Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet49/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Simptomlari: bemor hushidan ketadi, rangi oqaradi, terisini sovuq ter bosadi, qorachiqlari torayadi, ko‘ngIi aynishi mumkin, puls kuchsiz, tezlashmagan, nafasi siyrak bo‘ladi.
Kollaps
0‘tkir tomirlar yetishmovchiligining bu turi MNS ning idora qilish funksiyasi buzilganda intoksikatsiya ta’sirida tomirlar tonusining boshqarilishi izdan chiqishi natijasida paydo bo‘ladi. Kollaps og‘ir infeksion kasallikda, ko‘p qon ketganda va orga- nizm ko‘p suyuqlik yo‘qotganda (ko‘p ich ketishi, qusish), yuz berishi mumkin.
Simptomlari: es-hush yo‘qotilmagani holda tinka-mador quriydi. Bemor qattiq tashnalikdan shikoyat qiladi. Nafasi yuzaki, tezlashgan, terisi keskin oqarib ketadi, sovuq ter bosadi, tana harorati pasayib ketgan, og‘iz quriydi, arterial bosim keskin pasaygan, puls tezlashgan, ipsimon bo‘ladi.
Shok
0‘tkir tomir yetishmovchiligining keng ifodalangan turi- dan iborat, shok aksariyat og‘ir shikastlanishda, kuyishda, o‘tkir miokard infarktida, alleigik reaksiya (anafilaktik shok)da yuz 112 beradi. Shokning rivojlanish mexanizmi organizmning ro‘y-rost yuzaga chiqqan nerv-reflektor reaksiyasiga asoslangan (pa- tologik buzilishlar zaminidagi qattiq og‘riqda, og‘ir ruhiy iztiroblarda). Shok gumoral omillar ta’sirida, masalan, kuyish, shikastlanish oqibatida to‘qima parchalanganda, majaqlan- ganda to‘qimalardan plazma bilan birga, yemirilgan tomirlardan chiqadigan to‘qima suyuqligi yo‘qotilganda kuzatiladi. Buning natijasida qonga gistaminsimon moddalar nomini olgan mod- dalar tushadi. Bu tomirlarni kengaytiradi, ular tonusini pasay- tiradi, shuningdek, arterial bosimni keskin tushirib yuboradi. Travmatik shokning ikki bosqichi farq qilinadi: erektil bosqich— qisqa muddatli qo‘zg‘alish, so‘ngra torpid — pasayish bosqichi. Bemor es-hushini yo‘qotmagan bo‘lib, havo yetish- mayotganidan noliydi, teri qoplamlari oqarib ketgan, sovuq ter bosgan, pulsi va nafasi tezlashgan, arterial bosimi pasaygan bo‘ladi. Shokning klinik manzarasi ko‘p jihatdan uni keltirib chiqargan kasallik simptomlari bilan bog‘liq.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling