Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet51/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Parvarishi. 0‘tkir tomirlar yetishmovchiligi vujudga kelganda bemor parvarishi har bir holatda (hushdan ketish, kollaps, shok) o‘z xususiyatlariga ega. Lekin har bir holatda ham hamshira tezkor harakat qilib bemor parvarishini rejalashtiradi. Bemorga osoyishtalik yaratish, uni isitish, toza havoni ta’minlash, issiq ovqat va ichimliklar berish kerak. Qon tomir yetishmovchiligi- ning turlarini nazarga olgan holda, shoshilinch yordam rejasi yuqorida aytib o'tilgandek o‘tkaziladi.
MAVZU: _______________________________________________
_____________________________________________________________________

Oftalmologiya ko‘ruv analizatorining anatomiya va fiziologiyasini, ko‘z kasalliklarining etiologiyasi, klinikasi, davolash va oldini olishni o‘rganadigan fandir. Oftalmologiya XIX asrning o‘rtalaridan tibbiyotning mustaqil sohasi sifatida shakllana bosMagan. Inson hayotida ko‘rishning ahamiyati katta, chunki ko‘z orqali odam atrofdagi 80— 90 % ma'lumotni qabul qilsa, 10—20 % ini quloq, burun, hid bilish va sezish a'zolari orqali qabul qiladi. Ko‘rishning zaiflashuvi vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qolishiga, ko‘zdagi tui:g‘un anatomik va funktsional 0‘zgarishlar esa nogironlik uchun asos boiadi.


Ko‘z shifokori oftalmolog (yunoncha «ophthalmos» — ko‘z, «logos» — fan) yoki okulist (lotincha «oculus» — ko‘z) deyiladi.
Barcha ixtisoslikdagi tibbiyot xodimlari oftalmologlaming eng yaqin yordamchilari bo'lishlari lozim. Negaki, ular ko‘z soqqasi va uning qo'shimchalarida eng ko‘p uchraydigan kasalliklari: qovoqlar, shox parda, shiliiq pardasining zararlanishini aniqlay olishlari, ko‘r bo‘lib qolish etiologiyasida ahamiyati katta bo‘lgan glaukoma, katarakta, iridotsiklit va boshqa kasalliklaming simptomlari to‘g‘risida tushunchaga ega boiishlari shart. Ko‘z kasalliklari shikastlarida shifokor kelguncha yordam ko‘rsata olishlari, shuningdek, bemorni o‘z vaqtida oftalmologga yojborishlari, ularni parvarishlash va davolash bo‘yicha ko‘rsatmalarni puxta bajarishlari lozim. Oftalmologiya fanining rivojianish tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Ko'z kasalliklari haqidagi ma'lumotlarni qadimgi Misrda eramizdan 4400 yil avval ham topish mumkin. Faraonlar qabrlaridan ko‘z kasalliklariga oid kitoblar va dori qoldiqlari boMgan flakonlar qazib olingan. Qadimgi yunon tibbiyotining otasi Gippokrat (eramizgacha 460—372 yil) ko'z strukturasi va ko'pgina ko'z kasalliklarning rivojlanishini ta'riflab bergan. Arab shifokorlari tomonidan oftalmologiyaning ayrim bo'limlari bo‘yicha 12 ta qo‘Uanma yozilgan. Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sinonit)g «Tib qonunlari» kitobining 3-tomi ko‘zning anatomiya, fiziologiya va patologiyasiga bag‘ishlangan. G.Gelmgols (1821 — 1899) fanda muhim kashfiyot — oftalmoskopiyani kashf etdi. Bu ko‘z tubini, ya'ni ko‘z soqqasining yorug‘lik taassurotini qabul qiladigan ichki orqa tomonini (setchatka) va ko‘ruv nervini ko'rish imkonini berdi. Ko‘z tubidagi o‘zgarishlar nafaqat ko‘z kasalliklarining tashxisi va profilaktikasida, balki yurak, qon-tomir, buyrak, endokrin, nevrologik va yuqumli kasalliklar patologiyasida ham muhim ahamiyatga egadir.
Oftalmologiyaning yutuqlari shu fanning atoqli namoyandalari bo‘lgan M.I. Averbax, V.N. Arxangelskiy, V.P. Odintsov, V.P. Filatov, N.I. Medvedev, N.A. Puchkovskaya, T.I. Eroshevskiy, S.N. Fedorov, Ye.I. Kovalevskiy, A.V. Xvatova va boshqalaming nomi bilan bog‘liq. Toshkentda 0‘rta Osiyo Davlat universitetining ochilishi bilan uning tibbiyot fakulteti tarkibida ko‘z kasalliklari kafedrasi tashkil etilgan. 1931-yilda kafedra I ToshDavTI kasalxonasiga ko'chgan. Kafedrani professor A. N. Murzin 1924-yildan 1931-yilgachaboshqaigan. 1932- yildan 1953-yilgacha professor P. F. Arxangelskiy rahbarlik qilgan. Uning 100 dan ortiq ilmiy ishi mavjud, 1936-yilda ko'zni protezlash punktini, 1940-yilda esa traxoma dispanserini tashkil etgan. 1957—1969-yillarda oftalmologiya .sohasidagi o'zbeklardan birinchi fan nomzodi, dotsent T. Ye. Qosimov kafedrani boshqaigan. Uning glaukoma, ko‘z shikastianishiga oid qirqqa yaqin ilmiy ishlari mavjud. 1969-yildan 1990-yilgacha kafedrani o‘zbek ayollaridan birinchi fan nomzodi va 0‘rta Osiyoda ayollardan birinchi fan doktori, professor M.X. Hamidova boshqardi. Ulaming 150 dan ziyod ilmiy ishlari oftalmologiyaning dolzarb masalalari — ko‘zning homiladagi anomal rivojlanishi, uning toksoplazmozi, glaukoma, katarakta, ko‘z shikastianishiga bag‘ishlangan. Hozirgi paytda bu kafedraga 0‘zbekiston Respublikasining bosh oftalmologi A. R. Xudoyberdiyev boshchilik qilmoqda. Kafedrada ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. A. R. Xudoyberdiyev Toshkentda «Shifo nur» xususiy klinikasini ochib, dunyodagi eng zamonaviy uslublarda ish olib bormoqda. Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan «eksimer — lazer» jarrohlik markazi ish yuritmoqda. II Toshkent Davlat tibbiyot institutida ko‘z kasalliklari kafedrasida uzoq yillar mobaynida ishlab k^lgan professor T.G.Ilina, X.K.Hojimuha-medov samarali faoliyat olib borishgan. Hozir bu kafedrani tibbiyot fanlari doktori F.A.Bahritdinova boshqarmoqda. Kafedrada turli mavzuda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, dissertatsiyalar himoya qilinyapti. Markaziy Osiyo respublikalarida ishlayotgan shifokorlarning kasb mahoratini va amaliy tajriba malakalarini oshirish maqsadida 1932- yilda Toshkentda vrachlar malakasini oshirish instituti tashkil etildi. Yangi tashkil etilgan institutda ko‘z kasalliklari kafedrasi ishlay boshladi. O'tgan 20 yil mobaynida 3500 dan ortiq ko‘z shifokorlari ushbu kafedrada oftalmologiya bo‘yicha ixtisoslashib, umumiy malaka va tajribalarini oshirishdi. Bu kafedraga 1957—1988-yillar davomida 0‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor M.K. Komilov rahbarlik qildi. U 130 dan ortiq ilmiy ish va monografiyalarning muallifidir. Hozir bu kafedraga iste'dodli oftalmolog, tibbiyot fanlari doktori, professor X.M.Komilov rahbarlik qilmoqda.
Mintaqada go‘daklar, bola va o‘smirlar salomatligini saqlash maqsadida 1972-yili Toshkentda 0‘rta Osiyo Pediatriya tibbiyot instituti ochildi. Institut ko‘z kasalliklari kafedrasining mudiri bo‘lib prof O.G.Levchenko ishladi. U bolalar ko‘z kasalliklariga bag‘ishlangan 110 ta Omiy ish, ikkita monografiya chop etdi. Dotsent X.M.Mirzayev, B.A.Zohidov, S.L.Pisarevskiy tumanlararo bolalar ko‘z kasallildari xonalarini, viloyatda g‘ilay bolalarni davolovchi bolalar bog‘chalarini ochishdi.
Oftalmologiya juda ham rivojlangan fan sohasibo‘lib, aholiga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatmoqda.Dunyoning eng kuchli jarroh oftalmologlar brigadasi yig'ilib, «Orbis» klinikasini tashkil qilishgan. Bu klinikaning shaxsiy jarrohlik samolyoti bor. U turli mamlakatlar;^ uchib таЬаШу aholiga zamonaviy jarrohlik yordamini ko‘rsatib, shu bilan biigalikda таНаШу shifokorlai]ga o‘zlari qoilayotgan usuUami o‘rgatib kelishmoqda. Bu klinika har ikki yilda Toshkentga ham keladi.Rossiyalik mashhur oftalmolog S.N. Fedorov esa teploxod klinika Ьафо etgan. Bu teploxod turli mamlakatlarga suzib borib, jarrohlik usulida bemorlami turli ko‘z kasalliklaridan forig‘ etmoqdalar.' ToSikentda esa Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasiga biriktirilgan maxsus operatsiya avtobusi bor. U turli viloyatlaiga borib, ko‘pdan-ko‘p ko‘zi ojiz bemorlami zamonaviy jarrohlik usuli yordamida davolayapti.
MAVZU: ___________________________________________________________
_____________________________________________________________________



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling