Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi
Download 0.64 Mb.
|
Рефератлар
Klinik manzarasi. 0‘tkir yurak yetishmovchiligi ko‘pincha chap qorincha yetishmovchiligi sifatida namoyon bo‘ladi. 0‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi yurak astmasi va o‘pka shishi ko‘rinishida bo‘ladi. Yurak astmasi—o‘pkada qonning dimlanishi va gaz almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadigan og‘ir bo‘g‘ilishlar xurujidir. Xurujlar ko‘pincha tunda bo‘ladi. Bemor- ning teri qoplamlari oqarib, ko‘karib ketadi va sovuq qotadi. Bemor xuruj paytida majburiy holatda bo'ladi: oyoqlarini pastga tushurib, qo‘llariga tayangan holda o‘tirib „havo tutadi“. Be- morda xuruj vaqtida o‘hm vahimasi tutadi. Qon bosimi sal ko‘- tarilib, yurak urushi tezlashadi; eshitib ko‘rilganda yurak tonlari bo‘g‘iq bo‘lib, o‘pka arteriyasi sohasida II ton kuchaygan bo‘ladi. 0‘pkani eshitib ko‘rganda uning pastki qismlarida nam va quruq xirillashlar paydo bo'lgani aniqlanadi
Rentgenogrammada o‘pka suratining kuchayishi, o‘pka ildizi tuzilishining o‘zgarganligi, o‘pka bo‘lakchalari orasidagi to'siqlarning shishib ketishi tufayli hosil bo‘ladigan Kerli chi- ziqlari ko‘rinadi. EKG da chap qorinchaning zo‘riqqanlik belgilari ko'rinadi. Kichik qon aylanish doirasida qon dimlanishining kuchayishi natijasida yurak astmasi o‘pka shishiga o‘tib ketishi mumkin. 0‘pka shishida bemorda bo‘g‘ilishning yanada kuchayishi, o‘pkada nam xirillashiar sonining juda ko‘payib ketishi, bemorda ko‘p miqdorda suyuq, ko‘piksimon, pushtirangli balg‘am ajralishi kuzatiiadi. Eshitib ko‘rilganda o‘pka ustida har xil pufak- chali nam xirillashiar ko‘p miqdorda eshitiladi. Qon bosimi pa- sayadi. Tomir urishi tezlashib, ipsimon bo‘lib qoladi. 0‘pka shishi juda og‘ir holat bo‘lib, bemorga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmasa, uni qutqarib qolish qiyin bo‘lib qoladi. 0‘tkir o‘ng qorincha yetishmovchiligida bemorlarda to‘satdan hansirash, yuzi va bo‘yin terisining keskin ko‘karib ketishi, sovuq ter bilan qoplanishi, bo‘yin venalarining bo‘rtib chiqishi va pulsatsiyasi, taxikardiya, jigarning keskin kattalashuvi, qorin dam bo‘- lishi, oyoqlarda shishlar, assit, ko‘ngil aynishi va qusish kuzatiiadi.Surunkali yurak yetishmovchiligining klinik manzarasi uning bosqichlariga qarab o‘zgaradi. I bosqich. Qon aylanishi buzilishining boshlang‘ich darajasida ko‘pchilik bemorlarda odatdagidek jismoniy ishni bajarganda ham tez charchash (tekis yerda yurish, zinadan ko‘tarilishda), havo yetishmasligi, tomir urishining tezlashishi kuzatiiadi. Be- mor 3—5 marta o‘tirib-turganda nafas olishi 50% ga tezlashadi, tomir urishi ham tezlashadi. Bu ko‘rsatkichlar o‘z holiga 10 daqiqadan oldin qaytmaydi. Nafas vezikular, ba’zan dag‘alroq bo‘lib eshitiladi. Yurak nisbiy chegaralari ozroq kengayishi mumkin. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling