Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet45/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

A bosqichda kasallikning klinik manzarasi ko‘pincha gemodinamika o'zgarishiga bog‘liq.

Agar yurakning chap bo‘limi ko‘proq zararlangan bo‘lsa, bu holda bemorlarda kichik qon aylanish doirasida dimlanish belgilari kuzatiiadi. Bemoming asosiy shikoyatlari jismoniy harakatqilganda havo yetishmasligi, yurakning tez urib ketishi va bo‘g‘ilishdan iborat bo'ladi. Bemorda tez charchash, quruq yo‘tal, ba’zan qon tashlash hollari kuzatiiadi. Ten qoplamlari oqarib, sovuq ter bosadi. Lablarida, barmoqlarida ko‘karish paydo bo‘ladi. Yurak chap qorincha hisobiga kengayadi. 0‘pkada quruq va nam xirillashiar eshitiladi. Yurak qisqarishlari tezlashadi yoki aritmiya kuzatiiadi. Agar o‘ng qorincha yetishmovchiligi belgilari ustunlik qila- digan bo‘lsa, bu holda bemorlarda katta qon aylanish doirasida dimlanish belgilari kuzatiiadi. Bemorlar o‘ng qovurg‘alar ostidagi og‘irlik, tashnalik sezgisi, kechga tombn oyoqlarida shish bo‘lishi, siydik kam ajralishidan shikoyat qiladilar. Osoyishtalikda bemor- ning nafasi qismaydi. Teri qoplamlarida sianoz, bo‘yin venalari­ning bo‘rtib chiqqanligi ko‘zga tashlanadi. Jigar kattalashgan, yuzasi silliq bo‘ladi. Palpatsiyada og‘riqli. Plesh belgisi (jigami qo‘l bilan bosib ko‘rilganda o‘ng bo‘yinturiq venasining bo‘rtib chiqishi) musbat bo‘ladi. Ba’zan qorin bo‘shlig‘iga suv yig‘iladi. Yurak va o‘pka tomonidan boMadigan o‘zgarishlar asosiy kasal- likka bog‘liq. В bosqichda bemorlar ozgina jismoniy harakat qilganda nafas olishning qiyinlashuvi, yurakning tez-tez urushi, siydik ajralishining juda kamayib ketganligi, o‘ng qovurg‘alar ostida og'irlik sezish, uyqusizlik, keskin loxaslikdan shikoyat qiladilar. Bu bosqichda bemorlarda anasarka, assit, gidrotoraks bo‘lishi mumkin. 0‘pka eshitib ko‘rilganda nafas dag‘al bo‘ladi, quruq va nam xirillashiar eshitiladi. Yurak chegaralari har tomonga ken- gayib ketadi. Auskultatsiyada yurak ritmining buzilishi kuzatiiadi. Jigar ancha kattalashgan bo‘lib, paypaslab ko‘rilganda qattiq va yuzasi silliq bo'ladi.

  1. bosqich ikkala qon aylanishi doirasida gemodinamikaning takror buzilishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda ichki a’zo lardagi distrofik o‘zgarishlar, suv-tuz almashinuvi buzilishi bel­gilari yuzaga chiqadi. Bemorlarning 41% ida gidrotoraks, 73% ikkala qorinchaning dilatatsiyasi, 80—90% ida yurak ritmining buzilishi va ko‘p chilik bemorlarda assit kuzatiladi. Uzoq vaqt davom etgan surunkali qon aylanishining buzilishi va ko‘pchilik bemorlarda astsit kuza­tiladi. Uzoq vaqt davom etgan surunkali qon aylanishining buzi­lishi natijasida ichki a’zolar va to‘qimalar atrofiyaga uchraydi, bemorlar ozib ketadi. Ulaming teri qoplamlari ko‘kargan, quruq bo‘ladi. Teri osti yog‘ qatlami deyarli bo‘lmaydi. Yurak chegaralari kengaygan, yurak tonlari va shovqinlari pa- saygan, uch tavaqali klapanning nisbiy yetishmovchiligi rivojlanadi. Bo‘rtib chiqqan bo'yin venalari pulsatsiyasi, epigastral pulsatsiya, gipertro- fiyalangan o‘ng qorincha qisqarishi hisobiga jigar pulsatsiyasi ko‘rinadi. Jigarda fibroz rivojlanishi natijasida uning faoliyati keskin buziladi. Surunkali yurak yetishmovchiligida gemodinamik o‘zgarishlarni exokardiografiya usuli yordamida aniqlash mum- kin. EKG da yurak yetishmovchiligiga olib kelgan asosiy o‘ziga xos o‘zgarishlar kuzatiladi. Davolash. 0‘tkir yurak yetishmovchiligini davolash kabi bo‘ladi. 0‘tkir yurak yetishmovchiligini davolashda miokard qisqa- rish xususiyatini yaxshilash, yurakka kelayotgan qon hajmini kamaytirish, nafas markazining qo‘zg‘aluvchanligini kamay- tirish, bemor organizmida kislota-ishqor holatini tiklash ko‘zda tutiladi. Miokardning qisqaruvchanlik faoliyatini yaxshilash maqsa- dida yurak glukozidlari — strofantin, korglukon qo‘llaniladi Surunkali yurak yetishmovchiligini davolash uning bosqi- chiga bog'liq bo‘lib, kompleks olib boriladi. Yetishmovchilikning birinchi darajasi bilan kasallangan bemorlar mehnatga layoqatli bo‘ladilar, biroq ular dispanser kuzatuvida bo‘lib, vaqt-vaqtida tegishli dori-darmonlarni ichib turadilar. Yetishmovchilikning II darajasi bo'lgan bemorlami vaqt-vaqtida kasabconaga yotqizib turish va yurak glukozidlari (strofantin, korglukon, digitoksin, digoksin va hokazo) bilan davolash zarur. Digitalis preparatlarini kukun holida ichish uchun tayinlanadi. Ulami bir qabulga 0,1— 0,2 g dan boshlab tayinlash mumkin; so‘ngra kichikroq miqdorlarga (0,05—0,lg dan kuniga 3 mahal) o‘tsa bo‘ladi. Yetishmovchilikning III darajasida atsit bo‘lganda digi­talis preparatlarini shamchalarda qo‘llagan ma’qul. Digitoksin 0,0001 g dan kuniga 3 marta, digoksin 0,00025 g dan kuniga 2—4 marta, selanid (izolanid) 0,00025 g dan kuniga 3 marta tayinla- nadi. Digitalis yaxshi naf bermaganda (uni bekor qilgandan so‘ng 3—4 kun o4gach), strofantinning 0,05% li eritmasini 0,5—1 ml dan 40% li glukoza eritmasi bilan birga tayinlanadi. Strofantin asta-sekin 2—3 minut ichida yuboiiladi. Korglukon strofantinga nisbatan kuchsizroq ta’sir ko‘rsatadi. Siydik haydaydigan vositalardan dixlotiazid (gipotiazid) surunkasiga 2—3 kun qo‘llaniladi, so‘ngra bir hafta o‘tgach 1 qabulga 0,03 g takrorlanadi, ayni paytda 2—3 g dan kaliy xlorid tayinlanadi. Og‘ir hollarda kislorod terapiyasi buyuriladi.Qon aylanishi yetishmovchiligining III darajasida o‘rinda yotish rejimi, parhez (stol №10), siydik haydaydigan vositalar, yurak glukozidlari bilan davolash tayinlanadi. Laparotsentez (abdaminal punksiya) buyuriladi.


MAVZU: _______________________________________________
_____________________________________________________________________
Yurak qonni harakatlantirib, uni inson a’zolari va to‘qimalariga yetkazib berib turadigan a’zodir. U old ko‘ks oralig‘ida joyla- shib, sog'lom odam yuragining asosi chap tomonda — II qo- vurg‘a damida, uchi V qovurg‘a oralig‘ida turadi. Yurak hajmi 250—300 gr ni tashkil etadi. Uzunasiga ketgan to‘siq bilan yurak chap va o‘ng nimtaga bo'linadi. Har bir nimtasi esa, o‘z nav- batida, yurak bo'lmachasi bilan yurak qorinchasiga bo‘linadi. Yurak 3 qavat; ichki-endokard, o‘rta-miokard va tashqi- perikarddan tashkil topgan. Endokard yurak bo‘lmachalar bilan qorinchalar bo'shliqlarining ichki yuzasini qoplab turadigan endomital hujayralardan iborat. Yurakning bir bo‘shlig‘i ikkinchisiga aylanadigan joyda endokard qalin tortib, burmalar hosil qiladi. Bular yurak klapanlari deb aytiladi. Miokard yurakning o'rta qavatidir. 0‘ng qorincha miokardi chap qorinnikiga nisbatan sustroq rivojlangan. Qorinchalar muskul qavati bo‘lmachalarinikiga qaraganda ancha qalinroq bo‘ladi. Mio­kard tolalari bir-biri bilan chalkashib qo‘zg‘alishi natijasida qisqa- radi va qon butun yurakka bir lahza ichida tarqalishi uchun sharoit yaratiladi. Perikard tashqi va ichki varaqlardan tashkil topgan. Bu varaq- lar orasida bo‘shliq bor, shu bo‘shliqda doimo 20—30 ml seroz suyuqlik bo‘ladi. Tana pastki qismlarining venalaridan kelgan qon pastki kovak venaga, yuqori qismlaridan kelgan qon esa yuqori kovak venaga quyiladi. Bu venalarning ikkalasi o‘ng bo‘lmachaga quyiladi, so‘ngra venoz qon o‘ng qorinchaga o‘tadi, undan esa o'pka arte- riyasi orqali o'pkaga o‘tadi. 0‘pka arteriyasi o‘pkada tobora mayda tomirlarga, pirovard natijada alveolalami o‘rab turadigan kapillarlarga bo‘linadi. Mana shu yerda venoz qon kislorod bilan to‘yinadi. So‘ngra kapillarlar bir-biri bilan tutashib, o‘pka venalarini hosil qiladi. Bu venalardan arterial qon chap bo‘lmachaga, undan chap qorinchaga tushadi. Kislorod bilan to‘yingan qon chap qorinchadan aorta va arteriyalar tormog‘i orqali butun organizmga tarqaladi. Arteriyalar kichikroq kalibr- dagi tomirlarga bo‘linib, kapillarlar bilan tugallanadi. Kapil- larlarning diametri 7—8 mkm ni tashkil etadi. Kapillarlardan oqib kelgan qon kislorod va oziq moddalarni hujayralarga beradi va ishlangan mahsulotlami o‘ziga singdirib oladi. Kapillarlaming arterial va venoz tirsagi bor.
Kapillarlaming ko‘pgina qismi, odatda, puchaygan holatda bo‘lib, dam olib turadi. Puchayib turgan shu kapillarlar jismoniy zo‘riqish paytida qon bilan to‘lishadi. Organizmdagi barcha a’zo va to‘qimalar kapillarlaridan qon venalarga yig‘iladi va ular o‘ng bo‘lmachaga oqib keladi. Qon aylanish sistemasi ikki: katta va kichik qon aylanish doirasiga bo‘linadi. Tomirlar sistemasining bir qismi, ya’ni o‘ng qorinchadan o‘pka arteriyasining chiqish joyidan to o‘pka venasining chap bo‘lmachaga quyilish joyigacha bo‘lgan qismi kichik qon aylanish doirasi deyiladi. Tomirlar sistemasining qolgan qismi, ya’ni aorta va uning tarmoqlaridan tortib to ustki va kovak venalargacha bo‘lgan qismi katta qon aylanish doirasi deb aytiladi. Normada yurak minutiga 60 — 80 marta qisqarib turadi va u har safar qisqarganda normada 50 — 70 ml qonni otib chiqaradi, bu sistalik hajmni tashkil etadi. Yurakning minutlik hajmi 1 min davomida yurak otib chiqaradigan qon miqdori hisoblanadi. Odam tinch turganda u 3,5—5 litrni tashkil etadi. Qonning hammasi tomirlar o‘zanida aylanib yurmaydi. Sog‘lom odam organizmidagi 5—6 / qonning 1/3 qismi asosiy qon depolari —jigar, taloq, muskullar va terida bo‘ladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling