Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet54/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

153



MAVZU: _______________________________________________
_____________________________________________________________________

Refraktsiya deb nur sindirishga aytiladi. Ko‘z optik sistemasi bo‘lib, o‘ziga tushgan nurlami sindiradi. Nur sindirish dioptriyada (D) o‘lchanadi. 1 D — bu fokus uzunligi 1 m ga teng bo‘lgan linzaning nur sindirish kuchidir. Sog‘ ko‘zda nurlar birinchi shox pardadan o‘tib 40 dioptriyaga oldingi kamerada, gavharda (16—18D), eng oxiri, shishasimon tanada sindiriladi. Sindirilgan nurlarning bir nuqtaga yig'ilishi bu fokus (F) dir. Sog‘ ko‘z 0‘rta hisobda 60 D ga nurni sindiradi.
Refraktsiya ikkita narsaga bog‘liq boiadi:

  1. nur sindirish kuchiga;

  2. ko‘z o‘qining uzunligiga (sog‘ ko‘zda 22—27 mm) (31-rasm).

Ko‘zni nurlar yig‘uvchi qabariq shisha funktsiyasini bajaruvchimurakkab optik apparat sifatida tasawur qilish mumkin. Yorugiik nuri prizma orqali o'tayotganda uning asosiga og‘ishini (quyidagi rasm nazarda tutilsa, qabariq shishani (convex, 2) asoslari bilan ustma- ust qo‘yilgan ikkita prizmadan iborat, deb tasawur etish mumkin; yorug‘likning parallel nurlari shunday shisha orqali o‘tib, bu prizmalar asosiga og'adi va kesishadigan bo‘lib qoladi. Sunday linza (+) belgi bilan ifodalanadi. teskari proportsional, ya'ni fokus masofasi qancha qisqa boisa, shisha shuncha kuchli va aksincha, fokiis masofasi qancha uzun boMsa, shisha shunchalik kuchsiz hisoblanadi. Masalan, 5,0 D li shisha 100 sm : 5 = 20 sm ga teng fokus masofasiga ega bo‘ladi yoki fokus masofasi 10 sm boigan shisha 10,0 D (100 ; 10 = 10) kuchga ega bo‘ladi. Normal, aniq ko'rish ko'zning nur sindirish muhitining tiniqligi, ko‘ruv-nei'v apparatining normal funktsiyasi to‘r parda markazida, sariq dOg‘ sohasida narsaning ravshan tasvirini olishga bog‘liq. Agar yomg'lik nurlari to‘r parda yuzasidagi fokusda qo‘shilsa, ravshan tasvir hosil qilishga erishiladi. Sunday tasvirni hosil qilish faqat optik apparatning nur sindirish kuchigagina emas, shuningdek, ko‘z uzunligiga ham bog'liq bo‘ladi. Bu ikkala miqdor nisbati optik apparatning nur sindirish kuchi va ko‘z o‘qining uzunligi uning nur sindiaivchi xususiyati klinik refraktsiyani belgilaydi. Shu nisbatga bog‘liq holda ko‘zdan uzoq masofada (cheksizlikda) joylashgan narsa tasviri fokusi har xil holatda bo‘lishi mumkin. Uzoq masofada joylashgan narsadan kelayotgan parallel nurlar ma'lum sharoitlarda fokusda, to'r pardada, uning oldingi yoki orqa tomonida to‘planadi. Parallel nurlaming fokus holati refraktsiya turlarini belgilaydi (33-rasm); bular (a-rasm) emmetropiya yoki normal refraktsiya, miopiya (b-rasm) yoki yaqindan ko'rish refraktsiyasi, (d-rasm) gipermetropiyayoki uzoqdan ko'rish refraktsiyasidir; uzoqdan ko'rish (gipermetropiya)da fokus to'r pardaning orqasida, yaqindan ko'rishda (miopiyada) esa u to'r pardaning oldida joylashadi. Ko'z sistemasi optik kuchi va ko'z uzunligi, ya'ni optik sistemaning fokus masofasi 0‘rtasida muvofiqlik bo'lganda- gina to'r pardada aniq tasvir hosil qilinadi. Parallel nurlar to'r pardada fokuslanuvclii ko'z normal refraktsiyaga ega bo'lib, enunetropik ko'z deyiladi. Agar nur sindirish sistemasining optik kuchi va uzunligi o'rtasida moslikbo'lmasa, parallel nur­lar fokusi to'r parda oldida yoki orqasida bo'ladi. Bunday ko'z noloyiq ametropik ko'z deyi­ladi; u faqat yaqindan ko'ra- digan yoki uzoqdan ko'radi- gan (miopiya yoki giper- metropiya) bo'lib, ular ref­raktsiya anomaliyalari deyiladi. Faqat yaqindan ko'ra- digan ko'z birmuncha uzun oldingi-orqa o'qqa ega, shu- ning uchun parallel yomg'lik nurlari shox parda va ko'z gavharida singandan so'ng to'r parda oldida fokusda qo'shMadi. Uzoqdan ko'radigan ko'z birmuncha qisqa bo'lishi mumkin va unda parallel nurlar fokusi to'r parda orqasida paydo bo'ladi. Ko'z soqqasi o'lchamiga muvofiq holda refraktsiyaning turli ko'rinishlaridagi tafovutlar sistematik tarzda berilgan. Refraktsiya anomaliyalari o'qni normal uzunlikda ko'zning nur sindiruvchi xususiyatining kuchayishi yoki bu xususiyatning pasayishiga kamroq hollarda bog'liq bo'ladi. Bu anomaliyalar ko'z o'qi uzunligi va uning nur sindirish xususiyatining bir-biriga mos kelmasligi bilan izohlanadi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling