadi va turh asoratlar berish xavfi paydo boiadi. Bolalarning ko‘pincha askaridalar, ostritsalar, qilbosh gijjalar, pakana gijjalar, ba’zi hollarda ho‘kiz va cho‘chqa solityori, serbar gijja, exinokokklar bilan zararlanishi kuzatiladi. Quyida ana shu gelmintozlarning asosiylari haqida qisqacha ma’lumotlar keltiriladi.
Askaridoz
Kasallik odam organizmida ingichka ichakda yashaydigan askarida - dumaloq chuvalchanglaming parazitlik qilib yashashi tufayli yuzaga keladi. Askaridalar ayrim jinsli, urg‘ochisining bo‘yi 25-40 sm, erkagining bo‘yi 15-25 sm, tanasi duksimon, qizg‘ish rangli gijjalar hisoblanadi. Askarida tuxumlari odam ichagidan axlati bilan birga tashqi muhitga chiqariladi va ular tashqi muhitda optimal sharoitlar bo‘lganida (harorat 24-26° C, muhitda yetarlicha namlik, kislorod bo‘lib turganida) 25 kun davomida invaziyalovchi harakatchan lichinka davriga qadar rivojlanib oladi. Invaziyalovchi lichinkasi bor gijja tuxumlari ifloslangan sab- zavotlar, ba’zi mevalar (qulupnay), ba’zan chang, suv va xomligicha yeyilaveradigan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga yutib yuborilganda odamga gijja yuqadi, bu hoi odatda yoz va kuz davrlarida ko‘proq sodir bo‘ladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling