Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi
Download 0.64 Mb.
|
Рефератлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Emfizematoz
- ^axitik (tovuq)
- /fbronkasimon
- Aralash tipda
Ko‘zdan kechirish. Ko‘krak qafasi ma’lum bir tartib bilan ko‘zdan kechiriladi. Yonlama yorug‘likda bemorni tik turg‘azib yoki o‘tirgan holida har tomondan qarab chiqiladi. Oldin ko'krak qafasi shakliga, o‘mrovlari, o‘mrov usti va o‘mrov osti chuqurchalari, kuraklarining ol- gan joyiga baho beriladi. So‘ngra nafas tipi, ritmi va tezligini ta’riflash kerak ko’krak qafasi shakli normal va patologik bo‘ladi. Tana tuzilishi 3 ta konstitutsiya tipiga ajratiladi: normostenik, giperstenik, astenik./ ^o‘krak qafasining bir qancha patologik shakllari mavjud: 'Emfizematoz (bochkasimon) ko‘krak qafasi kalta, hamma yo‘nalish- larda, ayniqsa orqa, yon bo‘limlari kengaygan bo'lady 0‘mrov usti va o‘mrov osti chuqurchalari do‘mbayib turadi, qovurg‘alararo kamgaklar katta bo‘ladi (xuddi bochkadek). Bu o‘pka emfizemasida kuzatiladi. ('Paralitik ko‘krak qafasi emfizematoz ko‘krak qafasining aksi: yas- si, tor va uzun bo‘ladiyBemorlar ko‘zdan kechirilganida ko‘krak qafasi muskullarining atrofiyasi, o‘mrov va kurak suyaklarining asimmetrik ravishda joylashganligi topiladi. Paralitik ko‘krak qafasi 2 tomonlama fibroz kavernoz o‘pka silida kuzatiladi. ^axitik (tovuq) ko‘krak qafasi to‘sh suyagining oldinga turtib chiqib turishi, qovurg‘a tog‘aylarining tasbehga o‘xshab qalinlashib qolganligi hisobiga oldingi orqa razmerining ancha katta bo‘lishi bilan farq qiladi^ (bunday holat raxit bilan og‘rib o‘tganIarda kuzatiladi). /fbronkasimon ko‘krak qafasi (ctikdo‘z ko‘kragi) to‘sh suyagi rivoj- lanishida kamchiliklar bo‘lganda yoki u uzoq qisilib qolganida uchray- dj* Bunda to‘sh suyagining pastki qismi va xanjarsimon o‘simtasida voronka ko'rinishida ichiga tortgan joy ko‘zga tashlanadi. Jmurtqa pog‘onasining oldinga qiyshiqligi lordoz, orqaga qiyshiqli- gi kifoz, yon tomonga qiyshiqligi skolioz, orqaga va yon tomonga qiyshiqligi kifoskolioz deb ataladi. Kifoskolitik ko'krak qafasi ko‘pincha umurtqa pog‘onasi sili va raxitda uchraydi. Nafasning ko‘krak, qorin va aralash tiplari tafovut qilinadi. Nafasning ko'krak (qovurg‘a) tipi asosan ayollarda uchraydi. Bunda na- fas harakatlari asosan qovurg‘alararo muskullar ishtiroki bilan yuzaga chiqadi. Qorin (diafragma) tipi ko‘pincha erkaklarda qayd qilinadi. Nafas harakatlari asosan diafragma bilan yuzaga chiqadi, nafas olish vaqtida qorin devori oldinga suriladi. Aralash tipda nafas harakatlari qovurg‘alararo muskullar qisqarishi hisobiga ham, diafragma qisqarishi hisobiga ham yuzaga chiqadi. Sirtdan ko'zdan kechirish mahalida ko‘krak va qorin devorining nafas harakatlariga qarab nafas tezligi (chastotasi) aniqlanadi. Katta yoshli sog‘lom odamda nafas ekskursiyalari chastotasi tinch turilgan mahalda minutiga 16-20, chaqaloqlarda 40, yoshi ulug‘aygan sari asta- sekin pasayib boradi. Uyqu mahalida minutiga 12-14 marta boisa, jis- moniy mashq bajartirilganda yoki his-hayajonlarda ortadi. Nafas chuqurligi tinch holatda nafasga olinadigan va chiqariladi- gan havo hajmiga qarab aniqlanadi. Normada nafas havosining hajmi 300-800 ml. ni tashkil etadi. Yuza nafasda nafas olish va nafas chiqa- rish kalta, chuqur nafasda uzoq bo‘ladi. Sog‘lom odamda nafas ritmi nafas olish va nafas chiqarishning bir xil chuqurlikda va bir xil muddat davom etib borishi bilan ta’riflanadi. ^oma holatidagi kasallarda nafas chuqur va shovqinli bo‘lib qoladi, Kussmaulcha katta nafas deb shuni aytiladi. Nafas aritmiyasi to‘xtab- to‘xtab qoladigan ikki tipdagi nafas — Cheyn-Stokscha va Biotcha nafas bilan namoyon bo‘ladi. O’pka palpatsiyasi. Bu usul yordamida ko‘krak qafasining og‘rib turgan joylarini, elastikligini, ovoz titrashini aniqlash uchun qo‘llanilad^ Tovush titrashi - tckshirayotgan shifokor bemor (kuchli tebranishga sabab bo‘ladigan tovushlarni, tovushi tebranishidan ko‘krak qafasining silkinishlarini sezadi. 0‘pka to‘qimasi zichlashib qolgan joy tepasida tovush titrashi zo‘rroq bo‘lib seziladi (zotiljam, kavernalar, abssesslar, o‘pkaning kompression atelektazlarida). 0‘pka elastikligi yo‘qolganida (o‘pka emfizemasi, bronxlar yo‘lining tiqilib qolgan paytlarda), shuningdek o‘pka bilan kurak devori o‘rtasida tovush tebranishlarini yutib qoladigan suyuqlik yoki havo bo‘lgan mahallarda (ekssudativ plevrit, pncvmotoraks, gidrotoraks, o‘pka o‘smalarida), tovush tebranishi suswib, batamom yo‘qolib ham ketadi. 0‘pka perkussiyasi. Perkussiya yordamida o‘pka chegaralari aniqlanadi, chunki qorin bo‘shlig‘i organlarini (me’da, ichak qovuzloqlarini) hisobga olmaganda, o‘pka atrofidagi organlarning ko‘pchilik qismi sckin (bo‘g‘iq) tovush beradi, lekin ular o‘pka tovushiga qaraganda boshqacha tovush bera^ Normal sharoitlarda bir xildagi kuch bilan tukillat(porok)ib urib ko‘rilganda, ko‘krak qafasining qaysi joyida havoli organ (o‘pka) bo‘lsa, o‘sha joyida ravshan perkutor tovush chiqadi. Havosiz organlar va to'qimalar (yurak, jigar, taloq, muskullar) perkussiya qilinganida sekin tovush chiqadi. Qattiq va sekin tovushdan tashqari, oraliq o‘rinni egallaydigan tovush bo‘g‘ilgan (bo‘g‘iqlashgan) tovush bor.0‘pkada havo kamayib qolganida yoki mutlaqo yo‘qolib ketganida, masalan: o‘pka yallig'lanishida, infarkt va atelektazga uchraganida, ekssudativ plevritda kuzatiladi.
MAVZU: _______________________________________________ _____________________________________________________________________ Yurak yetishmovchiligi og‘ir sindrom bo‘lib, yurak-tomir tizimining a’zo va to‘qimalarini yetarli miqdorda qon bilan ta’minlay olmasligidan kelib chiqadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling