Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet46/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Revmatizm—biriktiruvchi to‘qimaning sistem yallig‘lanishi bo‘lib, asosan, yurak va qon tomirlar sistemasida, kasallikka moyil kishilarda, A guruhiga kiruvchi V—gemolitik streptokokk bilan bog‘liq holda rivojlanadi. Bu kasallikda, shuningdek, bo‘g‘im seroz pardalari, asab sistemasi va boshqa ichki a’zolarning biriktiruvchi to‘qimalari yallig‘lanishi mumkin. Kasallikka keltiril- gan bu ta’rif (V.A.Nosonova, I.A.Bronzov, 1978) uning rivojlanishida: 1) asosan yurak va qon tomirlar sistemasi shikast- lanishini; 2) kasallik rivojlanishiga moyil irsiyatning o‘rnini; 3) streptokokk infeksiyasining rohni ta’kidlaydi. Kasallikning mohiyati yurakning hamma qavatlari, shu jumladan, asosan, miokard va endokard shikastlanib, yurak yetishmovchiligini kel- tirib chiqaradigan qopqoqlar shaklining buzilishi va yurak teshiklarining torayishi—yurak illati rivojlanishidadir. Boshqa ichki a’zolar va a’zolar yigindisining revmatizm bilan shikast- lanishi 2- darajali ahamiyatga ega va kasallikning og‘ir-yengilligini hamda oqibatini aniqlashga yordam bermaydi. Revmatizm hamma yoshdagi kishilami, lekin ko‘pincha bolalami, yoshlarni shikastlantiradi. Revmatizm yer yuzining turli iqlimiy-geografik mintaqalarida uchraydi. Revmatizm bilan shikastlanish va mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi o‘rtasida uzviy bog'liqlik borligi ma’lum. Revmatizm bilan shikastlanishda uy-joy 64
va maktab sharoitlarining taqchilligi, sifatsiz ovqatlanish, tibbiy yordam ko'rsatishning past darajadaligi alohida o‘rin tutadi.
Sabablari. Revmatizmning asosiy sababi streptokokk in- feksiyasi bo‘lib, uning kelib chiqishi va rivojlanishining 2- asosiy omili organizm reaktivligining o‘zgarishidir. Revmatizm bilan shikastlangan kasallaming kasallik boshlinishidan oldin angina yoki surunkali tonzillit bilan og‘riganlari aniqlanadi. Strepto­kokk infeksiyasi bilan bog‘liqlik bemorlar qonida streptokokk antigenlari va streptokokk antigenlariga qarshi antitanalar (ASL- O, ASG, antidezoksiribonukleaza B) katta miqdorda topilishi bilan tasdiqlanadi. Streptokokk virulentligi srtreptokokk hujayra devoridagi M- oqsilning miokardni shikastlantiruvchi xili, uni revmatizm keltirib chiqaradigan xillaridagina uchraydigan C- oqsil, streptokokk tashqi qovug‘ida joylashgan va neytrofillaming fagotsitar faolligini yo‘qotuvchi gialuron kislotasi, endotoksik ta’sir ko‘rsatuvchi mukopeptid bo‘lishi bilan bog'liqdir. 0‘tkir streptokokk infeksiyani o‘tkazgan bemorlaming 0,3—3 foizigina revmatizm bilan shikastlanadi. Tanaga streptokokk infeksiyasi kirishiga javoban unda qonda aylanib yurib, o‘ta kichik qon ayla- nish yo‘nalishlarida (mikrosirkulatsiyada) cho‘kib, o‘tirib qo- luvchi streptokokk antigenlariga qarshi antitanalar ishlab chiqa- riladi va immunologik birikmalar paydo bo‘ladi. Miokard va biriktiruvchi to'qimani yana streptokokk zaharlari va fermentlari zararlantiradi. Revmatizm bilan kasallanganlarda immunolo­gik sistemaning genetik kamchiligi bo‘lgani uchun streptokokk antigeni va immunologik birikmalar tanadan tezgina yo‘qol- maydi. Patologik anatomiyasi. Revmatizmni qanday avj olib borishini rus tadqiqotchisi V.T.Talalayev tasviriab bergan. Uning avj oli- shiga, asosan, biriktiruvchi to‘qimada revmatik granuloma degan tugunchani paydo bo‘lishi sabab bo‘ladi. Bu granuloma uni birin- chi marta tasviriab bergan olimlar nomi bilan Ashojfydi Talalayev granulomasi, ya’ni tugunchasi deb ataladi. Ashoff—Talalayev granulomasi avj olib borishida 3 bosqichni o‘tadi: 1) biriktiruvchi to‘qima tolalari shishib chiqadigan ekssudativ bosqich (granulo­ma shakllaria boshlashi); 2) granulomaning uzil-kesil shakl- 5-218 65 lanishi; 3) granulomaning sklerozlanib, atrofdagi to‘qimalarga raxna solishi, bu, o‘z navbatida, yurak klapanlari shaklining o‘zgarib ketishiga olib kelishi mumkin. Revmatizmning ekssudativ bosqichi hozir 2 mustaqil bos- qichga bo‘linadi: mukoid bo‘kish va fibrinoid o‘zgarisMar bosqichi. Mukoid bo‘kish biriktiruvchi to‘qima zararlanishining yuza va qaytar bosqichi bo‘lib, skleroz boshlanishiga olib keladi. Revma- tizmda nerv sistemasi, ichki sekretsiya bezlari va boshqa a’zo hamda sistemalar zararianadi. Revmatizmning turiarini G.I.So- kolskiy va J.Buyo batafsil o‘rganib, tasviriab berishgan, shu sababli bu kasallik Sokolskiy—Buyo kasalligi deb ataladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling