Hamshiralik tashxislari. Qusish, bezovtalik, uyqusizlik, qabziyat, tana vaznining kamayish belgilari.
Qo‘shimcha tekshiruvlar. Ona suti miqdorini aniqlash, zaruratga qarab rentgenologik tekshiruv, atropinJi sinama o‘tkazish va boshqalar. Kasallikni albatta pilorostenozdan ajratib olish kerak(quyida kehi- rilgan).
Davolash va parvarish qilish. Birinchi navbatda bolaga har safar beriladigan sut miqdori kamaytiriladi, ovqat berish esa sutkasiga 8—10 martagacha ko‘paytiriladi. Bolaga ovqat oldidan 2-3 mahal bir oz miqdorda (1—2 choy qoshiq) 8—10 foizli manniy bo‘tqasidan berib turish spazmlarning kamayishiga va keyinchalik yo‘qolib ketishiga olib keladi. Ona ovqati tarkibini vitaminlar, ayniqsa, В guruh vitaniinlari bilan boyitish tavsiya etiladi. Bolaga 1: 1000 nisbatda suyultirilgan atropin (kuniga 1-2 tomchi- dan 4 mahal) yoki aminazin (tana vaznining har bir kilogrammiga 2,5% li eritmasidan sutkasiga 3-4 tomchini uch martaga boiib) eritmalari buyuriladi. Bolaning me’da sohasini ovqatlantirishdan oldin isitish ham yaxshi naf beradi. Eksikoz belgilari namoyon bo‘lganda, unga qarshi kurashish uchun parenteral yo‘l bilan tuzli eritmalar va 5% li glyukoza eritmasi yuborib turish mumkin.
Profilaktikasi. Pilorospazmning oldini olish uchun ona homiladorlik davrini nuqsonlarsiz o‘tkazishga harakat qilishi, vaqtida dam olishi va kaloriyali ovqatlanishi lozim.
Pilorostenoz
Pilorostenoz - me’da-ichak yo‘lining rivojlanish nuqsoni bo‘lib, kasallik asosan o‘g‘il bolalarda ko‘proq uchraydi. Me’daning pilorus qismi muskul qavati qalinlashib, zich, tog‘aydek konsistensiyaga aylanadi, buning natijasida chiqish yo‘li torayib (stenoz) qoladi.
Etiologiyasi. Kasallikning kelib chiqishida onaning homiladorlik davrida turli xil noxush holatlarga tushib qolishi sabab bo‘lishi taxmin qilinadi. Chunki stenoz xuddi tug‘ma nuqsonlar kabi bola tug‘ilgunicha shakllanib bo‘lgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |